Komyuter tarmoqlari haqida umumiy ma’lumot reja



Download 25,12 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi25,12 Kb.
#441838
Bog'liq
KOMYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


KOMYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
REJA:
1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
2. Lokal va Global kompyuter tarmoqlari.
3. Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i.

Foydalanuvchining ixtiyorida ikkita va undan ortiq kompyuter mavjud bo‘lsa, ular o‘rtasida ma’lumot almashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday almashuvni «axborot tashuvchilari» deb ataluvchi disketalar, kompakt-disklar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Ammo bu jarayonni inson ishtirokisiz, kompyuterlar o‘rtasida kabelli aloqani ta’minlab amalga oshirish afzalrokdir. Agar shu tariqa ikkita yaqin joylashgan kompoterni bir-biri bilan ulansa hamda axborot uzatish uchun dastur tuzilsa, oddiy kompyuter tarmog‘i barpo bo‘ladi. Bir necha kompyuter tarmoqqa birlashtirish qoidalari ikkita kompyuterni ulash qoidalaridan farq qilmaydi. Kompoterlar o‘zaro aloqa tizimlari (liniyalari) yordamida ulanishi kerak. Bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarni ulash uchun qo‘shimcha maxsus elektron qurilmalardan (modem, tarmoq kartalari va h.k.) foydalaniladi, undan tashqari, kompyuterlar tarmoqda birgalikda ishlashlarini ta’minlovchi dasturlar urnatiladi. Demak, kompyuter tarmog‘i - bu kompyuterlar, ular orasidagi aloqa qurilmalari hamda axborot almashinuvini ta’minlovchi dasturlar majmuidir. Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida ma’lum bo‘lgan aloqa tizmalarining barchasi: tezligi unchalik katta bo‘lmagan telefon tizmalaridan boshlab, to yuqori tezlikka ega bo‘lgan raqamli yo‘ldosh kanallaridan foydalaniladi. -Kompyuter tarmog‘iga ulanish usullarining eng ommabopi ( modem yordamida telefon orqali axborot uzatishdir. Modem kompyuterda qo‘llanuvchi raqam signallarini telefon tizmalarida qo‘llanuvchi signallarga va aksincha, telefon signallarini kompyuter signallariga o‘giruvchi qurilmadir. Telefon rakamini terganimizda, ATSda mijoz (abonent) o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun aloqa tizimlari ma’lum usulda bir biriga ulanadi, ya‘ni kommutatsiya qilinadi. Shuning uchun telefon tizimlarini ko‘pincha kommutatsion tizimlar deb atashadi. Bunday tizimlar yordamida aloqa ma’lum vaqtga: ikki inson telefonda suhbatlashishi yoki kompyuterlar o‘zaro axborot uzatishi uchun zarur bo‘lgan vaqtga o‘rnatiladi. Kommutatsion tizimlardan farqli o‘laroq ajratib berilgan tizimlar kompyuterlarni doimiy ulab turadi. Ajratib berilgan tizim kabellar yoki radioaloqa yordamida yaratilishi mumkin. Ular axborot almashuvini juda katta teelikda amalga oshirish imkonini beradi. Kompyuter tarmoqlarining lokal va global turlari ma’lum. Bir-biridan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq - lokal tarmoq deb aytiladi. Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish uchun: - tarmoqka ulanuvchi hap bir kompyuterning lokal tarmoqdan axborot olishi va ma’lumotlarni tarmoqqa uzatishini ta’minlaydigan tarmoq kartasi bilan jihozlash kerak; - kompyuterlarni kabellar vositasida bir-biri bilan ulab chiqish kerak; Ba’zi turdagi tarmoqlarda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulanadi (xuddi archa chiroqlaridagi lampochkalardek), ba’zilarida esa, kabellar ulanishi maxsus kontsentrator-qurilma (yoki HUB) orqali amalga oshiriladi. Kompyuter tarmog‘i yaxshi ishlashi uchun aksariyat hollarda maxsus kompyuter-server ajratiladi. Serverlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin. Serverlar diskida ko‘pchilik ishlatadigan dasturlar, ma’lumotlar bazasi va h.k. joylashadi, Kompyuter tarmog‘idagi boshqa kompyuterlar ishchi stantsiyalar deb ataladi. Agarda tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir-biridan ancha uzoq masofada, masalan, turli shaharlarda joylashgan bo‘lsa, bunday tarmoq ularni keng qamrovli kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Aksariyat hollarda keng qamrovli tarmoqqa alohida kompyuterlar emas, balki lokal kompyuter tarmoqlari ulanadi. Dunyo miqyosidagi keng qamrovli kompyuter tarmoqlar global kompyuter tarmoqlari deyiladi. Internet - ma’lum bo‘lgan global kompyuter tarmoqlarining eng yirigidir, Internet - bu uzatgichlar, telefon tizmalari radio va kosmik yuldosh orkali plyonka yordamida uzaro ulangan millionlab kompyuterlardir. Ularning bir kismi katta va salmoqli, xuddi IBM korporativ tarmog‘i kabi, kompyuter tarmoqlariga birlashgan. Boshqalari - universitet, litsey, maktab va xususiy uylarda joylashgan shaxsiy kompyuterlardir. INTERNET xalqaro tarmog‘i Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dun¸dagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi. Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog‘idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to‘lanuvchi doimiy to‘lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin. Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko‘pincha telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniksa, chet ellarda filiallari mavjud bo‘lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo‘yicha imkoniyatga ega. SHu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmog‘i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan nusxasini ko‘rib olish mumkin degan so‘zlar ko‘proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo‘lmoqda. INTERNET ga ulanish Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko‘riladi. Internetga ulanish uchun kuyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:  Tashqi modem uchun ketma – ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter;  telefon;modem (ichki yoki tashqi);  kommunikatsion dasturlar; SLIP yoki PPP kaydnomalar dastur ta’minoti;  Internet provayderda (Internet xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotda) almashish kaydnomasi (SLIP yoki PPP); ro‘yxatdan o‘tkazish. Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‘p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor. Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutatsiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini ham taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‘yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo‘lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo‘lsa, sizning kompyuteringizday bo‘ladi. Internet qaydnomasiga kommutatsiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama–nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo‘shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi. Terminal kirishda foydalunuvchi o‘z kompyuteridagi modem va kommunikatsiya dasturlari (terminalni emmulyatsiya kiluvchi) yordamida o‘z provayderiga uy telefonidan qo‘ng‘iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‘ng u bilan ulanadi. Bu holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanib, o‘z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‘ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kommutatsiya yo’llari orqali IP bog‘lanishda foydalanuvchi modemi provayder kompyuteriga bog‘lanadi (telefon orqali). Bunday bog‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bu holda TSR/IP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlar almashishni ta’minlovchi dastur ta’minotidan foydalanadi. Uzoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin bu dastur ta’minot foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni unga jo‘natadi. Ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin. Internet bilan ishlash HTML va boshqa dastur vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tasvirlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday dasturlar brauzer dasturlar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko‘rishni turlicha tahrir qiladilar. Brauzer dasturlar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator dasturlaridir. Birinchi dastur tekinga berilsa (albatta, Windows litsenzion dastursi mavjud bo‘lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) taratiladigan dasturdir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to‘xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko‘rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa dastur vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib, brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda monitor ekranida ko‘rsatib berishdir. Biz quyida Microsoft Internet Explorer brauzeriga to‘xtaymiz. Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning porogramma menyusidan yoki bevosita ish stolidan kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo‘ladi. INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati http://www.w3.org - internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet ishi masalalari muhokama qilingan konferentsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz. http://www.tsau.uz. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz. http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning WWW adreslar ko‘rsatilgan. HTML muharrirlarining ro‘yxati. Bunda erkin tarqatiladigan dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin. http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html - HTML doktori. HTML hujjat tuzilishi, jadvallar, formatlarning to‘g‘riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Masalan: rasmga mavjud bo‘lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni teng emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi. Http://www.chat.ru sahifa o‘lchami 3 mb gacha bo‘lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. Http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko‘rishni xoxlovchilar uchun juda ko‘p tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak . TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib, u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan, 01001011001001001011010010100101. Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida adreslarning har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89, 195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0 204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu 195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi. Tarmoq identifikatori Tugun identifikatori Network ID: 195.158 Host ID: 8.173 IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va C. Adres sinfi Birinchi blok qiymati Mumkin bo‘gan tarmoqlarSoni Mumkin bo‘lgan tugunlar soni A sinf V sinf S sinf 1-126 128-191 192-223 126 16384 2 097 152 16 777 214 65 534 254 Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254 donagacha kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin. Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar orasidagi mantiqiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir. Odatda internet tizimidagi barcha prokollar "mijoz-server" sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter va uning dasturiy ta’minotidir. Agar server foydalanuvchilar kompyuterlariga kirishlarni, ularga kerakli fayllarni olish va uzatish imkonini bersa, unda u fayl-server vazifasini bajaradi. Bitta server-kompyuterda bir vaqtning o‘zida bir necha xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin, masalan, WWW, FTP, E-mail va Proxy serverlar. Mijoz - bu server resurslaridan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Serverga uning dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz bog‘lanib, undan ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Internet tizimida asosan quyidagi protokollar keng qo‘llaniladi: Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o‘zaro axborot almashinish protokoli: FTP – fayllarni uzatish va qabul qilish xizmati: HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli; Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli: WAIS –(Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish protokoli. World Wide Web (WWW)- Gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish protokoli. Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik. Telnet protokoli Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyatsiyasi bu boshqa kompyuterga bog‘lanishni ta’minlovchi ish rejimi bo‘lib, foydalaunvchilar boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo‘ladi. Ko‘p hollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi. UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOSdagi kabi kataloglar asosida amalga oshiriladi. Telnet dasturini foydalanuvchi Windows yoki Dos muhitidan ishga tushirishi mumkin. Agar u Windowsda bo‘lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi lozim; DOSda esa mazkur dastur yozilgan papkadan telnet.exe faylini ishga tushirishi kerak. Telnet dasturiga kirgach foydalanuvchi bog‘lanmoqchi bo‘lgan xohlagan mashina nomini yoki IP adresini ko‘rsatish lozim. Masalan, telnet well.cf.ca.us komandaga ko‘ra well.cf.ca.us tugundagi server bilan bog‘lanish amalga oshadi. Olisdagi kompyuter foydalanuvchining ro‘yxatga olingan nomini (Login) va parolini (Password) so‘raydi. Chunki telnet aloqani o‘rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak. Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumot olish kerak bo‘lsa, klaviatura orqali so‘roq (?) belgisini kiritishi lozim. Telnet dasturiga ega bo‘lgan kompyuter lokal, aloqa o‘rnatatiladigan kompyuter esa olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi. FTP protokoli FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo‘natish va qabul qilish uchun maxsus yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan iborat bo‘lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o‘z ichiga olgan maxsus serverlarda bo‘ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo‘yicha kategoriyalarga ajratilgan bo‘ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan dasturlarni ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP protokoli orqali uzatilib yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki grafik interfeysli ko‘rinishida xizmat ko‘rsata oladi. Matn ko‘rinishli FTP protokoli asosidagi ish seansi quyida keltirilgan: Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa mijozlardan ba’zi bilim va malakalarni talab qiladi. Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na’munalar keltirilgan: Buyruq (komanda) Tavsif Ascii Matnli fayllarni uzatish rejimiga o‘tish Binary Ikkilik kodlar ko‘rinishidagi fayllarni uzatish rejimiga o‘tish Cd Olisdagi kompyuterda papkaning yo‘lini almashtirish Dir Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro‘yxatini ko‘rish Get Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko‘chirib yozish Help FTP buyruqlari xaqida ma’lumot (yordam) olish Mget Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini ko‘chirish. Mijozlar foydalanishi qulay bo‘lishi uchun keyinrok grafik interfeysli protokollar ham yaratilgan. Ulardan bugungi kunda ko‘plab mijozlar keng miqyosda foydalanishmoqda. Grafik interfeysli protokolning ish seansi quyidagi rasmda keltirilgan: HTTP protokoli (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli. U internet orqali WEB sahifalarni uzatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo‘lib hisoblanadi. Brauzerlar interfeysi orqali mijozlar HTTP ning buyruqlarini berishadi. Berilgan buyruqqa binoan brouzer WEB serveridan so‘ralgan resurslarni (sahifalarni) oladi. HTTP protokoliga asoslangan internet resurslarining adreslari quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: http://www.uzpak.uz Gopher protokoli Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan. WWW protokolidan avval iyerarxik fayl strukturasidan axborotlarni olish uchun Gopher protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular yordamida o‘tishgan. Gopher mijoz dasturi tekstli interfeysga ega bo‘lgan. Quyida Gopher xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan: Gopher:// Gopher.tc.umn.edu WAIS protokoli WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish protokoli. Bu protokol ma’lumotlar omboridan kerakli axborotlarni qidirish uchun yaratilgan. WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlar haqidagi axborotlar shu serverlardagi kataloglarda yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Axborot resurslarini ko‘rish WAIS – mijoz dasturi yordamida amalga oshiriladi. Kerakli ma’lumotni qidirish mijoz tomonidan kiritilgan kalit so‘z orqali amalga oshiriladi. Kalit so‘z yordamida kerakli ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar ombori qidiriladi. Qidiruv natijalari topilgan ma’lumotlarga murojaatlar ko‘rinishida chiqadi. Internetda WAIS resurslari adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: WAIS://site.edu WWW protokoli WWW (World Wide Web) - gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish proltokoli. Hozirgi kunda barcha mijozlar WWW deganda internetni ko‘z oldiga keltirishadi, internet deganda esa WWW ni. Ular aslida bir xil narsa emas. WWW – axborotlarni tasvirlash va almashinish tizimidir. Aynan shu WWW yordamida dunyodagi barcha mijozlar global kompyuter tarmog‘i orqali barcha axborotlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. WWW xizmatini yaratilishida gipermatn texnologiyasini taklif etilishi katta turtki bo‘lgan. 1965 yilda Teodor Nelson tomonidan taklif etilgan gipermatn texnologiyasi gipermatn inqilobiga olib keldi. Van Dam boshchiligidagi bir guruh olimlar 1967 yilda matnlar uchun gipermatn tahrirlovchisini yaratishdi. Nelson esa 1987 yil ma’lumotlarning matn, tasvir, tovush, animatsiya, video axborot ko‘rinishida qayta ishlay oladigan va ularni mos qurilmalarda aks ettira olishga imkon yaratib beradigan gipermatn mualliflik sistemasini yaratdi. Jenevaning CERN ilmiy tekshirish institutida ishlovchi fizik olim Tim Bernes Li 1989 yil gipermatnga asoslangan loyihani ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etdi. Bu loyiha barcha fizik olimlarga Internet tarmog‘i orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini beradi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog‘i World Wide Webga poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark Andersen rahbarligida gipermatnlarni aks ettirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan birinchi Mosaic grafik Brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape korporatsiyasiga o‘tib, Netscape brauzerini yaratilishiga asos bo‘ldi. 90-yillar o‘rtalarida Internet Informatika fanidan boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Web texnologiyasining yaratilishi dunyoda shaxsiy kompyuterlarning egalari va kompaniyalar orasida interenetdan keng miqyosda foydalanilish imkonini berdi. Dunyoda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi quyidagi muammolarni vujudga keltirdi: tarmoq kanallarining zo‘riqishi, axborotlarga birovlarning tajovuzi va ularning o‘g‘irlanishi, axborotlarning xavfsizlik muammolari va boshqalar. 1981- 2000 yillar orasida internetdan foydalanuvchilar soni haqidagi statistik ma’lumotlari quyidagicha: 1981 y Internet da 213 ta foydalanuvchi; 1983 y Internet da 562 ta foydalanuvchi; 1986 y 5089 ta foydalanuvchi; 1992 y 727000 foydalanuvchi; 1995 y 20-40 million foydalanuvchi; 2000 y 332 million foydalanuvchi; 2002 y 490 million foydalanuvchi. Computer Industry Almanac Inc. kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2005 yilda dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 945 mln.tagacha, 2007 yilda esa 1 mlrd. 460 mln. taga yetadi. Internet – bu xalqaro global axborot tizimi bo‘lib, global adreslar fazosi bilan bog‘langan va ular orasida ma’lum protokollar asosida axborot almashinib turish imkoniyatiga ega bo‘lgan kommunikatsiya vositasi ekan. U butun dunyo kompyuterlarini o‘rgimchak uyi singari yagona axborot aloqa tizimiga bog‘laydi va yer yuzidagi millionlab kompyuterlarni yagona axborot manbaiga bog‘lanish imkoniyatini yaratib beradi. Axborot resursiga ega bo‘lgan manbalar internet tizimi orqali bog‘lanishlari uchun ularning adreslari bo‘lishi lozim. Internet orqali yaratib berilgan xizmatlar orasida World Wide Web (Jahon tartanak uyi) deb ataluvchi va o‘zida Web-serverlar va Web saytlarni biriktiruvchi global tarmoq tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Web sahifalaridagi axborotlar gipermatn ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘ladi. Gipermatn ko‘rinishdagi ma’lumotlarda alohida rang bilan ajratilgan so‘zlarni sharhlovchi yoki unga taaluqli bo‘lgan grafik yoki video ma’lumotli fayllar bilan bog‘lash mumkin. Odatda bunday jarayonlarni amalga oshirish uchun gipermatn muharrir (HTML –Hyper Text Mark up Language) laridan foydalaniladi. Internet tizimi har bir professor o‘qituvchi, doktorant, aspirant, talaba va o‘quvchilar uchun jahonning istalgan burchagidan o‘zlarini qiziqtirgan sohalari bo‘yicha ma’lumotlarni, kerakli adabiyot va ilmiy maqolalarni qidirib topish va undan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu tizimning CHAT (ICQ) deb ataluvchi xizmati jahonning istalgan nuqtasidagi ham kasblar va tanish bilishlar bilan bir vaqtning o‘zida interaktiv muloqot olib borish imkonini beradi. Bunday jarayon mohiyatiga ko‘ra telefon aloqa tizimi orqali gaplashish jarayonidek bo‘lib, hamkasblar o‘zaro axborotni, kompyuter klaviaturasi orqali matnlarni terib amalga oshiradi. Internetning yana bir imkoniyatlaridan biri bu telekonferensiyalardir. Telekonferensiyalarning mavzulari va uni muhokama etadigan masalalar oldindan e’lon qilinib, telekonferensiyaning chop etilgan maqolalari dunyodagi barcha mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi. Odatda bunday konferensiyalar eng dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dunyoning nufuzli universitetlariga bormasdan o‘z yashash joyida turib o‘qish imkoniyati faqat internet tizimida qoniqarli amalga oshadi. Bu o‘qish tizimi masofaviy ta’lim deb ataladi. Albatta, buning uchun talabalar xorijiy tillardan birini mukammal bilishlari lozim. Internetning imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun quyidagi texnik, dasturiy va xizmat turlari bo‘lishi kerak: Pentium-II yoki undan yuqori rusumli multimedia moslamalari bilan jihozlangan kompyuter; Internetga ulanish vositasi (Modem, tarmoq kartasi va h.k.); Korxona yoki o‘quv yurtining barcha tuzilmalarini o‘zaro bog‘lovchi va axborot almashinish imkonini beruvchi yagona lokal axborot tizimi – Intranet; Internet xizmatini ko‘rsata oluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan provayder tashkilot; Bir nechta kompyuterlarni yagona kompyuterga ulab beruvchi va u orqali barcha foydalanuvchilarga internet xizmatini ko‘rsatuvchi markaziy server va Proksi server tizimi; Internet provayderidan ishlash uchun olingan vaqt (akkaunt); Ushbu moslamalar va markazlarga ega bo‘lgan tashkilot xodimlari va o‘quv yurti talabalari jahon axborot tizimidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bemalol va istagancha ma’lumotlarni olishlari mumkin. Foydalanuvchining ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin: Matnlar; Rasm, tasvir, diagramma va sxemalar; Tovushlar; Video tasvirlar; Animatsiyalar Axborotning barcha turlaridan foydalana olish uchun, albatta kompyuterda multimedia moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bular maxsus tovush kartalari, tovush karnayi, mikrofon va kompakt diskni o‘quvchi qurilmalardir. Ushbu moslama va vositalar ayniqsa Internet tizimida masofaviy o‘qishni istagan foydalanuvchilar uchun juda ham zarurdir. Internetning asosiy tushunchalari Internetra oid muhim bo'lgan ba'zi bir tushunchalar izoxini keltiramiz. DNS server DNS server Protokol: bu kompyuterlar orasidagi aloqa o'rnatilishida, ma'lumotlarni kabo'l qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya'ni kompyuterlar protokol yordamida biri - biri bilan bog'lanadi. Protokol to'g'ri bo'lsagina, kompyuterlar urtasida aloqa o'rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog'lanish tartibi yoki standartidir. Server: bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko'rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga uzining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, FTP, WWW, elektron pochta serverlari. Mijoz: Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo'lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya'ni bir necha serverning mijozi bo'lishi mumkin. Marshrutlashtiruvchi: (Router). Marshrutlashtiruvchi Internetda ma'lumotlar oqimini qulay va yakin yo'l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi programmalar majmuidir. Shlyuz: (Gateway) ma'lumotlarni uzatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz bu programmalar majmuidir. Bunda shlyuz maksadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo'lsa, bo'ldi xolos. Demak, ilgaridan uz lokal kompyuter tarmog'ingizda biror sistema bilan ishlab kelayotgan bo'lsangiz, uni Internetga ulamokchi bo'lsangiz ana shunday shlyuz programmani o'rnatsangiz etarli. Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta'minlovchi tizim. Proxy server odatda ko'p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba'zi bir ma'lumotlarga ko'pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo'lgani uchun) sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik murojaat kiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi. Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o'rnatishda e'tiborga olinishi zarur. Xozirda ko'p Internet ma'lumotlarni ko'rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi. URL: (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo'lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya'ni bu adresdagi ma'lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning uzida foydalanishi mumkin. URL kuyidagi formatga ega : • bog'lanish exemasi> bu HTTP, FTP va Gopher lardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. ,,Kompyuter tarmoqlarining chuqurlashtirilgan kursi”, X.Zayniddinov, Toshkent-2007
2. Foydalanilgan saytlar:
3. www.ziyonet.uz
4.www.arxiv.uz
Download 25,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish