Kirish. Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar



Download 111 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi111 Kb.
#32818
Bog'liq
Chet tilini o‘rganishda AKTning ahamiyati

Mavzu: Chet tilini o‘rganishda AKTning ahamiyati.

Reja:

  1. Kirish.

  2. Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar.

  3. Kompyuter imitatsion modellarning ta`lim jarayonidagi o`rni.



KIRISH.

Mustaqilligimizdan so`ng O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi», deb ko‘rsatilgan [2,16].

Ushbu masalalarning dolzarbligi hozirda ham o`z natijasini ko`rsatmoqda. Bu masalalarning yechimini topish axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga qo‘llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan axborot texnologiyalarining dunyo miqyosida tutgan o‘rniga nazar solamiz.

Bugungi kunda dunyoda axborotlarning haqiqiy inqilobiy jarayoni kechmoqda. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatda iqtisodiyotning rivojlanishi ayni vaqtda tovar mahsulotlari, resurslari, materiallarining harakati bilan emas, g‘oya va bilimlarning kuchi bilan amalga oshirilmoqda. Bunday imkoniyat raqamli aloqa xizmatining ishga tushirilishi bilan taqazolangan. Masalan, telefon orqali internetga bog‘lanib elektron ma’lumotlar bazasini, kerakli kitoblarni va boshqa bir qator ijtimoiy, siyosiy sohalarga doir ma’lumotlarni, hatto biznesga tegishli amallarni bajarish mumkin. Hozirda ushbu qurilmalar yordamida vertual bazalar yaratilishini ko`rishimiz mumkin ularning qulayliklarini esa yuqoridagi fikrlarni o`zi dalil bo`la oladi. XXI asrda o`z dalilini topgan axborot kommunikatsion vositalar nafaqat jamiyatda hattoki fan inqilobiga aylandi. O‘quv jarayonida foydalanilayotgan texnik vositalar va texnologiyalar har xil bo‘lishiga qaramasdan, o‘quv materialini taqdim etish shakli va vositalariga bog‘liq ravishda o‘qitish sifati yuqori yoki qoniqarli darajada bo‘lishi mumkin. O`quv jarayonlarida hozirda turli xil o`quv metodlar bilan birga yangi innovatsion texnologiyalarni qo`llash ham amalga oshirish jarayoni ketmoqda. Xususan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni obrazlar ko‘rinishida taqdim etish, unda obrazli fikrlash, intelluktual rivojlanish darajasini yuqoriga ko‘tarib qolmasdan, obrazli va an’anaviy o‘qitish o‘rtasidagi nisbatni o‘zgartirishga olib keladi. Tasvirlarni uzatish orqali undagi harakat sxemalar orqali ta`lim jarayonini faollashtirish undagi natijani yuqori darajada ko`rsatishini ta`minlamoqda. Bunday o‘qitish an’anaviy metodikaga nisbatan inson intellekti rivojlanishining yangi shaxobchasiga mos keladigan obrazli ko‘rinishda ma’lumotlarni taqdim etish, muloqot tillari bilan bog‘liq muammolarni yechish va shuning bilan bir qatorda jahondagi kommunikasion jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. Hozirda jahonda juda ko`p kommunikatsion vositalar orqali muloqotni amaga oshirish imkoniyatlari mavjud. Ularning barchasi albatta Axborot vositalarning rivojlanishidir. Ushbu muloqot vositalar nafaqat ta`limni rivojlantirishga, balki unda yangiliklarni boyitishga ham xizmat qiladi albatta. Ushbu tizimni rivojlantirishda korporativ tarmoqning vazifalari alohida turadi. Korporativ tarmoq orqali ma`lumotlar tez suratda bir joydan ikkinchi joyda yuborilib ma`lumotlarni tarqatsihda foydalanadigan ma`lumot tarqatishning bir turiga aytiladi. Mazkur tarmoq orqali vertual ma`lumotlar ta`lim jarayonida tarqatilishini ta`minlashni bajaradi.

Mavzuning dolzarbligi. Axborot texnologiyalari fan va texnikaning, ayniqsa, fundamental fanlarning yutuqlariga tayangan holda rivojlanib boradi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, jamiyat uchun AT qanday muhimligini ko‘rsatishda axborot vositalari tomonidan ushbu muammoni doimiy muhokama qilinib borilishi muhimdir. Bu borada respublikamizda ham muayyan tajribalar to‘plangan. Misol tariqasida Respublika Prezidenti Islom Karimovning 2001 yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish va Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalar qo‘yilgan. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita rahbarligida va tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230 sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «INTERNET»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarorlarini keltirish mumki [2,14-15]. Shu o‘rinda AT larining ta’lim tizimidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tish joizdir. Axborot texnologiyalari nafaqat jamiyatda balki, turli sohalarda ham o`zini ko`rsatib kelmoqda. Uning afzalliklari shundan iboratki ma`lumotlarni qabul qilish hamda tarqatishda juda tez amalga oshirilishi hamda aniq dalilar orqali amalga oshirishi eng muhim omillaridan biri ekanligini isbotlaydi.


Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar.

Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashga doir keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Malumki ushbu yo`nalishni amalga oshirishda eng birinchi chet tilini o`rganishda qaratildi. Chet tilini ayniqsa ingliz tilini o`rganishda axborot vositalarni qo`llash undagi dasturlarni ishlab chiqarish ham talablarni amalga oshirish o`zini natijalarini bermoqda. Albatta bularni barchasi zamonaviy dasturlar bo`lib o`quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan qulayliklar majmuasiga aytiladi.

Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi.

O’quv jarayonining asosiy turi ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, ular kirish ma’ruzasi, infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-konferensiya m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. Nazariy materialni o`rganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin:

•Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.

•Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin.

•An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo.

Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni o’z ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan o’tish va boshqalar.

Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin.Ayniqsa, elektron o’quv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test dasturlari o’rganuvchilar uchun o’z-o’zini nazorat vositasigina bo’lib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini o’z ustiga oladi.Bunday test dasturi o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan mustaqil programma bo’lishi yoki o’qituvchi tomonidan to’ldirib, modifikatsiyalandigan qoboq dastur ham bo’lishi mumkin.Tarix ta’limida o’quv amaliyotining muhim ahamiyati bor. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi bo’lib xizmat qiladi.Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, etnografik materiallar yig’ish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin.Arxiv va muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini msofadan o’tqazish imkonini yaratadi.O’quv elektron vositalari qatorida O’quv-uslubiy majmualar muhim o’rin tutadi. O’UM lar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar , ilovalar va boshqalarni saqlaydi.O’UM lar strukturalangan mantiqan bog’langan didaktik elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin.Zamonaviy o’quv multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. O’UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:

-elektron darslik;

- electron ma’lumotnoma;

- trenajerli majmua;

- misol va masalalar to’plami;

- electron laboratoriya praktikumi;

- kompyuterli test tizimi.

Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi.

Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin

mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.

Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google’ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv

tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.

Chet tili o`qitishda kerakli bo`ladigan asosiy multimedion qurilmalarni roli katta hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda visual materiallar audio qurilmalar o`qitish jarayonini faollashtirishni yanada mustahkamlaydi. Multimedia vositalari bilan dars jarayonlarni o`tish texnologiya rivojlanishi ya`ni XX- asrdan boshlangan bo`lsa ham undagi natijalarni samaradorligi qoniqarli ekanligini ko`rishimiz mumkin.



KOMPYUTER IMITATSION MODELLARNING TA`LIM JARAYONIDAGI O`RNI

Mamlakatimizda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini takomillashtirish va jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishdan iborat bo‘lib, bunda qilinishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishdan iborat [2, 44].

Ta`lim jarayonida ko`pgina o`qituvchilarni duch kelgan muammolari shundaki, ularni multimedion axborot resurslari bilan ishlashidir. Ma`lumki hozirda maktablarda ko`pgina darslarni o`tish jarayonida kompyuter texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Ushbu holat shuni aytish lozimki maktablarda yoki boshlang`ich ta`limda yosh avlodni tarbiyalshda o`qitish metodikasini mukammal egallagan malakali kadrlar ehtiyojini qondirish eng birinchi maqsad hisoblanadi. Chunki bunday innovatsion yangiliklarga asosan tarbiya beruvchi hamda unga yo`naltiruvchi shaxs tayyor turishi hamda mukammal bilimga ega bo`lishi shart.

Odatda multimedia degan tushuncha haqida so`z yuritilganda ko`z oldimizga harakatlangan hamda tovush orqali bizga ma`lumot yetkaziladigan axborotni tushunamiz, lekin eng avvalo ushbu jarayonni amalga oshirilishini va paydo bo`lishini bilish maqsadning boshi hisoblanadi. Ushbu atama XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib hozirda ta`limda o`z o`rnini topgan. Multimediali dastur asosan matn shaklida, video, ovoz hamda taqdimot shakllarda bo`lishi mumkin. Uning qulayliklaridan biri shundaki ma`lumotni qabul qilish oson tez hamda sifatli bo`lishi yanada multimediyani imkoniyatlarini namoyon qiladi. Multimediya deganda undagi o`z ichiga oladigan elementlarisiz tasavvur qilib bo`lmaysi. Chunki ushbu vosita elemetlarsiz vujudga kelmaydi, ularning eng birinchi asosi bu axborot

hisoblanadi, sababi axborot orqali boshqa innovatsion vositalar rivojlanishini ko`rishimiz mumkin. Multimediya deganda undagi modellarni ham esdan chiqarmaslik kerak zero imitatsion modelllar bu multimediya vositalari va maxsus dasturlar orqali hosil bo`lgan natija hisoblanadi. Ushbu dasturlarni hozirda nafaqat yevroppa davlatlarida balki Respublikamizda ham ko`pgina olimlar hamda professor o`qituvchilar tomonidan foydalanilib o`quv jarayonlarida taqdim qilinmoqda. Xususan professor M.X.Lutfillayev, M.M.Aripov, A.A.Abduqodirov, R.Boqiyev, S.S.Gʻulomov, A.X.Abdullayev. Ularning ishlarida virtual stend yaratish va ularni oʻquv jarayoniga qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri ekanligi koʻrsatilgan. Ta’limga axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari boʻyicha A.H.Abdullayev, M.H.Lutfullayev, A.R.Maraximov, A.Nishanov, O.N.Roʻzimurodov, M.X.Gʻulomova, R.H.Hamdamov va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. Pedagogik dasturiy vositalar va elektron oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish muammolari boʻyicha F.Zakirova, K.Tursunmetov, N.I.Taylaqov, M.N.Soy, A.Gʻ.Hayitov va boshqalar tadqiqot ishlari olib borishgan. Oʻquv materiallarini obrazlar koʻrinishida talabalarga taqdim etishda axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida ularning kompyuter imitasion modelini yaratish orqali amalga oshirish oʻquv jarayoni samaradorligini oshirishga olib kelishi bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida oʻrganilgan.

Mazkur chizmada tizim tushunchasi hamda unga qo`yilgan talablar haqida aytib o`tilgan bo`lib qisqacha ta`rif berib o`tilgan. bu haqda to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun albatta chizmaga murojaat qilish kerak.[ 6, 36].



Quyidagi ushbu tizimning jadval ko`rinishida tasvirlangan bo`lib ushbu jadvalda to`liq o`qitish jarayonini ko`rish mumkin (1 -rasm).


Ushbu chizmada ko`rsatilgan bo`ginlar bir – biri bilan uzluksiz va uzviy ravishda bog`langan bo`lib, dastlabki bo`gindagi ishlar asosida keying bo`gindagi ishlar tashkil qilinadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, yuqoridagi chizmada ko`rsatilgan bo`g`inlar bir-biri bilan bog`langan tizimni tashkil qiladi. Shuni ta`kidlash lozimki, tizim doirasida olib borilayotgan ishlar ta`lim tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan shu bois, ushbu tizimni pedagogik tizim deb atash mumkin. Ushbu pedagogic tizim doirasida olib boriladigan nazariy va amaliy masalalari xususida to`xtalib o`tamiz. Tizim doirasida olib borilayotgan nazariy ishlarning muhim jihati shundan iboratki, u o`z navbatida bir qator fan yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boorishni taqozo qiladi. Bunday fan yo`nalishlariga ingliz tilini AKT asosida o`qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya va boshqa yo`nalishlar kiritish mumkin. Ushbu fan yo`nalishlari olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlariga o`quvchilarga ingliz tilidan berilayotgan ma`lumotlarni qanday ko`rinishda va qancha hajmda ularning mazmun – mohiyatini ochib berishda qo`llaniladigan pedagogik metod, usullar va psixologik jihatlarni tadqiq qilish kabi ilmiy- uslubiy ishlar kiradi.

Ingliz tilini maktabgacha ta`lim muassasalarida, umum ta`lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, litseylar, oliy ta`limni qamrab oladigan o`qitish tizimini yaratish va o`quv jarayonida joriy etish maqsadga muvofiq.



Ushbu o`qitish tizimini yaratishdan maqsad farzand dunyoga kelgandan boshlab uning ulg`ayib boorish davri mobaynida ta`lim muassalarining turli bo`ginlarida bilim olishi ta`minlanadi. Ingliz tilini o`qitish va o`rganishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan (AKT) foydalanib o`quv-metodik adabiyotlar tizimini yaratish va o`quv jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Demak imitatsion modellar kelajakda ulg`ayib voyaga yetayotgan yosh avlod uchun bilim olish hamda uni amalga qo`llash haqidagi jarayonni olg`a surishga yordam beradi. Bunday tizimni agar yosh avloddan boshlasak, ularda bilim olish jarayonida yuzaga keladigan har xil qiyinchiuliklar so`z boyliklaridan tortib, to murakkab brikmalarni har xil obrazlarda yaratilsa, jarayonni obraz shaklida ko`rsatilsa bilim olish uchun katta imkoniyatni ochib beradi. Ushbu tizimning asosiy bo`ginlaridan biri bo`lgan oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida inglzi tilini AKT asosida o`qitishning o`quv-uslubiy jihatlarini yaratish va o`quv jarayoniga joriy etishning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqarish masalalarini ham ko`rib chiqiladi.
Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish