Kompyuter va virtual o‘yinlarining o‘smir psixologiyasiga ta’siri



Download 16,68 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi16,68 Kb.
#77954
Bog'liq
KOMPYUTER VA VIRTUAL O


KOMPYUTER VA VIRTUAL O‘YINLARINING O‘SMIR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Ma’lumki, insonning tajovuzkorlikka, ya’ni agressiv xulq-atvorga moyilligi asosan uning individual rivojlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Agressiv xulqning paydo bo‘lishida ko‘p omillar, jumladan yosh individual xususiyatlar, tashqi jismoniy, ijtimoiy sharoitlar va hokazolar ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, shaxsda agressiv xulq-atvor shakllanishiga bevosita ijtimoiy muhitning ta’siri kuchli ekan. Agressivlik, tajovuzkorlik salbiy xulq ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, subyektning-subyektga bo‘lgan munosabati tushuniladi. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Ba’zi olimlar agressiyaga salbiy baho bersalar, ba’zilari ijobiy baholaydilar. Agressiya – bir kishi tomonidan ikkinchi bir kishiga ko‘rsatilgan jismoniy harakat yoki tahdid bo‘lib, u ikkinchi kishining erkinligiga tahdid soladi. G‘arb psixologlarining ishlarida o‘smirlik davri agressiyasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tobora kengayib, ko‘payib bormoqda. Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, bu muammo bo‘yicha olingan tadqiqot natijalariga qarab ikki xil xulosa kelib chiqishi mumkin: ba’zi tadqiqotchilar kompyuter o‘yinlari o‘smirda agressiv xulq rivojlanishiga sabab bo‘ladi degan fikrni olg‘a sursalar, ba’zilari bu fikrga mutlaqo teskari bo‘lgan fikrni aytadilar, ya’ni ularning fikricha, kompyuter o‘yinlari bilan o‘smirning agressivligi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q, balki kompyuter o‘yinlari agressiyaning pasayishiga olib kelar ekan. Biz ham kompyuter o‘yinlari bilan o‘smirlar agressiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordik va kompyuter o‘yinlari ta’sirida o‘smirlarda paydo bo‘ladigan agressiya bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ldik. Mazkur tadqiqot ishimizda biz kompyuter o‘yinlari bilan o‘smirlar agressiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida A. Bass - A. Darkining agressiyani o‘rganishga bag‘ishlangan metodikasidan foydalandik, chunki bu metodika psixologik tadqiqotlarda, tashxis amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan klassik metodikalar sirasiga kiradi va o‘smirlar agressiyasi bo‘yicha to‘la ma’lumot bera oladi. Agressiv kompyuter o‘yinlari kinoga yoki kitoblarga qaraganda odamning ruhiyatiga tez ta’sir qiladi. Kompyuterda o‘ynab turib odam o‘zi qaror chiqaradi, kinoda esa u faqat kuzatuvchi bo‘ladi xolos. Har qanday film 2 soat davom etadi, ammo bola kompyuter o‘yinlari oldida 100 soatlab o‘tirishi mumkin. Olib borilgan kuzatishlarning natjasiga ko‘ra filmda odamlarni syujetning rivojlanishi qiziqtiradi. 190 10 Mixon universiteti gumanitar va tabiiy fanlar kolleji professori Akio Mori 6 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 240 odamning miyasining faolligi o‘rtasida tajriba olib borgan. Tajribadagilarni Mori 3 ta gruppaga ajratadi. Professor virtual o‘yinlarning miyaga ta’siri va buning natijasida odamning bu ta’sirga emotsional va ijodiy javobini kuzatadi. Mori alfa va beta ritmlarining muvofiqligini o‘rganadi (1-chisi harakatsizlikni, 2-chisi miyani old peshona qismining aktiv ishini ko‘rsatadi). Natijada u shuni isbotladiki, kompyuterga qiziqmaydigan odamlarda beta-ritmlar alfa-ritmlarning ustidan ҳukmron bo‘ladilar. Normal kam o‘ynasalar ҳam ҳech narsa o‘zgarmaydi. Ikkinchi guruhda o‘yin vaqtida beta ritm kuchsizlanadi. Uchinchi guruh video o‘ynovchilarda esa kompyuterdan uzoqda bo‘lsalar ham, ularda alfa-ritmlarning ustuvorligi hukmron bo‘ladi. Kompyuter o‘yinlarining yoshlar psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirning ko‘lami va qudrati axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashni hozirgi sharoitlarda umummilliy muammo darajasiga ko‘tarishni taqozo qiladi. Fomicheva Yu.V. o‘tkazgan tadqiqoti ham «kompyuter» guruhidagilarning motivatsiya sohasida yuqoriroq ko‘rsatkichga egaligini aniqlagan. Kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotganda o‘smir o‘z qobiliyatini, imkoniyatlarini va kamchiligini anglay boshlaydi. Bu o‘smir shaxsini va qat‘iy «Men» obrazini shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar sharoitida insonning psixologik xavfsizligi, psixologik himoyalanganligi va psixologik himoya shakllanishining uslublari muammosi nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham nihoyatda dolzarb bo‘lib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlarni tarbiyalash uchun quyidagilarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim: yoshlarni ma’naviy axloqiy va kasb hunarga muhabbat ruhida tarbiyalash; yoshlar ongida turli zararli oqimlarga nisbatan «g‘oyaviy immunitet»ni shaklantirish; Shuningdek, yoshlarda insoniy munosabatlar masalasida munozaraga kirisha olish malakasini shakllantirish. Uzluksiz ta’lim tizimida bu fazilatlarni shakllantirish uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida amalga oshirilishi amaliy natija beradi.

Mixon universiteti gumanitar va tabiiy fanlar kolleji professori Akio Mori 6 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 240 odamning miyasining faolligi o‘rtasida tajriba olib borgan. Tajribadagilarni Mori 3 ta gruppaga ajratadi. Professor virtual o‘yinlarning miyaga ta’siri va buning natijasida odamning bu ta’sirga emotsional va ijodiy javobini kuzatadi. Mori alfa va beta ritmlarining muvofiqligini o‘rganadi (1-chisi harakatsizlikni, 2-chisi miyani old peshona qismining aktiv ishini ko‘rsatadi). Natijada u shuni isbotladiki, kompyuterga qiziqmaydigan odamlarda beta-ritmlar alfa-ritmlarning ustidan ҳukmron bo‘ladilar. Normal kam o‘ynasalar ҳam ҳech narsa o‘zgarmaydi. Ikkinchi guruhda o‘yin vaqtida beta ritm kuchsizlanadi. Uchinchi guruh video o‘ynovchilarda esa kompyuterdan uzoqda bo‘lsalar ham, ularda alfa-ritmlarning ustuvorligi hukmron bo‘ladi. Kompyuter o‘yinlarining yoshlar psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirning ko‘lami va qudrati axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashni hozirgi sharoitlarda umummilliy muammo darajasiga ko‘tarishni taqozo qiladi. Fomicheva Yu.V. o‘tkazgan tadqiqoti ham «kompyuter» guruhidagilarning motivatsiya sohasida yuqoriroq ko‘rsatkichga egaligini aniqlagan. Kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotganda o‘smir o‘z qobiliyatini, imkoniyatlarini va kamchiligini anglay boshlaydi. Bu o‘smir shaxsini va qat‘iy «Men» obrazini shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar sharoitida insonning psixologik xavfsizligi, psixologik himoyalanganligi va psixologik himoya shakllanishining uslublari muammosi nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham nihoyatda dolzarb bo‘lib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlarni tarbiyalash uchun quyidagilarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim: yoshlarni ma’naviy axloqiy va kasb hunarga muhabbat ruhida tarbiyalash; yoshlar ongida turli zararli oqimlarga nisbatan «g‘oyaviy immunitet»ni shaklantirish; Shuningdek, yoshlarda insoniy munosabatlar masalasida munozaraga kirisha olish malakasini shakllantirish. Uzluksiz ta’lim tizimida bu fazilatlarni shakllantirish uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida amalga oshirilishi amaliy natija beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Иванов М.С. «Влияние ролевых компьютерных игр на формирование психологической зависимости человека от компьютера» 1999г. 2. Бурлаков И. «Психология компьютерных игры» «Наука и Жизнь» 1999г
Download 16,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish