Kompyuterli matematika tizimlari mundarija kirish 3 I. Bob. Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar 9



Download 444,46 Kb.
bet1/8
Sana19.01.2020
Hajmi444,46 Kb.
#35578
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NodirSattorov(1)




Mavzu: Kompyuterli matematika tizimlari
MUNDARIJA

KIRISH 3

I.BOB. TAQSIMLANGAN ALGORITMLAR VA TIZIMLAR 9

1.1.Taqsimlangan tizimning ta`rifi 9

1.2. Taqsimlangan tarmoq 11

ii. BOB Kompyuterli matematika tizimlari 17

2.1 Kompyuterli matematika tizimlari tarixi, rivojlanishi va uning imkoniyatlari 17

2.2 Kompyuterli matematika tizimlarining taqsimlangan algoritmlarda qo`llanilishi 22

XULOSA 31

Foydalanilgan adabiyotlar 33


KIRISH

Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida informatika va axborot texnologiyalarining o`rni beqiyos. Hozirgi kun talabalari axborot texnologiyalari bo`yicha zamonaviy dasturlash tizimlari bilan ishlashni bilishlari davr talabidir. Bunda dars jarayonida foydalaniladigan o`quv-uslubiy qo`llanmalarning mavjud bo`lishi, o`quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kompyuter yordamida matematik, fizik masalalarni yechish uchun ko`pincha foydalanuvchi biron bir dasturlash tilida dastur tuzishni bilishi talab qilanadi. Yaqin kungacha foydalanuvchi o`zining matеmatik masalasini yеchish uchun nafaqat matеmatikani bilishi, balki kompyutеrda ishlashni, kamida biror-bir dasturlash tilini bilishi va murakkab hisoblash usullarini o`zlashtirgan bo`lishi kеrak bo`lar edi. Hozirda esa tipik hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan kompyuterli matematika tizimlari ya`ni amaliy dastur pakеtlari mavjud.

Bu pakеtlar foydalanuvchi uchun kеrakli bo`lgan barcha ishni yoki ishning asosiy kеrakli qismini qulay holda bajarish imkonini bеradi. Muammoni tadqiq qilish analitik shaklida ham, ma`lumotlarning tahlili, yеchim mavjudligini tеkshirish, modеllashtirish, optimallash, grafiklarni qurish, natijalarni hujjatlashtirish va shakllantirish, taqdimotlarni yaratish.

Shuni aytish joizki mazkur pakеtlarda yaratilgan har qanday mеnyu foydalanuvchini oddiy matеmatik tushunchalardan va usullardan uni ozod qila olmaydi. Xususan, agar foydalanuvchi matritsa nimaligini bilmasa, u holda matritsa algеbrasi dasturiy pakеti unga hеch qanday yordam bеra olmaydi, yoki foydalanuvchi noaniq bo`lmagan intеgralni sonli usullar yordamida hisoblashga uringanda u haqiqatdan ancha yiroq bo`lgan javobni olishi yoki javobni umuman ololmasligi ham mumkin. Ixtiyoriy kеng imkoniyatlarga ega pakеt univеrsal yondashishga bog`liq. Matеmatik pakеtlarni ishlatishda mutaxasis undan ongli foydalanib chеgirmalar qilishi mumkin.

Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma`lumotlarning tеz o`zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma`lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so`ngra undan kеng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma`lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-3549-son farmoni Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida farmoniga muvofiq koplab ishlar olib borildi.

1. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi.

Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o`tkazish.

«Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi» davlat muassasasini O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish.

«Matbuot tarqatuvchi» AKni belgilangan tartibda «O`zbekiston pochtasi» AJga qo`shish masalasini «Matbuot tarqatuvchi» AK va «O`zbekiston pochtasi» AJ aktsiyadorlarining umumiy yig`ilishlarida qo`yish to`g`risidagi takliflari ma`qullansin.

Vazirlik ikki hafta muddatda o`tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo`lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag`larining O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta`minlasin.

2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo`nalishlari etib belgilansin.

- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo`llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish.

- «oxirgi milya» tamoyili bo`yicha Internet tarmog`idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, mulьtiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

- davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o`zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma`lumotlar bazalarini, «yagona darcha» tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta`minlash.

- davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko`maklashish, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o`zgarishlar bo`lib bormoqda. Ana shu o`zgarishlar qog`ozsiz tеxnologiya zaruriyatini kеltirib chiqaradi. Bu esa o`z navbatida, hisoblash tеxnikasining yanada kеng rivojlanishiga sabab bo`ladi.

Axborotli muhitning kеlajakda inson hayotida o`rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo`lishi uchun bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`lamini kеngaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatini zamonaviy kompyutеrlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Bu muammolari hal etishda «Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar» fanining o`rni kattadir. Hozirgi davrda superkompyuterlardan foydalaninsh konikmasini shakillantirish zarurati oshib bormoqda. Rеspublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyutеr tеxnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lmoqda.

Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kеngayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o`zgarishi, yangi xususiyatga ega bo`lgan axborotli muhitning kеlib chiqishiga sabab bo`lmoqda. «Parallel kompyuterlar » fanini o`rganishdan asosiy maqsad har bir talabada kompyutеr tеxnologiyalarga bo`lgan qiziqishni uyg`otish, amaliy informatika va avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanib turli iqtisodiy masalalar еchish usullari sohasida bilimlar bеrishdir. Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni organish va turli sohalarga tadbiq qilish mazkur fanning prеdmеti hisoblanadi.

Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo`lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta`minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo`lgan talablari kun sayin ortib bormoqda.

AKT sohasini jadal sur`atlar bilan taraqqiy ettirish O`zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo`nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur`atlar bilan rivojlantirishda o`ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o`ynaydi. Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma`lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko`lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo`lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o`z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

O`tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur`atlarda rivojlanishi yo`lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2017-2018 yillarda koplab qaror va farmonlar ishlab chiqildi. Bular «Elektron raqamli imzo to`g`risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to`g`risida»gi va «Elektron tijorat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me`yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o`rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg`unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta`minlanishi, o`z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko`rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo`ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur`atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to`lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o`ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo`l ochdi.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo`nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur`atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 1-dekabrdan 10 barobargacha oshirilgani 126 davlat orasida 115 o`rinni egallshiga sabab bo`ldi va internet tezligi soniyasiga 8,93Mbit/soniya ni tashkil etdi. Shuningdek, joriy yil boshida ma`lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi xo`jalik subyektlarining soni 930taga yetgan bo`lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi.



I.BOB. TAQSIMLANGAN ALGORITMLAR VA TIZIMLAR

Download 444,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish