K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 39.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/118
Sana28.09.2021
Hajmi39.24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Kumush. 
Kumush ham, xuddi 
oltin
 singari, tabiatda sof holda uchraydi. Faqat kumushni tabiiy 
sof holdagi bo‘laklari oltindan ko‘ra kamroq tarqalgan va noyobroq sanaladi. Dunyodagi eng 
katta  sof  kumush  bo‘lagi  o‘rta  asrlarda  Germaniyaning  Saksoniya  yerida  topilgan  bo‘lib, 
o‘shanda, Shneeberg konidan vazni 40 tonnadan ziyodroq bo‘lgan ulkan sof kumush xarsangi 
topilgan edi.  
O‘zbek  tilidagi  «kumush»  so‘zi  qadimgi  turkiy  tildagi  «kun»  va  «uk»  so‘zlaridan 
yasalgan  deb  taxmin  qilinadi.  Oltin  haqidagi  matnda  aytilganidek,  tabiatda  sof  holda 
uchraydigan  elementlarning  aksariyatining  nomi  ularning  tabiiy  rangidan  kelib  chiqqan 
bo‘ladi.  Kumush  ham  bundan  istisno  emas.  Qadimgi  turkiy  tilida  «kun»  so‘zi  oq  rang 
ma’nosini bergan, «uk» esa metall ma’nosini anglatgan. Shunday qilib, «kumush» so‘zining 
ma’nosi «oq metall» bo‘lar ekan. Kumush haqiqatan ham oq yarqiroq metall bo‘lib, tabiatda 
uchraydigan boshqa ko‘plab metallar ham shunga yaqin rangda bo‘ladi va ilmiy adabiyotlarda 
boshqa metallarga ta’rif berilayotganda «kumushrang oq» - deb qayd etiladi. Umuman olganda, 
turkiy tillarning aksariyatida kumush deyarli bir xil aytiladi. Faqat, talaffuz qoidalariga ko‘ra, 
ayrim tillarda «ko‘mish», «kyumish» yoki, «gyumus» tarzida yangrashi mumkin.  
Kumushning boshqa xalqlar tilidagi ma’nosi ham shunga yaqin. Xususan, yunon tilida 
kumushni «argyros» deyiladi. Uning ma’nosi ham «yarqiror oq» degani bo‘lib, so‘zning o‘zagi 
bo‘lmish  «arg»  qismi  qadimgi  yunon  tilida  yaltirash,  jilvalanish  ma’nolarini  bildirgan. 
Kumushning lotin tilidagi nomi – argentum ham ushbu yunoncha so‘zdan ildiz olgan. Hozirda 
italyan tilida kumushni argento, fransuz tilida esa argent deyiladi va bu xalqlar tilida kumush 
davriy  jadvaldagi  o‘z  ilmiy  nomiga  eng  yaqin  tarzda  talaffuz  qilinadi.  Kimyogarlar 
qo‘llaydigan analitik uslublardan biri – argentometriya usulining nomi, hamda, argentopirit
argetoyarozit  singari  minerallarning  nomi  ham  kumushning  ushbu  lotincha  talqinidan 
yasalgan. Jahon xaritasidagi kimyoviy element nomi bilan nomlangan yagona mamlakat bu – 
Argentina  bo‘lib,  u  «kumushli  yer»,  «kumushli  diyor»  ma’nolarini  anglatadi.  Davriy 
jadvaldagi nomi biror mamlakat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kimyoviy elementlar esa 
aksincha,  o‘sha  mamlakat  sharafiga  nomlangan.  Masalan,  fransiy  –  Fransiya  sharafiga, 
germaniy – Germaniya sharafiga va ho kazo. Kumushning ingliz tilidagi silver va nemis tilidagi 
silber nomlari, shuningdek golland tilidagi zilver talqinlari - qadimgi german tillaridagi silbur 
so‘ziga borib taqaladi. Rus tilidagi kumush so‘zi - serebro atamasining ham ildizi shu bilan bir. 
Lekin,  ushbu  so‘zning  nima  ma’noni  anglatishini  etimologiya  mutaxassislari  aniqlay 


18 
 
olishmagan.  Taxminlarga  ko‘ra,  ushbu  so‘z  qadimgi  hind  tilidagi  sarpa  so‘zidan  yasalgan 
bo‘lishi mumkin ekan. Qadimgi hind tilida bu so‘z Oyni bildirgan. O‘rta asr alkimyogarlarida 
esa kumush metalining ramziy belgisi aynan yarimoy bo‘lgan.   
 
Mis. 
Ushbu  metall  ham  odamzotga  juda  qadim  zamonlardan  buyon  ma’lum. 
Oltin
  va 
kumush
 kabi, mis ham tabiatda sof holda, bo‘laklar shaklida uchraydi. Dunyoda eng katta sof 
mis xarsangi XIX-asr o‘rtalarida Shimoliy Amerikada topilgan bo‘lib, u 420 tonna tosh bosgan. 
Rudadan  mis  ajratib  olishni  odamlar  eramizdan  avvalgi  VII-VI  asrlardayoq  o‘zlashtirib 
olishgan edi. O‘sha zamonlardayoq mis – odamzot hayot faoliyatida katta o‘rin tuta boshlagan. 
Chunonchi, misdan ov va mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or anjomlari, hamda, taqinchoq va ziynat 
buyumlari tayyorlashgan. Qadimgi  yunon dostoni  -  «Iliada»da mis sozi 300 martadan ziyod 
tilga olinadi.  
Qadimgi  yunon  afsonalarida  temirchilik  ma’budi  Gefest  o‘zining  misgarlik 
ustaxonasida jangchi Axill uchun maxsus qurol-aslaha yasab beradi. Albatta, qadimgi yunonlar 
sof misdan yasalgan qurol va aslaha tutishmagan. Chunki, sof mis juda yumshoq metall bo‘lib, 
qurol va ayniqsa aslaha – qalqonlar yasashga mutlaqo yaramaydi. Axillning ham, boshqa har 
qanday  yunon  jangchilarining  ham  o‘q-yoylari  ham,  dubulg‘a  va  qalqonlari  ham  bronzadan 
bo‘lgan. Bronza anchayin qattiq va pishiq metall. Bronza bu – mis va 
qalay
 qotishmasi bo‘lib, 
odamlar  ushbu  qotishma  metallni  tayyorlashni  va  qo‘llashni  o‘rgangan  zamonni  tarixchilar 
«bronza davri» deb yuritishadi.  
Misning 
rux
 bilan qotishmasi esa latun bo‘lib, u tashqi ko‘rinishidan oltinga o‘xshab 
ketadi. Latun so‘zi italyan tilidagi «latta», ya’ni, rux so‘zidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.  
Mis  so‘zining  o‘zi  turkiy  tillarda  va  jumladan  o‘zbek  tilida  qanday  paydo  bo‘lgan 
haqida ma’lumotlar yo‘q. Chunki, misni turkiy qavmlar ham juda qadimdan bilishgan va atama 
tarixi ham kamida uch-to‘rt ming yillik bo‘lsa ajab emas.  
Mis  haqida  gap  ketganda  juda  bir  qiziq  ma’lumotni  aytib  o‘tmaslikning  iloji  yo‘q. 
Qadimgi nemis tilida metallga ishlov beruvchi ustani (temirchi, misgar, tunukasoz va ho kazo) 

Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat