Kimyo va ekologiya


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi



Download 356.5 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2017
Hajmi356.5 Kb.
1   2   3

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun-sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi.

Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi: Yuqoridagi dolzarblikni yechishda, tadqiqot obyekti sifatida “Kasb-hunar kollejlarida “Kimyoviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari” mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusi tanladi, o’qitishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash tadqiqot predmeti qilib olindi.

Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Tadqiqotni amalga oshirish uchun quyidagicha maqsad qo’yildi, dastlab “Kasb-hunar kollejlarida “Kimyoviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari” mavzusini o’qitish metodikasi” haqida chuqur ma’lumot to’plash va uni o’qitishda innovatsion usullar tanlash. Qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda qator vazifalar belgilandi:

  • O’zbеkiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi to’g’risida tushuncha berish.

  • O’zbеkistоnda anоrganik mahsulоtlarni ishlab chiqarish sanоati to’g’risida tushuncha berish.

  • Minеral o’g’itlar ishlab chiqarish sanоati to’g’risida tushuncha berish.

  • Mavzuni o’qitishda ta’lim usuli va vositalarini tanlash.

  • Mavzu bo’yicha dars ishlanmasini tuzish.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqotning asosiy masalasi “Kasb-hunar kollejlarida “Kimyoviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari” mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusini o’qitishda zamonaviy innovatsion usullarini tadbiq etish, agar ushbu usul ta’lim jarayonlariga keng qo’llanilsa, o’quvchilarning fanga qiziqishlari yanada ortishi mumkin.

Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Ushbu sohada bajarilgan ishlar bilan (bitiruv malakaviy ishilar, adabiyotlar) tanishish borasida quyidagi xulosaga keldim, hozirga qadar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish usullari va vositalarini tanlash borasida ko’p ishlar amalga oshirilgan va bu ishlar davom etmoqda, shulardan biri mening tadqiqot ishim hisoblanadi.

Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: Tadqiqot ishimda anjuman ma’ruza va kirish ma’ruza usullari hamda yangi axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalandim.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Agar tadqiqot natijalari amalda joriy qilinsa, ta’lim sohasida ijobiy o’zgarishlar bo’ladi, o’quvchilarni kasbga qiziqishi ortadi.

Tadqiqoqtning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida yangi dars ishlanmasi taklif etildi.

II. ASOSIY QISM

II.1. O’ZBЕKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI

Kimyo sanoati og’ir sanoatning asosiy tarmog’i bo’lib, xalq xo’jaligida ahamiyati kattadir. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir.

O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir.

Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi.

O’zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Farg’onada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Farg’onada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak-bo’yoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) qurilib ishga tushirilgan. O’zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xo’jalik bo’lgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o’sha yilning o’zidayoq qishloq xo’jaligimiz uchun 1 ming 600 tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qo’qon superfosfat zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1975-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda to’yimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi va o’g’it ishlab chiqarish bo’yicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham o’zib ketdi. Hozirgi paytda O’zbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda o’g’it ishlab chiqarmoqda.

Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo’lgan sement ishlab chiqarishning to’ng’ich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirildi. Bu esa O’zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qo’ytosh ruda kombinati, Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi.

O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.

O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.

Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.

1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, bo’yoqlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Farg’onada polivinilxlor asosida sun’iy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Farg’ona sun’iy qorako’l zavodlari va boshqa o’nlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi".



II.2. O’ZBЕKISTОNDA ANОRGANIK MAHSULОTLARNI

ISHLAB CHIQARISH SANОATI

Hozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir.

Kimyo sanoatida anorganik mahsulotlarning olinishi 1932 yildan boshlab oltingugurt qazib olina boshlangan. Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Sulfat kislota Kimyo sanoatining tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan.

1958-65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya kombinati qoshida sulfat kislotasi zavodi 20-asrning 90-yillari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni egallagan 2859 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqara boshladi.

O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960-yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo’jalidida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi.

Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.

Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Oxirgi 7 yilda О‘zR FA ilmiy mahsulotlari eksport hajmi 2,1 martaga ko’paydi.

Jumladan, О‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan sakkiz xil turdagi dorivor moddalar biopreparatlari va substansiyalari 7,6 mln AQSH dollaridan ortiqroq miqdorda eksport qilindi.

О‘zbekiston Respublikasi FA chiqaradigan ikkita ilmiy jurnal – “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” ingliz tiliga tarjima qilinadi va xorijda nashr etilib, obuna bо‘yicha tarqatiladi, shuning hisobiga valyuta kirimi (tushumi) ta’minlanadi. Umumiy va noorganik kimyo institutida o’g’itlarning yangi turlari va defoliantlar olishni original texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ular import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bo’lib, aksariyat qismi Afg’oniston, Turkmaniston va Qozog’iston respublikalariga eksport qilinadi.

O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.);

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi.

II.3. MINЕRAL O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH SANОATI

Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.

Bizga ma’lumki, yerdan uzoq foydalanish natijasida undagi ozuqa elementlari miqdori kamayib boradi. Yerning ozuqa elementlari miqdorini oshirish uchun unga o’g’itlar ko’rinishida moddalar kiritish fikri XVIII asrda paydo bo’lib, bu boradagi dastlabki izlanish va yechimlar 1840 yilda Yu.Libox tomonidan boshlangan. Hozirgi vaqtda o’g’itlar, ularni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish kimyo fani va sanoatning eng asosiy vazifalaridan biriga aylangan.

Xususan, “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hisobidan karbamid ishlab chiqarish yiliga 270 ming tonnaga yetkazildi. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” unitar korxonasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlari 20 ming tonnaga ko‘paytirildi. “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida respublikamiz elektrtexnika sanoatini rivojlantirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnik kremniy ishlab chiqaruvchi yangi “Uz-COR silicon” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

Kompaniya korxonalarida mineral o‘g‘itlar, sun’iy tola, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog‘-kon sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, defoliantlar, paxta ekishda qo‘llaniladigan plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Bunda jahon bozorida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, mamlakatimizdagi mavjud xomashyo resurslariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Fermer xo‘jaliklariga agrokimyo xizmatlarini ko‘rsatadigan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan, mineral va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarilib, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi. 2013-yilda “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda 11 innovatsiya loyihasini amalga oshirish, jumladan, import o‘rnini bosadigan vositalar va preparatlar ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

O‘tgan davr mobaynida kimyo sanoatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2012-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 1,2 ming tonnadan ziyod azot, fosfor va kaliy mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarildi. Bu 2011-yilning shu davri bilan taqqoslaganda ancha ko‘pdir.

Yer shari yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarining bundan kengaytirishning iloji yo’q. Ammo sayyoramiz aholisi to’xtovsiz o’sib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hosildorlikni yanada oshirish zarur. Buning eng muhim yo’llaridan biri mineral o’g’itlardan foydalanishdir. O’g’it bu o’simliklar oziqlanishini yashilashga va tuproq unumdorligini oshirishga mo’ljallangan modda.

Mineral o’g’it deb, tarkibida o’simlikni rivojllanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi.

O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90% ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib ‘simlik ko’rik massasining 90% ni tashkil etadi; 8-9% ni o’simlik massasini esa azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makroelementlar deyiladi. Qolgan 1-2% I bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir. Bular o’simliklarga juda kam miqdorda (0,001-0,0001%) kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi.

O’simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko’p qismini havo va suvdan olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O’simlik olgan elementlarining ko’pgina qismi tuproqqa qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan, 1 tonna makkajo’xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o’zi bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o’zaro ta’sirlashib o’simlik o’zlashtira olmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan yerlarda o’simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo’ladi, tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo’qotilgan elementlar o’rni tuproqqa o’g’it solish bilan to’dirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi.

Agar O’zbekistonda bu sanoat turlarining keng rivojlanganligini e’tiborga olsak, bu sohalar bo’yicha ishlab chiqarishni hozirgi zamon darajasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kimyoviy bilimga ega bo’lgan ko’p sonli yosh mutaxassislar kerak bo’lib, ulardan kimyo va kimyoviy texnologiya asoslarini chuqur egallash talab etiladi. Respublikamizning qator viloyatlaridagi xom ashyo imkoniyatlari kimyo sanoatini rivojlantirish, xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi sohasida katta talab va ehtiyojga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

Respublikamizda azotli o’g’itlar: azotli o'g'itlar tarkibidagi azot turli birikmalar: erkin ammiak, NH4+, NO ionlari va aminoguruh -NH2 shakllarida bo'lishi, qattiq azotli o'g'itlar sifatida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari, kalsiy nitrat, natriy nitratlar holida ular asosida olinadigan aralash va murakkab o'g'itlarni shuningdek, suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyuq ammiak, aminlar, tuzlarning suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlarini ishlab chiqaradi.

Azot elementi o’simlik va hayvonot olamining asosi bo’lgan oqsil va hayot uchun zarur xlorofill moddalari tarkibiga kiradi. Azotning tuproqdagi tabiiy birikmalarini o’simlikning azotga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlay olmaydi. Shu sababli, tuproqni azotli o’g’itlar bilan muntazam ravishda o’g’itlab turish kerak. Azotli o’g’itlardan natriy nitrit NaNO3, kaliy nitrat KNO3, kalsiy nitrat Ca(NO3)2, ammoniy nitrat NH4NO3, ammoniy sulfat (NH4)2SO4 va mochevina CO(NH2)2 azotning o’zimliklar o’zlashtira oladigan va suvda yaxshi eriydigan birikmalardir. Bular qattiq o’g’itlardir. Azotli suyuq o’g’itlarda azot ko’p bo’ladi. Masalan, suyuq ammiakda 82% azot bor, ammiaklarda (ammoniy tuzlarining ammoniy nitrat, kalsiy nitrat va boshqalarning ammiakdagi eritmalarida 35-45% azot bo’ladi.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan suyuq o’g’itlar suyuq ammiak, ammiakli suv, ammiakatlar va murakkab suyuq o’g’itlardir. O’g’it ishlab chiqarishda hozirgi kunda:


  • anchagina tonna o’g’itlar tashish jarayonida isrof bo’ladi, shu maqsadda o’g’it tashish bilan bog’liq transportlarni, o’g’itlarni qadoqlash turlarini mukammalashtirish va suyuq o’g’itlarni quvurlar orqali yetkazish usullarini ishlab chiqish;

  • o’g’itlarning sifatini oshirish, ulardagi ozuqa elementlari miqdorini ko’paytirish, oddiy o’g’itlar o’rniga kompleks o’g’itlardan foydalanishni kengaytirish, tarkibida mikroelementlar bilan birgalikda, biostimulyatorlar tutgan turlarini ishlab chiqarish;

  • sekinlik bilan o’zlashtiriladigan va konsentrlangan suyuq fosfatli o’g’itlar ishlab chiqarish bilan ishchi kuchi va iqtisodiy tejamkorlik masalalarini hal qilish. Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kopsuslangan o’g’itlar turini ishlab chiqarish va ko’paytirish;

  • tuproq va o’g’it tarkibidagi azot elementining yo’qolishi (denitrifikasiya) ni ingibitorlar ta’sirida kamaytirtuvchilarni ishlab chiqarish;

  • Polimikroelement azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis) lar saqlagan kompleks o’g’itlar ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.

Respublikamizda o’g’itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O’zabekiston respublikasi fanlar akademiyasi akademigi M.N.Nabiyev (1913-1992) boshchiligida samarador o’g’itlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi va usullarini yaratgan, o’gitlar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi buyuk o’zbek olimlardan biridir. Nabiyev rahbarligida fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlab, yangi kompleks o’g’itlar olishga muvaffaq bo’lindi. Oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Uning rahbarligida ammoniylashtirish usuli bilan Qoratog’ fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasi ishlab chiqilib, kam zaharli defoliantlar ishlab chiqildi va qishloq xo’jaligiga joriy qilindi. Ayni vaqtda O’zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida M.N.Nabiyev boshchiligida asos solingan yirik bo’limda uning shogirdlari akademiklar S.A To’xtayev, B.M.Belgov, professor Sh.S.Namozov kimyo fanlari doktori A.Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishayapti. Ularning izlanishlari samaralari Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Qo’qon mineral o’g’itlar zavodlarida qo’llanilishi tufayli ko’p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilyapti va respublikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo’shilayapti.

Viloyatimizdagi qulay investisiyaviy muhit, tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit chekka hududlarga sanoatni olib kirishda qo’l kelyapti. Buni Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan yangi ishlab chiqarishlar misolida ko’rish mumkin. Bizga ma’lumki, mamlakatimiz sanoatida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati ham yetakchi bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Bundan salkam 50 yil muqaddam cho’l bag’rilab bunyod etilgan korxona bugun ishlab chiqarayotgan 130 turdagi kimyo mahsulotlarini Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Eron, Pokiston, Turkmaniston va Baltiqbo’yi mamlakatlariga eksport qilmoqda.

Mustaqillik yillarida texnik modernisaziya qilish, mahallashtirish dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinishi natijasida faoliyat turlari yanada kengaydi. Ishlab chiqarish sexlari zamonaviy texnologiyalar asosidagi uskunalar bilan jihozlandi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati ham oshdi. O’tgan yili ammiak ishlab chiqarish sexining 1-, 2-qavatlari qayta rekonstruksiya qilindi. Natijada bir sanoatda qishloq xo’jaligi uchun nihoyatda muhim bo’lgan mineral o’g’itning xomashyosi hisoblangan 39 tonna ammiak ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Molеkulyar holdаgi аzot аsosаn аtmosfеrаdа аzot tuproq gumuslаridа vа tirik orgаnizimlаr tаrkibidа tаrqаlgаn.

Bizga ma’lumki, o’simlikning ildiz sistеmаsi аzotni NH4+ ioni vа NO3- ioni shаklidа o’zlashtirаdi. Ulаr tuproqdаgi аzot umumiy miqdorining 1% gа yaqinini tashkil etаdi. O’simliklаr аzotni tuproqqа аsosаn o’simlik bаrglаri vа boshqa qoldiqlаr shаklidа qaytarаdi, ya’ni organik аzot shаklidа. Tuproq аzoti аsosаn gumus shаklidа bo’ladi. O’simlik gumusni o’zlashtirа olmаydi. Аgаr gumusni o’zlashtirа olgаndа edi, аzot o’simliklаrgа uzoq yillаrgаchа yеtаrli bo’lаr edi. Аmmo organik аzot (gumus аzoti) ning mikroorgаnizimlаr tа’siridа minеrаllаnish jаrаyoni judа sust borаdi, shuning uchun ham tuproq minеrаl аzotgа kаmbаg’аl bo’ladi. Gumusning minеrаllаshish sхеmаsi umumiy holda quydаgichа bo’ladi. Gumus vа pаrchаlаnmаgаn oqsillаr®Аminokislotаlаr®NH3, NH4+®NO2-®NO3-.

Organik аzotning аmmiаkа аylаnishi vа аmmoniy brikmаlаri аmmonifikаsiya jаrаyoni dеyilаdi. Bundа diаminlаnish rеаksiyasi nаtijаsidа аmminogruppа аjrаlib chiqadi. Bu jаrаyon tuproqning аmmonifikаsiyalovchi mikroorgаnizimlаri tа’siridа borаdi. Аmmiаk yoki аmmoniy ionlаrining nitrаtgа аylаnish jаrаyoni nitrifikаsiya dеyilаdi. Bu jаrаyon nitrifikаsiyalovchi bаktеriyalаrning hayot fаoliyati nаtijаsidа borаdi.

Аmmonifikаsiya vа nitrifikаsiya nаtijаsidа аzot tuproq tа’siridа yo’qolmаydi. bаlki organik shаkldаn аnorganik (minеrаl) shаklgа o’tadi xolos. Biroq tuproqdаgi аzot bаribir uch oqim bilаn yo’qolаdi, birinchisi mаdаniy o’simliklаr hosilining biomаssаsi tuproq аzoti yo’qolishining eng аsosiy sаbаbchisidir, ikkinchi oqim bu tuproqdаgi minеrаl shаkldаgi аzotning аtmosfеrа yonginlаri vа grunt suvlаri bilаn yuvilib kеtishidir. Uchinchi oqim bu nitrаt shаklidаgi аzotning mikrobiologik yo’l bilаn NO, N2O vа erkin N2 gаchа qaytarilishidir. Bu jаrаyon dеnitrifitkаsiya dеyilаdi. Dеnitrifikаtsiyani dеnitrifikаtsiyalovchi bаktеriyalаr gruppаsi аmаlgа oshirаdi.

Yo’qolgаn tuproq аzotini o’rnini to’ldirib turuvchi mаnbа’lаr bir nеchа bo’lib, ulаrdаn аsosiylаri аvvаlo biomаssа qoldiqlаrining organik birikmаlаri. Аhamiyati jiхаtdаn ikkinchi o’rindа аtmosfеrа аzotining dukkаkli bаktеriyalаri o’zlashtirib olishidir. Dukkаk bаktеriyalаrdаn tashqari tuproqdа erkin yashovchi mikroorgаnizimlаr: аzotobаktеriyalаr bir hujayrali zаmburug’lаr vа suv o’tlаri kаbilаr ham аtmosfеrа аzotini o’zlashtirib tuproqqа to’plаydi. Bu mikroorgаnizmlаrning bаrchаsi nitrogеnаzа fеrmеntlаri vа tеmir sаqlovchi oqsil-fеrrеdoksinlаr ishtirokidа аtmosfеrа аzotini qaytarаdi, ya’ni birikmа shаklgа o’tkаzаdi.

Bundan sakkiz yil muqaddam korxonada polipropilen qoplar ishlab chiqarish sexi ochildi. Zamonaviy chet el texnologiyasi asosidagi uskunalar o’rnatildi. 2010-yilda uning ikkinchi navbati ham ishga tushurildi. Chiqindisiz texnologiyada “Sho’rtangaz kimyo” majmuasidan polietilen va chet eldan keltiriladigan polipropilen ishlatiladi. Yiliga yigirma million dona qop chiqarish quvvatiga ega bo’lgan sex nafaqat o’z ehtiyojini balki respublikamizdagi boshqa kimyo korxonalarini ham ta’minlaydi. Ayni paytda “Farg’onaazot”, “Maxsam Chirchiq” korxonasi, Dexqonobod kaliy o’g’itlar zavodi Navoiylik kimyogarlarning bu mahsulotlarini xarid qilishadi. Asosiysi, qariyib yuz foiz mahsulotini eksport qiladigan “Maxsam Chirchiq” ning qoplariga shu yerda yorliq bosiladi.

“Navoiyazot” OAJ ning mineral o’g’itlari ham shu qoplarga qadoqlanib, Gruziya, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Shaharning qaysi burchagida bo’lmang, janubi-sharqiy tomonda joylashgan sanoat korxonalarining ulkan minoralari, bahaybat temir quvurlari ko’zga tashlanadi. Garchi, shahardan ancha chetda bo’lsada, bu yerda yuzlab odamlar mehnat qilmoqda. “Elektrokimyozavod” qo’shma korxonasi yopiq aksionerlik jamiyatining asosiy ishlab chiqarish o’zagi ham shu yerdan boshlanadi. Bir necha gektar maydonni egallagan korxona ishlab chiqarish salohiyati bilan mamlakatimiz sanoatida yetakchi o’rinda turadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrar soha va aholini uzluksiz kimyoviy vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan qarorlari korxonani xorijiy hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda bu yerda Shvesiyaning “Dalston”, “Germaniyaning BASV, Yaponiyaning “Sumitoma”, Xitoy Xalq Respublikasining “Juy-zin”, Rossiyaning “Avgust” haqida respublikamizning institutlari va Fanlar Akademiyasining tadqiqotlari hamda ishlanmalari o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil olishda ularni zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bu himoya tadbirlari vaqtida o’tkazilmasa, 30 foizgacha hosil yo’qotiladi.

Dunyo ekspertlarining ma’lumotlariga qaraganda, birgina zararkunandalardan 203,7 million tonna boshoqli don, 228,4 tonna qand lavlagi, 23,4 million tonna kartoshka, 11,3 million tonna ho’l meva yo’qotilarkan. Shu jihatdan olib qaraganda, koprxona mahsulotlarining agrar sohada nechog’li muhim ahamiyat kasb etishini his etishi mushkul emas. Katoran sexi ham modernizasiya qilinib, yangi uskunalar keltirib o’rnatildi. Bu yerda o’simliklarni himoya qiluvchi o’n turdan ortiq kukun va suyuq holatdagi kimyoviy preparatlar ishlab chiqariladi.

Mahalliylashtirish Davlat dasturi ijrosini ta’minlashga ham alohida etibor berilmoqda. Shu maqsadda korxonada asosiy say-harakat mahalliy xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Asli fozalon ishlab chiqarishga moslashgan sex modernizasiya qilinib, natriy ishqor ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Kaustik soda Qo’ng’rotdan keltirilib, shu yerda ohak bilan aralashtirilib qayta ishlanadi. Bu mahsulot asosan sanoat korxonalari uchun juda muhim. Shu paytgacha chetdan keltirilgan ishqor bugun mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta daromad keltirmoqda.

2004-yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi anorganik moddalar texnologiyasi instituti bilan hamkorlikda Qizilqum fosforit kombinati chiqindisidan oddiy superfosfat o’g’iti ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Hozirgi kunda mahsulotning 70% eksportga chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan chiqindilarni qayta ishlab, murakkab mineral o’g’itga aylantirish va qadoqlab, aholiga sotishni yo’lga qo’yilmoqda. Ayni paytda ham korxonaning deyarli barcha viloyatlarda mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan do’konlari faoliyat ko’rsatib kelayotir.

Bugungi kunda korxonada asosan o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral o’g’it va xalq istemoli mollerining 50 turdan ko’proq tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, istemolchilarga yetkazib berilmoqda. 2012-yilda korxonada yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 20 milliard 780 million 834 ming so’mni tashkil etdi. Bugun olis manzilni ko’zlagan korxona kelajakning istiqbolli rejalarini belgilab olgan. Mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi salmog’i kun sayin oshib bormoqda.



II.4. MAVZUNI O’QITISHDA TA’LIM USULLARINI TANLASH VA TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri – ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.

Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya har bir pedagogning imkoniyati darajasida tashkil qilinishi kerak.

Qanday usul va vositalar yordamida tashkil qilinishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:



    • Pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;

    • O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

    • O’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;

    • O’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;

    • O’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;

    • Pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur;

Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Quyida ta’lim amaliyotida qo’llanilayotgan interfaol usullardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz:

Fikriy hujum – mazkur usul o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga xizmat qiladi.

Bu usul A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir. Bu usuldan foydalanish chog’ida o’quvchilarning umumiy soni 15-20 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.

Yalpi fikriy hujum – ushbu usul J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan va 20-60 nafar o’quvchilardan iborat sinflarga qo’llash mumkin.

Usul o’quvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan vazifalar beriladi.

beshinchisi ortiqcha – belgilangan vaqtda guruhdan biror o’quvchi axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot boshqa guruh a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va baholanadi. O’qituvchi guruhlar ichidan eng yaxshi deb topilgan javoblarni e’lon qiladi va faoliyatlariga qarab rag’batlantiradi. O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu usul alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



  • O’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish: hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (5, 6, 7… ta) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish;

  • O’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

  • O’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlarini talab etish lozim);

Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni ko’rsata va asoslay olish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi.

Ta’lim texnologiyasining mohiyati, uning yutuqlari bilan ta’lim sohasi xodimlarini xabardor etib borish, ularning bu boradagi malakalarini oshirishga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etish ham ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar zimmasidadir.

Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun-sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir.

Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. Tamoyillar tizimi nazariy metodologik bazis sifatida namoyon bo’lib, mazkur bazis asosida pedagogik texnologiyaning konseptual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi.

Ta’lim majmuining konseptual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:


  • Har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko’rinishidagi o’zaro jamoaviy ta’sir yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayonni amalgam oshirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namoyon bo’ladi;

  • Insonning ongi jamoaviy o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogik texnologiya pedagogik amaliyotda namoyon bo’ladi;

  • Pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z taraqqiyotida shartli jamoaviy repetiisiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o’tgan holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operasiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongni mustahkamlash va to’plangan tajribanin yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo’lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;

  • Pedagogik texnologiya mohiyatining umumiy jihatlari, shakl va mazmuni, qarama-qarshiliklar tizimi, miqdoriy va sifat o’zgarishlari dialektikasi, qurilishi, amal qilishi va rivojlanishining umumiy qonun va qonuniyatlari texnologiyaning umumfalsafiy konsepsiyasi doirasida muvaffaqiyatli ravishda ko’rib chiqilishi mumkin. Uning harakat mantiqi moddiy ishlab chiqarish sohasidagi yuqorida ko’rib chiqilgan qonuniyatlar, uning dialektik qarama-qarshi jihati bo’lgan ma’naviy ishlab chiqarish, shuningdek, ta’lim sohasi qonuniyatlarini ko’chirish jarayonini aks ettirishdan iborat;

  • Pedagogik texnologiya nazariy negizga ega, zero asl texnologiya o’zining mustahkam ilmiy-nazariy poydevoriga asoslanadi;

Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Shu sababli, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, aniq vazifalarni qo’ygan holda, dars mashg’ulotlarinining usul va vositalarini to’g’ri tanlash orqali shaxsning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, jamiyatdagi har bir fuqaroning bilim va malakasini oshirish, tezkor ta’lim uchun shart-sharoit yaratish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pedagogika oliy o’quv yurtlari bakalavr yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Kimyo” fanining maqsadi va vazifalari, hamda ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondashuvlarni keltiramiz:



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’liqligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Individning jarayonli sifatlarini shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va tezlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlarini, tashabbuskorlini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida demokratik, tenglik, hamkorlik kabi o’zaro sub’yektiv munosabatlarga, faoliyat maqsadi va mazmunini birgalikda shakllantirish va erishilgan natijalarni baholashga qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta’lim oluvchilarning o’zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ob’yektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llashni shakllantirishni ta’minlaydi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashdir.

O’qitish uslublari va texnikalari: ma’ruza (kirish, mavzuiy, ma’lumotli, ko’rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni yechish), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-so’rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o’zaro o’qitishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o’qitish.

O’qitishning vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma, ma’ruza matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda – chizmali organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikasiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: tezkor-so’rov, o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida va butun dars davomida mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali o’qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi. Kurs oxirida test topshiriqlari.

Fanlarni o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarga shu fan asoslaridan chuqur va sistemali bilim berishdir. Olgan bilimlarini o’z hayot faoliyatlarida qo’llash natijasida shakllanayotgan inson mehnatga va hayotga tayyorlanib boradi. Bu xil muammoni yechishda nimani o’qitish (ta’lim mazmuni) bilan birga qanday o’qitish (ta’lim metodlari) masalasi ham katta ahamiyatga ega. Har qanday fanni o’qitish shu fanning mazmunidan kelib chiqadi, demak, fanni o’qitish metodlarini shu fanning ichki imkoniyatlarini belgilaydi.

Shuningdek, o’qitish metodlarini bilish metodlari va qonuniyatlari haqidagi ta’limot yani fanning metodologiyasi ham belgilab beradi. Mavjud an’anaviy ta’lim metodlaridan voz kechmagan holda, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Kimyo fanida asosan kimyoviy reaksiyalar yozib o’rganilgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Kompyuter texnologiyasi yordamida bajarilganda vaqt tejaladi, ammo o’quvchi kompyuterni bilmasa, yoki erinchoqlik qilsa reaksiyalari kompyuterda kimgadir yozdirib ko’chirib oladi…

Takrorlash bilimning asosini tashkil qiladi, qo’lda yozib takrorlnganda ko’z bilan ko’rganga nisbatan yaxshiroq yodda qoladi. Faqat tasavvurlar bilan insonni amaliy faoliyatga tayyorlab bo’lmaydi. Buning uchun hodisa va qonunlarning mohiyatini, ularning rivojlanish, kelib chiqish sabablarini bilmoq zarur.

O’quvchining darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlay olishi, bilganlarini so’zlab berishi shu asnoda kimyoviy formulalarni o’rnida to’g’ri yoza bilishi va o’qiy olishi, miqdor va sifatga doir tenglamalar, masalalar yechimlarini chiqara bilishi, egallangan bilimlarni qo’llay olishi, qonun tushunchalarni tenglama tuzish, koeffitsiyentlarni topish, formulalarni to’g’ri yozish, elektron va qurilish formulalari tuzishga tadbiq eta olishi, gomologik qatorlarning umumiy formulasidan foydalanib, ma’lum modda formulasini yozish, hisoblashga doir tenglama tuzish, masala yecha bilish qobiliyatini shakllantirish kerak, bu zamon talabidir.


II.5. MAVZU BO’YICHA INNOVATSION TEXNOLOGIYA QO’LLANILGAN DARS ISHLANMASI


Kimyoviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari” mavzusiga anjuman ma’ruzaning ma’ruza texnologiyasi



Mashg’ulot shakli

Kirish-informatsion mavzu bo’yicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1.O’zbеkistоnda kimyo sanоatini rivоjlanishda mahalliy rеsurslarning o’rni, kimyo sanоatining rivоjlanish bоsqichlari, ishlab chiqargan mahsulоtlari haqida ma’lumоtlari va ularning xalq xo’jaligidagi roli.

2.O’zbеkistоnda kimyo sanоati, rivojlanich tarixi, har bir sanoat tarmoqlarining umumiy sanoat mahsulotlarida tutgan o’rni.

3.O’zbek olimlarini O’zbеkistоnda kimyo sanоati fani va ushbu sohani rivоjlanishida qo’shgan hissalari haqida ma’lumotlar berish.


O’quv mashg’ulotining maqsadi

Fanning maqsadi, vazifalari va o’rganish tarixi haqida tushuncha berish

Tayanch tushuncha va iboralar

O’zbekiston kimyo sanoati, mahalliy resurslar, rivojlanish tarixi, sanoat tarmoqlari, noorganik va organik mahsulotlar ishlab chiqrish, mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan korxonalar, kimyo sanoatini rivojlanishida hissa qo’shgan olimlar

Pedagogik vazifalar:

-kursning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

-kursning tuzilmasi, o’quv faoliyatini baholash mezonlari haqida ma’lumot beriladi;


O’quv faoliyati natijalari:

-kursning maqsadi va vazifalarini aytib bera oladilar;

-kursning tuzilmasi, o’quv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va baholash shakllarini aytib bera oladilar;


O’qitish vositalari

ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska, magnitli doska

O’qitish usullari

ma’ruza, namoyish, blits-so’rov, “aqliy hujum” usuli

O’qitish shakllari

frontal, kollektiv ish

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar (kompyuter, multimedia proektor) bilan ta’minlangan, guruhlarda ishlash usulini qo’llash mumkin bo’lgan auditoriya

Monitoring va baholash

Suhbat, kuzatish, savol-javob

Kimyoviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari” ma’ruzasining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari

O’qituvchi faoliyatining mazmuni

Izoh

Tinglovchi

faoliyatining mazmuni

1-bosqich

Kursga va

mavzuga kirish

(20 min)


1.1. O’quv kursining asosiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi va o’tiladigan mavzular to’g’risida qisqacha tanishtiradi. O’quv kursi bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat shakllari va reyting ballari bilan tanishtiradi

1.1-ilova

Tinglaydilar

    1. Mazkur kurs bo’yicha o’rganiladigan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Asosiy adabiyotlarning ro’yxati bilan tanishtiradi. O’quv dasturi va tarqatma materialni tinglovchilarga tarqatadi.




Yozadilar,

tinglaydilar



    1. Birinchi o’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.




Mavzu nomini yozib oladilar

    1. Blits-so’rov usulida mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan tushunchalarni sanab berishni so’raydi.

1.2-ilova

Tushunchalarga javob beradilar

2-bosqich

Asosiy bo’lim

(50 min)


  1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.




Tinglaydilar

Ma’ruza rejasining barcha punktlari bo’yicha tushuntiradi, har bir punkt nihoyasida umumlashtirib boradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi.

1.3-ilova

Kompyuter slaydlari. ma’ruza matni




Tinglaydilar. Tarqatma materiallar to’plamida keltirilmagan qirralarini konspekt qilib boradilar

  1. Tayanch iboralarga qaytiladi. Tinglovchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi (Aqliy hujum usulida). Mavzuga oid bo’lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo’shiladi.

1.4-ilova


Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.

Barcha ma’lumotni tizimlashtiradilar



3-bosqich

Yakunlovchi

(10 min)


  1. Mavzu bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.




Savollar beradilar

  1. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.







  1. Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beradi.

1.5-ilova

Topshiriqni yozib oladilar

  1. Mavzu bo’yicha bilimlarni chu-qurlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.




Yozadilar

  1. Keyingi mazvu bo’yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.




Yozadilar

1.1-ilova



Download 356.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik