Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012


DAVLAÒ  XIZMAÒCHISINING  KASB  EÒIKASI



Download 498.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.08.2021
Hajmi498.96 Kb.
1   2   3   4
DAVLAÒ  XIZMAÒCHISINING  KASB  EÒIKASI

VA  ESÒEÒIK  MADANIYAÒI

Inson  kamoloti  ko‘p  qirralidir.  Uning  buyukligi  ma’naviy

kamolot darajasi bilan belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan

insongina jamiyat muammolarini aqli va zakovati bilan yechishga

harakat  qiladi.  Chunki  inson  o‘z  atrofidagi  odamlar  ta’sirida

kamolotga yerishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan

chetda  turolmaydi.  Insonlarga  xos  bo‘lgan  axloq  me’yorlari

jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta’sirida o‘zgarib turadi.

Òa’lim-tarbiya,  ijtimoiy  munosabatlarning  shakllanishi  va

rivojlanishi  insonlarning  xatti-harakatlarini,  ular  o‘rtasidagi

munosabatlarni ma’naviyat bilan bog‘lanmagan tabiiy ehtiyojlar

va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi.

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillika  erishgach,  davlat

boshqaruvi ni ng   asosiy  yo‘nali shi  umume’ti rof  eti lg an

tamoyillar,  xalqaro  huquqiy  hujjatlar  hamda  demokratik

standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi.

Huquqiy  davlatning  shakllanishi  va  jamiyat  ishlari  boshqa-

ruvining  takomillashuvi  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  kuchayib

borayotgan  hamda  erkin  fuqaro  ma’naviyatini,  ozod  shaxsni

shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim vazifaga aylanib borayot-

gan hozirgi paytda davlat boshqaruvi qat’iy qonunlar asosida amalga

oshishini  taqazo  etmoqda.  Bu  esa  bevosita  davlat  xizmatchidagi

xodimdan yuksak fazilatlarni o‘zlashtirishni talab qiladi.

Davlat  xizmatidagi  xodim  deganda,  davlat  organlarining

huquqlarini  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha  tashkiliy-boshqaruv

funksiyalarini  bajaruvchi,  fuqarolar  uchun  huquqiy  oqibatlarni

keltirib chiqaruvchi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni

amalga  oshiruvchi  va  xizmat  majburiyatlarini  bajarmaganliklari

uchun  og‘ir  javobgarlikka  tortilishi  mumkin  bo‘lgan  shaxslar

nazarda tutiladi.

Davlat  xizmatidagi  xodimlarning  huquqiy  va  axloqiy  ma-

daniyati  bir-biriga  mutanosib  bo‘lishi  kerak.  Shu  munosabat




8

bilan  mansabdor  shaxslarda  siyosiy  hislatlar  bilan  bir  qatorda

axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish  zaruriy  holdir.  Axloqiy  barka-

mollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan

biri hisoblanadi.

Jamiyatda  mutloq,  abadiy  va  o‘zgarmas  axloq  yo‘q.  Axloq

tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy

hodisadir.  Uning  bu  xususiyatlari  umumiy  axloqning  tarkibiy

qismlaridan  biri  bo‘lgan  kasb  axloqida  ham  yaqqol  namoyon

bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining

paydo  bo‘lishi  mehnatning  bir  turi  bilan  band  bo‘lgan  kishilar

guruhlarining kasb-hunar  jihatidan ajralib chiqishiga  va shunga

muvofiq  ravishda  turli  xil  mutaxasisliklarning  vujudga  kelishiga

sabab  bo‘ldi.  Bu  esa  har  bir  insonning  qilayotgan  mehnat

tarziga,  mehnatni  tashkil  qilish  usullariga  qarab,  ulardan

muayyan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab

etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi.

Inson  voyaga  yetib,  bir  kasbning  boshini  tutgach  o‘z  kasbi

doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.

Ma’lumki,  insonning  botiniy  go‘zalligi  bevosita  axloqiy

fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon

bo‘ladi. Chunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida

inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik

E.Yusupov:  «Axloq  insonning  aniq  sharoitlarda  bo‘layotgan

voqea va hodisalarga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z

munosabatini bildirishi hamdir», — deydi. — «Umuman, axloq

ijtimoiy  munosabatlar  zaminida  alohida  shaxs  sifatida  mavjud

bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori,

o‘zaro  muloqot  va  munosabatda  ularga  xos  bo‘lgan  ma’naviy

kamolot  darajasining  namoyon  bo‘lishidir.  Axloq  yo‘q  joyda

inson  ijtimoiy  shaxs  sifatida  shakllanmaydi.  Faqat  yetuk  axloq

jamiyatdaginagiga  kishilarda  hayotning  mazmuni  va  maqsadi,

jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va

yomonlik,  yovuzlik,  haqlilik  va  nohaqlikka  nisbatan  muayyan

munosabat shakllanadi»

3

.



3

 Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Ò. Yangi asr

avlodi. 1998. 116-b.



9

Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi

sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq xulq

ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.




Download 498.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat