Koreys tilidagi undosh tovushlar talaffuzidagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish Annotatsiya



Download 126,87 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi126,87 Kb.
#70944
Bog'liq
sanjar (2)
tarozi(1), Baholash Ishi topshiriq (2), Dilafruz-Muxiddinova.-Maqola, soddalashtirilgan-arab-grammatikasi, umumiy tilshunoslik, 30 tali test

Qodirov S. I.,

O‘zDJTU talabasi



Koreys tilidagi undosh tovushlar talaffuzidagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish

Annotatsiya. Bu maqolada koreys tilidagi undosh tovushlar va so‘zlarining talaffuzidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish usullari haqida so‘z boradi.

Tayanch so‘z va birikmalar: undosh tovushlar, 받침 (padchim), qo‘sh undoshlar, diftong.


Koreys tili eng qadimgi tillardan biridir. Lingvistik va etnografik tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, koreys tili Ural-oltoy tillari oilasiga mansubdir. Bu oilaga turk , mongol, tibet, venger, o‘zbek, fin va boshqa tillar kiradi. Koreys yozma tili alifbosi “Xangil”(한글) 1443 yilda koreys olimlari guruhi tomonidan ixtiro qilingan. Bu guruhga Cho Son sulolasining to‘rtinchi qiroli (van) buyuk Sedjong rahbarlik qilgan. U ziyoli qirol bo‘lib, zamondoshlari uni “Sharqiy mamlakatning Yao va Shuni” deb atashgan. Bu hukmdor davrida mamlakatning ko‘plab siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalari rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga erishdi. Alohida e’tibor ta’limga berilar edi.“Xangil” (birinchi nomi “Xunmin Chon’im” – “Xalqni o‘qitish uchun to‘g‘ri tovushlar”) paydo bo‘lguncha “venyan” xitoy tilining adabiy yozma turlaridan bo‘lgan “Xanmun”(한문) rasmiy yozma davlat tili vazifasini o‘tagan1. Xitoy ierogliflarining katta miqdorini bilishni talab qilgani uchun bu tildan jamiyatning faqatgina oliy va o‘rta qatlamlari foydalanar edi. Bundan tashqari xitoy ierogliflarining koreyscha o‘qilishi xitoych aga muvofiq bo‘lmagan, ularni ishlatishda tartibsizlik mavjud bo‘lgan: yagona talaffuz me’yorlari mavjud talqini turlicha bo‘lgan. Koreys tilining o‘zi esa xalq og‘zaki tili maqomiga ega bo‘lib, 8 muloqotning asosiy vazifasini bajargan.

Koreys tilida undoshlar talaffuzi turli so‘zlarda turli talaffuzga ega. Ayniqsa undosh harflarni ko‘radigan bo‘lsak.

ㄱ – koreys tilida 기옥 deb nomlangan bo‘lib ‘g’ tovushini beradi.

교수 (kyosu) , 곳 (god) bu ikki so‘zda ㄱ harfi ikki xil talafuzga ega. Ko‘p hollarda harfi ‘k’ deb talafuz qilinadi. Ikkta undosh kelganda ham ‘k’ talafuz qilinadi. Misol uchun : 읽다 (ikda) , (nok) ikktalik harflarda har doim ‘k’ talafuz qilinadi va ikkinchi harf talafuz qilinmaydi.



ㄴ – 니은 (nein ) deb nomlangan bo‘lib koreys tilida ‘n’ tuvushini beradi.

Ammo boshqa harflarga nisbatan talafuzda o‘zgarishga ko‘p uchramaydi.



앉다 (anta) , (manta) . Faqatgina bazi so‘zlarda orqali talafuz o‘zgaradi lekin harfining talafuzi o‘zgarmaydi. 있다 (itta) , 있는 (innin) shunaqa vaziyatlardagina so‘zning talafuzini o‘zgariradi.

ㄷ – 디귿 (tigid) talafuzda ‘t’ va ‘d’ talafuz qilinadi. 곧다 (godtta) ,(don )

, , , , , ,undoshlari 받침 (padchim) da kelib undan kiyin keladigan so‘zning birinchi harfi udosh bo‘lsa talafuz qilinadi. Misol tariqasida (kod) , (nad) , (pid), (o‘d) , 있다(idda), 좋다(chotda) talafuziga ega bu so‘zlardan keyin keladigan so‘z unli bilan boshlansa o‘zidek o‘ qiladi. Misol uchun 겉아 (kota) , 빚이 (piji) , 옷어 (o‘so) , 있어 (isso) va hokazolar.

Fonetik yozuv hisoblangan koreys alifbosi shuningdek harf-bo‘g‘inli tizimga ham mansub. Yozuvda koreys harflari ketma -ket kelmaydi, balki tasavvurdagi kvadrat ichiga yoziladigan bo‘g‘inlar birlashtiriladi (모아쓰기). Ko‘rinishidan ular ieroglifni eslatadi. Yozuvda boshlang‘ich (undosh), o‘rta (oddiy va qo‘shma unlilar) (가운데 소리) va so‘z oxiridagi (undoshlar) (끝소리) harflar qat’iy ketma-ketlikda bir-biri bilan qo‘shiladi. Boshlang‘ich pozisiyadagi unli bo‘g‘inlar doimo talaffuz qilinmaydigan “soqov” harf “ㅇ” bilan birga keladi. Bo‘g‘inning oxirida esa “ ㅇ” orqa til-bugun tovushi (n)ni chiqarish uchun ishlatiladi. Koreys alifbosidagi unli harflarni shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin – “vertikal” va “gorizontal”. Bo‘g‘in yasashda “vertikal” unli o‘zidan oldinda turgan undoshning o‘ng tarafiga yoziladi, “gorizontal” esa un ing ostiga tushadi. Bo‘g‘inni tugallovchi undosh (yoki ikkita undosh) o‘zidan avvalgi undosh va unlining tagiga (“vertikal” bo‘g‘in bo‘lsa), yoki “gorizontal” unlining tagiga, yohud diftongning ostiga (“aralash” bo‘g‘in bo‘lsa) yoziladi. Undoshlarning konfiguratsiyasi va hajmi ularning bo‘g‘inda egallagan o‘rniga (boshlang‘ich yoki oxir) qarab o‘zgaradi. Xudi shunday holat unlilarga nisbatan ham kuzatiladi.



Koreys gap turlarining biri – sodda yig‘iq gap. U faqatgina ega va kesimdan iborat. Bunday gapdagi kesim fe’l, sifat yoki predikativ kelishikning 이다 qo‘shimchasi qo‘shilgan predikativ ot bilan ifodalanadi. 이다 qo‘shimchasi infinitiv shakldir, unda asos va infinitivning qo‘shimchasidir. Predikativ kelishikning qo‘shimchasi fe’l kabi tuslanadi. Kogreys jumlasi quyidagi tuzilmadan iborat: “ega” + “kesim”. Koreys tilida kesim har doim gapning oxirida bo‘ladi. Masalan, “Bu kitobdir” jumlasini koreys tilidagi muvofiq shakli “이것은 책이다”. Koreys tarjimasidagi mazkur jumlaning “kitob” so‘zi kesim rolini bajaradi, shuning uchun u predikativ ot ko‘rinishidagi kesim sifatida ishlatiladi. “이것은 책” deyish mumkin emas. “이것은 책이다” deyish kerak. Qo‘shma harflar orqali ifodalangan tovushlarni talaffuz qilish prinsipini yaxshi tushunish uchun ularning tashkil topish prinsipini ko‘rib chiqish zarur. Masalan, “ㅘ” “ㅗ” va “ㅏ” dan tashkil topgan, shuning uchun bu diftongni chiqarishda talaffuz “ㅗ”dan boshlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Mirzayeva D. Koreys tili fraziolagizmlari. – Toshkent, 2010. – 32-b.

  2. 한국어 학습자를위한발음교육 방안 – 한국.,2009. – 104-b.

  3. 국어의표준 발음과 언어 현실 – 새준대., 2012. – 93-b.

4. Yun Te Young. Koreys tili. – Т., 2008. – 57-b.

1 Yun T.Y. Koreys Tili. – Тoshkenт.,2008. – 57- b.

Download 126,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti