Kishi fe'li va qon



Download 17,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,02 Kb.
#249091



2- mashq. Matn asosida tezis yozish. Quyida berilgan matnni o'qib, uning asosiy mazmunini 10-12 ta gap bilan ilmiy uslubda bayon eting.
Kishi fe'li va qon

Olimlar fikricha, qon guruhi kishining fe'l-atvori va o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Bu fikrni yapon olimi Poshitakening millionlab kishilar hayotini o'rganish xulosalari tasdiqlaydi.

Nomi o'rganilib, xulosa qilgan qon guruhlari bo'yicha kishilarning fe'l-atvorlari quyidagicha:

Birinchi guruh: Siz peshqadamlikka o'chsiz. Oldingizga qo'ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaysiz. Olg‘a harakat qilishda to'g‘ri yo'nalish belgilay olasiz. O'z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtiroslardan ham holi emassiz. Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o'ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari, siz juda izzat talabsiz.

Ikkinchi guruh: Siz muvozanat, osoyishtalik va tartib-intizomni yaxshi ko'rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari, siz ta'sirchan, madaniyatli va ochiq ko'ngilsiz. Sizning kamchiliklaringiz o'jarligingiz va asablaringizni boshqara bilmasligingizda.

Uchinchi guruh: Siz shakllangan shaxsiyatparastsiz, o'z xohishi bo'yicha ish qiluvchisiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz, hayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin sizning o'zboshimchalik bilan ish qilishingiz ba'zi vaqtda halaqit berishi mumkin.

To'rtinchi guruh: Siz tinch va hotirjamsiz, kishilar sizni sevadilar va siz bilan o'zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtini chog‘ qilishni bilasiz. Lekin ayrim vaqtlarda qiziqqonsiz. Ba'zan esa uzoq vaqt ikkilanib, bir qarorga kelishga qiynalasiz.

Xarakter va salomatlik qon guruhiga bog'liq ekanligi haqidagi ilk g'oyalar 1980-yillarda Yaponiyada paydo bo'la boshlagan. Yaponiyalik olim Poshitake muallifligida chop etilgan “Qon guruhing bu – sen” nomli kitob qon guruhining odam fe'l-atvoriga ta'siri haqida edi. Kitobda turli qon guruhidagilarga maslahatlar berilar ekan, unda sog'lik, xarakter, insonlar bilan muloqot kabilar kengroq yoritilgan.


Qon guruhi inson xarakteriga ta'sir qiladi. Stress holatini qanday o'tkazish, kasalliklarga nisbatan moyillik, insoniy munosabatlarda ham uning ahamiyati katta.

Qon guruhi bir bo'lganlar kuchli jur'at egalari hisoblanadi. Ular tug'ma etakchi, tashabbuskor va optimist bo'lib, maqsadga qaratilgan kuchli intilish egasidir. Ular tanqid va tanbehni yomon qabul qilishadi. Bu guruh vakillarining organizmalari o'ta chidamli bo'lgani uchun, ular orasida uzoq umr ko'ruvchilar ko'pchilikni tashkil qiladi.


Qon guruhi ikki bo'lganlar barqaror fe'l-atvor egalaridir. Tartibni birinchi o'ringa qo'yuvchi bu guruh vakillari tasodiflardan ko'ra tashkillashtirilgan hodisalarni afzal ko'radi. Muammolari va tashvishlarini yashirishga moyil bo'lgan ikkinchi qon guruhi egalari aslida hissiyotga beriluvchan bo'lib, tez-tez depressiya holatiga tushib turishadi.

Qon guruhi uch bo'lganlar haqiqatan ham o'ziga xos odamlardir. Ijodkor tabiatli, ijobiy ma'noda o'zboshimcha. Odatda ularning ko'pchiligi o'tkir iste'dot, boy tasavvur egasi. Bor diqqatini sevimli mashg'ulotiga qarata olish ularning muvaffaqiyati kalitidir. Ba'zan aynan shu tufayli odamlar bilan muloqotga yaxshi kirisholmay, odamovi va kamgap ko'rinsalarda, aslida ta'sirchan shaxs hisoblanishadi.

Qon guruhi to'rt bo'lganlar ajoyib tashkilotchi, yumshoq tabiatli, bosiq fe'lli kishilardir. Kichkina narsalarga vaqt sarflamay, ko'p narsani o'rganishga, imkoni boricha ishni oxiriga etkazishga harakat qilishadi.
Download 17,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish