Kampir Zumradni uyiga taklif qilibdi. Zumrad juda ham hursand bo’lib ketibdi. Endi ular birga yashay boshlashibdi



Download 5,36 Mb.
Sana30.06.2021
Hajmi5,36 Mb.
#105660
Bog'liq
JAMSHIDBEK ozbekcha ertak

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim qadim zamonda kichkina bir qishloqning kichkina uyida chol, uning Zumrad degan qizi, o’gay ona va uning Qimmat degan qizi turar ekanlar…

Chol ertalabdan kechgacha o’rmonda o’tin terib tirikchilik qilarkan. Kampir Zumradni juda ham yomon ko’rarkan. U qizni hadeb urib, qarg’ab, ertadan kechgacha ishlatarkan. Zumrad chiroyli, odobli, muloyim, aqlli qiz ekan. Uni bir ko’rgan kishi yana ko’rsam deb orzu qilarkan.

Qimmat esa uyqichi, ishyoqmas, injiq va dimog’dor ekan. Kampir Qimmatni hamma aytganini muhayyo qilar, uni juda ham erkalatib yuborgan ekan.

Zumradni qishloqdagi hamma yaxshi ko’rar, uni tinmay maqtashar ekan. Qimmatni esa hechkim yoqtirmas ekan. Bu kampirga yoqmapti va Zumradni ko’chaga haydab solibdi.

Zumrad qayyoqqa borishini bilmay adashib qolibdi. Qorong’u tushibdi. Zumrad nima qilishini bilmay yig’lab o’tirsa, uning yoniga bir kampir kelibdi va “ Qizim seni kim xafa qildi?” deb savol beribdi. Zumrad unga bo’lgan voqealarni aytib beribdi.

Kampir Zumradni uyiga taklif qilibdi. Zumrad juda ham hursand bo’lib ketibdi. Endi ular birga yashay boshlashibdi.

Zumrad kampirni uyini supurib-sidirib, oynalarni artib, hamma yoqni chinnidek qilib qo’yar ekan. Kampir ham Zumradga bor mehrini berib parvarish qilibdi.

Bir kuni kampir Zumradga ovqat qilish uchun tomdan o’tin olib tushishini aytibdi. Tom balandligi sababli u yerdan hamma joy ko’rinib turar ekan. Zumrad atrofga qarab irdan o’zini uyini ko’rib qolibdi va yig’lab yuboribdi.

Kampir qizni yupatib, uyiga ketishiga rozilik beribdi. Zumrad bilan xayrlashayotganda kampir: “Yerto’laga tushsang ikkita eshik bor, biri qora, biri oq. Shu eshiklardan oqiga kirsang oq sandiq bor. Shu sandiqni olib chiq!” debdi.

Zumrad sandiqni olib chiqibdi. Kampir esa bu sandiqni Zumradga sovg’a qilibdi va uni uyiga borganda ochishini aytib uyiga jo’natib yuboribdi. Zumrad uyiga kelibdi va hammalari birgalikda sandiqni ochishibdi. Sandiqni ichi oltinga to’la ekan. Uyidagilariga bu qanday bo’lganini birma bir aytib beribdi Zumrad.

Zumradni gaplarini eshitgan shum kampir choliga Qimmatni ham o’rmonga olib borib adashtirib kelishini aytibdi. Chol Qimmatni olib yo’lga tushibdi va o’rmonga oborib adashtirib kelibdi.

Qimmat sexrgar kampirni kutib o’tiribdi vanihoyat kampir kelibdi va yordam kerakmi deb so’rabdi Qimmatdan. Qimmat bo’lsa qorni juda ham ochganini, uyiga olib borib ovqat berishini so’rabdi. Sexrgar kampir Qimmatni ham uyiga olib borib mehmon qilibdi.

Ammo Qimmat kampirga yaxshi so’zlar topib gapirolmabdi, chunki onasi unga yaxshi so’zlar o’rgatmagan ekan. Qimmat ertalabdan kechga uyda utiraverar ekan. Uyni yig’ishtirib, supurmas ekan. Kampir ish buyursa umuman qilmas ekan.

Kunlar o’tib Qimmat zerikibbdi va kampirga uyga ketishini va tezroq sovg’asini berishi aytibdi. Sexrgar kampir esa Qimmatga “Yer to’laga tushsang oq va qora eshik bor. Qora eshikka kirasan va shu yerda turgan qora sandiqni olib chiqasan!” deb aytibdi. Qimmat sandiqni olibdi va uyiga qarab yo’lga chiqibdi.

Qimmat uyiga kelibdi va onasi bilan uy ichiga kirib eshik va derazalarni berkitishibdi. Va darxol sandiqni ochishibdi. Sandiqdan katta ajdaho chiqidi va ularni yeb qo’yibdi.

Shunday qilib Zumrad va uni otasi kampir va Qimmatdan qutulishibdi va baxtli hayot kechira boshlashibdi…


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish