Kirish qismi Asosiy qism Talab va taklif



Download 203,5 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi203,5 Kb.
#205805
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish iq


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


MAVZU: Talab va taklif elastikasi
Bajardi: Davronov Karimjon




Reja:

  1. Kirish qismi

  2. Asosiy qism

  1. Talab va taklif

  2. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari.

  3. Narx bo‘yicha talab elastikligi.

  4. Daromad bo‘yicha talab elastikligi.
    xalqaro statistika

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH


O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o‘rni va ta’sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag‘batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Prezident I.A.Karimov bundan besh yil oldin respublika Oliy Majlisida qilgan ma’ruzasida bu dolzarb masalalarni yechish uchun malakali kadrlar va mutaxassislar yetishmasligi, tafakkurimizning oqsoqligi har qadamda to‘g‘onoq bo‘lib turishi haqida eslatib o‘tgan edi.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat Talablarda ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi.

Zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga muvofiq 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan “Statistika” darsligi chop etilgan edi. Ushbu kitob bu darslikni qayta ishlash mahsulidir. Kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlash natijasida darslikning umumiy hajmi ikki marotaba ixchamlashgan. Shu bilan birga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hisobiga uning mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.

Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan, statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o‘rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili asosida bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo‘llariga e’tibor jalb qilingan.

Har bir bo’lim qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy atama va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan yakunlangan. Shu sababli ushbu darslik talabalar statistik bilimlarni o‘zlari o‘rganishni tashkil etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz.

Ta’kidlash joizki, sobiq sovet tuzumining boshlang‘ich davrlaridayoq, statistikani markazlashgan totalitar boshqarish maqsadiga bo‘ysundirish, uning samarali quroliga aylantirish niyatida rejali xo‘jalik sharoitida u o‘zining nazariy asoslaridan ajralishi va statistika fani yo‘qolishi haqida «nazariya» to‘qilgan edi.

Natijada statistika xalq xo‘jaligi hisobining bir turi sifatidagina qaraldi, uning nazariyasi esa ehtimollar nazariyasi bilan birlashtirilib, matematikaning tarkibiy qismi deb talqin etila boshlandi.

Keyinchalik 50-yillarda yangi ijtimoiy fan sifatida statistika nazariyasi haqida kurs yaratildi va matematik statistika bilan bir qatorda u oliy o‘quv yurtlari rejalaridan o‘rin egalladi. Natijada statistika nazariyasi mustaqil ikkita o‘quv kurslari bo‘lib qoldi. Afsuski, hanuzgacha bu masalaga ayonlik kiritilgani yo‘q, vaholanki butun dunyoda yashnayotgan erkin bozor iqtisodiyoti mamlakatimizda ham bunyod etilmoqda va u tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar erkin harakati uchun sharoit yaratmoqda, demak, tasodifiy jarayonlar hayotimizda kechmoqda.

Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda, ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o‘qitilib kelindi va hozirgi kunda o‘qitilmoqda. Ko‘p yillar davomida sinovlardan o‘tgan mazkur boy tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo‘nalishlaridan qat’iy nazar, yagona statistika kursini o‘quv jarayonlarida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu bilan birga oliy ta’limning iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda statistik tafakkur bunyod etish sohasida yurtimizda to‘plangan tajribalardan voz kechish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Bunda statistika nazariyasi bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy statistika va tarmoq statistikalari o‘qitib kelinganligi nazarda tutilmoqda. Bu statistika sohalariga xos masalalar ham yagona statistika kursidan fan nazariyasi va uslubiyati bilan uzviy bog‘langan va izchil uyg‘unlashgan holda yoritilishi lozim.

Moliya, buxgalteriya hisobi va auditdan tashqari barcha boshqa umumiqtisodiy yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr darajasida yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejalarida yagona «Statistika» kursi ko‘zlangan bo‘lib, uning o‘quv dasturi esa yuqorida bayon etilgan mazmunda tuzilgan. Ana shu hujjatga muvofiq ushbu darslik tayyorlandi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ko‘p yillar davomida fanni o‘qitish jarayonida to‘plangan tajribalar umulashtirilgan.

Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.

Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.

T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi T. va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.

T. va t. qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.

Adabiyot

Shodmonov Sh. va boshqa, Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003; Tojiboyeva D., Iqgisodiyot nazariyasi, T., 2003.

Ahmadjon Oʻlmasov, Muxtor Rasulov.

Talab

Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.

Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.

Taklif

Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir.


Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish