Kаfеdrаsi Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,96 Mb.
#36244
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot tizimlarini loyihalash texnologiyalarining.


O‟ZBЕKISTON RЕSPUBLIKАSI 

OLIY VА O‟RTА MАХSUS TА‟LIM VАZIRLIGI 

 

TOSHKЕNT TЕMIR YO‟L MUHАNDISLАRI INSTITUTI  

 

“Temir yo‟l transportida axborot tizimalri” 

 

 kаfеdrаsi 

 

 

 



Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash  

 

fаni bo’yichа 



 

 

Ma‟ruza matni 

 

 

 

 



 

 

 



 

TUZUVCHI: IBRAGIMOV R. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKЕNT – 2018  

Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash fanidan 

ma‟ruzalar matni 

 

Mavzu № 1 

Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot 

xavfsizligi muammolari, ularning turlari va mohiyati. Keng tarqalgan 

tahdidlar va ularning oqibatlari 

(6 soat) 

 

Reja: 

1. Fanning dolzarbligi; 

2. Asosiy tushunchalar; 

3. Axborot xavfsizligining asosiy himoya obyektlari; 

4. Axborot xavfsizligining asosiy muammolari; 

5. Fanning vazifalari. 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Kim David. Fundamentals of Information Systems Security. -USA, 2014. -

p.544. 

2. Mark Stump. Information Security: principles and practice.  -2



nd

 ed. -USA, 

2011. -p.608. 

3.  Акбаров  Д.Е.  Ахборот  хавфсизлигини  таъминлашнинг  криптографик 

усуллари ва уларнинг қўлланилиши. -Т.: Ўзбекистон маркаси, 2009. -432 б. 

4. Пардаев А.Х. ва бошқалар. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар. 

-Т.:Ёзувчи, 2004. 

5.  Мамаев  М.,  Петренко  С..  Технологии  защиты  информации  в 

интернете.  -С/П:Питер, 2002. -844 с. 

6.  Соколов  А.В.,  Степанюк  О.М.  Методы  информационной  защиты 

объектов и компьютерных сетей.  -М.:Полигон-АСТ, 2000. -270 с. 

7. Шнайер Б. Секреты и ложь: безопасность данных в цифровом мире.  -

С/П: Питер, 2003. -368 с. 


8.  Под  рук.  Сонникова  В.Г.  Технические  методы  и  средства  защиты 

информации. -М.: Полигон-АСТ, 2000. -314 с. 

9. Ibragimov R.I., Tulaganova Z.X., Mamurova F.I., Boltayev A.X. «Axborot 

xavfsizligi va axborotni himoyalash» fani bo’yicha laboratoriya ishlari to’plami. -

T.: ToshTYMI, 2011. -55 b. 

 

XXI  asr  insoniyat  hayotiga  axborot  texnologiyalarining  g‘oyatda  rivojlanishi 



va  inson  faoliyatining  barcha  sohalariga  chuqur  qo‘llanishi  bilan  kirib  keldi. 

Hozirgi  kunda  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  to‘xtab  qolishi  insoniyat 

hayotida  halokatli  natijalarga  olib  kelishi  mumkin.  Axborot  texnologiyalari 

jamiyatning  muhim  ustunlaridan  bo‘lsa,  axborotning  o‘zi  hozirgi  kunning  eng 

bebaho  mulkiga  aylandi.  Inson  o‘zining  qimmatli  buyumlarini  har  doim  avaylab 

asragan, uni o‘g‘irlashlariga yoki buzishlariga yo‘l qo‘ymagan. Yuqorida aytilgan 

fikrlar esa, axborot texnologiyalari va axborotni eng avaylab asrash lozim bo‘lgan 

mulk ekanligini ko‘rsatib turibdi. Chunki, axborot texnologiyalari deganda nafaqat 

axborotga  avtomatlashtirilgan  ravishda  ishlov  berish  tizimlari,  balki  ixtiyoriy 

jarayonni  amalga  oshirishda  axborot  asosida  taroziga  solingan,  rejali  ish  tutish 

bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tizim (hattoki, u qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lsa 

ham)  ko‘zda  tutiladi.  Shu  sababli  axborot  va  axborot  tizimlarining  xavfsizligini 

ta’minlash davr talabiga aylangan bugungi kunning dolzarb muammosidir. 

Quyida  o‘rganiladigan  fan  sizni  aynan  shu  muammoni  yechish  yo‘llari  va 

vositalari  bilan  tanishtiradi  va  axborot  xavfsizligi  fani  deb  ataladi.  Fan  bilan 

tanishishni  birinchi  navbatda  asosiy  tushunchalar  va  ularning  ta’riflarini  keltirish 

bilan boshlaylik:   

Axborot  insonning  5  ta  sezgi  organlari  orqali  oladigan,  cheksiz  xabarlar 

ichidan  o‘zi  uchun  foydali  qismini  xotirada  saqlab  qoladigan  qismidir.  Masalan, 

birov  bilan  tanishganda  uning  kiyimi,  qaerda  turgani,  kim  bilan  turgani  va 

hokazolar  emas,  uning  ismi,  qiyofasi,  kasbi  kabi  axborotlarni  eslab  qolishga 

harakat qilinadi. 


Texnologiya esa (jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan 

foydalanib)  o‘zida  ixtiyoriy  jarayonning  har  bir  (xattoki  eng  kichigi  ham) 

bosqichini aks ettiruvchi batafsil ish rejasidir. Masalan, bir taomni pishirish yo‘llari 

bilan  tanish  bo‘lgan  o‘nlab  odamlar  uni  o‘nlab  mazali  ko‘rinishda  tayyorlaydilar, 

chunki ularning har biri o‘z usuli, ya’ni o‘z texnologiyasidan foydalanadi. 

Tizim  deganda  bir  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  qaratilgan  barcha 

jismoniy  va  mantiqiy  obyektlar  majmuasi  ko‘zda  tutiladi.  Masalan,  maorif  tizimi 

deganda  nafaqat  maktablar,  bog‘chalar,  litsey-kollej  va  oliy  o‘quv  yurtlari,  balki 

ularning  binolari,  barcha  xizmatchilari  (farroshdan  tortib  boshliqqacha),  tuman, 

shahar,  viloyat  va  mamlakat  maorifni  boshqarish  tashkilotlari,  o‘qitish  usul  va 

vositalari barchasi ko‘zda tutiladi. 



Xavfsizlik  tushunchasi  hayotda  asosan  biror  holat  uchun  xavf-xatar 

bo‘lmagan yoki uning uchun ishonchli himoya o‘rnatilganligini bildiradi. Axborot 

tizimlarida  ham  xuddi  shunday  ma’noni  anglatgan  bu  ibora  tizimning  normal 

faoliyat  ko‘rsatishi,  samarali  ishlashi  uchun  barcha  sharoitlar  mavjudligi  va 

tizimning  turli  xavf-xatarlardan  ishonchli  himoyalanganligini  ta’minlaydi  va  uni 

aynan  shu  holat  uchun  axborot xavfsizligi  deb ataladi.  Ya’ni, axborot  xavfsizligi 

tushunchasi  inson  faoliyatining  istalgan  sohasida  ishni  nafaqat  uzluksiz  va 

muvaffaqiyatli olib borishni  ta’minlaydi, balki  bu  ish  imkon boricha ko‘p  samara 

keltirishini,  hech  kim  bu  sohada  siz  erishgan  yutuqlarni  sizdan  beruxsat  qo‘llab 

o‘zi  uchun  foyda  olishiga  yo‘l  qo‘ymaslikni  ham  ko‘zda  tutadi,  sizning  ishlab 

chiqarishingiz  va  tadbirkorligingizni  yomon  niyatli  shaxslar  tajovuzidan 

himoyalaydi.  



Xavfsizlik  siyosati  deb  esa  biror  tashkilotda  axborotlar,  axborot  tizimi    va 

tashkilot faoliyatining ishonchli himoyalash uchun olib boradigan siyosati – tartib-

qoidalari,  mehnat  intizomi  va  ish  hamda  javobgarlik  taqsimoti,  boshqaruv 

amaliyoti,  tashqi  muhit  bilan  muloqot  olib  borish  tamoyillarini  tushunamiz. 

Masalan,  oliy  o‘quv  yurtlarida  talabalar  va  o‘qituvchilarning  darslarga 

kechikmasligini  talab  etish,  dars  jarayonlarini  ham  intizom,  ham  o‘qitilish  sifati 

nuqtai-nazaridan  nazorat  etish,  binodagi  barcha  xonalarni  o‘qitish  maqsadiga 


moslash, o‘quv yurti xududida kim o‘zini qanday tutishi xaqidagi tartib-qoidalarni 

ishlab  chiqish,  kirish  eshigi  oldiga  qorovullar  qo‘yish,  yotoqxona  va  o‘qitish 

xonalariga mas’ul o‘qituvchi va talabalarni tayinlash, guruhlar uchun murabbiylar 

tayin  qilib  ularning  bu  yo‘nalishdagi  faoliyatini  bevosita  va  hisobotlar  orqali 

nazorat  qilish,  ishonch  soatlari  va  ishonch  qutilari  taklif  etish  kabi  tadbirlarning 

barchasi shu o‘quv yurtidagi xavfsizlik siyosatini belgilaydi. 

Mana  shu  xavfsizlik  siyosatini  amalga  oshirish  yo‘llari  va  vositalari  esa 

xavfsizlik  mexanizmi  deb  ataladi.  Hozirgina  yuqorida  keltirilgan  misoldagi  oliy 

o‘quv  yurti  xavfsizlik  siyosatini  amalga  oshirish  uchun  ishlab  chiqilgan  qonun-

qoidalar,  buni  nazorat  qiluvchi  va  amalga  oshiruvchi  bo‘limlar  va  vositalar 

(masalan  qorovul  xizmati,  o‘rnatilgan  shlagbaum,  videokamera  kabi  texnik 

qurilmalar,  dekanatlar,  talabalar  kengashi,  kamolot  harakati,  ma’naviyat  bo‘limi 

kabi) mana shu xavfsizlik mexanizmiga kiradi. 

Xavfsizlik  siyosatining  bir  qismini  tashkil  etib,  tor  yo‘nalishdagi  mavjud 

xatarlarga qarshi kurashuvchi bo‘lagi esa xavfsizlik xizmati deb ataladi. Masalan, 

yong‘in  xavfsizligi  xizmati,  qorovul  xizmati,  ma’naviyat  bo‘limlari  xavfsizlik 

xizmati ko‘rinishlariga misol bo‘la oladi.  

Axborot  xavfsizligi  uchun  noxush  holat  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan 

har  qanday  tashqi  yoki  ichki  ta’sir  tahdid,  biror  joriy  vaqt  ichida  ro‘y  berishi 

ehtimolga  yaqin  bo‘lgan  tahdid  esa  xatar  deb  ataladi.  Agar  samolyot  uchun 

mavjud  tahdidlardan  ba’zilarni  sanab  o‘tsak,  bular  –  zavoddan  chiqishdagi 

kamchiliklar,  xizmat  ko‘rsatishdagi  xatoliklar,  uchish  jarayonida  odatdan  tashqari 

vaziyat yuz berib halokatga uchrash, kometa bo‘lagi, boshqa samolyot yoki qushlar 

bilan to‘qnashib ketish, terrorchilar tomonidan tasarruf etilishi va shu kabi minglab 

holatlardir.  Ya’ni,  tahdid  biror  obyekt  uchun  mavjud  bo‘lgan  barcha  noxush 

holatlar  uchun  umumiy  nom.  Xatar  esa  shu  tahdidlarning  ma’lum  bir  vaqt 

oralig‘ida,  ma’lum  joy  va  sharoitda  ro‘y  berish  ehtimoli  katta  bo‘lgan  qismidir. 

Masalan  angarda  turgan  samolyot uchun osmonda  boshqa samolyot bilan urushib 

ketishi  tahdid bo‘lsa,  kimdir  uning  ballonini teshib qo‘yishi  yoki vintini noto‘g‘ri 

burab qo‘yishi xatardir. 


Xatarni  amalga  oshirish  xujum,  oshiruvchi  obyekt  esa  xatar  manbai  deb 

ataladi.  Yuqoridagi  kimdir  ballonni  teshish  uchun  harakat  qilishi  xujum,  o‘sha 

«kimdir» esa xatar manbai bo‘ladi. 

Xujum  qilish  qulay  bo‘lgan  joy  zaif  joy,  zaif  joy  aniqlangandan  boshlab  to 

unga  ishonchli himoya  o‘rnatilgunicha o‘tgan  vaqt  esa  xatar oralig„i  deb  ataladi. 

Yuqoridagi  misolda  yomon  niyatli  shaxs  kirishi  uchun  imkon  yaratgan  joy  va 

yomonlik qilish imkonini beruvchi obyekt (masalan ochiq eshik, devordagi teshik, 

qo‘l  yetadigan  joydagi  ochiq  vint,  teshish  mumkin  ballon  va  hokazo)  zaif  joyga, 

mana  shu  imkoniyatni  paydo  bo‘lganidan  boshlab  to  yo‘qotish  harakatlari 

(masalan  teshik  yoki  eshikni  yopish,  soqchi  qo‘yish,  ballon  va  vintlarni  g‘ilof 

ostiga yashirish) amalga oshirilguncha o‘tgan vaqt esa xatar oralig‘i deb ataladi. 

Axborot  tizimi  ishiga  qanday  yo‘l  bilan  bo‘lsa  ham  (ko‘pincha  ijobiy)  ta’sir 

ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  har  bir  obyekt  -  hox  u  yakka  shaxs  bo‘lsin,  hox 

tashkilot  -  qo„llash  infrastrukturasi  deb  ataladi.  Masalan,  hamkorlar,  homiylar, 

xizmat  ko‘rsatuvchilar,  buyurtmachilar,  iste’molchilar,  mahalliy  ma’muriyat  va 

hokazo. 


Konfidentsiallik  esa  axborotning  ma’lum  bir  doiradagi  shaxslardan  tashqari 

barchadan  sir  tutilishi  xususiyatidir.  Eng  oddiy  va  yorqin  misol  –  bu  kasbiy  sir, 

ya’ni  hunarmandlar  o‘z  kasblarining  sirlarini  faqatgina  tanlangan  odamlargagina 

(merosxo‘rlari,  shogirdlari  kabi)  aytishi,  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  sirlarini 

(masalan,  harbiy  qurollarni  ishlab  chiqarish,  yangi  samolyotlar  yasash,  pepsi  va 

kola ishlab chiqarish kabi) yashirishidir. 



To„liqlik  deb  axborotning  mazmunan  boyligi,  ishonchliligi,  yomon  niyatli 

odamlar  tomonidan  o‘g‘irlab  yoki  o‘zgartirib  qo‘yilmaganligini  tushunamiz. 

Masalan,  o‘qish-yozishni  biladi,  fizika  fani  bilan  tanish,  ishlaydi,  fizikani  yaxshi 

tushuntira oladi, maktabda ishlaydi, institutni bitirgan va hokazo ma’lumotlarni bir 

og‘iz tajribali fizika  o‘qituvchisi degan, g‘ildiragi bor, to‘rtta, ularning balloni bor, 

ruli  bor,  o‘rindig‘i  yumshoq,  besh  o‘rinli,  kechasi-yu-kunduzi  minish  mumkin, 

benzin  bilan  yuradi,  qimmat  turadi,  besh-olti  yil  ta’mirga  muhtoj  bo‘lmaydi, 

magazinda  sotiladi va  hokazo  ma’lumotlar  o‘rniga  yangi  yengil  avtomobil  deyish 



axborot  orqali  berish  mumkin.  Bu  ancha  to‘liq  va  ishonchliroq  bo‘lishi  mumkin, 

chunki  bitta-bitta  sifat  berishda  inson  o‘z  fikri,  o‘z  baholashiga  asoslanadi,  lekin 

inson  xatoga  yo‘l  qo‘yishi  mumkinligini  har  birimiz  yaxshi  bilamiz,  bundan 

tashqari  o‘qituvchi  yoki  yangi  yengil  avtomobil  so‘zlari  o‘z  navbatida  yana  bir 

qancha xulosalar keltirib chiqarishi mumkin. 

Murojaat  etish  imkoniyati  deganda  axborotning  faqat  qonuniy  yo‘l  bilan 

olinishi, olinganda ham imkon boricha oson yo‘l bilan olinishi tushuniladi. Ya’ni, 

shunga xaqi bor iste’molchi axborotga tez va qulay murojaat eta olishi tushuniladi. 

Lekin bu atamaning ma’nosi faqat shu bilangina cheklanmay, balki murojaat etish 

uchun  xaqi  yo‘q  shaxslarning  axborotdan  foydalanish  imkoniyati  cheklanishini 

ham  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan,  savodsiz  odam  o‘quv  yurtiga  o‘qituvchilik 

lavozimiga  ish  so‘rab  murojaat  etishi,  pulsiz  odam  do‘kondan  tovar  so‘rab 

murojaat etishi yoki bankomatni buzib pul olishi mumkin emas. Faqat uylanmagan 

odamgina baxt uyiga o‘z nikohini qayd etishni so‘rab murojaat qila olishi mumkin 

va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, murojaat etish imkoniyati axborotdan (yoki 

axborot tizimi xizmati) faqat shunga xaqi bor shaxslargina foydalana olishi, va bu 

jarayon tez va oson ko‘chishini ta’minlaydi. 

Axborot  xavfsizligi  tizimining  asosiy  vazifasi  xavfsizlikning  asosiy 

komponentlari  –  to‘liqlik,  konfidentsiallik  va  murojaat  etish  imkoniyatlarini 

ta’minlashga borib taqaladi. 

Bundan  tashqari  axborot  tizimlari  binolar,  texnik  vositalar,  qo‘llash 

infrastrukturasi,  dasturiy  vositalar,  boshqaruv  siyosati  kabi  birqancha  tarkibiy 

qismlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ularning  har  biri  bilan  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 

muammolarni  (qisman  bo‘lsa  ham)  har  bir  inson  tasavvur  qila  oladi  –  ularning 

holati,  maqsadga  muvofiqligi,  iqtisodiy  mutanosibligi  va  hokazo.  Bu  muammolar 

haqida  kurs  davomida  batafsilroq  to‘xtalib  o‘tamiz.  Hozir  tizim  qismlarining  har 

biri  uchun  mavjud  keng  tarqalgan  muammolar  bilan  tanishib  chiqamiz  (1-rasm). 

Odatda muammolar ikki xil tabiatga ega bo‘ladi – jismoniy va mantiqiy. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1-rasm. Axborot tizimlarining keng tarqalgan muammolari. 



 

Jismoniy  muammolarni  keltirib  chiqaruvchi  tahdidlar  bevosita  inson  xatti-

harakati  natijasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi  va  ularning  oqibatlari  moddiy 

ko‘rinishga egadir:  kabellarda uzilish paydo bo‘lishi, tizim elementining boshqa, 

sifatlari  yaqin  keladigan  element  bilan  almashtirilishi,  texnik  qurilmalarni  yasash 

vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va hokazo. 

Mantiqiy  muammolarni  keltirib  chiqaruvchi  tahdidlar  esa  inson  xatti-

harakatlariga  bilvosita  bog‘liq  bo‘lib,  ular  ko‘proq  aqliy  faoliyat  natijalarida  aks 

etadi:  tovlamachilik,  xakerlik,  operatsion  tizim  kamchiliklari,  josuslik,  beruxsat 

o‘zgalar mulkidan bahramand bo‘lish va hokazolar. 

Bu  sanab  o‘tilgan  tahdidlar  amalga  oshganda  son-sanoqsiz  muammolar  ro‘y 

berishi,  oxir-oqibat  xujumga  uchragan  shaxs  yoki  tashkilot  turli  darajadagi  asab, 

ishlab chiqarish yoki boshqa turdagi kasodlikka uchrashi mumkin: tashkilot sinishi, 

ishi  orqaga  ketishi,  asablari  ishdan  chiqishi,  yotib  qolishi  yoki  qattiq  kasallikka 

АХБОРОТ ТИЗИМЛАРИДА 

РЎЙ БЕРИШИ МУМКИН 

БЎЛГАН МУАММОЛАР 

Жисмоний (hard 

problems) муаммолар 

Коммуникацион 

муаммолар 

Қурилмалар мос 

келмаслиги 

Электр қуввати 

муаммолари 

Заводдан чиқишдаги 

брак 

Хотирага боғлиқ 



муаммолар 

Жой ва табиат 

муаммолари 

Қўллаш инфраструк. 

муаммолари 

Операцион тизим 

муаммолари 

Мантиқий (hard 

problems) муаммолар 

Қурилма/драйвер 

муаммолари 

Илова дастурлар 

муаммолари 

Директориялар тўлиб 

кетиши 

Вируслар 



Сақлаш муаммолари 

Берухсат кириш 

Майда 

безорилик 



Саноат 

жосуслиги 

Товламачилик 

Хакерлик 

Қўпорувчилик 

BIOS га боғлиқ муаммолар 



duchor  bo‘lishi,  o‘z  mijoz  yoki  hamkorlarini  yo‘qotishi,  kam  foyda  olishi  va 

hokazo. 


Axborot xavfsizligi fani aynan shunday holatlar oldini olish chora –tadbirlari 

va siyosatini o‘rgatadi. 

 

Nazorat uchun savollar: 

1. Xavfsizlik nima uchun kerak? 

2. Texnologiya axborotmi? 

3. Tizim nimalardan tashkil topgan? 

4.  Axborot  xavfsizligi  deganda  faqat  xujumlardan  himoyalanishni  tushunish 

to‘g‘rimi? 

5. Xavfsizlik siyosati talabalarning kiyinishini nazorat etishni ko‘zda tutadimi? 

6. Xonalarning qulfi xavfsizlik mexanizmiga kiradimi? 

7. Xatar manbai nima? 

8. Xatar oralig‘i cheksiz bo‘lishi mumkinmi? 

9. Qo‘llash infrastrukturasiga kimlar kiradi? 

10. Axborot xavfsizligi himoyalaydigan asosiy obyektlarni sanab bering. 

11. Keng tarqalgan axborot xavfsizligi muammolari xaqida nima bilasiz? 

 

 



 

 

 

Mavzu № 2 

Axborot xavfsizligining keng tarqalgan tizimlari.  

Axborot tizimlarida ma‟lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar.  

Virus va antiviruslar tasnifi. Antiviruslar, ularning xususiyatlari  

(4 soat) 

 

Reja: 

1. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar; 

2. Virus tushunchasi va viruslarning toifalari; 


3. Turli toifalarning mohiyati va keltirgan zararlari; 

4. Antiviruslar; 

5. Kasperskiy antivirusi va uning xususiyatlari; 

6. Keng tarqalgan xavfsizlik servislari, ularning xususiyatlari va  

    manzillari. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Kim David. Fundamentals of Information Systems Security. -USA, 2014. -

p.544. 

2. Mark Stump. Information Security: principles and practice.  -2



nd

 ed. -USA, 

2011. -p.608. 

3.  Акбаров  Д.Е.  Ахборот  хавфсизлигини  таъминлашнинг  криптографик 

усуллари ва уларнинг қўлланилиши. -Т.: Ўзбекистон маркаси, 2009. -432 б. 

4. Пардаев А.Х. ва бошқалар. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар. 

-Т.:Ёзувчи, 2004. 

5.  Мамаев  М.,  Петренко  С..  Технологии  защиты  информации  в 

интернете.  -С/П:Питер, 2002. -844 с. 

6.  Соколов  А.В.,  Степанюк  О.М.  Методы  информационной  защиты 

объектов и компьютерных сетей.  -М.:Полигон-АСТ, 2000. -270 с. 

7. Шнайер Б. Секреты и ложь: безопасность данных в цифровом мире.  -

С/П: Питер, 2003. -368 с. 

8.  Под  рук.  Сонникова  В.Г.  Технические  методы  и  средства  защиты 

информации. -М.: Полигон-АСТ, 2000. -314 с. 

9. Ibragimov R.I., Tulaganova Z.X., Mamurova F.I., Boltayev A.X. «Axborot 

xavfsizligi va axborotni himoyalash» fani bo’yicha laboratoriya ishlari to’plami. -

T.: ToshTYMI, 2011. -55 b. 

 

Hozirgi kunda kompyuter viruslari g‘arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil 



dasturlarni  olib  kelib  tatbiq  etishda  eng  samarali  vositalardan  biri  hisoblanadi. 

Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. 



Dasturli  virus  deb  avtonom  ravishda  ishlash,  boshqa  dastur  tarkibiga  o‘z-

o‘zidan  qo‘shiluvchi,  ishga  qodir  va  kompyuter  tarmoqlari  va  alohida 

kompyuterlarda o‘z-o‘zidan tarkalish xususiyatiga ega bo‘lgan dasturga aytiladi. 

Viruslar  bilan  zararlangan  dasturlar  virus  tashuvchi  yoki  zararlangan 



dasturlar deyiladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

Zararlangan disk – bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib olgan 

diskdir. 

Xozirgi paytda kompyuterlar uchun ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirayotgan xar 

xil  turlardagi  kompyuter  viruslari  keng  tarqalgan.  Shuning  uchun  ham  ulardan 

saqlanish  usullarini  ishlab  chiqish  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Xozirgi 

vaktda 65000 dan ko‘p bo‘lgan virus dasturlari borligi aniklangan. Bu viruslarning 

katta  guruhini  komp’yuterning  ish  bajarish  tartibini  buzmaydigan,  ya’ni 

«ta’sirchan bo‘lmagan» viruslar guruhi tashkil etadi. 

Viruslarning  boshqa  guruhiga  kompyuterning  ish

 

tartibini  buzuvchi  viruslar 



kiradi.  Bu  viruslarni  quyidagi  turlarga  bo‘lish  mumkin:  xavfsiz  viruslar  (fayllar 

tarkibini  buzmaydigan),  xavfli  viruslar  (fayllar  tarkibini  buzuvchi)  hamda  juda 



xavfli  viruslar  (kompyuter  qurilmalarini  buzuvchi  va  operator  sog‘ligiga  ta’sir 

etuvchi). Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi. 



Kompyuter  virusi  –  bu  maxsus  yozilgan  dastur  bo’lib,  boshqa  dasturlar 

tarkibiga  yoziladi,  ya’ni  zararlaydi  va  kompyuterlarda  o‘zining  g‘arazli 

maqsadlarini amalga oshiradi. 

Вирус 


Хавфсиз  

Хавфли  


Жуда хавфли 

Файллар 


таркибини 

бузмайдиган 

Файллар 

таркибини 

бузадиган 

Қурилмаларни 

бузадиган 

Оператор 

соғлигига таъсир 

кўрсатувчи 



Kompyuter  virusi  orqali  zararlanish  oqibatida  kompyuterlarda  quyidagi 

o‘zgarishlar paydo bo‘ladi: 

• ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi; 

• bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o‘zgaradi; 

•  ekranda  anglab  bo‘lmaydigan  belgilar,  turli  xil  tasvir  va  tovushlar  paydo 

bo‘ladi; 

•   kompyuterning  ishlashi sekinlashadi  va  tezkor xotiradagi  bo‘sh  joy  hajmi 

kamayadi; 

•    disk  yoki  diskdagi  bir  necha  fayllar  zararlanadi  (ba’zi  hollarda  disk  va 

fayllarni tiklab bo‘lmaydi); 

•  vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo‘qoladi. 

Viruslar  asosan disklarning  yuklanuvchi  sektorlarini va  exe,  com, sys  va  bat 

kengaytmali  fayllarni  zararlaydi.  Hozirgi  kunda  bular  katoriga  ofis  dasturlari 

yaratadigan  faylarni  ham  kiritish  mumkin.  Oddiy  matnli  fayllarni  zararlaydigan 

viruslar kamdan-kam uchraydi. 

Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo‘llari quyidagilardir: 

1. Disketlar orqali. 

2. Kompyuter tarmoqlari orqali. 

3. Boshqa yo‘llar yo‘q. 

Axborot tizimlari va tarmoqlar uchun eng katta xavf tug‘diruvchi xatarlardan 

biri  –  bu  viruslardir.  Aslida  biz  viruslar  deb  atashga  o‘rganib  qolgan  dasturlarni 

to‘rtta toifaga ajratish mumkin: 

- mantiqiy bombalar; 

- chuvalchanglar; 

- troyan otlari; 

- kompyuter viruslari. 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish