Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Download 25.71 Kb.
Sana19.02.2020
Hajmi25.71 Kb.
Kirish

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat bosqichida yoshlarga chuqur ta’lim berish bilan birga ularni ma’naviy jihatdan ham yetuk, mafkuraviy, hayotda ham faol ishtirok eta oladigan qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Yoshlarni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtrish, mamlakatimizda yashaydigan har bir fuqaroning yagona vatan baxt-saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash ajdodlarimizning bebaho me’rosini, milliy qadriyatlar va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining maqsadidir. Zero, «G’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni milliy g’oyada aks etadigan millatning haqiqiy orzusiga ozod va obod vatanga erkin va farovon yashash» orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, yurtboshimiz aytganidek “Farzandlarimiz yuragida ona vatanga, shonli tariximizga, muqaddas dinimizga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchytirishimiz zarur”.1

“Ma’naviyatli el - botir el, bahodir el” deb bejiz aytilmagan. Ma’naviyatda insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi va ichki dunyosi namoyon bo’ladi. Komil inson g’oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki butun butun xalqlarni ham yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ularni ma’naviyat ma’rifat sohasida tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.

Mustaqillik tufayli amalga oshirilgan eng buyuk tarixiy ishlardan biri xalqimiz ma’naviy me’rosi tiklana boshlagani bo’ldi. “Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar davomida yozib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy me’rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi, - deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. Respublikamizda azaldan qadriyatlarni tiklash bo’yicha keng ko’lamli jiddiy tadbirlarning amalga oshirilishi jamiyatimiz ma’naviyati binosini qad rostlashga muhim omil bo’lib qolmoqda”.

2.1 Sinfda o`qish darslarining maqsad va vazifalari.

Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy- ta`limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta`limini o`qish ta`limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

O`quvchi matnni to`g`ri, tez, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslari o`quvchilarning Davlat ta`lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta`limida insonning, avvalo, o`zligini, qolaversa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki beriladi.

Shu maqsadda “O`qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam,Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy- ma`naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchligi kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta`limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

O`qish darslari savod o`rgatish davrida o`quvchilarni bo`g`in, so`z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o`qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o`qish texnikasi egallangandan so`ng o`qish muayyan mavzular bo`yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.

Boshlang`ich sinf “ O`qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o`quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko`ra, o`qish darslarining yetakchi xususiyati o`quvchilarning savodxonligini ta`minlash bilan birga, o`quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo`lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og`zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma`naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.

O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya berishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma`naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularni uyg`otishdir.

Ijtimoiy- tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o`quvchilarni faqat o`tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burch va ma`suliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o`tmish haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog`liq H. Imomberdiyevning “ O`zbekistonim”, J. Jabborovning “ Istiqlol”, A. Rustamovning “ Bayram nima?”, A. Obidjonning “ O`ktam avlod”, S. Barnoyevning “ Assalom, Neksiya” mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.

Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydi. Bunday mavzudagi asarlar o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi.

Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabit bag`riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o`rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlari yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.

“O`qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma nutqini shakllantirish va nutq madaniyatini o`stirishga ham qaratiladi.

O`qish darslari oldiga qo`yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

1.O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari:to`g`ri,tez,ongli, ifodali o`qishlarini shakllantirish.

2.O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat tuyg`usini uyg`otish.

3.O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.

4.O`quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5.O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o`stirish.6.O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.

7.Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta`limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo`lib, ular zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitib borilmoqda.Bu vazifalar boshqalari bilan o`zaro bog`liq holda va sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlari jarayonida hal qilinadi.



2.3 Sinfda o`qish darslarining samaradorligini oshirish usullari.

Dastur talablarini to`liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o`qish ko`nikmalarini to`g`ri va puxta egallash va takomillashtirib borish lozim. O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shaklllanadi, o`qitishning keying bosqichlarida takomillashadi.



O`qish malakalari deganda badiiy asar matnini to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qish tushuniladi. O`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.

O`qish malakasining sifatlari o`zaro bog`liq bo`lib, ularning asosi ongli o`qish hisoblanadi. O`quvchi matnni tez va to`g`ri o`qisa-yu, anglab o`qimasa yoki uning tez o`qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to`g`ri o`qisa-yu, o`ta sekin o`qisa, nutq birliklari orasida to`xtamlarga e`tabor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi, to`g`ri, tez va ongli o`qish esa ifodali o`qishning asosi hisoblanadi.

O`qish malakalarini egallash maktabda o`tiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O`qish faoliyatining asosiy turi bo`lib, o`quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda kata imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o`qish malakalarini o`stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.

O`qish malakasini egallash ancha murakkab bo`lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o`zining asarida o`qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich.



Analitik bosqich: savod orgatish davriga to`g`ri keladi, bunda so`zni bo`g`in-harf tomonidan tahlil qilish va bo`g`inlab o`qish malakasi shakllantiriladi.

Sintetik bosqich: uchun so`zni sidirg`a o`qish xarakterlidir; bunda so`zni ko`rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so`z ma`nosini anglash bilan asosan mos keladi. O`qish soz ma`nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O`quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o`tadilar. Bundan keying yillarda o`qish avtomatlasha boradi.

O`qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o`qish malakalarini takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`lsin.

To`g`ri o`qish. To`g`ri o`qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o`qish tushuniladi, ya`ni to`g`ri o`qish so`zning tovush-harf tarkibini, Grammatik shakllarini buzmasdan, so`zdagi tovush yoki bo`g`inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo`shmay, harflar o`rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so`zga urg`uni to`g`ri qo`yib o`qish hisoblanadi.

Tez o`qish. Tez o`qish me`yoriy tezlikda o`qish bo`lib, bunda o`qish sur`ati matning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak.O`qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o`sib borishi lozim.O`qilayotgan asar mazmunini o`zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta`minlaydigan o`qish tez o`qish deyiladi.O`qish tezligi to`rt yil davomida to`g`ri va ongli o`qish bilan bilan bog`liq holda asta o`sib boradi.

Ongli o`qish.Ongli o`qish yaxshi o`qishning asosiy sifati hisoblanadi.Ongli o`qish o`qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g`oyaviy yo`nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o`qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o`z munosabatini ifodalay olishdir.

Ifodali o`qish.Ifodali o`qish intonatsiya-ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.Ifodali o`qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o`quvchilarga ko`rgazmali qilib ko`rsatishdir.

Intonatsiya.Intonatsiya og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari:urg`u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligi yig`indisidir.Bu elementlar bir-biriga ta`sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g`oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.

Ifodali o`qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir.Ovoz nafas bilan uzviy bog`lanadi.Shuning uchun o`qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o`z nafasini boshqara olish va ovozdan to`g`ri foydalanishga o`rgatishdan boshlaydi.



Qomusiy olimlar milliy qadriyatlar va bolalarni ma’naviy-axloqiy

tarbiyalash haqida

Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob- axloq qoidalari, qadriyatlari mayjud. Ularni hayotda o’rganish, tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.

O’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari, tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizgacha doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodga o’tib kelmoqda, chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqmoqda. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”, - deb o’rinli ta’kidlagan edi. Haqiqatan ham ajdodlarimizning yaratgan ma’naviy me’rosini o’rganadigan va uni amalda qo’llaydigan vaqt yetdi.

Maktabda o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash va unda ota-bobolarimizdan me’ros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni singdirishning naqadar ahamiyatli ekanligini va ularga ilmiy- nazariy jihatdan ma’lumotlarni berish muhim pedagogik muammolardan biridir.

Sharq mutafakkirlarining g’oyalari ular yaratgan asarlarda, maqollarda, hikmatli so’zlari orqali bolalar ongiga singdirilib boriladi. Bunda albatta tarbiyaviy ta’sir kuchi, eng avvalo o’qituvchi va tarbiyachi mehnatiga, bilim saviyasiga va mahoratiga bog’liq bo’ladi. Umuman kuzatishimiz shuni ko’rsatadiki, jumhuriyatimizdagi maktablar barcha darslarida, sinfdan tashqari ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda, turli to’garaklarda sharq mutafakkirlarining hikmatli so’zlaridan o’quvchilarni milliy tarbiyasini yaxshi yo’lga qo’yishda muvaffaqiyatli yutuqlarga erishish mumkin.

O’zbek xalqining axloqiy mezonlari uning yillar davomida erishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun, axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’tmishini, ma’naviy me’rosini, qadriyatlarini unutmaydi. Shuning uchun mazkur mavzu g’oyasi va mazmunini boshlang’ich sinf o’quvchilariga mumkin qadar kengroq targ’ibot qilish, ularning qalbiga, shuuriga ta’sir etish muhim pedagogik muammo hisoblanadi.

Bizga ma’lumki. o’zbek xalqining qadimgi urf-odatlari, ibratli an’analari, udumlari, to’y va boshqa marosimlari o’sha davr yozma adabiyotida saqlanib qolgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgan hozirgi davrda bu materiallami o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli o’quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda tariximiz, turmush tarzimizning o’ziga xos xususiyatlarni sharhlash va o’sha davrlarda yashab ijod etgan buyuk qomusoy olimlar, mumtoz adabiyot namoyondalari, mutafakkirlar ijodi namunalaridan parchalar olib mazkur bitiruv malakaviy ishimizga kiritishni lozim topdik.

Sharq mutafakkirlar ilmiy me’rosida ta’lim-tarbiya masalalari o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajagi taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Qoshg’aroy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Devoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.

Sharq mutafakkirlari qomusiy asarlarida va maxsus odob-axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayratul Abror” va “Mahbubul qulb” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzida yozilgan asarlari kiradi. Shuningdek, o’tmishda diniy tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida Ahmad Yassaviy, Az Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.

Mutafakkirlarimizning ilmiy me’rosini, xususan pedagogik me’rosining o’rganilishida o’zbek olimlaridan M.M.Xayrullayev, A.Qayumov, A.Xayitmetov, A.Irisov, A.Bobojonov, A.Zununov, T.Zunnunov, B.To’zliyev, A.K.Munavarov va boshqalarning xizmati kattadir. Ana shu olimlarimiz mehnati tufayli sharq xalqlarining ilmiy me’rosi ancha chuqur tadqiq etilib, qator monografiya va risolalar chop etildi. Yuqoridagi o’zbek olimlar tajribasini o’rganib, tahlil qilib, sharq ayrim mutafakkirlarining bola tarbiyasi haqidagi qarashlarini ma’lum xulosalarga kelishini maqsad qilib qo’ydik.

Eramizdan avvalgi 528-829 yillar orasida yashab ijod qilgan Zardusht sharqning birinchi faylasufi, notig’i, shoiri, donishmandi, xalq dohiysi hisoblanadi. Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlarini ko’rishimiz mumkin.

“Avesto”da ta’kidlanishicha “Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin” Uni yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tqazishga, uy-ro’zg’or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart4

Zardushtning fikricha: «Yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi. Hayot qadriga ham yetmaydi».

Hadislarni to’plash, ulami sharhlash va targ’ib qilish bilan shug’ullanuvchi olimlarni muhaddislar deb ataganlar. Ana shu muhaddislardan Imom Muhammad al Buxoriy va Imom at Termiziylar musulmon dunyosida mashhurdir. Ularning me’rosida ham ta’lim-tarbiyaga oid ko’pgina qimmatli ma’lumotlar mayjudki, ulardan axloqiy qadriyat sifatida foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.

Bizga tarixdan ma’lumki Zardushtiylik dinidan so’ng islom dini hukmronligi boshlanadi. Islom dinining tarqalishi kengaya borganligi sababli, uning qonun qoidalari, g’oyaviy fikr-mulohazalarining kelib chiqishi tabiiy edi. Shu sababdan payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik chog’larida aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari, pand-nasihatlari, uning hadislari va sunnatlari hisoblanib, islom ta’limotida “Qur’oni Karim”dan keyin ikkinchi manba hisoblanadi.

Imom al Buxoriyning “Al jome’- al sahih”, “Katta tarix”, “Kichik tarix”, “Namozda ikki qo’lni ko’tarish”, “Imom ortida turib qiroat qilish”, “Odob durdonalari”, “Zakovat kitobi”, “Ona-onani hurmatlash” kabi katta va kichik hajmdagi bir qancha kitoblari yozilgan. Al- Buxoriy bir o’rinda: «Ota-ona farzandiga zug’m qilsa ham farzandlari ularga yaxshilik qilaverishi kerak», deb ta’kidlasa, boshqa bir o’rinda “Qaysi bir musulmon farzand savobi umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi, deb yozadi. Uning fikricha, ota-onani rozi qilganni umri uzoq bo’ladi.

Bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Ibn al-Abbos al Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “Ota-onalar ikki xil: tug’ilish onasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli”. Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhimdir. Uning quyidagi so’zlari ancha ibratlidir.: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”. Bu so’zlardan bir tomondan ijtimoiy muhitni ng bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan, inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini anglaymiz.

Abu Ali ibn Sinoning ilmiy me’rosida ham bola tarbiyasi muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarga asoslangan. Ulaming hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va ma’naviy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.

Ibn Sinoning “Inshoat”, “Donishnoma”, “Hayi ibn Yaqzon”, “Saloman va Ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiya maktabi bo’lib kelmoqda.

Ibn Sino bola tarbiyasini ancha murakkab va nozik hisoblab, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalamiz “Alla” ikki vazifasini bajarib,

birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi;

ikkinchisi, beshikni bir maromdan tebratishda onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan otilib chiqadi. Bu o’ziga xos qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir.

Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi ko’pgina asarlarida bolalarni ng axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik ma vjud ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’ladi. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligining bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’liq bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqligi, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir.

XI asrda yashab ijod etgan mashhur mutafakkir Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig” nomli asarida keng to’xtalib o’tgan. U o’z davrida va o’zidan oldingi mutafakkirlar o’rtaga surgan barkamol insonni tarbiyalash g’oyasini asosiy maqsad qilib qo’yadi.

Mutafakkir “Qutadg’u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to’xtalib shunday deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli, kuchli bo’lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o’g’il-qizi erka bo’lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yig’laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa, bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida; o’g’il qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarni nazorat qil ib, turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg’aygach o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvori go’zal bo’lsin”,- deb ota-onalarga va murabbiylarga maslahat beradi.

Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy me’rosida ham munosib o’rin egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga tashlaydi. “Ota-ona farzandlar uchun eng aziz va mo’tabar insonlardir. Ularni hurmatlash, avaylab-asrash farzandlarning muhim burchidir. Ota-onaning buyruqlarini darhol bajarish, ularning ko’nglini shod etish farzandning vazifasi. Ota-ona farzandiga yaxshi xulq va odob o’rgatadi. Ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmang, ularga yolg’on gapirmang, hamisha muloyim, yoqimli gapiring. Uyda va maktabda yaxshi tarbiya topib, go’zal xulqlarni o’zlashtirib borsangiz, komil inson bo’lib yetishasiz va ota-onangizga rahmat keltirasiz”,- deb farzandlariga nasihat qiladi va buni quyidagi she’riy satrida ham ifodalaydi.

Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kunigga aylagil nur dosh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

Ya’ni Navoiyning ta’kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkalasiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo’lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o`quvchilarning badiiy asarni idrok qilishdagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma`lum bo`lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o`zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo`lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o`z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o`quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xususiyatlari o`rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo`lishlari aniqlangan:



  1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.

  2. Elementar tahlil qilish.

Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o`quvchilar o`z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o`quvchilarda chegaralangan bo`ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to`g`rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko`p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so`z boyliklari yetishmaydi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellectual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so`zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi.

Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir.



O`qish darslarida o`qilayotgan asarning ongli o`zlashtirilishini ta`minlashda o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi. – T.: 2003.

  2. B. Ma`qulova, S. Matchonov. Kitobim – oftobim ( 2-sinf uchun sinfdan tashqari o`qish kitobi). – T.: “ O`qituvchi”, 2000.

  3. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o`rgatish. – T.: “ O`qituvchi”, 1960.

  4. M Umarova, Sh. Hakimova. O`qish kitobi ( 3-sinf uchun darslik). – T.: Cho`lpon, 2008.

  5. R. Safarova. Nutqiy ko`nikmalarni tekshirish asoslari. // “ Boshl. ta`l”. jurnali. – Toshkent. 1997.

  6. S. Matchonov va boshq. 4-sinf o`qish darslari. – T.: “ Yangiyul polygraph service”, 2007.\

  7. T. G`fforov, X. G`ulomova, G. Eshturdiyeva. 1-sinfda savod o`rgatish darslari. – T.: “ O`qituvchi”, 1996.

  8. Sh. Sariyev. Savod o`rgatish darslarida nutq o`stirish. // “ Boshl. ta`1”. Jurnali. – Toshkent, 1997.

  9. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo`ldosheva. Savod o`rgatish darslari. – T.: “ o`qituvchi”, 1996.

10.Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o`stirish. – T.: 1980.
Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar