Korrupsiya: taklif qilma, qabul qilma!



Download 39 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi39 Kb.
#150977
Bog'liq
2 5267515756316200480


“KORRUPSIYA: TAKLIF QILMA, QABUL QILMA!”

Reja:


1.Korrupsiya- eng oliy jinoyat.

2.Islomda korrupsiyaning qoralalishi.

3.Yurimizda korrupsiyaga qarshi qo’llanilayotgan choralar.

4.Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning insoniy burchimizdir.

Korrupsiya… Naqadar, naqadar qabih illat. Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan bu illat azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga zimdan toʻsqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keladi.

Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, insoniyat shakllanish jarayonining ilk davri boʻlmish ibtidoiy jamiyatlarda ham korrupsiyaning ayrim koʻrinishlari boʻlib, oʻsha davrda qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqlarga muayyan bir imtiyozni egallash uchun haq toʻlash tabiiy hol hisoblangan. Keyinchalik esa davlat boshqaruvining takomillashuvi va murakkablashuviga koʻra, korrupsiyaning ham turli xil shakllari yuzaga kelib, oxir-oqibatda u global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Bilamizki, shaxs, jamiyat hamda davlat tushunchalari oʻzaro chambarchas bogʻliq. Shu sababli jamiyatning biron a’zosiga taʻsir qilgan biror illat, albatta, butun jamiyatga oʻz taʻsirini oʻtkazmay qolmaydi. Korrupsiya paydo boʻlishi va rivoji mazkur mamlakatning taraqqiyotiga zimdan toʻsqinlik qiladi hamda davlatning olib borayotgan islohotlariga qarshilik koʻrsatadi. Korrupsiya illatiga qul boʻlgan amaldorlar davlatning, jamiyatning, xalqning bildirgan ishonchini suiste’mol qilib, oʻz manfaatlarini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qoʻyadilar. Bu esa davlar siyosatining oʻsha amaldorlar boshqarayotgan boʻgʻinida ish sifatining buzilishiga olib keladi. Natijada butun bir jamiyat zarar koʻradi. Korrupsiya davlatni nafaqat moddiy, balki ma’naviy-ahloqiy jihatdan ham yemirib, xalq va davlat oʻrtasida ishonchsizlik deya atalmish ulkan chegaraning vujudga kelishiga olib keladi. Bu esa xalq oʻrtasida Vatanga daxldorlik va kelajakka ishonch tuygʻularining soʻnishiga olib keladi.

Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!". Yoki Baqara surasida: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang”-deya ta’kidlangani ham bejiz emas.

Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni bergan edi: “Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”.



Mustaqillik yillarida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qarori alohida e’tiborga loyiqdir. Shunday ekan, biz ham bir tan-u bir jon boʻlib, korrupsiya deya atalmish bu jirkanch illatga qarshi kurashib, yurtimiz taraqqiyoti yoʻlida barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz darkor. Biz – korrupsiyaga qarshimiz. Zero, bizdan ozod va obod Vatan qolsin!
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish