Kirish. Asosiy qism Pulning kelib chiqishi va mohiyati



Download 39,6 Kb.
bet17/19
Sana15.07.2021
Hajmi39,6 Kb.
#119854
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Hujjat pul banklar mustaqil ish

Emmisiya tizimi deganda, muomalaga pul belgilarini chiqarishning qonunda belgilangan tartibi tushuniladi. Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlari emissiyasi Markaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar esa qonunda belgilangan emissiya xuquqiga asosan, xazina muassasalari tomonidan chiqariladi. Muomalaga pul belgilarini chiqaruvchi bank emitent bank deyiladi.

Har bir mamlakatda pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasi qonunda belgilab qo`yiladi. Masalan, AQSH da 12 ta yirik banklarni birlashtiruvchi Federal Rezerv tizimi, Pokistonda Davlat banki, Buyuk Britaniyada Angliya banki, Rossiyada Markaziy banklar pul muomalasi bo`yicha mutlaq huquqga egadirlar. Bu banklar pul muomalasini tartibga solishda quyidagilarni amalga oshiradilar:



  • muomaladagi pul massasi strukturasi, ya`ni naqd pul va naqd pulsiz hisob- kitoblar nisbatini belgilaydi;

  • pul muomalasini prognozlash-rejalashtirish tartibini o`rnatadi;

  • pul- kredit siyosatini boshqarish tartibini ishlab chiqadi;

  • valyuta kursini belgilash tartibini aniqlaydi;

  • naqd pul muomalasi bo`yicha xo`jaliklarda kassa intizomi tartibini joriy etadi.


Oʻzbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi

Oʻzbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta

Soʻmning muomalaga joriy etilishi bilan bogʻliq. Soʻmning muomalaga

kiritilishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda muhim

ijtimoiy – iqtisodiy rol oʻynadi.

Milliy valyuta Soʻm muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan

holda mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli ravishda uchta

bosqichga guruhlash orqali oʻrganish maqsadga muvofiq.

Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991-yil

sentyabrdan 1993-yil noyabr oyigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ushbu

davrda Oʻzbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bogʻliq edi.

Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan,

barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga

oshirildi. Bu davrda pul – kredit tizimi oʻz boshidan murakkab va ogʻir

davrni kechirdi.

“Mustaqillikning birinchi yillarida Oʻzbekiston hukumati siyosiy va

iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish paytida ikki oʻzaro ziddiyatli,

biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan

siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram

zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat Oʻzbekiston, balki sobiq

Ittifoqning boshqa respublikalari uchun oʻziga xos xususiyat edi”26

.

Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining



birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi:

– banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan taʼminlashdagi

muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki “rubl zonasida”gi mamlakatlarga

berayotgan har bir rublini 25 foizi miqdorida toʻlov belgilagan, yaʼni oʻzi

bergan 100 rublning 25 rublini qaytarib olib qolish sharti bilan mablagʻ

bergan boʻlsa, asta sekin bu toʻlov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga,

jumladan, oziq – ovqat mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi

sababli oʻzidan olib kelayotgan mablagʻni 100 foiz tovar bilan taʼminlash

shartini qoʻydi. Yaʼni Oʻzbekiston oʻzi olib ketayogan qadrsizlangan qogʻoz

pullar oʻrniga jahon bozorida qiymati oltin bilan oʻlchanadigan paxta

tolasi berishga majbur boʻlayotgan edi27

;

– sobiq Ittifoq respublikalari oʻrtasida iqtisodiy



munosabatlarning uzilishi bilan bogʻliq, shuningdek, hisob – kitoblarni

amalga oshirishda vujudga kelgan muammmolar. Sobiq Ittifoq barham

topgan boʻlsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar oʻrtasidagi mavjud

iqtisodiy aloqalarni birdan toʻxtatib qoʻyishning imkoniyati mavjud emas

edi. Bu oʻz navbatida pul mablagʻlari bilan bogʻliq hisob – kitoblarni

tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal qilgan

rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, oʻzaro hisob – kitob

ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlarni amalga oshirishni qiyinlashtirib

yubordi. Shu bois ham, 1993-yil may oyidan mamlakatimiz Markaziy banki

milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari va Oʻzbekiston

oʻrtasidagi tuzilgan bitimlarni qayta koʻrib chiqib, tijorat banklariga

Markaziy bank vakillik hisobvaragʻini chetlab oʻtib, toʻgʻridan – toʻgʻri hisob

– kitoblarni olib borishi taʼqiqlandi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit

siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil

topishining birinchi bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi, chunki

muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga

oshirilib, ularni tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi.

Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank tizimida,

balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham qator

ijtimoiy – iqtisodiy muammolar vujduga kela boshladi. Natijada ular 1992-yilning may – iyun oylaridan boshlab oʻz milliy valyutalarini

muomalaga kirita boshladi.

Buning natijasida, oʻz milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda

sobiq Ittifoqning 1961 – 1992-yillar namunasidagi rubllar qadrini

yoʻqotgan “oddiy qogʻoz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bu

jarayon mamlakatimiz isteʼmol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta

hajmda chetga oqib ketishi roʻy berdi.

Albatta, bunday sharoitda isteʼmol bozorini himoya qilishning yagona

va eng toʻgʻri yoʻli zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi.

Lekin, jahon tarixidan maʼlumki milliy pul birligini kiritish uchun

zarur tashkiliy va iqtisodiy shart – sharoit mavjud boʻlishini taqozo

etardi, toʻgʻrirogʻi esa ularni yaratish lozim edi. Bu esa oʻz oʻrnida maʼlum

vaqt talab qilardi.

Ammo, bu vaqt ichida isteʼmol bozorini qogʻozga aylanib borayotgan

rubllardan himoya qilib borish ham zurur edi. Aks holda, mamlakat

iqtisodiyotini izdan chiqib ketish xavfini oldini olib boʻlmasdi. Shuning

uchun, dastlabki vaqtlarda isteʼmol bozorini himoya qilish maqsadida qator

tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 15-mayda “Pul muomalasini tartibga solish va respublika isteʼmol bozorini

himoyalashni kuchaytirish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga

koʻra aholining tovar sotib olishi va depozit operatsiyalarining

bajarilishida pasport va kupon tizimi joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1993-yil 10-maydan boshlab,

banklarga qoʻyiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy

etildi, qiymati 25 ming rubldan yuqori boʻlgan tovarlarni kuponlar

asosida sotilishi belgilab qoʻyildi, 25 ming rubldan yuqori qiymatdagi

tovarlar bank omonatchilarning topshirigʻiga koʻra, pul oʻtkazish yoʻli bilan

amalga oshirilishi joriy etildi.

Ikkinchi bosqich 1993-yil noyabrdan 1994-yil iyun oyiga toʻgʻri keladi.

Ushbu davrda, yaʼni 1993-yil 15-noyabrdan muomalaga oraliq “soʻm –

kupon”lar kiritildi.

1993-yil 15-noyabrdan boshlab Rossiyaning nominali 5000 va 10000

boʻlgan rubllari muomaladan chiqarildi. Bu pullar Jamgʻarma bank

muassaslarigagina topshirilishi kerak edi. Shu bilan birga, bu

kupyuralarni bank muassasalarida qiymati past boʻlgan kupyuralarga

almashtirish taʼqiqlandi.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-noyabrdagi “Isteʼmol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini

mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga

muvofiq 1993-yil 1-dekabrdan boshlab sobiq SSSR Davlat bankining 1961 –

1992-yillar namunasidagi 200, 500 va 1000 rubllik pul biletlarining

muomalada toʻlov vositasi vazifasini bajarishi toʻxtatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-aprelda qabul qilingan “Pul muomalasini mustahkamlash va “soʻm – kupon”

xarid qobiliyatini oshirishning kechiktirib boʻlmaydigan chora – tadbirlari

toʻgʻrisda”gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, soʻmning xarid

qobiliyatini oshirish uchun zarur shart – sharoitlarni yaratishda muhim

tadbir boʻldi. Ushbu qarorga muvofiq, 1994-yil 15-apreldan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining

muomalada boʻlishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli

toʻlovlarga qabul qilinishi taʼqiqlab qoʻyildi29

.

Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994-iyuldan to hozirgi kungacha



boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

122 – moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining

asoslari toʻgʻrisida”gi qonunning 11 – moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3-sentyabrdagi 952 – XI – sonli

qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi

hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta “Soʻm” muomalaga

kiritildi.

Bank muassasalari tomonidan 1994-yil 1-iyul holatiga koʻra

mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, respublika hududida roʻyxatga olingan

yuridik shaxslarning hisob – kitob va joriy hisobvaraqlaridagi barcha pul

mablagʻlarini, shuningdek, inventarlash va buxgalterlik hisobi

maʼlumotlari asosida 1000 soʻm – kupon – 1 soʻm nisbatida barcha asosiy va

aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, debitorlik

va kreditorlik qarzdorliklari, byudjetga qarzdorlik hamda bank balansi

aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va mahalliy

byudjetlar mablagʻlari qoldiqlari, shuningdek, tashkil topish manbalaridan

qatʼi nazar, byudjetdan tashqari fondlarning mablagʻlari toʻligʻicha qayta

hisoblandi.

Aholiga pulli toʻlovlar sifatida banklardan yangi pul belgilarini

berish hamda hamda soʻm – kuponlarni bir oy mobaynida chakana savdo, xizmat

koʻrsatish sohasi orqali va omonatlarga jalb etib muomaladan chiqarildi.

Shu bois, 1994-yil iyul oyi davomida respublika hududida milliy valyuta

“soʻm” va “soʻm – kupon”lar parallel ravishda muomalada boʻldi.

Shu tarzda mamlakatimiz pul tizimining asosi boʻlib hisoblanadigan

milliy valyuta barcha hisob – kitoblar va toʻlovlar boʻyicha yagona toʻlov

vositasi sifatida amal qila boshladi. Bu oʻz navbatida, Markaziy bank va

tijorat banklariga pul tizimini nafaqat siyosiy jihatdan, balki

iqtisodiy jihatdan ham toʻliq mustaqil boshqarish imkoniyatini vujudga

keltirdi.


Oʻzbekiston pul tizimining elementlari
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tanilishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo etdi. Mustaqil pul tizimi tashkil topishining I-bosqichi 1993 yildan boshlab, muomalaga «so`m-kupon»larning chiqarilishi, II-bosqichi esa 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomalaga milliy valyuta «so`m»ning kiritilishi hisoblanadi.

Hozir O`zbekiston Respublikasi pul tizimi O`zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi, 1995 yil 21 dekabrda qabul kilingan «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida»gi, 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunlariga muvofiq amal qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasining pul birligi – so`m, 1 so`m = 100 tiyin. So`m O`zbekistonda yagona cheklanmagan va qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga banknot va tangalar chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo`lib, mamlakatda pul muomalasi holatiga javobgardir. Markaziy bank banknot va tangalarning yangi namunalarini tasdiqlaydi, ularning tasvirini ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qiladi.

Hozirda muomalada 1,3,5,10,25,50,100,200,500, va 1000 so`mlik banknotlar, 1,10,25,50 so`mlik va 1,3,5,10,20,50 tiyinlik tangalar amal qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul, kredit va valyuta boshqaruvi, naqd pulsiz hisob-kitoblar va xalqaro hisob- kitoblarni amalga oshirish, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartib- qoidalarini va boshqalarni ishlab chiqadi, hamda joriy etadi.


Download 39,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish