Konchilik ishi va metallurgiya



Download 107,97 Kb.
Sana13.01.2020
Hajmi107,97 Kb.
#33670
Bog'liq
Abbos

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA” FAKULTETI

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI

5640100 -Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi


Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi

fanidan

KURS ISHI
Mavzu:Aholini tabiiy va tehnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash usullari va tartiblari.

Bajardi: 19-18.talabasi Norqulov. A

Qabul qildi: dots. Narziyev.Sh
Toshkent-2020

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………..

I.TABIIY VA TEXNOGEN FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TARTIBI………………………………………………………………….

1.1 Favqulotda vaziyatlarda Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish……..

1.2 Favqulotda holatlar vaqtida axolini xarakat qilishga tayyorlash…………….

II.TABIIY VA TEHNOGEN XUSUSIYATDAGI FAVQULOTDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TADBIRLARI USULLARI VA TARTIBLARI………………………………………………………………………

2.1 Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda talofat ko’rgan aholiga yordam ko’rsatish…………………………………………………………………………….

2.2 Aholini favqulotda vaziyatlarda xarakat qilishga psihologik tayyorlash……

XULOSA……………………………………………………………………………

ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………….

KIRISH

Mustaqil Respublikamiz taraqqiyot va jamiyat munosabatlarini yangilash yo’liga kirib, taraqqiy etgan davlatlar qatorida o’zining munosib o’rnini topishga, «Kelajagi buyuk davlat» bo’lishga intilmoqda. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI- asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdit, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «isloxotning bu murakkab yo’lini tanlab, qanday muammolar, qiyinchilik va sinovlar bilan yuzma- yuz kelishimizni tasavvur qila olamizmi?» degan savolni o’rtaga bejiz qo’ymagan edi.

Chunki o’tgan yillarning tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston kelajakdagi asosiy uch masala: xavfsizlikni qanday saqlab qolish, barqarorlikni ta’minlash va taraqqiyotni ustivor muvozanatni qanday saqlab qolish masalalarini xal qilish lozim. Darhaqiqat, ushbu oddiy xavfsizlik, barqarorlik, ustivorlik so’zlarida chuqur ma’no yashiringan. Bu so’zlar xalqimizni har qanday Favqulodda vaziyatlardan himoyalash muammosiga bevosita aloqador va hozirgi paytda umumdavlat ahamiyatga. egadir. Gap shundaki, XX -asrning oxirgi o’n yilligi bashariyat tarixida — «sovuq» urushning tugashi, ommaviy qirg’in qurollari va birinchi navbatda yadro qurolini ishlab chiqarish, sinash va qo’llashni asta-sekin ta’qiqlashga o’tish bilan belgilanadi. Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy tizimlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida aholi yadro qurolidan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozir fuqaro muhofazasi yangi — «etarli zarurat» prinsipi asosida tuzilgandir. Bu konsepsiya markaziy Osiyo hududida yashovchi aholini turli tabiiy ofatlar, avariya, falokatlar va bo’lishi mumkin bo’lgan hududiy urushlar paytida xavfsizligini ta’minlaydi va mablag’ vositalarni tejaydi. Ayniqsa bu yo’nalish, O’zbkiston Respublikasining yer kurrasidagi hududiy joylanishining o’ziga xosligi, yer osti boyliklari, suv havzalari, sanoat va qishloq xo’jaligi milliy boyliklarini saqlash borasida tabiiy, ekologik va texnologik. xarakterga ega bo’lgan Favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan himoyalashda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir:

Favqulodda vaziyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini ogohlantirish; Favqulodda vaziyatlar tufayli yuzaga kelgan talofatlarni kamaytirish; Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf qilish.

Bu esa o’z navbatida turli soxalarda faoliyat ko’rsatuvchi ilimli o’qituvchilarining mehnatiy mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi. Chunki yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi, eng avvalo, ularni o’qitib bilim berish, ularda kelajakda egallaydigan mehnatlari bo’yicha zaruriy ko’nikma va malakalar hosil qilish, ta’lim-tarbiya beruvchilarning savodxonligi darajasi bilan uzviy bog’liq.

Fuqaro muhofazasi - bu umum davlat muhofazasi tadbirkorlarning tizimi bo’lib, tinch va urush davridagi favqulotda holatlarida axoli hamda xalq xo’jaligini himoyalash maqsadida amalga oshirish, xalq xo’jaligi obyektlarini faoliyat ko’rsatishni mustahkamlash, shuningdek zararlangan o’choqlardagi falokat oqibatlarini bartaraf etish, qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni amalga oshirishini o’z ichiga oladi.

Tabiiy ofat hamda falokat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil etish, ushbu ishlar uchun boshqaruv organlari va kuchlarini doimiy tayyorligini ta’minlash, shuningdek tinchlik davrlardagi favqulotda holatlardan ogoxlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan chora-tadbirlarni nazorat qilish maqsadida tinchlik davrlarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining favqulotda holatlar bo’yicha Davlat komissiyasi, hamda o’lka viloyatlar, shaxar xalq nomlari Kengashlari xokimiyatlari qoshida favqulotda komissiyalari tuziladi.

Ular FXK, shuningdek alohida yirik falokat yoki tabiiy ofatlar sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tuzilgan xukumat komissiyalari rahbarligi ostida ishlaydi. FXKning ishi FM, IIV, MXX, xarbiy qo’mondonlik va davlat nazorati tashkilotlari bilan hamkorligida tashkil etiladi. Ularning qoshida shtab bazalari va fuqaro muhofazasi xizmatining doimiy organlari tashkil etilgan. FXKning qarorlari favqulotda holatlar davrida tegishli xududlar uchun majburiy hisoblanadi.

Fuqarolar muhofazasini tashkiliy tuzilmasi tinchlik va urush davrida ro’y beruvchi favqulotda holatlarning xarakteri hamda unga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda umumdavlat hamda ma’muriy tuzum: tomonidan obbektlaridagi fuqoralar muhofazasini hamda amaliy faoliyat xalq kasblari xokimiyatlari, shuningdek xarbiy boshqaruv organlar, rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Fuqarolar muhofazasi xududiy ishlab chiqarish printsiplari fuqarolar muhofazasi obyektlarining biron bir mahkamaga qarashliligiga qaramasdan ular joylashgan o’lka, viloyat, shahar tuman xududlarida tashkil etiladi.

Tashkilotning ishlab chiqarish printsiplari shundan iboratki xalq xo’jaligini fuqarolar muhofazasi obyektlari tashkiliy jihatdan fuqarolar mudofasi tuzilmasiga oshiradi bunda tegishli vazirliklar maxkamalar fuqarolar muhofazasi rahbarlari, ushbu muassasadagi fuqarolar muhofazasi holatiga to’liq masbuldirlar, fuqarolar muhofazasi bunda mamlakatning moddiy va inson resurslariga tayanadi. Fuqarolar muhofazasini tashkil etishda markazlashtirilgan boshqaruv kuchlari va vositalarni birlashtirgan holatini ko’zda tutadi.




I.TABIIY VA TEHNOGEN FAVQULOTDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TARTIBI

Bizga ma’lumki, har bir mustaqil davlat o’zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o’sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo’lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqadi. Bugungi kunda ko’pgina rivojlangan davlatlarda yangi-yangi zamonaviy, ommaviy qirg’in qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiyatga, atrof muhitga juda katta ziyon etkazadi. Dunyodagi 8 davlatda umumiy qirg’in qurollari mavjudligini ham yaxshi bilamiz. Yuqoridagi qurollar er yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari bugungi kunda dunyo miqiyosida juda katta xavf “terrorizm xavfi” paydo bo’ldi. Hammamizga ma’lum terrorchilarning na Vatani, na millati, na davlati mavjud. Ularning asosiy maqsadlari ko’proq moliyaviy manfaat ko’rish. Shuning uchun har bir davlat mudofaa qudratining asosini - fuqarolar muhofazasini tashkil etadi.



Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo’lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Afsuski 1991 yilga qadar (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xil halokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo’jaligimiz bundan jiddiy zararlandi. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan etarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va xududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mu’tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun O’zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval Mudofaa vazirligi qoshida Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi.

FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.

FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishda mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida O’zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida» (1999 y), «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y) qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ukraina va boshqa etakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.

O’zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi, axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish choralarining ko’rilishidir.

Respublika FVDT O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil


11-dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning Respublika, mahalliy va ob’ekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funktsional qo’yi tizimdan iborat bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Bu tizim yagona kontseptsiyani belgilsh, bashoratlash tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya- qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamoanviy jihozlar bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam ko’rsatmoqda.

Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi.

Favqulodda vaziyat (FV)- ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.

Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga ko’ra, qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:



Tasodifiy FV - er silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;

Shiddatli FV - yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;

Mo’tadil (o’rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;

Ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar; qurg’oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.

Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga ko’ra shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab 4 guruhga bo’linadi:



Lokal favqulodda vaziyat- biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.

Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat- aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.

Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda- favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.

Transchegaraviy (globol) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.

Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshqa) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):

Tabiiy tusdagi FV;

Texnogen tusdagi FV;

Ekologik tusdagi FV larga bo’linadi.

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:

geologik hodisalar;

gidrometeorologik xavfli hodisalar;

favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.

B). Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:

Transportlardagi avariyalar va halokatlar;

Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar;

Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar;

Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar;

Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog’liq avariyalar;

Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar.

Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.

V). Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar asosan 3 xil bo’ladi:

Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar;

Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar;

Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar.



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:

Zilzilalar, er surilishi;

Sel, suv toshqinlari va boshqalar;

Kimyoviy-xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi);

Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;

Temir yo’l va boshqa transport vositalarda xavfli yuk tashish paytidagi avariya va falokatlar;

Xavfli epidemiyaning tarqalishi;

Radioaktiv manbalardagi avariyalar.



FV lar qo’yidagilar natijasida paydo bo’ladi:

Og’irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan jarayonlar;

Konsturktsiyalar yoki inshootlar materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);

Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yordan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir konlarida metan gazining portlashi va hokazo);

Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari-harbiy davrda ham, tinchchlik davrida ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan.

Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.

Fuqaro muhofazasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari: Ma’lumki, fuqaro muhofazasi umumhalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Hamma fuqarolarning fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishga faol ishtirok etishlari taqozo etiladi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari va burchlari O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2002 y) qonunining 13 va 14-moddalarida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari qo’yidagilardan iborat:

O’z hayoti va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;

Umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin oydalanish;

V) Harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xav darajasi va zarur xavsizlik choralari to’g’risida axborot olish;

G) Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.

Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari qo’yidagilardan iborat:

Fuqaro muhofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari;

Fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o’tishlari;

V) Fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;

G) Jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;

D) Davlat organlariga, shuningdek, tashkilotlarga fuqaro muhoazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko’maklashishlari;

S) Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart.

Yuqoridagi majburiyatlarni to’liq bajarilishi, uqarolar muhofazasi tizimining mustahkamlanishini, jumladan, davlatning mudofaa qudratini oshirishni ta’minlaydi. Fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun Respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, ob’ekt miqyosidagi muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:

zararlanish o’choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;

qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

V) aholini va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

G) aholi hayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat

Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan tiklov ishlarini (KVTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish tamoyillariga ko’ra tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi tizimlari bo’ysunishiga ko’ra-hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda ob’ekt (iqtisodiyot inshoatlari obyektlaridagi) tizimlariga bo’linadi. Obyekt fuqaro muhofazasining boshligi etib osha korxonaning yoki tashkilotning boshligi tayinlanadi.

Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko’ra-umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bo’linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan o’choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar-qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o’tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bo’linadi.Fuqaro muhofazasi tizimlariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3-guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to’lmagan bolalari bor o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli (1998 y) qarori qabul qilindi (ilovaga qarang).Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat ko’rsatish tartibini belgilab beradi.
1.1. Favqulotda Vaziyatda Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish.

Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi - FV yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga yetkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI ishlar majmuasidan tarkib topadi.Bu ishlarni bajarishda FVDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch va vositalar FVV bevosita bo‘ysunuvchi tezkor FM qo‘shinlaridan, Respublika ixtisoslashgan tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash tizimlaridan, mahalliy hokimiyat organlarining tizimlaridan, obyektlarning ixtisoslashgan va harbiylashmagan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkil topadi.Reja ikki bo‘limdan va ilovadan iborat bo‘ladi: Birinchi bo‘limda - ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofat ro‘y berganda muayyan hududda yuzaga keladigan FV ga baho beriladi.Bunda quyidagilar yoritiladi: Radiatsiyaviy, kimyoviy va yong‘in xavfi bor shaharlar va aholi punktlarini, KTZM, portlash xavfi bor bo‘lgan va biologik vositalari bo‘lgan obyektlarni, odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar tashiydigan transport vositalarining temiryo‘l uzellarini, neft-gaz konlari, neft quvurlari, gidrouzellar va boshqa obyektlarning ro‘yxati aniq keltiriladi. Talofot hududidagi, shuningdek qo‘shni hududlardagi epidemiologik, epizootik, elifitotik va seysmik aktiv hududlar, tabiiy ofatlar bo‘ladigan joylar, sanoat va qishloq xo‘jaligiga yetishi mumkin bo‘lgan zararlar hamda shu hududlardagi aholi soni va ko‘riladigan taxminiy talofotlar miqdori ko‘rsatiladi.

1.Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish yuzasidan aholini, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini va o‘simliklarini, moddiy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan qilinadigan tadbirlar ko‘rsatiladi.

2.Yuqoridagi falokat va halokatlar ro‘y berganda shikastlangan hududlarda FM kuchlarini tashkil etish; moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. FVni tugatishni tashkil etish.

Rejaning ikkinchi bo‘limi ikki qismdan tashkil topib, bu bo‘limda ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi xavfida va sodir bo‘lganda quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:

1) FV sodir bo‘lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini ogohlantirish tartibi.FM kuchlarini, muhofaza inshootlarini shay holatiga keltirish.

Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish.

Odamlarni evakuatsiya qilish va ko‘chirish uchun avtotransportlarni va xavfsiz hududni tayyor holga keltirish.

Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish.

Yong‘indan saqlash tadbirlarini o‘tqazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga tayyorlash.

Tuzilgan rejaga quyidagilar ilova qilinadi:

FM boshlig‘ining FV ni tugatish bo‘yicha qarori.

1) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda, hamda tabiiy ofatlar xavfi bo‘lganda yoki sodir bo‘lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi.

2) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarning falokat va halokatda hamda tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bo‘lganda tadbirlarni boshqaruvchi kuch va vositalarni hisobi (har bir tadbir xususida umumiy ma’lumotlar keltiriladi).

3) Fojea, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruvni, xabar berishni, va aloqani tashkil qilinishi (sxema tarzida).

4) Fuqaro muhofazasi rejalari hududlar uchun ham iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham bir xil tuzilishda ishlab chiqiladi. Tuzilgan fuqaro muhofazasi rejalarini tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari tasdiqlaydi va bir nusxasi yuqori tashkilotga jo‘natiladi.

Fuqorolar muhofazasi rejalarini ta’minlashda xorijiy manbalar ma’lumotlariga e’tabor qaratish ularni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada tegishli tarjima materiallaridan quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Jumladan “Xavfsizlik kasbidagi shartlar va tushunchalar” bo’limida xavfsizlik bo’yicha professional tashkilot manbalari va insonlar bilan shug’ullanadilar. Ularda ko’pincha sistematik ta’lim hamda xavfsizlik doirasida olingan tajriba natijasida olingan bilim va malaka bor. Mehnat muhofazasi bo’yicha ko’p mutaxassislar “Kafolatlangan xavfsizlik professionali” (SCP), “Kafolatlangan sanoat gigiyenisti’ (CIH) ni belgilash va boshqa mehnat va sog’liqni saqlash uchun majburiyatlarni muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng tasdiqlanadilar. Shu belgilarga yetishish uchun mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari ushbu sohada ko’p yillik tajribaga ega bo’lishlari va har biri uchun belgilangan jiddiy ekspertiza jarayoniga tortilishlari zarur. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari yo’qotishlarni, loyihalashtirish, ta’lim olish, psixologiya, fiziologiya, sanoat gigiyenasi, tibbiyor fizikasi vaboshqarishni qo’shib hisobga olganda ko’p intizomlardan olingan, sistematik prinsiplarni qo’llagan holda oldini olib o’z maqsadlariga yetishadilar. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari jarohat, kasallik yoki moddiy zararga olib kelishi mumkin bo’lgan, xavfsizliklarni oldini olish yoki uni boshqarish bilan mashg’ul bo’ladilar. Ular ko’pincha maqsadga yetish uchun, yo’qotishlarni oldini olish yoki yo’qotishlarni boshqarish deb ataluvchi usuldan foydalanilar.

Yo’qotishlarni oldini olish –baxtsiz hodisalar pulli ziyon yoki jarohatga olib kelishidan avval, baxtsiz hodisalarni oldini olish yoki tuzatish uchun, ishlab chiqilgan dasturni ta’riflab beradi.Boshqa tarafdan, yo’qotishlarni boshqarish,noxush hodisada asoslangan pulli ziyonni minimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturni ta’riflab beradi. Yo’qotishlarni oldini olish yoki yo’qotishlarni boshqarish farqi misoli yong’in xavfsizligi vauni oldini olish bilan bog’liq bo’lgan dasturning turli hatti – harakatlarida bilinadi. Yong’in xavfsizligi dasturida xodimlar o’zlarining maydonini qarab chiqishga va yog’li mato va karton kabi yong’in materiallarini olib tashlashga o’rgatilishlari mumkin. Shu nazorat ishlari yo’qotishlarni oldini olishning misoli bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, yong’in xavfsizligi dasturi xodimning o’to’chirgichdan foydalanishni o’rgatishni qamrab olishi mumkin. Unda xodimlar o’t bilan kurashish mahoratiga ega bo’lardilar. Olov yonishi mumkn edi, biroq ta’limdan so’ng xodimlar uni o’chirishga va shu bilan birga yo’qotishni minimallshtirishlari mumkin. O’to’chirgichdan foydalanishni o’rgatish jarayoni yo’qotishni nazorat qilishning misoli bo’la oladi. Ish joyida xavfsizliklarni tan olish, baholash va boshqarishga harak qilayotgan xavfsizlik professionali uchun yo’qotishni oldini olish va nazorat qilish muhim.

Xavfsizlik texnikasi xizmati yo’qotishni oldini olish va nazorat qilish bo’yicha tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun kerak bo’lgan rejalashtirish, tashkillashtirish, harakatlarni olg’a siljish va boshqarish majburiyatlarini qamrab olgan. O’t ochirish misolini davom etib, mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi shu xavfga murojaat etish uchun xavfsizlik texnikasi xizmati dasturini o’rnatishni istashi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari korxonalardagi mavjud bo’lgan muammolarni aniqlardilar. Shunda ular, maqsad va vazifalari bor yong’in tayyorgarligi dasturini tafsilotlarini o’rnatadilar (rejalashtrish). So’ng ular, grafik tayinlab, barcha harakatlarni kafolatlash uchun, dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan murabbiy va materiallarni aniqlaydilar.Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari shunda barcha zarur bo’lgan resurslar mavjud, kerakligida, loyihaga jalb qilingan insonlar kuchlarini koordinatsiyalangan qila biladilar (olg’a siljish). Nihoyat professionallar loyihaning rivojlanishini nazorat qiladilar va baholaydilar (nazorat).

Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish uchun kerakli meyoriy- huquqiy hujjatlar. Umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri fuqarolar muhofazasi hisoblanib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi.Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Respublika faollarining Kengashida sо‘zlagan nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida.
1.2.Favqulotda holatlarda vaqtida axolini xarakat qilishga tayyorlash.

Keyingi vaqtlarda respublikamiz hududining kо‘pchilik qismida gidrometerologik holatning keskin о‘zgarishi tufayli, aholining hayot faoliyatini, tabiatini, moddiy resurslar sifatini izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatlar (sellar, suv toshqinlari, qor kо‘chkilari, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik va h.k.) kuzatilmoqda. Bunday holatlarning yuzaga kelishiga biologik va meterologik о‘zgarishlarni hisobga olmaslik, yangi yerlarni о‘zlashtirishda qо‘yilgan xatoliklar, sug‘orish tizmida zamonaviy texnologik usullarni joriy etilmaganligi sabab bо‘lmoqda. 1998 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga kо‘ra respublikamiz hududida 600 ga yaqin kо‘chki, sel va suv toshqinlari bо‘lgan bо‘lsa, ularning zararli oqibatlari natijasida 16 ming aholi jabrlanib, kо‘rilgan moddiy zarar esa 100 mln. sо‘mdan ortiqni tashkil etgan. Mutaxassislar xulosasiga kо‘ra respublikamiz hududida 238 ta xavfli kо‘llar, 46 ming kv. km hududlar suv va sel toshqinlari rо‘y beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bо‘lishiga olib keluvchi daryo va soylar mavjudligi aniqlangan. Suv toshqini ham tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb daryo, kо‘l, hovuzlardagi suv sathining keskin kо‘tarilishi natijasida ma’lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi.

Suv toshqiniga turli omillar sababchi bо‘ladi:

Kuchli yomg‘ir yog‘ish oqibatida (jala, sel quyishi);

Qorlarni surunkali erishi natijasida;

Kuchli shamol esishi natijasida;

Oqar daryolardagi muzliklarni yig‘ilib, sun’iy tо‘g‘on hosil qilishi;

Tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining buzilishi oqibatida. Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suvlarning sathi keskin kо‘tarilib, daryo,kо‘llarga sig‘maydi va natijada ekin maydonlarni, turar-joylarni, yо‘llarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bulardan tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, meliorativ tizimlar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xо‘jalik ekinlari yо‘q bо‘lib ketadi, xom ashyolar, yoqilg‘i, oziq-ovqatlar, mineral о‘g‘itlar va boshqalar yaroqsiz holga keladi yoki yо‘q bо‘lib ketadi. Shular natijasida juda katta moddiy zarar kо‘rilib, insonlar о‘limi bо‘lishi mumkin. Suv toshqini ofati turli joylarida, jumladan, О‘zbekistonda ham tez-tez

bо‘lib turadi. Masalan, 1991-95 yillarda kо‘pgina viloyatlarida Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta miqdorda moddiy zarar kо‘rildi.

Jumladan, 750 ming ga. paxta, 28 ming ga. poliz, 20 ming gektar mevazorlar, shuningdek 21 ming turar joy binolari, 100 dan ortiq bolalar bog`chalari va maktablar, 250 km avtomobil yo`llari, 113 ta ko`priklar va 200 km dan ortiq sug`orish inshoatlari yaroqsiz holatga keldi. 2009 yil oktyabr oyida Fillipinda yomg`irning surunkali yog`ishi kuchli suv toshqinlarini yuzaga keltirib xududlarni, yashash va ish joylarini, ko`priklarni va yo`llarni vayronaga aylantirdi. Bu ham yetmaganday namgarchilikning xaddan tashqari yuqori bo`lishi oqibatida tog` oldi joylarida ko`chkilar yuz berdi. Bu ofatdan 2,5 mln odamlar zarar ko`rib, xavfli xududlardan 30 ming axoli xavfsiz xududlarga evakuatsiya qilindi va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi bir necha 10 mln AQSH dollirini tashkil qildi. Shuningdek 2009 yilda Turkiyaning 15 mln aholisi bo`lgan Istambul shaxrida tinimsiz yoqqan yomg`ir, 2m balandlikdagi suv toshqinini yuzaga keltirib, minglab uylarni, yo`llarni vayronaga aylantirdi.Daryolardagi suvning oqimiga teskari yо‘nalishda esadigan kuchli shamol ham uni sathini kо‘tarib yuboradi va natijada suv toshqini yuz beradi. Bu xildagi toshqin Sankt-Peterburgdagi Neva daryosida kuzatilgan. 1997 yil noyabrda Vyetnamda ham juda kuchli shamol oqibatida suv toshqini bо‘lib, katta miqyosdagi uy joylar, moddiy resurslar suv tagida qolib, kо‘plab odamlar halok bо‘lishgan. Oqar daryolarda suvlarning sathida muzliklar hosil bо‘lishi va bu muzliklar yig‘ilib suvning oqimiga qarshi tо‘siqlar (tо‘g‘on) hosil qilishi natijasida ham suv toshqini rо‘y beradi. Bu xildagi toshqin 1992 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo oqib о‘tadigan uchta hududda kuzatilgan. Bu ofatning oldini olish uchun hamma choralar bajarila bordi va oxir-oqibatda harbiy samolyotlar yordamida tо‘siq bо‘lib turgan muz tо‘g‘onlari portlatish yо‘li bilan yо‘q qilindi.



1-rasm.O’zbekiston Respublikasining sesmik hududlari


Bu ofat natijasida Bо‘zatov tumanining kо‘pgina yerlari vayronaga aylanib, elektr tokini о‘tkazuvchi manbalar, texnikalar ishdan chiqdi. Aspantoy, Porlitov, Qiziljar va Aliovul punktlariga olib boruvchi yо‘llarni suv bosishi oqibatida aloqadan uzilib qoldi. Ofat oqibatlarini bartaraf qilishda 3200 dan ortiq aholi, 3026 bosh qora mollar xavfsiz joylarga kо‘chirildi va Porlitov, Qiziljar va Aliovullarga boradigan 26 km yо‘llar ta’minlandi. Bu ofatdan kо‘rilgan moddiy zarar yuz million sо‘mni tashkil qilgan. Bunday holatlardagi suv toshqinlari dunyo miqyosida juda tez-tez bо‘lib turadi. Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga kо‘ra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv omborxonalari - suv energiyasi, suv yо‘llari hamda suvning о‘zidan foydalanish maqsadida quriladi.

Hozirgi kunda MDH davlatlarida suv sig‘imi 1 mln. m3 dan ortiq bо‘lgan suv omborlari 1 mingga yaqin bо‘lib, ularning suv sathi 116000 km2 ga teng. Xuddi shunga о‘xshash О‘zbekistonda ham 54 ta suv saqlaydigan omborxonalar qurilgan, ulardan 10 tasi qо‘shni Respublikalari chegarasida joylashgan. Jumladan, Qayroqqum, Rog’un, (Tojikiston), Tuyamо‘yin (Turkmaniston), Taxtagul (Qirg‘iziston), Chordarya (Qozoqiston) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Respublikamizga tegishli bо‘lgan suv omborxonalarida 55,5 mlrd. m3 dan ortiq suv saqlanib, ular orqali asosan qishloq xо‘jaligini suv bilan ta’minlab, katta iqtisodiy samara olinadi.

Lekin shu bilan birga bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablarga kо‘ra buzilsa, saqlanayotgan suvning ta’siri insonlarga, uy hayvonlariga, atrof-muhitga juda katta jiddiy zarar keltiradi. Shunga о‘xshash katta hajmdagi suv Tuyamо‘yin suv omborida 5 km3dan ortiq, Qayroqqum suv omborida esa 4 km3dan ortiq suv saqlanib, mabodo biror sababga kо‘ra ombor qismlari talofot kо‘rsa, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarini suv bosadi. Agar Taxtagul suv ombori talofot kо‘rsa (unda 19 km3 suv saqlanadi) butun Farg‘ona vodiysi viloyatlarini suv bosishi ehtimoli bor. Boshqa suv saqlash omborxonalari uchun ham shunga о‘xshash fikrlarni aytish mumkin. Shuning uchun suv saqlaydigan omborxonalarni har xil falokatlardan asrash uchun hamma turdagi omillar, ehtiyot choralari kо‘rib qо‘yilgan bо‘lishi zarur. Jumladan, birlamchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan tayyorlanishi va boshqa saqlovchi omillar belgilanishi zarur. Afsuski, bunday chora-tadbirlar to`liq, mukammal tarzda belgilanishiga har doim ham jiddiy e`tibor berilmaydi. Hozirda, Tojikiston xududida bahaybat Rog’un GES qurilishini davom ettirish to`g’risidagi 2009 yilda qabul qilingan hukumat qarori Markaziy Osiyo davlatlarini tashvishga solmoqda. Ma`lumki, ushbu GES qurilishi XX asrning 80-yillarida boshlanib, keyinchalik muayyan sabablarga ko`ra to`xtаb qolgan edi. Chunki o`sha davrda ushbu gidroinshoot loyihasi to`laqonli ekspertizadan o`tkazilmagan bo`lgan, oradan shuncha vaqt o`tgandan so`ng, zamonaviy loyiha va konstruktorlik andozalari talablariga mos bo`lmagan eski loyiha asosida ish boshlangani, albatta tashvishli holat. Zero, ushbu GES qurilishi uchun tanlangan xudud 9-10 ballik seysmik aktivlikka egaligi va tektonik yoriq chiziqda joylashganligi nazarda tutilsa, baladligi 350 m dan iborat to`g’onda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan texnogen buzilish qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini tasavvur qilish qiyin emas. Undan tashqari, ushbu gidroinshoot qurilishi natijasida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xududlarida katta ekologik o`zgarishlar ro`y berishi hamda suv taqsimotidagi buzilishlar ko`lami ortishi, tabiiy.2010 yil BMT Sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisida Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: “Ko`plab xalqaro ekologiya tashkilotlari va nufuzli ekspertlar tavsiya qilayotganidek, ushbu daryolardan shu miqdordagi energetika quvvatlarini olish uchun nisbatan xavfsiz, ammo ancha tejamkor GES lar qurilishiga o`tish oqilona yo`l bo`lur edi”.


II. TABBIY VA TEHNOGEN XUSUSIYATDAGI FVDA XARAKAT QILISH TADBIRLARI USULLARI VA TARTIBLARI
2.1 Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda talofat ko’rgan aholiga yordam ko’rsatish

Suv toshqini xavfida quyidagi vazifalar bajarilishi talab etiladi: suv toshqini xavfi haqida aholini ogoh etish; razvedka va kuzatuv ishlarini olib borish; FVDT kuch va vositalarini jalb etish; qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish; kerak bо‘lganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; suv toshqini bо‘lgan xudulardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay tо‘xtatish; suv bosgan hududlarda qutqaruv tizimlari va boshqa tizimlar kerakli texnika va suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlarini olib boradi. Qutqaruv ishlarida ishtirok etuvchilar odamlarni suvdan qutqarish bо‘yicha tajribaga, hamda qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish tajribalariga ega bo’lishi lozim.

Yer surilishi: sabablari va talаfotlari. Tog‘ jinslari qatlamlarini qiya sath bо‘ylab о‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishiga yer surilishi (ko`chki) deyiladi.Yer surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, ularning dinamikasini о‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu – qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, iqtisodiyot tarmoqlarini va inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Yer surilishi oqibatida iqtisodiyot katta zarar kо‘radi, ba’zi yirik inshootlar, yо‘llar bir necha yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bо‘lib qoladi, butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron bо‘ladi, minglab kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydiO`zbekiston xududida shu kungacha 12 mingdan ortiq yer ko`chkilari, har yili 150-200, namgarchilik yuqori bo`lgan joylarda esa mingga yaqin ko`chkilar yuz bergan.Masalan, keyingi 20 yil ichida Ohangaron tumaninig konchilik sanoati rivojlanganOlmaliq, Oltintopgan, Bo`stonliq tumanining Xumson, Bog`iston, Xo`jakent,Chibortog` qishloqlarida, Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining tog` oldi va tog`li xududlarida, shuningdek Namangan, Farg`ona viloyatlarining ayrim xudidlarida yer surilish xodisalari ro`y bermoqda. Halokatli yer surilishlari 1907 y. Qoratog`, 1930, 1943 y. Fayzabod, 1940 y. Xait, 1989 y.

G`uzorda yuz berganligi adabiyotlarda keltirilgan. 1973 yili Respublikamizning, Ohangaron vodiysida kuzatilgan tog‘ jinslarining surilishi XX asrning eng kuchli yer surilishi hisoblanib, uni adabiyotlarda «ATCHI» surilishi deb nomlanadi. Bu surilishda tuproqning hajmi 700 mln m3 ni tashkil etadi. Bu fojianing rо‘y berishiga asosiy sabab, Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘idagi 100-130 m chuqurlikdagi kо‘mir qatlamlarini yer qa’rida yondirilishidir. Yondirilgan kо‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 metr bо‘lib, umumiy hajmi 3,700000 m3. ni tashkil etgan. 1991 yil Ohangaron vodiysida yana kuchli «Jigariston» yer surilishi rо‘y berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yer surilishida hajmi 30 mln. m3 g‘ovak tuproq 7 sek davomida surilib, 50 dan ortiq inson hayotini olib ketdi. Bu yer surilishining asosiy sababi katta qalinlikdagi serg‘ovak jinslarning mavjudligi va bu tog‘ jinslarini uzoq yillar davomida olib borilgan portlatish ishlari natijasida silkitib turishi hamda yog‘ingarchilikning kо‘p bо‘lganligidadir.

1994 yil 16 aprelda Ohangaron tumanining Qoraxittoy hududida ham yer surilishi kuzatilib, bu falokatda ham insonlar aziyat chekdilar. Yuqorida keltirilgan yer surilishlari yuzaga kelishining asosiy sababi tabiiy omillar bо‘lib, bunday hodisalar insonning muhandislik faoliyati natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Yer surilishini yuzaga kelishiga quyidagi omillar sabab bо‘ladi:Tog‘ yon bag‘ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar, suv omborlari ta’sirida buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari;Qiya sathlarda tarqalgan tog‘ jismlarining xossa va xususiyatlari, mustahkamlik darajasining о‘zgarishi, sug‘orish ishlari, qor-yomg‘ir suvlari ta’sirida namlikning oshishi;Tog‘ jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yer ustki suvlari(gidrostatik) bosimining ta’siri;

Tog‘ jinsining zichligini va mustahkamligining, burg‘ulash hamda tog‘-kovlash ishlari natijasida buzilishi; Tektonik va seysmik kuchlar ta’siri.

Favqulodda vaziyatlar rivojlanib borishi va favqulodda vaziyatlar zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko’chirishning 3 xil turi bo’ladi:

1. Cheklangan ko’chirishlar;

2. Mahalliy ko’chirishlar;

3. Mintaqaviy ko’chirishlar.



Cheklangan ko’chirishlar – favqulodda vaziyatlar manbai shikast omillarining ehtimol bo’lgan ta’sir zonasi shahar kichik tumani yoki qishloq aholi yashash joyi chegarasi ichidan chiqmay, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasiga tutash aholi yashash joylariga yoki sha-harning shikastlanmagan tumanlariga (favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarisida) joylashtiriladi.

Mahalliy ko’chirishlar – o’rtacha kattalikdagi shaharlar yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyatlar zonasiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir

necha mingdan o’nlab ming kishigacha yetishi mumkin bo’lib, ular odatda favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.



Mintaqaviy ko’chirishlar – shikastalovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko’chirishda favqulodda vaziyatlar zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylardan anchagina uzoqqa ko’chirilishi mumkin.
2.2. Aholini FVda harakat qilishga psixologik tayyorlash.

Insonning favqulotda vaziyatlar sharoitiga tushubqolishi hamisha uning ruxiyatiga og’ir tasir qilinishi bilan bog’liq.Tibbiy statistika malumotlariga qaraganda xalokatli favqulotda vaziyatlardan so’ng kopchilik odamlar og’ir ruhiy jarohat olishadi va keyinchalik ruhiy tiklanishga muxtoj bo’lishadi.Bunday sharoitda ulardan fuqaro muxofazasi tizimida o’qish jaroyonida olgan bilim va malakalarini oqilona va to’la qo’llay olishlarini kutish qiyin.

Ruhiy Tayyorgarlik-bu odamlarda ruxan chidamlilikni shakillantirish yoki quyilgan vazifalarni bajarish, xavfli vazifalarda fidokorona xarakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini xosil qilish demaktir.Faoliyat jarayonida organizmning tashqi tasirlarga reaksiyasi doimiy bo’lib qolmaydi. Organizmo’zgarib borayotgan faoliyat sharoitlariga moslashishga xarakat qiladi . Bunda ruhiy zo’riqish holatlari yuzaga keladi.Bu holatni kanadalik fiziologik G.Sele stress deb nomlagan.

Stress- hayvonot va inson organizmida turli nohush omillar tasiriga javoban yuzaga keluvchi fiziologik ximoya reaksiyalari majmuidir.

Distress-organizmning unga o’ta noxush ,<>tasir ko’rsatilgan vaqtdagi patalogik xolati .Distressning ikki turini ajratish mumkun:tormozlovchi va kuzatuvchi.

Tormozlovchi tur-xarakatlarning sekinlashuvi va epsizligi bilan tavsiflanadi.Inson avvalgi epchilligi bilan xarakat qila olmaydi.Javob reaksiyalarining tezligi pasayadi .Aqliy jarayon sustlashadi,tinch xolatda ushbu insonga hos bo’magan hotira yomonlashuvi ,xardamhayollik va boshqa salbiy belgilar namoyon bo’ladi.

Qo’zg’atuvchi tur-giperfaollik, ko’p gapirish , qo’l va ovozning titrashi bilan namoyon bo’ladi.Masalan,operatorlarkop sonli ushbu xolat talab qilmagan xarakatlarni amalga oshiradilar.Ular uskunalar xolatini tekshiradilar ,kiyimlarni tug’irlaydilar, qo’llarini ishqalaydilar atrofdagilar bilan muloqotda bolganda qo’pol tajang arazchi bo’lib qoladilar.Zo’riqish kasbiy faoliyatiga jalb qilingan va o’zgarishi nohush sharoitlarda ko’proq namoyon bo’ladigan ruhiy vazifalarga muvofiq tavfsiflanishi mumkun.

Monotoniya -amalga oshirilgan harakatlarning bir xilligi diqqatni bo’lishning iloji yo’qligi ,uni bir narsaga jalb qilishda ham ,barqarorligiga ham talabning oshirilganligi bilan kelib chiqqan zo’riqish.

Politoniya -tez tez va kutilmagan yo’nalishlarda bo’lish zarurligidan kelib chiqqan zo’riqish.

Jismoniy zo’riqish—insonning xarakat tizimiga katta yuklama tushishidan kelib chiqqan zo’riqish.Hayotda uchrashi mumkun bo’lgan qiyichiliklarga tayyorgarlikni oshirishning foydali usullaridan biri vaziyatni tasavvur qila olish birdaniga erishib bo’lmaydi .Ko’p hollarda tasavvur qila olish unga bo’lgan munosabatga ,muxumligi va samaradorligini tushunishga ,shunindek o’ziga nisbatan talabchanlik darajasiga bog’liq bo’ladi.Zarur bilimlarning mavjud emasligi , ruhiy tayyorgarlikning ,yetarli emasligi og’ir oqibatlaraga olib kelishi mumkun.Bu fikrlarning yorqin misoli sifatida fransuz vrachi A.Bomberning tadqiqotlarini keltirish mumkin. U kema halokatga uchragan vaziyatlarda qutqaruv vositalariga chiqib halok bo’lganlardan 90% ning o’limiga ochlik, sovuq yoki tashnalik emas, balki bunday sharoitlarda yashay olishni bilmaslik, qo’rquv va o’z kuchiga ishonmaslik sabab bo’lishini isbotlagan.

Qiyinchiliklar bilan kurashish va ularni yengib o’tishgina irodani va harakterni chiniqtiradi, xavfli vaziyatlarga tayyorgarlikda muvaffaqqiyatga olib keladi.

Xavfli yoki hayotga taxdid soluvchi vaziyatlar oldidagi hadik, qo’rquv insinning tabiiy hissiyoti hisoblanadi. Biroq, bir holatda o’zini muhofaza qilish tahdid soluvchi holatdan va tashqi muhit omillaridan qochishda belgilansa, boshqa holda qo’rquv hissini ongli ravishda va faol yengib o’tish hamda ishonch bilan xavfga qarshi borishda bilinadi.

Qo’rquv voqeaning to’satdan sodir bo’lishi bilan oshib ketsa, noaniqlik havotirlanish va xadikni keltirib chiqaradi.



Xavotir – xavf-xatarni sezish, xavfsirash holati. Odatda havotirlanish nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan qandaydir bir voqeaning sodir bo’lishi kutilayotgan vaqtda namoyon bo’ladi.

Qo’rquv – qandaydir tasavvurdagi yoki haqiqiy xavfdan qayg’urish. U o’zini – o’zi saqlash instinktika asoslangan, muhofaza xususiyatga ega va tomir urishi va nafas olish chastotasiga, arterial bosim ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. Qo’rquvning funksiyasi bo’lajak xavfdan ogohlantirish, uni chetlab o’tish yo’llarini topishga undashdir.

“Hech narsadan qo’rqmaydigan” odam bo’lmaydi. Hamma gap sarosima hissini yengib o’tish uchun, to’g’ri qarorga kelib, harakat qila boshlash uchun kerak bo’ladigan vaqtda. Shoshilinch vaziyatda tayyorgarlik ko’rgan odamda bu anchagina tez bo’ladi. Tayyorgarlik yo’q kishida esa harakatsizlik hovliqish uzoq vaqt saqlanib turadida ruhiyat buzilishini kuchaytirib yuboradi.Hayotiga xavf tahdid solayotgan sharoitlarda insondagi qo’rquvni nazoratli va nazoratsiz qo’rquvlarga bo’lish mumkin. Mashhur sayohatchi va jurnalist V.Bonatti fikricha, “Qo’rquvingni nazorat qilayapsanmi, demak, duch kelishing mumkin bo’lgan xavfni anglab turibsan, u bilan to’qnash kelmaslikka harakat qilayapsan. Bu holda doimo vaziyatdan chiqib ketish yo’lini topasan. Nazoratdan chiqib ketgan qo’rquv esa vahimaning o’zidirюNazoratsiz qo’rquv o’ziga nisbatan, bilimlari, qobiliyatlariga nisbatan ishonchsizlikdan guvohlik beradi. U vahimaga olib keladi. Vahimaning oldini olish uchun esa yolg’on mish – mishlarning oldini olish, vahimachi “yo’lboshchi”larga nisbatan qattiqqo’l bo’lish, odamlarning e’tiborini, energiyasini qutqaruv va boshqa ishlarga jalb qilish lozim.



XULOSA

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofazasi to’g’risida”gi Qonunining 11-moddasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlarida ta’kidlanadiki: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xodimlar hamda ishlab chikarish va ijtimoiy ob’ektlarni favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilish bo’yicha zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari shart.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish bo’yicha rejalari, ularning ishlab chiqilishi va mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

aholini va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha yillik asosiy tadbirlar rejasi;

tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish harakatlari rejasi va ko’chirishdagi amaliy hisoblar;

alohida davrlar uchun fmsi rejasi (maxfiy);

ob’ektlarning barkaror ishlashini ta’minlash rejasi (toifalangan va o’ta muxim ob’ektlar uchun);

evakuatsiya rejasi;

o’zaro hamkorlik rejasi.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha maxsus bo’linmalari mavjud bo’lib, ular nafaqat yirik noxush vaziyatlarda, balki turmush sharoitida uchrab turadigan maishiy noxush vaziyatlarda ham ishtirok etishmoqda. Albatta, maxsus qutqaruv kuchlari bor ekan deb, axoli o’rtasida xotirjamlikka berilish aslo o’rinli emas. CHunki hozirgi vaqtda dunyo miqyosida asosiy mablag’ va kuchlar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan va sarf qilinmoqda. Lekin, mazkur tizim qanchalik rivoj topmasin, hayotimiz turli nohush vaziyatlarda kafolatlangan emas. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning so’zlarini eslasak, “Har qanday mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muommolari muayyan mohiyatga ega. SHuningdek, har bir mintaqaning o’z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” (O’zbekiston XXI-asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11-12-B).

Shuning uchun maxsus qutqaruv xizmatlari bilan bir qatorda joylardagi, turli muassasa va korxonalar qoshidagi qutqaruv xizmatlarining Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha o’rni alohida e’tiborga molik. Hozirgi vaqtda ular malakasini oshirish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri bo’lmog’i shart.Hozirgi davrda Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofatlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.O‘zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan, “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”, “Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to’g’risidagi”, “Terrorizimga qarhsi kurash to’g’risidagi” va boshqa O’zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu sohaga taaluqli bo’lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda.Ma’lumki, fuqarolar muhofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Barcha fuqarolar fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlarini taqozo etadi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari va burchlari O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y.) Qonunining 13- va 14-moddalarida hamda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi (1999 y.) qonunining 15- va 16- moddalarida aniq ko’rsatilgan.

FVDT umumiy holda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo’ysinishdan qat’iy nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiytexnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldiniolish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash.

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig’ish, ishlab chiqish, almashish va berish.

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda xarakat qilishga tayyorlash.

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish.

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.

favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish.

favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish.

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-Т.: 1992 .

2.Karimov .I A. O’zbekiston ХХI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikga taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari O’zb,1997.

3.O’zbekiston Respublikasining sohaga oid qonunlari: «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risida» (20.08.1999 y.); «gidrotehnika inshoatlarning xavfsizligi to’g’risida»gi (20.08.1999 y)., «Fuqaro muxofazasi tug’risida» gi (20.05.2000 y.); «Radiatsiyaviy havfsizlik to’g’risida» gi (31.08.2000 y.);

4.M Tojiev,I Negmatov, M.Ilhomov. Favqulotdavaziyatlar fuqaro muxofazasi.O’quv qo’llanma Т.: «Talim manbai», 2002.

6.Nigmatov I., Tojiyev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.

Darslik –Т.:Iqtisod-Moliya, 2011.

7. Fuqaro Muhofazasi asoslari (ma’ruza matnlari to’plami). Mualliflar majmuasi.- T.: «Fuqaro muhofazasi instituti», 2003.

8.Tojiev M, Nigmatov I., Ilhomov М. Favqulotda Faziyatlar va Fuqaro Muxofazasi. O’quv qo’llanma - Т.: ТIМI, 2005

9.Rahmonov I, Vaxobov U, Yoqubov N. Favqulotda holatlarda shikastlanganlarga birlamchi tibiiy yordam ko’rsatish -T.: "FAN", 2004 .

10. O.R. Yuldashev. Sh.G.Djabbarova. O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavsizligi. Darslik-Toshkent: Тoshkent-Iqtosod, 2014..

11.Kimyoviy, radiatsion va biologik (bakteriologik) vaziyatlarni baholash yuzasidan uslubiy qo‘llanma. M.Yu.Yunusoov.

Elektron resurs



1

www.ziyo.edu.uz

Vazirlik sayti

2

www.mintrud.uz

Mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.

3

www.standart.uz

Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi sayti.

4

www.sanoatktn.uz

Sanoatgeokonnazorat DI sayti.









Download 107,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish