Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari samarqand 2015



Download 1,17 Mb.
bet1/4
Sana08.09.2017
Hajmi1,17 Mb.
#19953
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI




KASB TANLASHGA YO’LLASH MASHG’ULOTLARI UCHUN DARS ISHLANMALARI
d1020957

Samarqand 2015

.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI




KASB TANLASHGA YO’LLASH MASHG’ULOTLARI UCHUN DARS ISHLANMALARI
(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand 2015

Z.Pardayev. Kasb tanlashga yo‘llash mashg‘ulotlari uchun dars ishlanmalari. Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma. – Samarqand, 2015. 40 bet.


Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva - Til va adabiyot kafedrasi dosenti



Taqrizchilar: O.EshniyozovSamDU kasb ta’limi fakulteti dekani, f.m.f.n., dotsent
B.Doniyev. - VXTXQTUMOI amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent

Umumta’lim maktab o‘quvchilarini kasb tanlashga yo‘llash ishlarini tashkil etishda kasbiy tushunchalar berish, kasb-hunarga yo‘llash tizimi, hamda bosqichlarini tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Bunda maktab rahbariyati oldida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini o‘rganish, har bir fan o‘qituvchisi darslarda o‘quvchilarga mavzuga bog‘lagan holda kasbiy tushunchalar berib borishi, natijaviy xulosalarga ko‘ra kasb tanlashga yo‘llash ishlarini tashkil etishi kerak bo‘ladi. Shuni inobatga olib uslubiy ko‘rsatmada bu haqda qimmatli fikrlar keltirib o‘tiladi. Uslubiy ko‘rsatmadan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.



Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2015-yil 31 dekabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama etilgan va 4/4 - sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya etiladi

Farzindlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli fikrlaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir”. (I.A.Karimov)


Kirish

O’smirlarda kasb tanlashga munosabatning shakllanish jarayonini yanada chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy psixologik xususiyatlarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar asosida ochib berish, bugungi kunda ta’lim – tarbiya muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Darhaqiqat, bugun har jihatdan omilkor, mas’uliyatli, tashabbuskor va jamiyat taraqqiyoti uchun ongli – faol ijtimoiy shaxsini tarbiyalash, uni o‘z salohiyatiga mos kasbga yo‘naltira olish nafaqat ta’lim tizimining, balki butun bir davlatning ham kelajak taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan tuhim vazifalardan biridir.

Qolaversa O’zbekistonda kechayotgan bugungi keng ko‘lami ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar, beto‘xtov shakllanayotgan bozor munosabatlari, fan, texnika va ishlab chiqarishning keskin rivojlanishiga javob bera oluvchi jamiyat va shaxs ehtiyojlarining o‘zaro uzviy mutanosibligiga erishish uchun ham o‘smirlarda kasb tanlashga nisbatan faol – ijobiy munosabat motivasiyasi tizimini shakllantirishda jamiyat va jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Zero, butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan Sharq allomalarining (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar) o‘nlab asarlarida ta’kidlanganidek, o‘rta asrlardayoq, ayniqsa, bizning hududimizda diniy maktablar, madrasalarga tolibi ilmlarni tanlab olish, ularning aqliy taraqqiyot darajasini, birlamchi bilim va malakalarini, kasb yoki san’atning alohida turiga moyilligi hamda ichki munosabatining namoyon etilishini hisobga olgan holda amalga oshirilgan.

Mustaqillik yillarida o‘quvchilarning kasb–hunarga to‘g‘ri yo‘naltirilishini asoslab borishga qaratilgan talaygina pedagogik – psixologik tadqiqotlar olib borildi, qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar qaytadan tahlil qilindi. Albatta, olib borilgan bu tahlillar keng ma’nodagi ijtimoiy shaxsni rivojlantirish jarayonining muhim tomoni hisoblangan «Ongli ravishda kasb tanlashga tayyorgarlik», «Kasb – hunar tanlashga yo‘nalganlik», «Kasb tanlashga u yoki bu munosabatni shakllantirish» tushunchalarini ilmiy – nazariy tadqiq qilish, bu boradagi muammolar ko‘lamiga jiddiy e’tiborini qaratishni ham taqozo etadi. Buning uchun umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi 8-9 sinflarida o‘qitilayotgan kasb tanlashga yo‘llash mashg‘ulotlarining samarali olib borilishiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada bu borada qilingan ishlardan namunalar keltirilgan.


Mashg‘ulotning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi

Mavzu:

Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. O`smir va muomala psixologiyasi

Maqsad va

vazifalar

Maqsad: o‘quvchilarni kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb qiyinchiliklari, kasblar haqidagi tushunchalarini boyitish.

Vazifalar:

  • o‘quvchilarga kasblar haqida tushunchalar;

  • kasb tanlashdagi qiyinchiliklar;

  • o‘smir va muomala psixologiyasi;

  • kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli;

  • kasb tanlashda shaxs;

  • kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlar haqidagi ma’lumotlarni berish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlar haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy: Kasbni to`g`ri tanlashning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati, kasb tanlashda qiziqish, moyillik, qobiliyatlar haqida bilimlarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kasbiy tayyorgarligi, kaisga yo‘naltirish bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy qiziqish, moyilliklarni takomillashtirish.

O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar kasblar haqidagi bilimlarni egallaydilar, kasbni to‘g‘ri va ongli tanlash, bunda kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarni hisobga olishning muhimligini aneglab yetadilar, o‘quvchilarning qiziqishi, fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Usul: og‘zaki bayon qilish, suhbat o‘tkazish, ko‘rgazmalilk, bahs-munozara.

Shakl: nazariy va amaliy mashg‘ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.

Vosita: komp’yuter, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar.

Nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javob, test.

Baholash: rag‘batlantirish yoki jarima berish.

Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi: Kasblarning murakkablik omillarni tahlil qilish. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish haqidagi tasavvurlar qisqa vaqt ichida barcha o‘quchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg‘ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida barcha o‘quvchilarni baholashga erishadi.

O’quvchi: Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, mavzu bo‘yicha yangi bilimlarni egallaydilar. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Ularda kasb tanlash ko‘nikmasi rivojlanadi. O’z-o‘zini nazorat qilishni va texnikasi qoidalariga rioya qilishni o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi va baholanadi.

Uyga vazifa

O’qituvchi: Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish mavzusi bo‘yicha qo‘shimcha yangi ma’lumotlar topish. Mavzuga oid test, tarqatma materiallarini va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayoniga tadbiq etish.

O’quvchi: Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish mavzusi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy mashg‘ulot jarayonida qo‘llash.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi. Sohaga oid kasb-hunarlar haqida qo‘shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.


Mashg‘ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratilgan vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish, mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

Suhbat o‘tkazish

5

2-bosqich

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: o‘quvchilarga o‘tilgan dars mavzusi bo‘yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o‘quvchilarga tarqatadi. O’quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi.

Bahs-munozara, savol-javob

6

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo‘llaniladigan ish usullari o‘quvchilarga tushuntirib beriladi.

Suhbat, ko‘rsatmalilik,

20

4-bosqich

Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo‘yicha sinov testi o‘tkazish va o‘quvchilar bilimi mustahkamlash.

Test

8

5-bosqich

Amaliy mashg‘ulot: o‘quvchilarni mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktab bog‘ida ishlarni tashkil qilish.

Suhbat, ko‘rsatmalilik, savol-javob,

3

6-bosqich

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Kasblarning murakkablik omillarni tahlil qilish. O’smir va oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar mavzusi yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mavzuni mustahkamlab tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma’lumotlarni to‘plash.



Og‘zaki muloqot

3


Darsning maqsadi:

a) talimiy - o‘quvchilarga kasbni to‘gri tanlash mohiyati va istiqboli haqida, kasb tanlashda qiziqish, moyillik va qobiliyatlar to‘g‘risida ma'lumotlat berish;

b) tarbiyaviyo‘quvchilarni to‘g‘ri tanlangan kasb - farovon hayot manbai ekanligini anglash ruhida tarbiyalash;

v) rivojlantiruvchi - o‘quvchilami kasblarning ahamiyati va kelajagini tahlillar asosida o‘rganishga qiziqtirish.

Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: o‘quvchilarni kasb tanlashda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olishni o‘rgatish.


Darsning vazifalari:

- o‘quvchilarga kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli to‘g‘risida ma'lumotlar berish;

- kasb tanlashda shaxs, shaxsiy qiziqish, moyillik va qobiliyat tushunchalari bilan tanishtirish;

Dars tipi: yangi bilimlar berish.

Dars turi: nazariy.

Darsda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari: ma'ruza, tushuntirish, suhbat, taqdimot, bahs-munozara, savol-javob.

Fanlararo bog‘lanish: ishlab chiqarish sohalari, yo‘l harakati qoidalari va barcha umumta'lim fanalari.

Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar va boshqa ko‘rgazmalar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. O'tilgan darsni so‘rash va baholash.

III. Yangi mavzuni bayon qilish.
KASB TANLASH QANDAY OLIB BORILADI?

Kasb tanlashga inson hayotidagi eng muhim masaladir. Zero, real turmushda uning biror kasb – hunarni mukammal egallab, yetuk mutaxassis bo‘lishi zaruriy holdir. Albatta, insonning kasb – hunar bilan bog‘liq bolalikdagi his tuyg‘ulari, orzu – hayollari yoshga xos psixologik xususiyat bilan bog‘liq. Bolalikdagi kasb – hunar yoki mutaxassislik uchun zarur bilim, shaxs sifatlari va boshqa talablar e’tiborga olinmaydi. Inson orzularining reallikka aylanishi esa unda mas’uliyat va javobgarlik tuyg‘usini paydo qiladi.

Har qalay, o‘smirlik yoshida kasb tanlash yetakchi faoliyat sanaladi. O’quvchi – yoshlar ertangi taqdiri haqida o‘ylashga majbur. Chunki ular oldida jiddiy hayotiy masala - kasb – hunar tanlash muammosi turadi. Ular kasb – hunar sohalarining ahamiyatli jihatlariga alohida e’tibor qarata boshlaydilar. Shu bois ham, ularning yoshlik davridagi o‘zgarishlar kasb tanlash va kasbning ahamiyatiga chuqur nazar solishga olib keladi. Bu esa ularning hayotda o‘z o‘rnini topish majburiyatini ko‘ndalang qo‘yadi. Kasb tanlash va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir necha turga ajratish mumkin. Ko‘pincha kasb tanlash motivlari shakllanishi quyidagilarga bog‘liqligi e’tirof etiladi:


  • ota – ona (da’vati, kasb – kori, istak - xohishi);

  • o‘qituvchi;

  • o‘rtoqlar;

  • tasodifiy tanlash;

  • kasb – hunar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga egalik;

  • kasbga qiziqish;

  • mashg‘ur kishilar;

  • kasbning jamiyatdagi nufuzi;

  • kasb egalariga xos xususiyatlarni o‘zida kuzatish va boshqalar.

“Xo‘sh, qaysi bir motiv asosida o‘smir yoki o‘spirin tanlangan kasb ancha samarali egallanadi” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki bugungi kunda kasb – hunarkollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida mutaxassis bo‘lish uchun tahsil olayotgan ko‘plab yoshlarning biror kasb – hunarni mukammal egallash borasida aniq maqsadi yo‘q. Holbuki, aniq maqsad faoliyatning ijobiy yakunlanishi mezonlaridan biri. Aniq maqsad faoliyat yo‘nalishining to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Aniq maqsad yoshlarni hayotda adashishdan ogoh etadi. Maqsad asosida faoliyat yuritganlar maqsadsizlarga qaraganda ancha yaxshi hayot kechirganini ko‘rish mumkin.

Demak, kasb tanlash oddiy hoyi havasni emas, balki aniq maqsad va ongli faoliyatni talab etadi. Bu masala shaxsning ijtimoiy o‘zi – o‘zini belgilashi. Demak, jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilish muammosiga borib taqaladi. Chunki shaxs o‘zining individual ehtiyojlari bilan ijtimoiy talablar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlay olishi lozim. Ko‘pincha shaxs, ayniqsa, o‘quv – yoshlar ijtimoiy o‘z – o‘zini belgilay olmasligi bois hayotda biror mavqyega erisha olmaydi.

O’spirin – yoshlar kasb egallashda kasb – hunar va mutaxassislikning ijtimoiy nufuziga alohida e’tibor qaratadi. Natijada kasblar o‘rtasida keskin tafovutlashuv kelib chiqadi. Aslida har bir kasb – hunar va mutaxassislikning ijtimoiy ahamiyati mavjud. Etikdo‘z yoki tikuvchining jamiyatdagi o‘rni hisobchi yoki sotuvchinikidan kam emas. Aytaylik, nunoqroq tadbirkordan iqtidorli tikuvchi ko‘proq daromad topishi mumkin.

Kasb to‘g‘risidagi tassavvurlar bilan real imkoniyatning muvofiq kelishi asosiy shartlardan biridir. Ba’zi o‘spirinlarning kasb to‘g‘risidagi tasavvurlari real imkoniyatidan ancha yiroq bo‘ladi. Bu ziddiyat salbiy natijaga olib keladi. Aksincha, imkoniyat real shart – sharoitga mos kelsa ijobiy natijaga erishiladi.

Masalan, hisobchi bo‘lish uchun bu soha oid bilimlarni o‘zlashtirish va ularni amaliyotga qo‘llay olish borasida yetarlicha qobiliyat va sabr – toqatni talab qiladi. Soatlab bir joyda o‘tirib ish bajarishi uchun insondan katta iroda bo‘lishi kerak. Faqat kasb to‘g‘risidagi tasavvurlarning o‘zigina mutaxassislik bo‘lib kamol topish uchun yetarli omil bo‘la olmaydi. Buni o‘quvchi – yoshlar ongiga muntazam singdirib borish lozim. Yuqorida bildirilgan fikr – mulohazalarga asoslanib aytish mumkinki, mutaxassis sifatida kamol topish uchun qator masalalarga e’tibor qaratilishi zarur:


  • kasbni ongli ravishda tanlash;

  • kasb egallash uchun aniq maqsad qo‘yish;

  • kasb to‘g‘risidagi tasavvurlarning real hayotdan uzoq emasligi;

  • egallanadigan kasbning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda amaliy faoliyatda duch kelinadigan qiyinchiliklar xaqida tasavvur qila bilish;

  • kasbiy motivlarni chet omillar ta’sirida emas, shaxs ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirish;

  • kasbning ijtimoiy nufuzi va qadr – qimmatini yaxshi bilish;

  • mutaxassis sifatida kamol topish uzoq vaqtni talab etishini anglash va boshqalar.

Ushbu masalalarga e’tibor berish kasb egallamoqchi bo‘lgan har bir o‘spirin, qolaversa, o‘qituvchi va ota – ona uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
KASBIY QIZIQISH VA MAYLLAR

Qiziqish va mayllar. Qiziqish deganda odamning u yoki bu fanga qaratilgan faol bilish faoliyati tushuniladi. Kasb tanlashga nisbatan olganda qiziqishlar bu odamning muayyan mehnat sohasiga ijobiy munosabati, uning bilishga va faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishidir.

Qiziqishlar o‘zining mazmuni, ko‘lami, uzoq davom etishi va teranligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Qiziqishlarning mazmuni va ko‘lami odamning bilim darajasini hamda har narsaga qiziquvchanligini aks ettiradi. Qiziqishlarning teranligi va uzoq vaqt davom etishi ularning barqarorligini ko‘rsatadi.

Qiziqishlar o‘z taraqqiyoti mobaynida bir nechta bosqichdan o‘tadi. Dastlab ular vaqtincha, epizodik xarakterda bo‘ladi hamda muayyan bir fanga nisbatan ijobiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Bunday qiziqishlar rivojlantirib borilmasa, ular tez orada susayib ketadi yoki mutlaqo so‘nadi. U yoki bu fanning chuqur va muntazam ravishda o‘rganib borilishiga, mehnat faoliyatining qiziqilgan sohasiga sinchkovlik bilan kirishib ketilishiga qarab qiziqishlar mustahkamlanib, kuchayib borishi va asta-sekin barqaror qiziqishga aylanib qolishi mumkin. Bunday qiziqishlar ko‘pincha o‘sib, ulg‘aya borib, maylga — kishining muayan faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan intilishiga hamda mazkur faoliyat turiga muvofiq keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib, doimiy ravishda o‘z bilimini oshirib borish uchun intilishiga aylanadi.

Agar qiziqishlar “bilishni istayman” degan formula bilan ifodalanadigan bo‘lsa, mayllar “bajarishni istayman” degan formula bilan ifodalanadi. hayvonlar to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishga bo‘lgan qiziqish hayvonot bog‘iga borib turishni yaxshi ko‘rish, “hayvonot olamida” deb ataladigan televizion ko‘rsatuvning birortasini qo‘ymay ko‘rib borish boshqa-yu, hakiqiy jonivorlarni har kuni parvarish qilish natijasida hosil qilinadigan bir olam quvonch boshqadir.


Qiziqishlarning rivojlanish bosqichlari




Vaqtinchalik

Barqaror

Epizodik






Texnik qobiliyat - texnikani egallashga va texnika fanlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyat

Texnikaga, texnika ijodiyotiga bo‘lgan qiziqish, mashina va stanoklarda

asboblar bilan

ishlashga intilish, fizika, ximiya, matematika, chizmachilik va shu kabilarni muvaf-

faqiyat bilan

o‘zlashtirish



Matematik qobiliyat - fikrlashning matematik metod-larini egallash

qobiliyati

Matematikaga bo‘lgan qiziqish, mantiqiy

fikrlash, analiz qilish va umumlashtirish

qobiliyati, matematik bilim-

larni muvaf -faqiyatli egallash va shu kabilar.




Pedogogik qobiliyat - o‘qitish va ta’lim-tarbiya berish maqsadida boshqa bir kishiga

ta’sir ko‘rsatadi.

Pedagogik faoliyatga qiziqish; bolalarni sevish, bolalar kollektivini

uyushtira bilish mahorati, nutqning ravon va ishontira

oladigan bo‘lishi talabchanlik, xushmuomalalik adolatlilik, xolis

niyatli bo‘lish

va shu kabilar.








Tashkilotchilik

Qobiliyati qandaydir bir ishni qila olish

va odamlarni uyushtira olish mahorati
Odamlar bilan

tezda til topib

ketish, odam psixologiyasini

tushunish, odamlar o‘rtasida mehnatni to‘g‘ri taqsimlay olish, o‘z vazifasini

halol bajarish, tirishqoq bo‘lish, o‘z xatti harakatlariga tanqidiy qarash va shu kabilar


Adabiy-lingvistik qobiliyat - adabiy faoliyatga, tillarni o‘rganib olishga bo‘lgan qobiliyat
Nutqning yaxshi

o‘sganligi, lug‘at

boyligi rivojlanganligi, tillarni egallashga, adabiyotni

o‘rganishga qiziqishi, eshitib eslab qolish xotirasining kuchliligi, kuzatuvchanlik,

assosiasiyalarning boy bo‘lishi va boshqa shunga o‘xshashlar


San’atga bo‘lgan qobiliyat - ijodiy tasavvurga ega bo‘lish, obrazli

fikrlash qobiliyati


Rassom uchun ko‘rib tasavvur qilishning yorqinligi, rang

va shaklni his

qilish, aktyor

uchun - diksiya

(talaffuz), mimika (imo-ishora), boshqalar qiyofasiga kira olish qobiliyati, nutqning

ifodali bo‘lishi, tabiatdagi va tevarak-atrofdagi hayotda go‘zal narsalarni ko‘ra bilish


Faoliyat ko‘rsatish mobaynida kishining mayllari faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga uning mayllari shakllanib ham boradi. Shuning uchun mehnatning har xil turi tasodifan duch kelishini kutib o‘tirmay, u ishlarga ongli ravishda kirishib ketaverish kerak. Faqat turli yo‘nalishda olib borilgan faol faoliyatgina sizga o‘z mayllaringizni bilib olish va sinab ko‘rish imkonini beradi.

Shunday qilib, kasbni barqaror qiziqish va maylga muvofiq tanlash kerak.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish