KO‘P NUQTA VA IKKI NUQTA BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Reja:
Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari
Ikki nuqtaning qo‘ llanish holatlari
Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. Dastlab u ruschadan qilingan tarjima matnlarida, keyinchalik gazeta sahifalarida qo‘llana boshlaydi. 1876-yildan e’tiboran “Turkistonviloyatining gazeti”da muntazam qo‘llangan .
Ko‘p nuqta A.Fitrat tomonidan (...) nuqtalar deyiladi. Gapning bir bo‘lagi qanday bir sabab bilan aytilmay qolsa, uning joyig‘a nuqtalar qo‘yiladir:
Bosqon izin ko‘rmay o‘tkan tuyoqlar
Toptab-toptab... Oh, aytolmam ketini!
Ko‘p nuqtaning vazifasi murakkabdir. U, odatda, turli his-hayajonni ifodalovchi, ma’no jihatdan tugallanmagan gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar barcha nutq uslublariga xos yozma matnlarda uchraydi.
Ko‘p nuqta, o‘z tarkibiga ko‘ra uch elementli tinish belgisi hisoblanadi, ko‘p nuqta deyilganda ketma-ket qo‘yilgan uchta nuqta tushuniladi. Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rni (joyi) ham murakkabdir: u gap oxirida, o‘rtasida va boshida, hatto so‘z o‘rtasida ham qo‘llanaveradi.
Yozuvchi o‘zining har qanday maqsad va istaklarini, turli emotsional holatlarini ko‘p nuqta vositasida beradi. Bu jihatdan ko‘p nuqtaning yozma nutq uchun ahamiyati kattadir.
Ko‘p nuqta hozirgi o‘zbek tilida quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga kop nuqta qo‘yiladi:To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor) Cho‘nqaymaning qaltis taraflari tag‘in kop...(T.Murod) Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor) Bo‘lmasa, kunda nima ayb, xudoning hamishagidek karami keng bir kuni... (A.A’zam).
Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A.A’zam). Oqibat... Bo‘ripolvon... Polvon nomini olgandan buyon umrida birinchi marta yelkasi yer ko‘rdi!(T.Murod)
Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun kop nuqta qo‘yiladi: O‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (O‘.Hoshimov) Ammoko‘nglitub-tubidayashirinibyotmishnimadir... nimadirbuistaginiradetdi.(T.Murod) Bo‘ri, men... seni aldab edim. (T.Murod)
Nutqda kutilmaganda bir fikrdan boshqasiga o‘tib ketishni ko‘rsatish uchun gapda ayni o‘tish o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi: Seni siypab, erkalatib, Asta-sekin ko‘kartirgan Go‘zal ko‘klam... o‘tib ketdi. (Cho‘lpon) Yarim kechada uyga qaytsam... hamma yoq jimjit. (O‘.Hoshimov).
Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirq og‘ayni, ossaldirg‘och... (N.Eshonqul) Bolaligimda kop kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov). Dasturxonda turfa noz-ne’matlar, palov-nisholda, holva... bo‘ldi. (T.Murod) To‘ylovchi ayollar sochqilar sochdi: yong‘oq, pista, mayiz... (T.Murod)
Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi: 1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida “Cho‘lpon” degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov).
Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi: ...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. (O‘.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul).
Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi: Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi) Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi) Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi).
Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.
Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?
Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)
Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida: Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar.
Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda ko‘p nuqta qo‘yiladi.
Masalan: - Xurshida bonu?... Siz... Sizmu?
Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari
Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.
Ikki nuqta (:) qo‘sh nuqta. Bu sharh, izoh belgisidir. Undan keyin kelaturg‘an gap bundan burung‘i gapning izoh ham sharhi bo‘ladir: Bu kun uch kishi bilan ko‘rishdim: Sharif, Karim, Ahmad11.
Ikki nuqta - ikki elementli tinish belgi. U nuqtaning vertikal holatdagi kombinatsiyasi asosida shakllangan, shuning uchun ketma-ket emas, ustma-ust 1 qo‘yiladi, ya’ni (:) shaklida. Ikki nuqta o‘zbek tilshunosligida “bayon belgisi”, “bayon alomati” deb ham yuritiladi.
Ikki nuqta aralash qo‘llanuvchi tinish belgilar jumlasiga kiradi.
Ikki nuqtaning boshqa tinish belgilari bilan qo‘sha qo‘llanishi kam uchraydi. U nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul, ko‘p nuqta va vergul bilan birgalikda qo‘llanmaydi.
Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari:
1.Muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy ta’rif, qoida kabilami ifodalovchi gaplardan keyin ayni fikr-mulohaza, hukm, ta’rif, qoidalarning to‘g‘riligini asoslash uchun keltirilgan birdan ortiq daliliy faktlarni ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida ikki nuqta qo‘yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘ladi: Saida kuldi. Qalandarovning ko‘zlari olayib ketdi. (A.Q.) Tong: havo salqin, yumshoq shamol mayingina esib turibdi.(A.G’ulomov).
Do'stlaringiz bilan baham: |