Kompyuter tizimlari arxitekturasi Mikroprotsessorlar Har qanday kompyuterning eng muhim komponenti uning asosiy kо‘rsatgichlarini belgilab beruvchi mikroprotsessorlar, tizim chipsetlari va interfeyslaridir. Mikroprotsessor (MP), yoki Central Processing Unit (CUP), - bajaradigan vazifasi bо‘yicha tugallangan dasturiy boshqariluvchi axborotlarga ishlov berish qurilmasi, u konstruktiv jihatdan bitta katta integral sxemada (KIS) yoki juda katta katta integral sxema kо‘rinishida (JKIS) bajarilganbо‘ladi.Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:buyruq va operandalar manzilini hisoblash;asosiyxotiradanbuyruqlarnitanlashvadeshifrlash;OXdan, MPX registrlaridan va tashqi qurilma adapterlarining registridan axborotlarni tanlash;sо‘rov va buyruqlarni adapterlardan Tqda xizmat kо‘rsatishga qabul qilish va ishlov berish;axborotlarga ishlov berish va ularni operativ xotiraga, mikroprotsessor xotirasining registrlariga va TQ adapter registrlariga yozish;SHK bloklariga va barcha boshqa qurilma qismlariga boshqarish signalini ishlab chiqarish;Keyingi buyruqqa о‘tish.Mikroprotsessorning asosiy kо‘rsatgichlari quyidagilardan iborat: razryadligi; ishchitaktchastotasi; kesh-xotirasig‘imivaturi;kо‘rsatmalartarkibi;
konstruksiya elementlari;energiya isteʻmoli; ishchikuchlanishi va hokazo.Mikroprotsessorning axborotlarshinasining razryadligi operatsiyalarni bir vaqtda bajarishi mumkin bо‘lgan razryadlar sonini aniqlaydi; MP manzillar shinasining razryadligi uning manzillar maydonini belgilaydi. Manzillar maydoni – bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni, mikroprotsessor tomonidan ularga bevosita manzillanishi mumkin.MP ning ishchi takt chastotasi uning ichki tezligini aniqlab beradi, chunki har bir buyruq ma’lum sonli taktlar davomida bajariladi. SHK tezligi (unumdorligi) ham shuningdek MP ishlovchi tizimli plata shinasining takt chastotasiga bog‘liq.MP platasiga о‘rnatiladigankesh-xotira ikki bosqichga ega:L1 – 1-bosqich xotirasi, MP (yadrosida) asosiy mikrosxema ichida joylashgan va har doim MP ning tо‘liq chastotasida ishlaydi (birinchi martta L1 kesh i486 va i386SLC mikroprotsessorlarida qо‘llanilgan).L2 – 2-bosqich xotirasi, MP platasiga joylashtirilgan kristall va yadro bilan ichki mikroprotsessor shinasi orqali bog‘langandir (birinchi marta Pentium Pro mikroprotsessorida ishlatilgan). L2 xotirasi MP ning tо‘liq yoki yarim chastotasida ishlashi mumkin.