Kirish bob matematika darslarida geometrik elementlarni o’qitish



Download 1,33 Mb.
bet1/3
Sana10.02.2020
Hajmi1,33 Mb.
#39300
  1   2   3
Bog'liq
3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIC ELEMENTLARNI O’QITISH


3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH

REJA:

KIRISH

1. BOB MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH

  1. Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik materialning mazmuni

  2. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy masalalari

2.BOB MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari

  3. Boshlang’ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MUNDARIJA:

KIRISH…………………………………………………………………..3

  1. BOB MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH ……………………….……………….6

1. 1 Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik materialning mazmuni………………………………………………………..6

1.2 Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy masalalari…………………………………………………………………….11

  1. BOB MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK

ELEMENTLARNI O’QITISH ….…………………………………………16

2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish…………….16

    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari……………………………………………………………………25

XULOSA……………………………………………………………………..29

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………31


Kirish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi.

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jisminiy jihatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar.

“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.

Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi1.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.

Kurs ishi ishining dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida geometriyaga oid misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.

Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi. Chekli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish o’zaro ekvivalent to’plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa-natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.

Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.

Kurs ishi ishining maqsadi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirish va geometrik masalalarni yechishga o’rgatishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab chiqishdir.

Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirishning ahamiyatini nazariy hamda amaliy asoslash:

  • Boshlang’ich matematika kursida geometrik materialning xossalaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish;

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga oid masalalar yechishga o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish;

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga doir misollarni yechishga va tekshirishga o’rgatishda ko’rsatmali vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib berish.

Kurs ishi ishining obyekti 1 -4 sinf matematika kursida geometrik materillarni o’rganishni samarali amalga oshirishni takomillashtirish jarayonidan iborat.

Kurs ishi ishining predmeti: 1 -4 sinf matematika darslarida o‘quvchilarning geometriya elementlari va u bilan bog‘liq tushunchalar haqidagi tasavvurlar shakllanishiga olib keluvchi hamda yasashga oid geometrik mazmundagi masalalarni yechishni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish1.

Kurs ishi ishining metodologik asosi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asari, Respublikamiz prezidentining 2004 yil 25 maydagi “2004

  • 2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar mahkamasining qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, amaldagi o‘quv dasturlar, darslik, o‘quv va o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar.

Kurs ishi ishining amaliy ahamiyati shuki, tavsiya etilgan usullar amaliyotda mantazam qo’llansa, o’quvchilarning ijodkorlik va mustaqil fikrlash doirasini kengaytiradi, ularda matematik bilimlar oshadi hamda fazoviy tasavvurlari kengayadi.

Kurs ishi ishi tuzilishi: kirish, 2 ta bob, 5 ta bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlar ro’yxatidan iborat.


I.BOB 3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH

1.1 Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik

materialning mazmuni

Xozirgi zamonda mavjud boshlang’ich ta’limning turli sistemalari (tizimlari) ta’lim maqsadining nimalarga ko’prok e’tibor berish kerak degan masalada tubdan o’zgarishlar kiritilishini nazarda tutadilar.

Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi birinchi o’ringa chiqib bormoqdaki, bu narsa kichik yoshdagi maktab o’quvchisining shaxs sifatida shakllanishini ta’minlaydi va uning individual (shaxsiy) qobiliyatlarini ochilishini yuqori daraj ada ta’minlaydi.

Bu bilan bog’lik holda kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy ta’limda matematikani rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rolini kuchaytirishga keng yo’l ochilmoqda. So’ngi yillarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan matematikaning qator yangi usullari taklif etildi, shu bilan bir qatorda geometrik mazmun bilan boyitilgan kurslar ham. Bu usullar ko’proq kichik yoshdagi o’quvchilarni rivojlanishi masalasini ko’proq darajada amalga oshiradi, ularning xususan mantiiqy tafakkurlarini rivojlantirishga, fazoviy tasavvurlarini kengaytirishga ko’proq diqqat-e’tiborini qaratishadi. Ularda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hamda imkoniyatlari to’la-to’kis hisobga olingan. So’ngi yillar davomida boshlang’ich matematika kursidagi geometrik material mazmunan va hajm jihatdan ham ancha o’zgarishlarga uchradi. Bu haqda boshlang’ich sinflar matematika kursida turli yillarda o’rganilgan geometrik materiallarni qiyosiy o’rganish natijalari aytib turibdi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometrik tayyorgarligi masalalasida bizning oldimizga qo’ygan vazifalarni hal etish uchun bizning naqtai nazarimizda o’tgan va hozirga davrda olib borilgan geometrik materialni boshlang’ich sinflarda o’rganishga bag’ishlangan eng qiziqarli izlanishlarga kichik yoshdagi o’quvchilarga nimani o’rgatamiz degan savolga javob berishga diqqatni qaratamiz.

Mavzu bo’yicha talabalarning bilim va ko’nikmalariga talablar:

Har bir talaba:

  • I-V-sinflar uchun matematika kursi bo’yicha geometrik materiallarni o’rganish vazifalarini;

  • Matematika boshlang’ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi masalalarni hamda ularni o’rganish tartibini;

  • Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o’zlashtirishga xizmat qiluvchi arifmetik masalalarni;

  • Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini;

  • O’quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi masalalarni o’zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ;

  • Geometrik materiallarni o’rganish davomida foydalaniladigan ko’rgazmali qo’llanmalar va didaktik o’yinlarni;

  • Geometrik mazmundagi masalalarning o’zlashtirilishini tekshirishning turlicha ko’rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak.

Shuningdek har bir talaba:

  • O’qitish davomida geometrik elementlar bo’lgan arifmetik materiallarning o’zaro aloqasining tatbiq etilishini bilishi;

  • Geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad sari yo’naltirib, qo’llay olishi;

  • Geometriya elementlari bo’lgan mashqlarni tanlab olabilishi va maqsad sari yo’naltira olishi;

  • Geometrik misollarni o’rganishga xizmat qiluvchi ko’rgazmali qo’llanmalar va didaktik o’yinlardan foydalana olishi;

  • Geometriya elementlarini o’zlashtirishni tekshirishning turlicha ko’rinishlarini,shakl va usullarini qo’llay olishi;

  • Tekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak.

Geometriya materialini o’rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi (xarakteristikasi)

Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.

Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.

Geometrik materiallarni o’rganish:

  • Geometrik figuralar haqidagi tasovvurlar zahirasini to’plashga (kengaytirishga);

  • fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur etish ko’nikmalarini shakllantirishga;

  • muhim amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga;

  • bolalarni keyinchalik geometriyani o’rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.

«10 gacha bo’lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o’rganishda bolalar

nuqta va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to’rtburchak, beshburchaklar va boshqa ko’pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi.

«100 raqamigacha bo’lgan sonlarni qo’shish va ayirish» mavzusini o’rganishda esa to’g’riburchak, to’g’riburchakli to’rtburchak, kvadratlar, ko’pburchaklarning bir ko’rinishi sifatida o’rganadilar .

2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o’rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o’zaro farqlash ko’nikmalari shakllanadi.

  2. Katak daftarda chizg’ich va uchburchak figuralarni yasash.

  1. Figuralarni guruhlarga ajratish.

  2. Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.

  3. Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.

  4. (3-sinfda) shartli bel

  5. gilar yordamida geometrik chizmalarni o’qiy olish ko’nikmalarini shakllantirish.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.

Geometrik elementlarni o’rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog’oz, cho’plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog’ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo’ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o’lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o’quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi. Masalan, to’g’riburchakli to’rtburakni o’rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to’rtburchak ekanligi va burchaklari to’g’ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.

Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga o’tgan sari o’zgarib boradi, Masalan, «kesma», «burchak» »ko’pburchak» kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto’g’ri bo’lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o’z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).

Quyi sinf o’quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo’lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni noto’g’ri o’zlashti-rishga qadar xatolarga yo’l qo’yishga, masalan,o’quvchilar kvadratning to’g’ri burchakli to’rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko’pburchakli figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar.

Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to’g’ri va to’g’ri bo’lmagan burchaklar, ko’p burchakli figuralar (burchaklar soniga ko’ra uchburchak, to’rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar. 2

Mashg’ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to’g’ri to’rtburchak, to’rtburchak yoki ko’pburchakli figura deb atay olsinlar.

Geometrik materialni o’rganishda chizma va o’lchov asboblarini qo’llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog’liq bo’lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko’nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda bajarilayotgan ishlarni so’zlar bilan tariflay olish, dasturda ko’zda tutilgan simvolika (belgi, ramz) va atamalarni qo’llay olish muhim ahamiyatga egadir.

Shuni ham nazarda tutish g’arurki, boshlang’ich sinflarda olingan geometrik figuralarni yasash va o’lchashga doir ko’nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi.

Qurilmalarning aniqligi va o’lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang’ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o’quvchilari chizg’ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o’lchash ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo’ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo’yish kerak.

Chizish va o’lchashga oid ko’nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg’ulotlaridan ham foydalanish lozim.

O’quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi.

Mavzuni o’rganishdan maqsad.

  1. Nuqta, kesma, burchak, ko’pburchak, to’g’riburchak, kvadrat kabi geometrik figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.

  2. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash uchun amaliy tajriba va ko’nikmalarni shakllantirish.

3.O’quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish.

Boshlang’ich sinflar o’quvchilarining geometrik figuralar haqidagi tasovvurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalar alohida qo’yadi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo’lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy tasovvurlarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, amaliy ishlarni bajarish).

  2. bosqich - O’quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.

  3. bosqich - O’rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun figuralar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni bajarish.

O’quvchilarda geometrik figuralar haqidagi umumiy tasavvurlari» 10 gacha bo’lgan sonlarni o’rganish» mavzusini o’tish davomida yana bir bor aniqlanadi. Dastlab bu figuralar (aylana, uchburchak, kvadrat va hokazolar) materiali sifatida foydalaniladi. Unda bolalar hisob - kitobni bunday figuralar yordamida, masalan, 3 ta kvadrat, 8 ta aylana, 5 ta uchburchak kabi, katta yoki kichik uchburchaklar, qizil yoki zangori doiralarni sanash yo’li bilan, olib boradilar.

Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o’qituvchi yaqin atrofdagi predmetlar - (qalam, chizg’ich)dan foydalanib, kesmani qog’ozda qanday tasvir etish lozimligini ko’rsatadi.

  1. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning

umumiy masalalari.

Matematikaning boshlang’ich ta’limdagi o’zgarishlar umuman olganda kichik yoshdagi o’quvchilarning geometrik bilimlari chuqurligi va darajasining o’sganligi ko’rsatadi. Biroq, boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi ko’rsadiki, umum amaliyotda geometrik bilim, malaka va o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Shunday qilib, kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin buning amalga oshubi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan o’qituvchi kerak. Bundan tashqari geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham keraklidir.

Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.

Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.

O’quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o’lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometriya elementlarini o’rgatishda qo’llanadigan o’qitish metodlari javob beradi. Geometriya propedevtik kursini o’qitishning muhim metodlari kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir. Bunda induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Laboratoriya va amaliy ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning effektiv metodlaridan biridir. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik figuralarning mohiyatini o’zlashtirishlarida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi. Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarda nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Shuni eslatib o’tamizki, “nuqta”, “to’g’ri chiziq” tushunchalari hozirgi kunda o’qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy tushunchalaridir. Shu sababli “nuqta deb nimaga aytiladi?”, “to’g’ri chiziq deb nimaga aytiladi?” degan savollar ma’noga ega bo’lmay qoladi.3

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’qitish uchun taklif etilayotgan geometrik material mazmuni qanday? Boshlang’ich sinf o’qituvchiular tayyorlaydigan fakultetlar uchun matematik tayyorgarlik bo’yicha davlat ta’lim standartining taxlili o’qituvchining matematik tayyorfarligida geometrik material uchun juda ham oz rol ajratilgan, bu esa uning o’qitilishining majburiy bo’lmay qolishini keltirib chiqaradi. Shunisi aniqki, standartlar talabalar tomonidan hozirgi zamon geometriya kursini asosiy g’oyasini tushunish mumkinligini ta’limlamaydi, shu jumladan, maktab kursini ham, masalan, harakat tushunchasi va uning turlari qarab chiqilmaydi, shuning uchun standart boshlang’ich sinf matematikasining yangi geometrik mazmuniga mos emas, shuning uchun ham u (standart) boshlang’ich sinf o’quvchilarini yangi geometrik mazmuniga mos emas, shuning uchun ham u kichik yoshdagi o’quvchilarni geometriya elementlariga savodli holda o’qitilishiga zarur bo’lgan geometrik bilimlar minimunini bermaydi. Bundan tashqari, standart mazmuni talabalar tomonidan ijodiy, professional faoliyat ko’rsatish uchun yetarli bo’lgan fundamental bilim, o’quv va malakalar hosil qilishlariga imkoniyat yaratadi. Yana o’rganilayotgan boshlang’ich geometriya predmetiga bo’lgan o’zlarining uslubiy qarashlarini shakllantirishlariga imkon bermaydi. Shuning bilan birga standart mazmuni avvalgidek Evklid geometriyasi yagona mumkin bo’lgan geometriya degan munosabatni shakllantiradi.

Davlat standartining geometrik mazmuni ped.fak. uchun oliy o’quv yurti uchun “Geometriya elementlari” mazmunidan juda ham kam farq qiladi, o’qitish oxirgi vaqtlarda ham shu (dastur) bo’yicha olib borilgan.

Dastur uchun yozilgan tushuntirish xatida matematika o’qitishning quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  1. matematikaning dunyoni bilishdagi ahamiyatini talabalarga ochib berish, atrof-muhitni o’rganishdagi matematikaning ro’li haqida tasavvurlarni chuqurlashtirish;

  2. talabalarga zarur matematik bilimlar berish bo’lib, ular asosida matematikaning boshlang’ich sinfi quriladi, uning mazmunini bilan chuqur tanishish uchun zarur uquvlarini shakllantirish;

  3. tafakkurni rivojlantirishga yordamlashish;

  4. o’quv qo’llanmalar va boshqa matematik adabiyot bilan mustaqil ishlash uquvlarini rivojlantirish.

So’nggi ikki bo’limlar “Geometriy elementlari” va “Miqdorlar va ularni o’lchash”da o’rganiladigan geometrik material haqida dasturning tushuntirish haqida aytiladiki, “Geometriya elementlarini” faqat geometrik bilim va malakalarni umumlashtirsh va sistemaga solish maqsadida, ayrim malakalarni takomillashtirish (hususan, figuralarni qurish) maqsadida o’rganish, ammo va yana geometrik tushunchalarni shakllantirish, ularni sinflarga ajratish, muhokamalardagi, ta’riflardagi mantiqiy xatolarni aniqlash, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchisi va uning amaliy faoliyati uchun zarur uquvlarni shakllantirish ham zarur. Bu bo ’lim aksiomatik nazariyani ta’riflanmaydigan tushunchalar va ular orasidagi munosabatlar (puhta, to’g’ri chiziq, tekislik) asosida qurish misollarini hamda miqdor va ularni o’lchashning geometrik tushunchalarining mustaqil ekanligini ko’rsatishga imkon yaratadi. Biroq, bu dasturning talabalarni geometriyaning paydo bo’lishi tarixi bilan, aksiomatik metodning paydo bo’lishi va uning maktab geometriya kursida foydalanish bilan, geometrik yasashlar nazariyasi bilan, eng sodda geometrik figuralar va ularning xossalari bilan, “Geometriya elementlari” dasturini boshlang’ich sinf ehtiyojlariga yaqinlashtirish bilan bog’liq ijobiy tomonlari bilan birga, uning qator salbiy tomonlari ham bor. Biz dasturdan geometrik almashtirishlarni chiqarib tashlanishini noto’g’ri deb hisoblaymiz, chunki bu boshlang’ich sinf o’qituvchilariga :

  1. katta uchun kihik yoshdagi sinf o’quvchilarini geometrik almashtirishlar va ularning hususiy holi harakatlarni o’rganishga to’g’ri tayyorlashga;

  2. qator holatlarning nazariy asoslarini, xususan, teng figuralar haqidagi masalani qarab chiqishga imkon bermaydi, chunki boshlang’ich sinf o’quvchilari ular bilan na faqat matematika darslarida balki rasm, mehnat ta’limi darslarida to’qnashadilar. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda harakatlarni o’rganishga imkon beruvchi izlanishlar ham bor.

Davlat ta’limi standartining geometrik material mazmuniga doir aniqlangan kamchiliklar 1986 yil dasturidagi “Geoemtriya elementlari” bo’limi mazmuniga ham tegishli . Standartda va ohirgi dasturdagi geometrik bilmlar minimumini ham talabalar etarlicha chuqur o’zlashtira olmaydilar.

Psixologik-pedagogika fakul’tetlarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlaydigan bo’limlariga kirgan va yana fakul’tetni bitiruvchi talabalar, boshlang’ich sinflar tayyorlaydigan fakul’tetlarni turli yillarda bitirgan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining va yana “Matematika va konstruksiyalash” dasturi bo’yicha o’qigan boshlang’ich sinf o’quvchilarning geometrik bilimlari darajasi va holati o’rganilgan.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik tayyorgarligi dasturi bo’yicha amalga oshirilgan.

Matematika o’qitish meodikasi kursida asosiy tushunchalarning anchagina qismi shakllantiriladi va talabalarda bor bilimlarga tayanmagan holda tushunturiladi. Bu esa “bir tomondan bo’lajak o’qituvchining matematik bilimlarining bir yoqlamaligiga olib keladi (u o’z bilimlarini qo’llash usullarini ko’ra bilmaydi). Boshqa tomondan esa, uning metodika bo’yicha nazariy bilimlari zarur darajasiga yetkazilmaydi. Natijada mazmunini o’quvchilar oldida ochib berishga qodir emaslar, metodlarni to’g’ri tanlay olishmaydi.

Boshlang’ich sinflar o’qituvchilarining geometrik tayyorgarligidagi muhim kamchiliklar, ularning dars berish jarayonida aks etadi. Qatnashilgan darslar taxlili shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning eng keng tarqalgan xatosi geomerik figura tushunchasining mohiyatini bilmaslikdir. Ko’pincha “Sinf taxtasi- bu to’g’ri to’rtburchak, tanga- bu doira, uy tomi- bu uchburchak” deyishadi, garchi tabiatda uchburchaklar ham, to’g’ri to’rtburchaklar ham, doiralar ham (sof holda) mavjud emas. Bular abstrakt matematik tushunchalar bo’lib, tabiatda esa u yoki bu shaklga ega narsalar bo’lishi mumkin.

Ma’lumki, bolalarda geometrik tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta’siri o’quvchilarning geometrik tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim ta’sir ko’ratadi. Tushunchalarni o’zlashritish bo’yicha faoliyat ichida asosiylaridan biri ta’riflar (ta’riflashdir).

II Bob 3-sinf matematika darslarida geometriya elementlarini o’qitish.

  1. Download 1,33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish