Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012


KASB  EÒIKASI  FANINING  PREDMEÒI



Download 498.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.08.2021
Hajmi498.96 Kb.
1   2   3   4
KASB  EÒIKASI  FANINING  PREDMEÒI

VA  VAZIFALARI

Etika  yoki  axloqshunoslikning  sof  «ichki»  vazifalari  ham

mavjudki, ular bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.

Ayniqsa,  milliy-mintaqaviy  axloqiy  tafakkurning  tizimli,  ilmiy

xolislik  bilan  yo‘g‘irilgan  tarixini  yaratish  va  sho‘rolar  tuzumi

ta’qiqlagan  yoki  unutilgan  axloqiy  qadriyatlarni  tiklash  muhim

ahamiyatga ega. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masa-

lalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflash-

tirish,  turkumlashtirish,  axloqiy  madaniyatning  nazariy  jihat-

larini  ishlab  chiqish,  ayniqsa,  kasb  etikasining  zamonaviy

nazariy  asoslarini  yaratish  kabi  murakkab  vazifalar  ham  o‘z

yechimini kutmoqda.

Kasb  etikasi  axloqiy  madaniyat  tizimida  yaqqol  ko‘zga

tashlanadi.  Chunki  inson  voyaga  etib,  bir  kasbning  boshini

tutgach, o‘z  kasbi doirasida  odamlar bilan  muntazam munosa-

batda  bo‘ladi.  Bu  munosabat,  bir  tomondan,  hamkasabalar

davrasida  ro‘y  bersa,  ikkinchi  jihatdan,  u  kasb  talabiga  binoan

uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni

paytda,  kasbiy  odob  axloqiy  madaniyatning  eng  yuksak  shakl-

laridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak.

Har  bir  jamiyatda  muayyan  guruhlar  borki,  egallagan

kasblari  ularni  boshqa  jamiyatdoshlariga  nisbatan  imtiyozli

darajaga  olib  chiqadi.  Ko‘pchilik  jamiyat  a’zolarining  hayot-

mamotlari,  sog‘ligi,  ma’naviy  sog‘lomligi,  huquqiy  himoyasi,

ilmiy  salohiyatining  namoyon  bo‘lishi  kabi  omillar  o‘shanday

imtiyozli  kasb  egalarining  o‘z  kasbiy  burch  mas’uliyatini  qay

darajada  his  etishlariga,  halollik  va  vijdon  yuzasidan  ish  ko‘-

rishlariga  bog‘liqligi  hammaga  ma’lum.  Chunonchi,  tabobat

xodimini,  jarrohni  olaylik.  Deylik,  u  har  bir  operatsiya  kunida

bir  necha  kishini  hayotga  qaytaradi;  yuzlab  odamlar  uning

yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar.



4

Bordi-yu,  shaxsiy  manfaat  yo‘lida  jarroh  o‘z  bemoriga  xiyonat

qilsa-chi, ya’ni,  uni qasddan halok  etsa-chi? Kim  uni shunday

qilmasligini  kafolatlaydi?  Yoki  jurnalistni  olaylik.  U  shaxsiy

manfaati yo‘lida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh

kishilarni ma’naviy azobga qo‘yishi, atayin jamiyat oldida shar-

manda  qilishi  va  shuning  hisobiga  o‘zining  ba’zi  bir  muam-

molarini  hal  qilib  olishi  mumkin  emasmi?  Mumkin.  Zero,  to

haqiqat  yuzaga  chiqquncha  nohaq  tanqidga  uchragan  shaxs

qanchalar  ruhiy  istirob  chekadi.  Xo‘sh,  jurnalistning  shunday

qilmasligini kim kafolatlaydi?

Shu  bois  boshqalarning  qo‘lidan  kelmaydigan  ishlarni

bajara-  

oladi g anlar 

faoli yati da 

o‘zboshi mchali k,

manfaatparastlik,  xudbinlik  va  kasbni  suiiste’mol  qilish  singari

illatlarga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun,  shuningdek,  ular  axloqiy

darajasini yuksak bosqichda turishini ta’minlash maqsadida ko‘p

hollarda  o‘zaro  qoidalar  majmuyi  yaratilgan.  Bu  qoidalar

majmuyi,  odatda,  qasamyod  yoki  me’yorlar  ko‘rinishini  olgan.

Uni buzish o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat

tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega.

Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan

Qadimgi  Yunon  hakimi  Hi ppokrat  (milodgacha  V—IV  asrlar)

tomonidan  qisqa  va  lo‘nda  shaklda  tuzilgan,  tabobat  xodimlari

kasbiy  odobi  qonun-qoidalari  jamlangan  mashhur   «Hi ppokrat

qasami»ni  keltirish  mumkin.

Òarixda  o‘z  dushmanini  davolagan  tabiblar  ham  ko‘p

uchraydi.  Chunonchi,  qadimgi  hind  eposi  «Ramayana»da

(II  as r)  behush  yotgan  Lakshman  boshida  turgan  devlar

shohining  xos  tabibi  kechinmalari  shu  jihatdan  muhim.  Òabib

oldida ikki yo‘l bor edi: biri saltanat dushmanini muhtoj bemor

sifatida  davolash,  ikkinchi  yo‘l  davolashdan  bosh  tortish  bilan

uni  o‘limga  mahkum  etish.  Òabib  uzoq  mulohazadan  so‘ng

tabiblik odobi qoidalariga bo‘ysunishni — Lakshmanni davolashni

afzal ko‘radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalari talabiga ko‘ra,

bemor to‘shagi ustidagi tabib uchun do‘st yoki dushman degan

tushunchalar  o‘z  ma’nosini  yo‘qotadi,  uning  qoshida  faqat

tibbiy  yordamga  intizor,  shafqatga  muhtoj,  zaif  inson  yotadi.

Davolanib  hayotga  qaytgan  Lakshman  devlar  mamlakatining



5

tengsiz buyuk jangchisi va saltanat valiahti Indirjidni jangda halok

etadi hamda tabib fuqaro bo‘lgan Lanka davlatining tanazzuliga

yo‘l  ochadi. Lekin  kitobxon  tabibni  xiyonatkor yoki  sotqin  de-

maydi,  aksincha,  uning  ma’naviy  jasoratiga,  halolligiga,  kasbiy

burchiga sodiqligiga hayrat bilan tasannolar o‘qiydi.

Shuningdek,  Sharqning  buyuk  notig‘i  Husayn  Voiz  Ko-

shifiyning  «Futuvvatnomayi  sultoniy  yohud  javonmardlik

tariqati» nomli kitobida kasb etikasi va kasbiy odob muammolariga

atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining

o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb ega-

lari  odobiga bag‘ishlangan.  Masalan,  o‘n  to‘rtinchi fasl  «Kasb-

kor  va savdo-tijorat  odobi  haqida»  deb nomlanadi  va  umuman

kasb  egasi,  ayni  paytda,  savdo-tijorat  ahli  odobi  qonun-

qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi:

«Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-

adablar  mavjud,  shuningdek,  har  bir  kasb  uchun  alohida  odob

ham bor.


Agar  barcha  kasblar  uchun  zaruriy  odoblar  xulosasi

nechta,  deb  so‘rasalar,  sakkizta  deb  aytgil:  birinchidan,  o‘z

kasbini  haromdan,  shubhali  mol-mablag‘dan  pok  saqlasin.

Ikkinchidan,  rizq-ro‘zi  zarurati  uchungina  kerakli  kasb  bilan

shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchin-

chidan, kasb obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb

bilsin.  Òo‘rtinchidan,  moli  harom  odamlar  (amaldorlar,

poraxo‘rlar,  qaroqchilar,  o‘g‘rilar,  qimorbozlar,  kazzob  do‘-

kondorlar) bilan muomala qilmasin...».

1

Koshifiy  sotuvchi  odobi,  xaridor  odobi,  xodimlar  (xizmat-



korlar) odobi, maddohlar odobi  singari masalalarda ham xuddi

shunday  asosli  fikrlar  bildiradi.  Garchand,  «Futuvvatnomayi

Sultoniy»  javonmardlik  (jo‘mardlik)  tariqati  darveshlariga  atab

yozilgan  bo‘lsa-da,  unda  ilgari  surilgan  axloqiy  tamoyillar  va

g‘oyalar  umummintaqaviy,  umuminsoniy  qamrovga  ega.  Zero,

buyuk  forsigo‘y  o‘zbek  shoiri  Pahlavon  Mahmud  ma’lum

ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin

1

  Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomayi Sultoniy / N.Komilov tarjimasi.



— Ò., A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994. — 69-70-b.


6

zarur  bo‘lsa,  barcha  qurollar  turini  ishga  solib,  Vatan  himoya-

siga  otlanishni  birinchi  galdagi  vazifasi  deb  bilgan  erkparvar

i nsonlar  suluki di r.  S hu  boi s  mazkur  kitobda  dini yli k

dunyoviylikdan  ajratilmaydi,  ular  bir-birini  to‘ldirishi  bilan

inson  hayotini  axloqiylashtiradigan,  go‘zallashtiradigan  hodisa-

lar  sifatida  talqin  etiladi.  Javonmardlikning  harbiylashtirilgan

nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda.

Koshifiy  ilgari  surgan  axloqiy  g‘oyalar  hozirgi  kunda  ko‘p

jihatdan  o‘z  ta’sir  kuchini  yo‘qotgan  emas.  Ayniqsa,  uning

tijoratchi,  sotuvchi  va  xaridor  odobiga  doir  qoidalarini  zamo-

naviy  bozorlarimiz,  tijorat  markazlarimiz  va  do‘konlarimiz

devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy

mezoniy  tushuncha  hisoblanadi.  Chunki,  burch,  mohiyatan,

jamiyat,  davlat  va  shaxslarga  nisbatan  muayyan  individdagi

munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’u-

liyat  kabi  tushunchalar  bilan  mustahkam  bog‘liq.  Umuman,

hayotda  insonning  har  bir  xatti-harakati  zamirida  burch

tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.

Rahbarlik odobi va uning axloqiy jihatlariga doir O‘zbekiston

Prezidenti Islom Karimovning mana bu fikrlari g‘oyat ibratlidir:

«Oddiy  odamlarning  rahbarlarga  munosabati  ikki  fuqaro

o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror

topadigan  ma’naviy-ruhiy,  siyosiy-axloqiy  muhitni  ham

yaratadi.  ...  Haqiqiy  rahbar  odamlarning  ko‘ngliga  yo‘l  topib,

ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»

2

.



Yuqorida  keltirilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  kasb  etikasi

muammosi,  ba’zilar  o‘ylaganidek,  etika  fanining  mayda  masa-

lalaridan emas. Uni har tomonlama o‘rganish, kasbiy erkinlik va

kasbiy  burch  munosabatini  tadqiq  etish  XXI  asr  axloqshu-

nosligida  muhim  o‘rin  egallajak.  Zero,  kasbiy  odob  shaxs  va

jamiyat  axloqiy  hayotida  o‘zini  amaliy  axloq  tarzida  namoyon

etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.

2

 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. — Ò.,



O‘zbekiston, 1999. —  77 b.


7


Download 498.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat