Kirish. 1918-1939 yillarda xalqaro munosabatlar


Versal-Vashington tizimining inqirozi va barbod bo’lishi



Download 73.25 Kb.
bet7/8
Sana29.08.2021
Hajmi73.25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
Versal-Vashington tizimining inqirozi va barbod bo’lishi

Versal – Vashington tizimi omonat bo’lib chiqdi. U ham g’oliblar, ham mag’lub-lar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlar tufayli yemirilib bordi. Harbiy kuchga tayanish ko’p
jihatdan kapitalistik mamlakatlarning xalqaro maydondagi pozitsiya sini belgilab berdi. Shundan so’ng qurollanish poygasini cheklash bo’yicha o’tkazilgan konferensiyalarning birortasi ijobiy natija bermadi, ularda ham umumiy kelishuvga erishilmadi. Oqibatda 1930-yillarning oxiriga kelib Versal-Vashington tizimiga Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo’ydi. Bu tizimning inqirozi buyuk davlatlar o’rta sida o’z manfaatlari uchun kurashni avj oldirib yubordi. Bir tomondan, Buyuk Britaniya va Fransiya, ikkinchi tomondan, Germaniya, Italiya va Yaponiya o’rtasida qarama-qarshi harbiy-siyosiy ittifoqlar shakllandi. SSSR va AQSH ushbu qarama-qarshilikdan o’z manfaatlari yo’lida foyda lanish maqsadida kutib turishni ma’qul ko’rdi.

Shu davrda Yaponiya Uzoq Sharqda o’zining tajovuzkor rejalarini amalga oshi rishga kirishdi. 1931 – 1932 yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi va Manchjou-Go qo’g’irchoq davlatini tuzdi.



1933-yili Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqdi. Shundan so’ng u Xitoyga qarshi tajovuzni kuchaytirdi va 1937-yil iyulda keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab, Markaziy Xitoyni va boshqa bir qator hududlarni bosib oldi. Shu tariqa Osiyoda ham jahon urushi o’chog’i paydo bo’ldi, dunyo asta-sekin, qadamma-qadam yangi jahon urushiga qarab siljiy boshladi.
Konferensiya (konferentia – bir joyga to‘playman) – davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi.

Millatlar Ligasi - birinchi jahon urushidan keyin tuzilgan xalqlarning tinchlik va xavfsizlik yo‘lidagi ham korligini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot.

Fashizm (birlashma) – Italiyada paydo bo‘lgan siyosiy oqim. Hokimiyat tepasiga kelgach, fashistlar zo’ravon likning ashaddiy shakllarini qo’llovchi va jamiyat ustidan yalpi nazorat o’rnatuvchi terroristik diktaturani barpo etdilar.


Download 73.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat