K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 39.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/118
Sana28.09.2021
Hajmi39.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Simob   
Ushbu  suyuq  metall  ham  odamlarga  qadimdan  ma’lum.  Chunki  u  ham  tabiatda  sof 
holda, rudada ajralib chiqqan tomchilar ko‘rinishida, hamda, asosan, qizil mineral – kinovar 
ko‘rinishida uchraydi (kinovar simob sulfidi HgS ning shakllaridan biri). Simob qadimgi Rim 
va  Yunonistonda  ham  odamlarga  yaxshi  tanish  bo‘lgan.  Qadimgi  Rim  madaniyati  simobni 
Ispaniya hududidan qazib olgan.  
O‘zbekcha simob so‘zi tilimizga forscha «sim» va «ob» so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, 
u  «kumush  suvi»,  yoki,  «suyuq  kumush»  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Va  bu  bejizga  emas. 
Tabiiy holdagi simob 
kumush
 bilan deyarli bir xil rangda bo‘ladi va u suyuq holda, tomchilar 
ko‘rinishida  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  simobni  qadimgilar  suyuq  kumush  deb  atashgan 
bo‘lishsa ajab emas. Umuman olganda, simobni suyuq kumush deb nomlash faqat turkiy yoki 
forsiy tillarda mavjud holat emas. Ushbu elementning lotincha nomi – hydrargyrum atamasi 
ham yunoncha hydor, ya’ni, «suv»; va argyros, ya’ni, «kumush» so‘zlarining qo‘shilishidan 
yasalgan va u ham aynan kumush suvi degan ma’noni beradi. Shuningdek, nemis tilida simobni 
Quecksilber,  ya’ni,  «yuguruvchi  kumush»  deyiladi.  Gollandcha  kwikzilver,
 
island  tilida
 
kvikasilfur, shvedchada kvicksilver, hamda, slovenchada živo srebro so‘zlarining ma’nosi ham 
aynan
 
yuguruvchi  kumush  degani  bo‘lib,  ushbu  so‘zlar  tegishli  tillarda  simob  elementini 
ifodalaydi. Turk, ozar va bulg‘or tillarida simob «jivak» deyiladi.  
Haqiqatan ham, agar siz sinib ketgan termometrdan to‘kilib tushgan simob tomchilarini 
kuzatgan  bo‘lsangiz,  ularning  juda  tez  oqishini,  bir  zumda  yumalab  uzoqqa  borib  qolishini 
ko‘rgansiz. Biroq, qator tillarda simobni yuguruvchi, yoki suyuq kumush degan so‘zlar bilan 
emas, balki, qadimgi Rimliklarning savdo va tijorat ma’budi – Merkuriy nomi bilan bog‘lab 
aytiladi. Xususan, ingliz tilida mercury, fransuzchada mercure, italyanlardagi mercurio so‘zlari 
shunday.  Ispanchada  esa simob  yana  «yuguruvchi  kumush» bo‘lib qoladi  –  argento  vivo va 
hidrargirio. Merkuriy qadimgi xalqlar tasavvurida shuningdek ma’budlar chopari ham bo‘lgan 
va shu sababli, ushbu ma’budni qadimgi odamlar qanotlarga ega bo‘lgan, oyog‘iga ham tez 
yugurishga  qulay  poyabzal  kiyib  olgan  holatda  tasvirlashgan.  Ya’ni,  ularning  tasavvurida 
Merkuriy ma’budi shuningdek, tezkorlik, chopag‘onlikni ramzi ham bo‘lgan. Alkimyogarlar 
simobni Merkuriy sayyorasi bilan bog‘lab tushunishgan. Qiziq joyi shundaki, sayyoralar ichida 
eng  tez  harakatlanadigani  ham  aynan  Merkuriy  sayyorasidir.  Simobning  ushbu,  merkuriy 
so‘ziga  bog‘liqligidan  kelib  chiqib,  turli  moddalar  tarkibidan  simob  elementini  chiqarib 
tashlash jarayonini demerkurizatsiya deyiladi.   
 
Uglerod    
Uglerodning  xalqaro ilmiy nomi  –  carbon bo‘lib, uning  o‘zagi  qadimgi  lotin tilidagi 
ker so‘ziga borib taqaladi. Qadimgi lotin qabilalarida  ker –  «olov» va  «gulxan» ma’nolarini 
bildirgan.  Ushbu  so‘zdan  keyinchalik  carbo,  ya’ni,  «ko‘mir»  so‘zi  yasalgan.  Lotinchadagi 
cremare - «yonish» so‘zi ham shundan yasalgan. Krematoriy va krematsiya so‘zlarining kelib 
chiqish ham aynan ushbu lotincha so‘z  bilan bog‘liq. 
Uglerod  atamasining  o‘zi  esa  o‘zbek  tiliga  rus  tilidan  kirib  kelgan  bo‘lib,  u  «ko‘mir 
tug‘diruvchi» - degan ma’noni bildiradi.  


23 
 

Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat