Kirish Asosiy qism 1



Download 116 Kb.
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi116 Kb.
#909579
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari


Mavzu: Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. Ijtimoiy pedagog ta’lim tizimida
2. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari
3. Ijtimoiy pedagog vazifalari
4. Ijtimoiy pedagoglarning "kasbiy majburiyatlari”

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda. Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev takidlaganidek - Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;
o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning xalq ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish;
umumiy o‘rta ta’limda barcha ma’lumot almashinuvi jarayonlarini Xalq ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishini hamda ushbu sohada elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining navbatlilik koeffitsiyentini optimal darajaga yetkazish, zamonaviy modellar bo‘yicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash.
3. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida Milliy o‘quv dasturi yaratilganligi va 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 1- va 2-sinflarda 252 nomdagi yangi zamonaviy darsliklar, o‘quvchi mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalar joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov):
a) 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini, shu jumladan 2022-yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinflar uchun, 2023-2024-yillarda 4-, 5-, 8-, 9- va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishini ta’minlasin;
b) maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:
2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinf o‘qituvchilarini Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitsin;
v) pedagog kadrlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlardan, shuningdek, ota-onalar, ekspertlar va boshqa shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, Milliy o‘quv dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borsin.
4. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv dasturlariga o‘zgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga (ona tili, adabiyot, tarix, tarbiya va huquq fanlaridan tashqari) ruxsat etilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov):
bir oy muddatda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish tartibini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ularning o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilishga ko‘maklashsin, shu jumladan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borsin hamda dasturlarni sotib olish va amaliyotga tatbiq etish uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
5. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari boshqa vazirlik va idoralarga umumiy o‘rta ta’limning o‘quv-rejalari va dasturlariga o‘zgartirish kiritish va maktablarda yangi fan joriy qilishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish taqiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan taqiqqa amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. Quyidagilar tashkil etilsin:
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — Pedagogika markazlari);
A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Milliy-tadqiqot instituti).
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Toshkent davlat pedagogika universiteti) hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilsin.
Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin.
7. Xalq ta’limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar (keyingi o‘rinlarda — zamonaviy metodikalar) bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) bilan birgalikda pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish amaliyotini joriy qilish uchun:
a) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishida:
2022-yil 1-sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
2022-yil 1-iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlarini shakllantirsin;
2022-yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazilishini ta’minlasin;
pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lab borsin;
2022-yil yakuniga qadar maktab o‘qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etsin;
b) ta’lim dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishida:
zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilish choralarini ko‘rsin;
2022-yil 1-avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Pedagogika markazlarining o‘quv-rejalari va dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqsin hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirsin;
v) pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2 — 4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4
kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini ta’minlasin;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibini yo‘lga qo‘ysin;
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining ilmiy-tadqiqot va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni jalb etsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil yakuniga qadar maktablarda zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish amaliyotini joriy qilish uchun Xalq ta’limi vazirligiga zarur mablag‘larni ajratsin.



Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish