K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 39.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/118
Sana28.09.2021
Hajmi39.24 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
Qalay   
Qadimgi  Rimliklar  qalayni  plumbum  album,  ya’ni,  oq 
qo‘rg‘oshin
  deb  nomlashgan. 
Qadimgi  Yunonistonda  esa  qalayni  kassiteros  deb  nomlashgan.  Ushbu  yunoncha  so‘zdan, 
kassiterit minerali (qalay toshi SnO
2
) nomi va Britan orollarining qadimgi nomi kelib chiqqan. 
Eramizdan avvalgi asrlarda Finikiyaliklar qalayni Britan orollaridan tashib kelishgan va ushbu 
orollarning joylashuvini hammadan sir tutishgan. Chunki, o‘sha paytda ma’lum asosiy qalay 
konlari ushbu arxipelagda bo‘lgan. Shu sababli, Britan orollari qadimgi xaritalarda Kasiterid 
orollari deb nomlangan.  
Yirik qalay konlari keyinchalik – ilk o‘rta asrlarda Malakka arxipelagi, xususan, hozirgi 
Malayziya hududlaridan topilgan. Ushbu qalay konlarini esa asosan arab savdogarlari tasarruf 
qilishgan. Arablar qalay metallini Malayziyaning hozirgi poytaxti – Kuala-Lumpur shahrining 
nomi bilan bog‘lab atashgan bo‘lsa ehtimol. Chunki, qalay qazib olinadigan va Yaqin Sharqqa 
tashib kelinadigan asosiy bandargoh shahar aynan Kuala-Lumpur bo‘lgan. Shu sababli, Kuala 
so‘zi  arab tiliga  «qalay»  o‘zlashib  ketgan bo‘lsa  kerak deb taxmin qilinadi. (Yoki  aksincha, 
arab tilidagi «qalay» so‘zi keyinchalik shahar nomiga bog‘lanib, Kuala bo‘lib ketgan bo‘lishi 
ham mumkin). Yana bir taxminga ko‘ra esa, qalay so‘zi Arabchadagi «qalayi», ya’ni, «eritib 
ajratib  olish»  ma’nosidagi  so‘zdan  yasalgan  bo‘lishi  ham  mumkin.  Lekin,  harholda,  o‘zbek 
tiliga ham qalay so‘zi arab tilidan kirib kelgani aniq. Bolgar tilida ham qalayni o‘zbek tili bilan 
deyarli bir xil aytiladi. Ya’ni, bolgarlar qalayni kalay deyishadi. Albatta, hozirgi Bolgariya va 
bolgar  millati  –  slavyan  xalqi  hisoblanadi.  Lekin,  bolgar  so‘zining  o‘zi  ham  qadimgi  turkiy 
tildagi  bulg‘or  so‘zidan  yasalgan  bo‘lib,  u  aynan  shu  nomli,  ya’ni,  qadimgi  Bulg‘or 
qabilalarining umumiy nomi bo‘lgan. Bulg‘or qabilalari esa turkiy qabilalar bo‘lishgan.  
Qalayning  lotincha  nomi  –  stannum  bo‘lib,  qalay  kislotalarining  umumiy  nomi  – 
stannatlar va qalayning organik hosilalari – stannanlarning nomi ham shu lotincha so‘z bilan 
bog‘liq. Lotin tiliga ushbu stannum so‘zi kelt tillaridan kirib kelganligi taxmin qilinadi. Irland 
tilida qalayni stan, breton tilida sten va Uelsliklar tilida esa ystaen deyilishi shu bilan bog‘liq. 
Lotincha  stannumdan,  qalayning  italyanchasi  –  stagni,  fransuzchasi  –  étain  va  ispanchasi 
estaňo yuzaga kelgan. Ingliz tilida esa qalayni tin deyiladi. Nemischada esa qalay zinn deyiladi. 
Aynan shu nuqtada, tarjimonlar uchun turli tillarda qalay va qo‘rg‘oshinni chalkashtirishga olib 
keladigan chigallikka rux elementi ham qo‘shiladi. Chunki, boshqa tillarda 
rux
ni zin yoki cin 
deyiladi. Ukrain (tsina - цина), polyak (cyna), chex (cin), nemis (zinn) va vengr (cin) tillarida 
esa bu tegishli so‘zlar qalayni bildiradi!  


22 
 
 

Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat