K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 39.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/118
Sana28.09.2021
Hajmi39.24 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Titan    
Ushbu  metallni  1795-yilda  nemis  kimyogari  Martin  Genrix  Klaport  (1743-1817) 
tomonidan  kashf  etgan  deb  hisoblanadi.  U  rutil  minerali  tarkibidan,  o‘sha  paytda  hali 
noma’lum  bo‘lgan  metall  oksidini  ajratib  olgan  edi.  O‘z  kashfiyotiga  olim  titan  deb  nom 
berishga qaror qilgan. Titanlar – qadimgi yunon mifologiyasidagi ulkan, bahaybat maxluqlar 
bo‘lib, olimp ma’budlari ularga qarshi kurashishgan.  
Klaport  kashfiyotidan  biroz  muddat  o‘tib  shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  aslida  undan 
avvalroq,  aniqrog‘i  1791-yilda  shunga  o‘xshash  oksidni  ingliz  kimyogari  Uilyam  Gregor 
(1791-1817) tomonidan ham  ajratib olingan ekan. Gregor  o‘sha oksidni  ilmenit  mineralidan 
ajratib  olgan  va  unga  menakin  deb  nom  bergan  edi.  Tekshirishlar  shuni  ko‘rsatdiki,  rutil  va 


32 
 
menakin bu – titan dioksidi, ya’ni, TiO
2
 ekan. Ilmenit minerali esa temir titanati, ya’ni, FeTiO
3
 
bo‘lar ekan.  
Shuni  aytib  o‘tamizki,  rutil  atamasi  lotinchadagi  rutilis,  ya’ni,  «tillarang-qizg‘ish» 
degan so‘zdan yasalgan (ruber esa «to‘q qizil» ma’nosini beradi, shunga ko‘ra, rubin va rutil 
atamalari etimologik «qarindosh» atamalardir).  
Sof  holdagi  titan  dioksidi  kristallari  rangsiz  bo‘ladi;  aynan  shu  modda  kukun  holiga 
keltirilsa, u oq tusga kiradi.  Undan titanli  oqartirgichlar tayyorlanadi.  Rutilning tabiiy holda 
uchraydigan  kristallari  odatda  aralashmalar  tufayli  tillarang-sariq  yoki,  to‘q-qizil  rangda 
bo‘ladi  va  metallarga  xos  yarqiroqlik  namoyon  qiladi.  Ilmenit  minerali  ilk  bora  Ural  tog‘ 
tizmalarining  janubiy  qismidagi  Ilmen  tog‘laridan  topilgani  bois,  shu  nom  bilan  atala 
boshlangan.  
 
Vanadiy    
1830-yilda  shved  kimyogari  Nils  Gabriel  Sefstryom  (1878-1845)  tomonidan  domna 
pechidagi  qoldiqlar  ichidan  kashf  qilingan  vanadiy  elementi,  Skandinaviya  xalqlari 
mifologiyasida  go‘zallik  ma’budasi  sifatida  gavdalanuvchi  Vanadis  qahramoni  sharafiga 
nomlangan. Haqiqatan ham, vanadiyning turli oksidlanish darajasiga ega birikmalari turli xil 
juda chiroyli ranglarda namoyon bo‘ladi. Kimyogar mutaxassisligiga ixtisoslashgan  o‘rta va 
oliy  ta’lim  muassasalarida  anorganik  kimyo  bo‘yicha  talabalarga  beriladigan  standart 
topshiriqlardan biri – ammoniy vanadatning rangsiz eritmasini hosil qilish asnosida, ketma-ket 
ko‘k-yashil-binafsharang eritmalarni olish tajribasi hisoblanadi. Adolat yuzasidan aytish joizki, 
ushbu tajribani Sefstryom vanadiyni rasman kashf qilishidan avvalroq ham kimyogarlar yaxshi 
bilishgan.  Ya’ni,  aslida,  vanadiy  avvalroq  kashf  qilib  bo‘lingan  edi.  Xususan,  1801-yilda 
Meksikalik  kimyogar-mineralolog  Andres  Manuel  del  Rio  (1764-1846)  ushbu  tajribani 
o‘tkazgan. Lekin, del Rio o‘zi ushbu kashfiyotning ahamiyatini anglab yetmagan va chuqur 
tekshirib  o‘tirmasdan,  undan  voz  kechgan.  Manbalarga  ko‘ra,  del  Rio  tajribalarda  xrom 
elementi  tufayli  rang  o‘zgarishlari  yuzaga  kelmoqda  deb  o‘ylagan  ekan.  Ya’ni,  u  aslida 
vanadiyni  kashf  qilganini  o‘zi  bilmagan.  Undan  keyinroq  ham,  olmon  kimyogari  Fridrix 
Vyoler  (1800-1882)  vanadiyni  olgani  haqida  ma’lumot  mavjud.  Faqat,  Vyoler  kasallanib 
qolgani uchun kashfiyotni mantiqiy yakuniga yetkaza olmagan. Natijada, vanadiyni mustaqil 
element sifatida kashf etganlik sharafi Sefstryomga nasib etdi.  
 

Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat