Kirish. Ma`lumotlar bazasi tushunchalari. Ma`lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi


Ma`lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi



Download 0.54 Mb.
bet5/6
Sana29.08.2021
Hajmi0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6

Ma`lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi


MBBTni qanday bo`lishini (qurilishi) o`rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, amerika standartlashtirish komiteti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo`lib chiqdi.



3.1-rasm. MBning uch bosqichli arxitekturasi.
1. Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o`zini ma`lumotlar tasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o`ziga kerakli zarur bo`lgan ma`lumotlarni ko`radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo`yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi ma`lumotlarni ishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma`lumotlar xodimlar bo`limi qism tizimida ishlatiladi.

2. Kontseptual bosqich – markaziy boshqarish zvenosi bo`lib, bunda MB eng umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma`lumotlarni qamrab oladi. Umuman kontseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob`ektlarning muhim xossalarini akslantiradi.

3. Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma`lumotlarni tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma`lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta`minlab beradi.

Mantiqiy mustaqillik bitta ilovani o`zgartirishni, shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o`zgartirmasdan amalga oshirishni bildiradi.

Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma`lumotlarni bir qattiq diskdan boshqasiga ko`chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o`tkazishni bildiradi.

MBni tashuvchilarda hosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma`lumotlarni joylashtirish ycyllapi va vositalaridan iborat bo`lib, uning iatijasida ichki model hosil qilinadi (3.3-rasm).




3.3- rasm. Ma`lumotlarning MB da ko`ppog`onali ifodalanishi

Ichki model ma`lumotniig mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishi, aloqasi va tanlab olinishini ko`rsatadi.

Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo`yiladi :


  • ma`lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;

  • tashqi xotiradan maksimal foydalanish;

  • MBni yuritish harajatlarini kamaytirish;

  • Ma`lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirsh va boshqalar.

Umumiy holda ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:

  1. Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.

  2. Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBTlar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access.

Hozirgi vaqtda MBBT Accessning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma`lumotga kirish arxitekturasini ko`rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (3.4 - rasm):

I - blok

II - blok

III – blok


3.4 - rasm . Ma`lumotlarga kirish arxitekturasi

  1. Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob`ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar.

  2. MB. Bu blokda ma`lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb - fayllar).

  3. MB protsessori. MBBT MS Accessda ma`lumotlar disketlari MS Jet (Joint Engine Technology) MB yadrosining yangi 32 razryadli 3.5 versiyasi qo`llanilgan. Bu versiya yuqorirok, unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega.

MB bitta kompyuterda joylashishi yoki bir nechta kompyuterda taqsimlanishi mumkin. Bir foydalanuvchining ma`lumotlari boshqalar uchun kira oladigan bo`lishi uchun bu kompyuter hisoblash tarmoqlari yordamida yagona hisoblash tizimiga ulanishi kerak.

Bitta kompyuterda joylashgan MB va banki mahalliy, kompyuterlarning bir necha birlashtirilgan tarmoqlaridagi taqsimlangan deb ataladi.



Ma`lumotlariing tarmoqli ishlab chiqarishning turli tamoyillari mavjud: «fayl-server» va «mijoz- server». «Fayl-server» (FS-model) tamoyili tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlangan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va «fayl-server» uchun ajratilgan kompyuterga mo`ljallangan. Boshqa kompyuterlarda esa amaliy dasturlar va MB protsessorining nusxasi joylashtiriladi. So`ralgan ma`lumotlar «Fayl-serverdan» boshqa kompyuterlarga o`tkaziladi va ular MBBT vositalari bilan qayta ishlanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat