Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o’rganiladi?



Download 31,09 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi31,09 Kb.
#225698
  1   2   3
Bog'liq
Kasb etikasi


Kasb etikasi.

Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o’rganiladi?

Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha:

“Kasb etikasi )yoki kasbiy axloq) –bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.

Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.

Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.

Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’I uchun kurashishi va kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim.

Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.

Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.

Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.

Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz.

G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan: ****************

Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:

-to’g’rilik, nazokat, vazminlik;

-xushmuomalalik, xushfe’llik;

-Iltifoq;

-g’amxo’rlik;

-rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.

To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.

Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.

Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.

Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.

Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.

Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.

Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari


Download 31,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish