Компьютер тармоқлари


INTERNET HALQARO KOMPYUTER TARMOG'I



Download 319 Kb.
bet9/10
Sana28.08.2021
Hajmi319 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
INTERNET HALQARO KOMPYUTER TARMOG'I...

 Internet axborot almashish standart qoidalar asosida amalgam oshiriladi . Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP –TRASMISSION CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) dep ataladi.

 Kompyuterlarni axborotlarni telefon orqali yubora olishga imkon beruvchi modem deb ataluchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

   1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) dep nomlangan.

   Internet deganda ko’pchilik WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.

   WWWning yaratilishiga 1989-yil SHvetsariyadagi Yevropa Yadrovi Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning asosiy maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda WWW Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.

   WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o’z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar berdi. Masalan juda ko’p kinostudiyalar o’z maxsulotlarini reklma qilish uchun Web sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalard, asosan, yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalaraks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday faqat kinoteatrlar yoki televidenie orqaligina mumkin edi.

   Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog’liq bo’lsa, WWW dan hoxlagan kishi xohlagan vaqtda yangi kino haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.

   WWWni ommalashshining yana biromilli gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biron qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog’liqligini ko’rsatuvshi ilova bo’lib, u rasm yoki so’ bo’lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa web sahifaga tez va oson o’tish mumkin.

   Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegshli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Web saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobni sahifasiga o’xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o’zaro giprmatn yordamida bog’lanadi.

   Web-saytlari ham, Web-sahifalari ham Web-server deb ataluvchi internetga ulangan maxsus kompuyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi. So’ngra web –sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan,WWW.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, rtm) yoziladi. Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http:// www.uzsci.net rtm ko’rinishidabo’ladi.

     Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brouzerlar (Brovser) deb ataladi. Brovser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta;minlash, ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web-brouzer 1990-yil CERN (yevropaYadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan yaratildi.

       Hozirgi kungacha juda kop Web-brouzerlar yaratilgan. Mosaic Opera, Adwiper, Netgape Navicator, Netscape Communicator, Migrosoft Internet Ezplorer va power Brovser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko’p  foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari  foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.

   Web-brouzerlarning asosiy vazifalariquyidagilardan iborat:

·        Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko’rish.

·        Web-sahifani diskka yozib qo’yish(saqlash).

·        WWWdagi adresi bo’yicha Web-sahifani chaqirish.

  Internet tarmog’dagi web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli web-sahifa adresini yozib, klavishini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru  deb yozib, klevishini bossak,bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar oynasida rambler.ru web-sahifasi paydo bo’ladi. Huddi shunday ketma-ket bir nechta web-sahifani ochish mumkin.

Uskunalar panelidagi <> va <> amallari yordamida ochilgan

Web-sahifalari bo’ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web-sahifaga o’tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi <> tugmasini bossangiz, web-sahifani internetdan qabul qilish to’xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur web-sahifaning o’qib ulguril qismi qoladi.

     Internet xalqaro tarmog’i bilan ozirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual borliq kabi tushunchalar ham bevosita bog’langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif berish mumkin emas. Ular badiiy obraz bo’lib, ilmiy tushuncha hisoblanmaydi.

      Dunyodagi barch aloqa vositalari bilan bog’langan kompyuter tizmlari, ulardagi axborot, ma’lumoti majmuasi va oqimlarining to’plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deyiladi.
XULOSA

Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda.



Internet tarmog’iga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha ko’rsatkichlarga ko’ra qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori ko’payganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani, Internet tarmog’iga kirish narxlari pasayganligidir. G’isobotda, jumladan, keyingi bir yil ichida Internet tarmog’iga keng polosali kirish yo’lidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq ko’paygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi ta’kidlangan. So’rovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga ko’ra, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yo’nalish ilmiy va o’quv ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilishi lozim. H’isobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:






  1. Download 319 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat