Kimyo fanidan mustaqil ishi



Download 1,46 Mb.
bet1/7
Sana09.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#439230
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduxamidov Abduxoliq kimyo




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
TERMIZ FILIALI AGROLOGISTIKA VA BIZNES
FAKULTETI O’RMONCHILIK TA’LIM YO’NALISHI
1-BOSQICH (SIRTQI) 103-GURUH TALABASI
ABDUXAMIDOV ABDUXOLIQNING

Kimyo


FANIDAN

mustaqil ishi





Mavzu: Yog‘lardan sovun ishlab chiqarish

Reja:

Kirish

1. Yog’lar va ularning kimyoviy tuzilishi.

2. Sovun va uning turlari.

3. Sovun ishlab chiqarish texnologiyasi.

4. Sovun ishlab chiqarishda tabiiy efir moylari.


Kirish:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori ham ta’lim tizimidagi islohotlarning davomi sifatida oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, moddiy-tеxnik bazasini mustahkamlash va modеrnizatsiyalash, ularni zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari vositalari bilan jihozlash orqali talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishi uchun imkoniyatlarni yaratgan holda malakali mutahassislar tayyorlash ishlarini yanada yuqori pogonaga olib uchun xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Hozirgi kunda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan hozirgi kunda, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o’qitishning zamonaviy tizimlari va pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi dolzarbdir. Pedagogik texnologiyalarni jixatlari shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80- foizi ta’lim jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liq bo’ladi. Darhaqiqat, tayyorlanayotgan mutaxassislar hozirgi zamon ilmini egallashi bilan bir qatorda, zamonaviy laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari vositalari bemalol ishlay olishi lozim. Ayniqsa bu etuk malakali kimyogarlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini saqlashda tabiiy vositalarning o’rni beqiyos bo’lib, ularning kimyoviy tarkibi va hossalarini o’rganish juda muhim. Respublikamizda Yog’-moy korxonalari mutaxassislari oldiga o’simlik moylari ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish unumini oshirish, ishlab chiqarishning uzluksiz va asosiy texnologik jarayonlarini mexanizatsiya va avtomatizatsiya qilishning yuqori samarasini oshirish, mahsulotning sifatini yaxshilash va chiqish unumini oshirish hamda ishlab chiqarishda xom ashyoni yo’qolishini kamaytirish borasida muhim masalalar qo’yilgan. Tayyor mahsulot standarti talablariga rioya qilish, mahsulot unumini oshirish va texnologik jarayonning har bir bosqichida texnologik va fizik-kimyoviy nazoratni sistemali ravishda olib borish, shu bilan birga ayrim mashina va uskunalarni xolatini nazorat qilish bilan uzviy bog’liqdir. Buni amalga oshirish uchun xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namunalar olishni va taxlillarni to’g’ri olib borilishini hamda nazoratni to’g’ri yo’lga qo’yilishini tashkil etish lozim.
Murakkab efirlarning ahamyatli vakillari yog’lar xisoblanadi. Yog’larni ikkinchi nomi lipidlar deb yuritiladi. Lipidlar guruhiga o`simlik va hayvonlar to`qimalarida bo`ladigan, suvda erimaydigan va kuchsiz qutblangan yoki qutblanmagan erituvchilarda eriydigan moddalar kiradi.
Lipidlar tirik organizmlarda bir qator muhim vazifalarni bajaradi.Ular hujayra membranalarining struktur komponentlari hisoblanib,himoya funksiyasini bajaradi. Ularda energiya yig`iladi va transportda qatnashadi. Lipid fraksiyalarida kam miqdorda uchrasa ham lekin yuqori biologik aktivlikni ham namoyon qiladigan moddalar bo`lib,
ularga steroid gormonlar, prostoglandinlar ba`zi bir kofermentlar, vitaminlar kiradi va quyi molekulyar bioregulyatorlar deb ataladi. Lipidlar gidrolizga munosabatiga qarab 2 ta guruhga bo`linadi.
1. Gidrolizga uchraydigan lipidlar - bular ishqoriy muhitda gidrolizlanib,
yuqori karbon kislotalarning tuzlarini (sovunlarini) hosil qiladi. Bularga
atsilglitseridlar, fosfolipidlar, sfingolipidlar, mumlar va boshqalar kiradi
2. Gidrolizga uchramaydigan lipidlar-bular asosan bir komponentli bo`lib
kislotali va ishqoriy muhitlarda gidrolizlanmaydi (sovunlanmaydi). Bularga
terpenlar, steroidlar va boshqalar kiradi.
Gidrolizga uchraydigan lipidlar ikki, uch va undan ortiq komponentli
bo`ladi. Ularning struktur komponentlari sifatida yuqori bir atomli spirtlar, uch atomli spirtlar-glitserin, ko`p atomli siklik spirt-inozin, ikki atomli aminospirtsfingozin, yuqori molekulyar to`yingan va to`yinmagan kislotalar, fosfat kislota, aminospirt-etalonamin, xolin, uglevodlar qatnashadi. Yuqori bir va ikki atomli spirtlar bilan yuqori bir asosli kislotalarning murakkab efirlari mumlar deyiladi. Uch atomli spirt glitserin va yuqori to`yingan hamda to`yinmagan yog` kislotalarining murakkab efirlari yog`lar va moylar deyiladi. Mumlar, yog`lar va moylar gidrolizlanganda spirt va kislotalar hosil bo`ladi. Bunday birikmalar oddiy lipidlar deyiladi. Agarda spirtlarning gidrolizlanishidan spirt va kislotalar bilan bir qatorda boshqa moddalar ham hosil bo`lsa,bunday lipidlar murakkab lipidlar deyiladi. Oddiy lipidlar va ularning struktur komponentlari avvalgi mavzularda ko`rib chiqilgan. Boshqa holat kislotalari gidroksil guruhlarining soni bilan farqlanadi.Ular o`t suyuqligida boshqa moddalar masalan aminokislotalar bilan juftlashgan holda bo`ladi va organizmda yog`larni emulsiya holatiga o`tkazib gidrolizatsiyani osonlashtiradi. Steroid gormonlar. Organizmda steroid gormonlar guruhi bo`lib ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqilib to`g`ridan to`g`ri qonga quyiladigan va kam miqdorda bo`lsa ham kuchli ta`sir ko`rsatadigan moddalardir. Buyrakusti bezi po`stloq qismi 40dan ortiq kortikosteroid gormonlar ishlab chiqadi. Ular mineral moddalar va uglevod almashinuvini boshqaradi.Masalan gidrokortizon uglevod almashinuvini yaxshilaydi. Erkak va ayollarning jinsiy bezlari jinsiy gormonlarni ishlab chiqaradi. Bular ham steroid gormonlar bo`lib tirik organizmning o`sish va erkaklik belgilarini rivojlantirishga ta`sir etadi. Fitogormonlar. O`simliklarni rivojlanishini, o`sishini va hosildorligini boshqarishda fiziologik aktiv moddalardan foydalanish qishloq xo `jaligida asosiy masalalardan biridir.O`simliklarning o`sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta`sir ko`rsatadigan moddalar fitogormonlardir. Sholining kasallanishini o`rganish
mobaynida yapon olimlari giberel zamburug`i kasalni chaqirishini aniqlab, undan alisiklik karbon kislotalarining hosilasini-gibberelin A3 ni ajratib olishdi va uning o`stiruvchi xususiyatga ega ekanligini aniqlashdi. Gibberel kislota A3 hozirgi vaqtda o`simliklar hujayralarini kattalashishi va poyalarning o`sishiga yaxshi ta`sir ko`rsatadigan moddalardan biri hisoblanadi.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish