Kompyuter (ing computer —hisoblayman), ehm



Download 249.83 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2020
Hajmi249.83 Kb.
  1   2   3
Reja:

1.Kompyuter haqida ma’lumot.

2.Kompyuterda prezentatsiya yaratish.

3.Netbuk bilan ishlash.



4.Planshet haqida ma’lumot.




Kompyuter (ing . computer —hisoblayman), EHM(Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Kompyiter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin. K.ning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi

Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi.

Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.

Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslarshinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.

Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.

Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.

Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

arifmetik-mantiqiy qurilma;

ma’lumotlar va adreslar shinasi;

registrlar;

buyruq jamlagichi;

kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira;

qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.

Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.

Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi.

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot  joylashadi (ya‘ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z tartib raqamiga,  ya‘ni adresiga ega bo‘ladi. Uyachaning  sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud.

Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.





2. Noutbuk – qulay, oson olib yurish mumkin bo‘lgan shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning korpusiga oddiy kompyuterlarning eng muhim tarkibiy qismlari jamlangan. Ularga displey (ekran), klaviatura, sichqoncha o‘rniga alohida ko‘rsatish-belgilash qurilmasi (tachped), DVD disklarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi, akkumulyator batareyasi va ovoz dinamiklari kiradi. Bunday shaxsiy kompyuterlar o‘zining uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlari va nisbatan yengil vazni bilan ajralib turadi. To‘liq zaryadlangan noutbuklar 1 soatdan 6–8 soatgacha o‘chmay ishlashi mumkin.

Noutbukka bo‘lgan talab yildan yilga o‘sib bormoqda. Buning sababini bilish uchun stol ustida turadigan oddiy kompyuterlar (ular «statsionar kompyuter» yoki «desktop» deb ataladi) bilan noutbuklarni taqqoslab ko‘ramiz.

Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari: (преимущества ноута)

• Kichik hajm va yengilligi. Bu noutbuklarning eng asosiy qulayligi hisoblanadi.Ularni xizmat safarlariga, shahar chekkasidagi dala hovlilarga, dam olish uylari va boshqa joylarga osongina olib ketish mumkin. Shu maqsadda noutbuklarni solib yurish uchunmaxsus sumkalar tayyorlangan bo‘lib, ular ancha mustahkam bo‘ladi. Oddiy stol kompyuterlarini esa boshqa joyga olib borish u yoqda tursin, bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirib o‘tkazishning o‘zi yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi.

• Noutbukda ishlash uchun unga boshqa qurilmalarni ulash shart emas. Yuqorida aytib o‘tilganidek, displey, klaviatura, sichqoncha o‘rniga tachped, ovoz dinamiklarining barchasi noutbukda jamlangan. Shunchaki, kerak bo‘lsagina unga alohida tashqi monitor, sichqoncha, ovoz qurilmalari, o‘yin uchun joystiklarni ulash mumkin.

• Uzoq vaqt tok manbaisiz ishlay olishligi. Oddiy stol kompyuterlari tok manbaisiz ishlay olmaydi. Noutbuklar bir marta to‘liq zaryadlangandan keyin, elektr toki bo‘lmay qolgan taqdirda ham o‘rtacha 2–3 soat avtonomholda ishlay oladi. Shuning uchun noutbuklarni poezdda, samolyotda, avtomobillarda, kafe va umuman, ko‘chalarda ishlatish mumkin.

• Aloqa tarmoqlariga simsiz ulana olish imkoniyati. Hozirgi kunda ishlabchiqarilayotgan noutbuklarningdeyarlari hammasiga Wi-Fi (Wireless Fider, cimsiz uzatish kanali) adapter joylashtirilgan bo‘lib, u Internet tarmog‘iga ortiqcha simlarsiz ulanish imkoniyatini beradi. Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.

Noutbuklarning kamchiliklari: (недостатки ноута)

• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.

• Modernizatsiyalashningchegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.

Oddiy stol kompyuterlaridan farqli ravishda, noutbuklarda displey va kiritish qurilmalari (klaviaturava tachped) «o‘ziniki», ya'ni uning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Bu bir tomondan ko‘chirib yurish uchun qulay bo‘lsa, ulardan foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita asosiy blok bor: harflar varaqamlar. Hozirgi noutbuklarning ko‘pchiligining klaviaturasi faqat harf blokidan iborat, ba'zi modellardagina raqamlar bloki ham joylashtiriladi Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi. Modernizatsiyalashningchegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.

Oddiy stol kompyuterlaridan farqli ravishda, noutbuklarda displey va kiritish qurilmalari (klaviaturava tachped) «o‘ziniki», ya'ni uning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Bu bir tomondan ko‘chirib yurish uchun qulay bo‘lsa, ulardan foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita asosiy blok bor: harflar varaqamlar. Hozirgi noutbuklarning ko‘pchiligining klaviaturasi faqat harf blokidan iborat, ba'zi modellardagina raqamlar bloki ham joylashtiriladi Undan tashqari tugmachalar ham kichikroq bo‘ladi. Bu esa ba'zi foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘diradi. Tachped esa sichqonchaning o‘rnini to‘liq bosolmaydi. Ko‘pgina noutbuklarning displey o‘lchamlari oddiy monitorlarnikidan kichik bo‘ladi. Agar uning o‘lchamlari kattalashtirilsa, ekran ham kattalashadi, klaviaturaga ham joy ochiladi. Faqat bunda noutbukning vazni ortib ketadi, bu esa uni olib yurishga qiyinchilik tug‘diradi.

Ishdan chiqish ehtimolligi jihatidan noutbuk oldinda turadi. Ularni osongina ko‘chirib yurish mumkinligi qulaylik xisoblansa, olib yurish davomida ularni biron joyga urib olish, tushirib yuborish, sindirish mumkinligi uning kamchiligi hosoblanadi. Noutbuklarga osongina «jarohat yetkazish» mumkin. Masalan, agar monitor bilan klaviatura orasida qandaydir buyum qolib ketib, ekran yopib yuborilsa, monitor sinishi mumkin. Yoki, klaviaturaning ustiga biror suyuqlik to‘kilib ketsa, uning tagida joylashgan elektr plata ishdan chiqadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari mavjudligiga qaramasdan, noutbuklar vaqt o‘tgani sayin yanada kengroq tarqalib bormoqda. Ularni qanday tanlasa bo‘ladi? Avvalo aytish kerakki, barcha noutbuklarning ichki mexanizmlari deyarli bir xil bo‘ladi. Shuning uchun, o‘zingizga kerakli konfiguratsiyadagi noutbukni uchratganingizda, uning korpusiga e'tibor bering. Narxi ham, sifati ham o‘rtacha bo‘lgannoutbuklarning korpusi plastmassadan tayyorlangan, agar e'tibor bergan bo‘lsangiz. Aslida bu tipdagi elektron mashinalarning eng yaxshilari plastmassadan emas, balki litiydan tayyorlangan metall korpusga ega. Chunki bu bir nechta muammolarni hal qilib beradi.

Birinchidan, bunday metall korpusga ichki komponentlar maxsus usulda maxkamlangan, natijada noutbuk yuqori mexanik mustahkamlikka erishadi.

Ikkinchidan, markaziy protsessorning to‘g‘ridan-to‘g‘rimetall korpusga mahkamlanishiuning sovishi masalasini samarali hal qiladi. Shunday qilinganda protsessor maksimalquvvat bilan ishlaganda ham noutbukning harorati 10 darajadan ko‘pga oshmaydi. Bunda litiyli metall korpus radiator vazifasini bajaradi. Uchinchidan, korpusning tarkibiy qismlari bir-biriga silikon orqali mahkamlanadi va bu tashqi zararli ta'sirlardan himoya vazifasini bajaradi. Bunday turdagi himoya yordamida noutbuk bemalol chang-to‘zonli va yomg‘irli muhitda ishlay oladi, shuningdek, 2 kun davomida quyuq tumanda ham.

To‘rtinchidan, litiydan tayyorlangan to‘liq metall korpus noutbukning ichki qurilmalarini tashqi radiatsion, elektromagnit va elektrostatik ta'sirlardan himoyalaydi. Bundan tashqari ichki qurilmalardan hosil bo‘ladigan radiatsiyaning tashqariga tarqalishi minimal darajada bo‘lishini ham ta'minlaydi.

Hozirgi kunda aktiv hayot tarzini olib boruvchi inson uchun zamonaviy texnologiyalar va internetsiz hayotini tasavvur etish qiyin.

Axborot barchaga hamma vaqt va har joyda kerak. Va hozirda ma`lumotlarni imkon qadar tez olish va uni qayta ishlash uchun juda kup maxsus moslamalar mavjud.

Bularning ichidan eng mashhurlarini aytib utish mumkin: uyali telefon (smartfon yoki kommunikator), noutbuk yoki netbuk va planshet komp`yuterlar. Bizga faqat o`z ehtiyojimizga qarab bularning ichidan tanlash imkoniyatimiz bor.

Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan (modniy) devays – bu planshet komp`yuterlari hisoblanmoqda. Apple kompaniyasi iPad ni sotuvga chiqara boshlaganidan keyin, ko`plab elektron uskunalarni ishalb chiqaruvchilar planshetlarni ishlab chiqarishni ma`qul ko`rishmoqda. Bu moslama barcha internet servislaridan foydalana olish uchun, matn terish, rasm va videolarni tamosha qilish, qolaversa video o`yinlarni o`ynash imkonini beradigan juda qo`lay moslama bo`lib hisoblanadi. Ammo bu moslama noutbuk va netbuk bajaraoladigan vazifalarning barchasini ham qilaolmaydi. Planshetni – katta diagonalli ekranli smartfonga o`xshatsak bo`ladi.

Netbukni qarab o`taylik. Boshida noutbuning kichkina ukasi deb hisoblanayotgan netbuklar faqat global tarmoq resurslaridan foydalanish uchungina ishlab chiqarilgan edi xalos. Bu erdan uning nomi ham kelib chiqqan ( «net» – inglizcha network – tarmoq so`zining qisqartmasi, «buk» – inglizcha notebook – noutbuk so`zidan). Birinchi netbuklar o`zlarining ishlash kuchi bilan unchalik ham ajralib turmas edi. Birinchi netbuklarda matn terish, veb sahifalarni ko`rish mumkin bo`gan halos, boshqa amallarni qilish qiyin bo`lgan.

Vaqt o`tishi bilan ularning imkoniyatlari ko`paya boshladi. Hozirgi vaqtga kelib ularning ishlash tezligi noutbuklarniki bilan tenglashib bormoqda. Ularning xajmi noutbuklarnikidan ancha kichik va ularni istalgan joyga o`zingiz bilan olib yurish juda qulay. Ular etarlicha avtonom ishlash imkoniyatiga ega, bazi birlari elektor quvvatiga ulanmagan holatda 12 soatgacha ishlay oladi. Netbuklar yordamida shaxsiy komp`yuterlar bajaraoladigan barcha ammallarni bajarish mumkin, faqat bazi bir o`yinlarni inobatga olmaganda. Ularda internetga ulanish uchun barcha imkoniyatlari majud, bu esa bizning doimo onlayn da bo`lishimiz uchun juda qulay. Hozirgi kunda netbuklarning turli hil rangdagi va dizayndagi turlari mavjud. Yana bir ahamiyatli taraflaridan biri – bu narxi. Yaxshi netbukning narxi, juda yaxshi smartfonning narxi bilan teng.

Shunday qilib netbuk – bu nima? Netbuk – bu modaga ergashishning eng foydali va qulay tarafi. Netbuk bilan zamonaviy aktiv inson yanada zamonaviy ko`rinadi. Kimga ish uchun kerak bo`lsa, o`zlari uchun qo`lay, ko`p imkoniyatlarga ega va eng muhumi istalgan joyga o`zlari bilan olib yurishlari uchun juda qo`lay bulgan moslama.








Download 249.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat