"kompyuter injiniringi" fakulteti

Download 0,49 Mb.
Sana15.04.2020
Hajmi0,49 Mb.
#44904
Bog'liq
Azizbek Yusupov Dinshunoslik So‘fiylik

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI

1- bosqich KI 11-19 guruh talabasi

YUSUPOV AZIZBEK ning dinshunoslik fanidan

MUSTAQIL ISHI

Qarshi-2020

Reja:

  • 1. So‘fiylikning vujudga kelishi
  • 2. So‘fiylikning oqimlari
  • 3. Ahmad Yassaviy va boshqa So‘fiylik vakillari
  • Adabiyotlar

So‘fiylikning vujudga kelishi .

Islomda turli diniy-falsafiy oqimlar, yo’nalishlar bilar birga so’fiylik (tasavvuf) tariqatlari (suluklari) ham vujudga kelgan. So’fiylik tariqatlari «uyushma», «jamoa» degan ma’noni beradi. Bazan suluk-«yo’l» deb ham ataladi. So’fiylik arabcha «suf» ya’ni jun so’zidan olingan bo’lib, islomdagi diniy-falsafiy ta’limotdir. Ilk davrlardagi zohidlarning yo’lidan borganlarga VII-VIII asrlarda so’fiy, ular yurgan yo’lga esa tasavvuf deyila boshlandi. So’fiylar moddiy boylikni qoralab, haqiqiy boylik-ma’naviy, ruhiy boylik deb hisoblaganlar va asosiy e’tiborni unga qaratdilar. Bu dunyo o’tkinchi, bevafo, undagi hayot haqiqiy emas, qorong’u zulmatdan iborat deb tushunadilar.

So‘fiylik va tasavvuf ta’limotining vujudga kelishi sabablaridan biri shuki, payg’ambarimizdan keyingi uchinchi halifa Usmon davrlaridan (644-656 yillar) boshlab ayrim musulmon jamoalari orasida mahalliychilik, oshna-og’aynigarchilik, tanish-bilishchilik, bir-birini siylash, hokimiyat lavozimlariga qarindosh-urug’larni tayinlash, boylik yig’ishga intilish, ayniqsa arab halifaligining Ummaviylar davrida (661-750 yillar) Alloh yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlarga, mol yig’ishga hirs qo’yish, zebu-ziynatlarga, hoyu-havaslarga berilish kabi salbiy illatlar egallay boshladi.

. Hashamatli uylar, dabdabali saroylar qurish, qimmatbaho bezaklar, oltin-kumush, boshlik to’plash avj oldi. Bunday ishlar e’tiqodi mustahkam, taqvodor musulmonlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Bu ishlarning oldini olish uchun ular Payg’amg’arimiz hadislarini yig’a boshladilar. Ba’zi muslimlar bunday holatga qarshi o’laroq norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik-zohidlik g’oyalarini targ’ib qilib, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullana boshladilar.

  • . Hashamatli uylar, dabdabali saroylar qurish, qimmatbaho bezaklar, oltin-kumush, boshlik to’plash avj oldi. Bunday ishlar e’tiqodi mustahkam, taqvodor musulmonlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Bu ishlarning oldini olish uchun ular Payg’amg’arimiz hadislarini yig’a boshladilar. Ba’zi muslimlar bunday holatga qarshi o’laroq norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik-zohidlik g’oyalarini targ’ib qilib, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullana boshladilar.
  • So’fiylik musulmon SHarqi xalqlarining ko’p asrlik ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya etish vositasi bo’lib xizmat qildi.

So‘fiylikning ilk namoyondalari

  • So’fiylar ko’pincha jun chakmon, jun matodan bo’lgan hirqa, janda, quloh va qo’y terisidan qilingan dunli po’stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun xalq ularni jun kiyimlilar ya’ni so’fiylar deb atay boshlagan.
  • So’fiylikning ilk namoyondalari bo’lib Payg'ambarimizning Abu-d-Dardo, Abu Zarr, Huzayfa kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi bu asketik-mistik oqimning shakllanishi VIII asr o’rtalari va IX asrning boshlariga to’g’ri keladi. So’fiylikning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ilohiyotchi olim al-Hasan al-Basriy so’fiylikning asoschilaridan hisoblanadi.

Bizning o’lkamizga so’fiylik ilmi Eron orqali kirib kelgan. Movorounnahrdan ilk so’fiylik ta’limoti al-Hamadoniy (1140 y.da vafot etgan) maktabi hisoblanadi. U ikki tarmoqqa ajralgan bo’lib, birinchisi Xuroson madrasasi, ikkinchisi Ahmad Yassaviy maktabi edi.

So‘fiylikning oqimlari

So'fiylik asosan uch oqimga mansub: Birinchi oqim

Birinchi oqim Mansur Xalloj, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy

mansub bo'lgan oqim. Ularning ta ’lim berishcha, xudo har jihatdan

komildir, eng oliy go'zallik, shodlik, baxt uning vaslidadir, foniy

bo'lishidadir. Inson o'zini haqiqatga - xudoga nisbatan hech deb bilishi

kerak. Inson yashayotgan hayot haqiqiy baxt-saodat bera olmashgi, asl,

haqiqiy osudalik, baxt-saodat faqat xudoda, uning vaslida ekanhgi, u bilan

vahdat tashkil etish, ya’ni uning vashga etish kerakligi xususidagi qarash-

ni ilgari suradilar. Lekin u la r taqvoni riyodan ajratib, oliy haqiqatga

intilishni jan n at va do'zax haqidagi intilishlardan farq etib borishlari

bilan ajralib turadilar. Insonning ichki kechinmalari holatiga aham iyat

berib, chin ixlos va sidqni birinchi o'ringa qo'yadilar. So'fiylar qalbni h ar

qanday xudbinlik, riyo, ta ’magirlik, hasham va mol-dunyoga o'chlikdan

tozalab borish bilan oliy haqiqat ko'zgusiga aylantirishni, ya’ni poklikni

asosiy maqsad qilib qo'yadilar.

So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’lida quyidagi to’rt bosqichni o’tishi kerak deb hisoblaydilar.

So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’lida quyidagi to’rt bosqichni o’tishi kerak deb hisoblaydilar.

Birinchi bosqich – SHariat. Diniy marosim va shariat aqidalari (taqvolar)ni aynan, izchil bajarish. CHunki shariat-qonun bo’lib, bu qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi.Ikkinchi bosqich –Tariqat. Nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma’naviy muhabbatni takomillashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni, o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli.Uchinchi bosqich – Ma’rifat. Hamma narsa, butun borliqning asosi - xudo ekanini, o’zlikning mohiyati xudoning mohiyati bilan uyg’un ekanligini bilish va anglash. Mazkur holatda odam uchun kibru havo, manmanlik hamda shon-shuhrat be’mani bo’lib ko’rinadi. SHunda u orif, ya’ni, bilimli va xudoni tanigan inson bo’ladi.

To’rtinchi bosqich - Haqiqat. Mazkur bosqichda so’fiy xudoning dargohiga yetishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, vahdat (tavahhud) tashkil etadi.

So‘fiylar haqida ma'lumotlar

Bu oqim tarafdorlaridan birinchi so'fiy eronlik Abu Yazdit Tayfur al-

Bistomiydir (875 -yili vafot etgan). So'fiy Husayn ibn M ansur Halloj esa

o'zining xudo bilan «qo'shilganini» isbotlash uchun «Anal-Haq» («Men

haqman», «Men xudoman») deb da’vo qiladi ham da o'z ta ’hmotini ilgari

suradi. U Qur’onning muqaddasligi va Muhammad alayhis-salomning

payg'ambar ekanligini inkor etishga uringanlikda ayblanib, xurofotchilar

tomonidan qatl etiladi. Zero, ushbu ta ’limot saroy ahli va jaholat bilan

yaqinlashgan ba’zi kalom va falsafa ilmi ulamolariga yoqmadi, oqibatda

qalbni oliy haqiqatga erishish yo'lida poklash maqsadini ilgari surgan

ezgu ta’limot bid’at deya baholandi

Ikkinchi oqim

So'fiylikning ikkinchi oqimiga mansub bo'lgan so'fiylar birinchi oqim namoyandalari tomonidan ilgari surilgan qarashlarni qabul qilganlar, biroq m azkur qarashlarni islom ta ’lim otida targ'ib etilgan tartib- qoidalarga moslashtirganlar. Bu oqimning eng m ashhur nazariyotchisi Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy (1058-1111- yillar) ham da Ahmad Yassaviy sanaladilar.Imom G'azzoliy so'fiylik ta’limotining asoschilaridan biri boiib, «Hujjat- ul-islom» laqabini olgan. Alloma to'g'risida so'z yuritilganda, hatto «Qur’on yo'qolib qolsa, uni G'azzoliyning asarlari bo'yicha tiklash mumkin» degan fikrlarni bildirganlar. Imom G'azzoliy tomonidan yaratilgan «Tahofut al-falosifa»(«Faylasuflarni rad etish»), «Kimyoi saodat» («Saodat kimyosi»), «Ixya ulum ad-din» («Diniy ilm larni tiriltirish») kabi islom ilohiyoti sistemasining shakllanishiga zamin hozirlagan asarlar alloma faoliyati­ga nisbatan shunday yuksak baho berilishiga sabab bo'lgan.

Imom G'azzoliy inson kamolga etishi, ya’ni xudo vasliga etishi uchun ma’lum shartlarn i bajarib, muayyan yo'lni bosib o'tishi kerak, deydi. Har bir so'fiy islom talablari - qonun-qoidalari, aqidalari hamda Qur’onni haqiqat deb bilib, unga tobe boiishi va ularga so'zsiz amal qilishi yuqorida qayd etilgan yo'lning bosib o'tish shartlaridir, deya uqtiradi.Alloma so'fiylik nazariyasining mohiyati xususida so'z yuritib, ular haqiqatni mantiqiy mulohazalar asosida emas, balki ichki kechinmalar vositasida bevosita hissiy tarzda anglaydi, deb ko'rsatadi. So'fiylarning ichki holatini nazariy bilim larni egallash, su hb atlar tashkil etish, m anbalarni o'qish orqali emas, balki ularning turm ush tarzini qabul qilish orqaligina anglash mumkin. M azkur yo'l ko'ngilni his bilan yaratilgan m a’lum otlardan ozod etadi va ana shunda ma’rifat manbai paydo bo'ladi, dunyo ravshan boladi. O'rganish yo'li bilan emas, balki o'zdan chekinish, ma’naviy vujudning qaytadan yaralishi tufayligina oxirgi chegaraga erishish mumkinligi alloma qarashlarining asoslari si­fatida namoyon bo'ladi.

Uchinchi oqim

So'fiylikning uchinchi oqimi Naqshbandiya ta ’limotining yaratilishi bilan bog'liqdir. Mazkur oqim XIII asrning oxirlarida shakllana bordi. XIV-XV asrlarda esa Markaziy Osiyoda ustuvor mavqega ega bolgan ta’limotga aylandi. Naqshbandiya tariqati rivojlangunga qadar, Marka­ziy Osiyoda Ahmad Yassaviy tomonidan asos solingan

Yassaviya tariqati hukmron ta’limot edi.

Ahmad Yassaviy

Ahmad Yassaviy

Ahmad Yassaviy 1041 -yili Saryom (Sayram) qishlog'ida Shayx Ibro­him xonadonida tug'iladi. Etti yoshida otasidan, so'ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o'z tariqatiga asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, o'z tariqati asoslarini targ'ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o'zi asoslagan g'oyalami she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikm atlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to'g'ridan-to'g'ri «Qur’on» g'oyalari va payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Muhammad alayhis- salom ta’limotida ulug'langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - m u ru w at, saxovat, qanoat,a rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilami faqat Ollohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand- nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining a’mollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir.

Xazrati Ahmad Yassaviy q.s. ham o‘zlarining piri buzrukvorlari Shayx Yusuf Hamadoniyga o‘xshab mol-dunyo to‘plashga mutlaqo qiziqmaganlar, kambag‘alparvar va g‘aribparvar bo‘lib yashaganliglarini ul zotning ba’zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo‘ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Xoja Yassaviy beayov tanqid qiladilar:

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,

Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,

Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,

Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

© Ahmad Yassaviy

Yassaviy haqidagi fikrlar

Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida "Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish", — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yasaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning "adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar".

Uzoq vaqt mobaynida Yassаviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yasaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini toʻgʻri baholash yoʻlidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda "Devoni hikmat"dan namunalar eʼlon qilingan boʻlsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qoʻliga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiymaʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil Oʻzbekistonda Yasaviyga bagʻishlab ilmiy anjumanlar oʻtkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yasaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. Oʻzbekistondagi bir qancha koʻcha va mahalla Yasaviy nomi bilan ataladi. Yasaviylik tariqatining asoslari «Faqrnoma» (ayrimlar Yasaviyga nisbat beradilar), «Maslakul-orifin», «Lamaʼot», «Samaratul-mashoyix», «Javohirul-abror» kabi manqaba va risolalarda aks etgan.

Yasaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman,

Yasaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman,

F. Koʻprulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels;

Oʻzbekistonda Fitrat, A. Saʼdiy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan.

Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yasaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.

Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev "Yasaviyning soʻnggi safari" romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi.

Najmiddin Kubro

Kubro, Najmiddin Kubro (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145—Xiva—1221) — ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi (uning taxallusi "dinning ulugʻ yulduzi" maʼnosini beradi). Kubroning karomat koʻrsatish, voqealarni oldindan bilish, oʻtkir nazari bilan taʼsir eta olish hislatiga ega inson boʻlganligi haqida rivoyatlar tarqalgan.

Kubro yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli boʻlgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez oʻzlashtirib oladi. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shom-u Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xabardor boʻlishga intilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida boʻladi. Ilk dafʼa Misrda shayx Roʻzbixon Vazzon Misriy (1189 yil)ga murid toʻshadi, undan tariqat odobini oʻrganadi, shayxning qiziga uylanadi. Keyinchalik Hamadonda shayx Ammor Yosir (1187 yil), Dizfulda shayx Ismoil Qasriy (1193 yil) kabi ustozlardan saboqoldi. 25 yildan ortiq umrini ilm tahsiliga bagʻishlagan Kubro 1185 yil Xorazmga kaytib keladi. Bu yerda katta xonaqoh qurdirib, oʻz diniy maktabini yaratadi. Kubro kishilarni ezgulikka, ilmga, saxonat va mardlikka daʼvat etdi. Uning tarbiyasini olgan yuzlab odamlar irfoniy maʼrifatdan bahramand boʻldilar. Kubroning muridlari Majdiddin Bagdodiy (1209/1219 yil), Saʼdiddin Humaviy (1252 yil), Najmiddin Doya (1256 yil) tasavvuf tarixida nom qozongan shayxlardir.

Adabiyotlar

Komilov N., Tasavvuf (1-kitob), T., 1999;

Juzjoniy A. Sh., Tasavvuf va inson, T., 2001;

Haqqulov I., Tasavvuf saboqlari, Buxoro, 2000.

Ahmad Yasaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.: 1991).

Ahmad Yasaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.

A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.

E. Rustamov. Ahmad Yasaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;

E'tiboringiz uchun raxmat!

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish