Klassik geosiyosiy ta`limotlarning tashqi siyosatdagi ahamiyati



Download 39 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi39 Kb.
#929103
Bog'liq
1351071827 21467

Klassik geosiyosiy ta`limotlarning tashqi siyosatdagi ahamiyati


Siyosiy fanlardagi yo`nalishlardan biri – geosiyosat xalqaro munosabatlarda tobora muhim o`rin egallab bormoqda. Lekin o`ziga xos obyektiv va subyektiv sabablarga ko`ra, hozirgacha geosiyosatni ilmiy yo`nalish sifatida asoslash va e`tirof etish masalasi oxirigacha hal qilingani yo`q. Bugungi qaltis zamon va makonda mazkur fanning tub mohiyatini tadqiq etish geosiyosiy jarayonlarni anglash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta`kidlash kerakki, klassik geosiyosatchilar bu fanni nafaqat nazariy, balki amaliy majmua sifatida ham talqin etgan va uni o`z davlatlarining tashqi siyosatini shakllantirishda qo`llashga intilgan. Shu tufayli amaliy geosiyosat paydo bo`lgan va u ko`pgina hollarda yetakchi davlatlar tashqi siyosatining nazariy asosi sifatida xizmat qilgan. Garchi bunday geosiyosat o`tgan asrda yaqqol namoyon bo`lgan bo`lsa-da, G`arb davlatlari aynan X.Makkinder yaratgan nazariyaga, uning izdoshi – S.Xantington va Z.Bzejinskiylarning ta`limotiga tayangan holda dunyoga hukmronlik qilish siyosatini ilgari suradi. Bunday siyosat oqibatida XXI asrda ham yer yuzida ko`plab urush o`choqlari paydo bo`layotgani G`arb va Sharq o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sari keskinlashayotganini kuzatish mumkin. Xalqaro va turli mintaqalar doirasida yuz berayotgan mojaro va ziddiyatlar hamda muayyan davlatlarning bosqinchilik siyosati geosiyosatga asoslanayotgani, uning mazmun-mohiyati, asosiy yo`nalishlari va tamoyillarini ilmiy jihatdan jiddiy o`rganishni taqazo etadi. Bu o`rinda dastavval geosiyosatning ilmiy negizini tushunish, uning ilmiy ta`rifini aniqlab olish talab etiladi.
Geosiyosiy maktablar namoyandalari yaratgan turli konsepsiyalar geosiyosat fanining mazmun-mohiyati, yo`nalishlari, tamoyillari va umumiy predmetini tashkil etadi. Albatta, ushbu fanning asosiy predmeti hamda bosh uslubiy tamoyillarini belgilashda mualliflarga turli yondoshadilar. Bunday bo`linish tarixiy shart-sharoit, shuningdek, geosiyosatning dunyo siyosati, hokimiyat muammolari va hukmron mafkuralar bilan uzviy bog`liqligidan kelib chiqadi. Geosiyosatning umumiylik xususiyati uning tarkibida geografiya, tarix, demografiya, strategiya, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, harbiy ta`limot, mafkura, sotsiologiya, siyosatshunoslik tarixi kabi ko`pgina fanlar unsurlarining uyg`unlashuvida namoyon bo`ladi. Ammo bu o`z yo`nalishlariga ega bo`lgan ushbu fanlarni faqat geosiyosatga tegishli, deya qat`iy xulosa chiqarishga asos bo`la olmaydi.
Geosiyosat atamasini fanga kiritgan olimlardan biri – R.Chellen geosiyosatni «davlatni jug`rofiy tana yoki hududiy hodisa sifatida talqin qiluvchi doktrina» deb hisoblagan. Mumtoz ta`limotlarni o`rganish orqali geosiyosatni dunyoqarash sifatida talqin qilish va bunday holda uni fanlar bilan emas, balki fanlar tizimi bilan qiyoslash lozimligi o`rtaga chiqadi. Geosiyosatning asoschilari bu fanning bosh maqsadi – davlatning rivojlanishi uchun boshqa davlatlar hududini bosib olish zaruratini anglashdan iborat, deya talqin etishgan. Zero, ularning fikricha, «allaqachon bo`lib olingan dunyoda hududlarni bir davlat boshqasidan faqat kuch bilangina tortib olishi mumkin». Rus olimi Y.V.Tixonravov mashhur nemis geosiyosatchilaridan K.Xausxoferning geosiyosat «siyosatning jug`rofiyaga bog`liqligi» to`g`risidagi ta`limot sifatida ta`riflaganligini ta`kidlaydi.
Geosiyosat individning o`zi yashayotgan hudud (makon) belgilab bergan, shu hududning o`ziga xos xususiyatlari, relyefi, landshafti ta`sirida shakllanishi, aniqrog`i, uning ijtimoiy-jug`rofiy mohiyatiga asosiy e`tiborni qaratadi. Biroq bunday aloqadorlik insonning davlatlar, etnoslar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar doirasida yuritadigan keng miqyosdagi ijtimoiy faoliyatida yaqqolroq namoyon bo`ladi.
Geosiyosatning asosiy g`oyasi – insonning jug`rofiy muhitga bog`liqligi alohida shaxsdan uzoqlashib kishilar guruhiga yaqinlashgan sari namoyon bo`la boradi. Shuning uchun ham muayyan g`oyaviy poydevorning mavjudligiga qaramay, geosiyosat tom ma`nodagi mafkuraga, to`g`rirog`i “ommaviy mafkuraga” aylana olmagan. Uning xulosa va uslublari, tadqiqot predmeti va asosiy qoidalari ijtimoiy va tarixiy xarakterdagi umumbashariy qonuniyatlariga baho berish, strategik rejalashtirishning ulkan muammolari bilan shug`ullanuvuchi ijtimoiy qatlamlar uchungina tegishli bo`lishi mumkin. Geosiyosiy makon juda katta o`lchovlarda namoyon bo`lishi tufayli geosiyosat ham davlatlar, xalqlar va hokazo umumlashgan voqeliklar bilan bog`liq ijtimoiy guruhlarga mo`ljallangan.
Mumtoz tadqiqotlarda geosiyosat jug`rofiy hukmronlik dunyoqarashi, uning shakl va ko`rinishlari hamda bunday hukmronlikni o`rnatish qoidalari, mezonlari va tamoyillari haqidagi fan sifatida ta`riflanadi. Inson ijtimoiy jihatdan yuksalib borgan sari geosiyosat uning uchun ahamiyat, mazmun va manfaat kasb etib boradi. Geosiyosat siyosatdagi hukmron doiralar uchun yaratilgan fan bo`lib, bu fan bilan faqat mamlakatlar va millatlarni boshqarishda faol ishtirok etadigan yoki shunday maqsad yo`lida harakat qilayotgan kishilargina shug`ullanib kelganligiga tarix shohiddir.
Geosiyosat ilmiy nuqtai-nazardan qandaydir dogmatik qoidalarga asoslanmasdan, o`zi uchun muhim va ikkinchi darajali bo`lgan fanlar yoki fan yo`nalishlarinigina belgilab oladi. Boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar geosiyosiy uslubning asosiy tamoyillariga zid kelmagan taqdirdagina tadqiqot doirasiga jalb etiladi. Hozirgi paytda u Yer yuzida yetakchilik qilayotgan eng qudratli davlatlarning harakat dasturi sifatida ittifoqlar tuzish, urush boshlash, islohotlar o`tkazish, jamiyatni tarkibiy jihatdan qayta qurish, keng qamrovli iqtisodiy hamda siyosiy dasturlarni joriy qilish kabi muhim qarorlarni qabul qilish borasidagi zaruriy xulosalarni o`z ichiga olgan o`ziga xos amaliy qo`llanmaga aylanib qolgan.
Geosiyosatning asosiy qoidasi Yer yuzasining jug`rofiy tuzilishi hamda sivilizatsiyalarning tarixiy turlarga bo`linishida ifodalangan fundamental dualizmning qat`iyligini ifoda etishdan iboratdir. Mazkur dualizm «tellurokratiya» («quruqlik kuchi») va «talassokratiya» («dengiz kuchi»)ning bir-biriga qarama-qarshi qo`yilishida namoyon bo`ladi. Bunday qarama-qarshilikning mohiyati antik davr tarixidagi mashhur savdo sivilizatsiyasi – Karfagen (Afina) hamda harbiy-avtoritar sivilizatsiya – Spartaning (Rim) o`zaro munosabatlari misolida yaqqol ko`zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, bu liberal g`oyaga asoslangan demokratiya va ideokratiya o`rtasidagi qarama-qarshilikdir. Mazkur ziddiyat dastlabki paytlardan boshlab uni tashkil qilgan qutblarning qarama-qarshiligi xususiyatiga ega bo`lib davr taqozasiga ko`ra o`zgarib turadi .
Shunday qilib, butun ijtimoiy tarix ikki unsur, ya`ni «suv» («suyuq», «oquvchi») va «quruqlik» («qattiq», «doimiy») unsurlari atrofida ro`y bergan jarayonlardan iborat. Tellurokratiya, makonning muqimligi va undagi asosiy xususiyatlarning barqarorligi bilan xarakterlanadi. Sivilizatsion darajada tellurokratiya insonlarning yirik uyushmalari, xalqlar, davlatlar, imperiyalar bo`ysunadigan o`troqlik, konservatizm, qat`iy huquqiy me`yorlarda namoyon bo`ladi. Quruqlikning qattiqligi xalqlarning madaniy hayotiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatadi, jumladan, ijtimoiy an`analarning barqarorligi va axloqiy qoidalarning mustahkamligi ana shu omil ta`sirida shakllanadi. Quruqlikdagi, ya`ni Yevroosiyoning ichkarisidagi xalqlarga induvidualizm ruhi yot bo`lib, ularga azaldan ijtimoiylik ruhiyati va iyerarxiyaviy tizim xos bo`lgan.
Talassokratiya esa bunga teskari bo`lgan qoidalarga asoslangan sivilizatsiya bo`lib, u dinamik, harakatchan va texnik rivojlanishlar tarafdoridir. Uning ustuvor yo`nalishlari ko`chmanchilik (asosan dengizda suzish nazarda tutilmoqda), savdo, individual ishbilarmonlik ruhidan iborat. Shaxs jamoaning harakatchan vakili bo`lgani tufayli oliy qadriyat hisoblanadi. Bunda ma`naviy va huquqiy me`yorlar bir-biri bilan aralashib, nisbiy va harakatchan bo`lib qoladi. Sivilizatsiyaning bu turi tez rivojlanadi, tashqi madaniy xususiyatlarni oson o`zlashtiradi, lekin shunga qaramasdan o`zligini saqlab qoladi. Insoniyat tarixining asosiy qismi har ikkala yo`nalishning ma`lum cheklangan hududlari doirasida, ammo «tellurokratiya»ning umumjahon miqyosidagi ustuvorligi sharoitida rivojlangan. Quruqlik unsuri butun sivilizatsiyaga o`z ta`sirini o`tkazadi, «suv» (dengiz, okean) unsuri esa ayrim paytlarda va muayyan hududlardagina namoyon bo`ladi. Quruqlik va suv dualizmi ma`lum vaqtgacha jug`rofiy jihatdan dengiz qirg`oqlari, daryo havzalarida va boshqa hududlar doirasida qolishi mumkin. Qarama-qarshilik sayyoraning turli joylarida, turli shakllarda rivojlanadi.
Ta`kidlash joizki, geosiyosiy qonuniyatlar siyosiy tarix, diplomatiya tarixi hamda strategik rejalashtirish va tahlil etishda ayniqsa qo`l keladi. Ushbu fan sotsiologiya, siyosatshunoslik, etnologiya, harbiy strategiya, diplomatiya, din tarixi kabi ko`pgina fanlar bilan kesishuv nuqtalariga ega. Ayrim mutaxassislar ushbu fanning ko`pgina hollarda iqtisodiyot bilan ham uzviy bog`liqligini nazarda tutib, «geoiqtisodiyot» deb nomlangan fanni kiritish taklifini ilgari surgan.

Adabiyotlar:





  1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi. 1997 yil 26 dekabr.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi. 1997 yil 24 aprel.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” gi.1997 yil 24 aprel.

  4. To‘rtinchi hokimiyat. qonunlar to‘plami.T, O‘zbekiston, 1999.

  5. Vazirlar Mahkamasi qarori “Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi.T, 1999 .

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublikasi Prezidentining Farmoni “Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy –ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi.-T, 2006, 3 aprel.

  8. Rahmatullayev T. Matbuot va demokratiya. Samarqand, 2002.

  9. Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. T: Akademiya, 2005.

  10. Abdullayev L. XXI asr terrorizmi va «Al-Qoida»: Xalqaro xavfsizlikka tahdid va unga qarshi kurash choralari. Toshkent 2005 yil.

  11. www.ziyonet.uz

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish