Jo’rayeva zarina 8-sinflar uchun “Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi



Download 7.14 Mb.
bet2/4
Sana26.01.2017
Hajmi7.14 Mb.
1   2   3   4

V. O’quvchilar bilimini baholash.Darsda faol ishtirok etgan guruh aniqlanadi har bir guruhdan eng faol o`quvchilar ragbatlantiriladi

VI. Uyga vazifa:

1.O’quvchilarga uyda mustaqil izlanish uchun muammoli vaziyat ko`rsatilgan jadval beriladi.



Muammoning turi

Buning natijasida kelib chiqadigan oqibatlar

Muammoni yechish yo’llari va sizning harakatlaringiz .

1. Soliqlar o`z vaqtida to`lanmadi.







2. Har bir o’quvchi o’zining oilasida to`lanadigan soliq turlarini bilib kelish.

3.Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga javob topish

Foydalanish uchun matnlar..

Davlat jamiyat oldidagi qator ijtimoiy vazifalarni o’z zimmasiga olar ekan, unga katta miqdordagi pul mablag’lari zarur bo’ladi. Shu bois, davlat ko’rsatiladigan xizmatlar uchun o’z fuqarolari, firma va korxonalardan soliq ko’rinishidagi to’lov undiradi. Demak, mamlakat fuqarosi sifatida har birimiz bizga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat, ta’lim, mudofaa xizmati, jamoat tartibini saqlash kabi xizmatlar uchun davlatga soliq ko’rinishida haq to’lar ekanmiz.

Ikkinchi tomonidan, davlat muayyan sohada faoliyat ko’rsatayotgan firma va korxonalar to’laydigan soliqlar miqdorini kamaytirib, ularga ma’lum soliq imtiyozlari berishi mumkin. Bu esa korxonalar faoliyatini rag’batlantirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. Demak, soliqlar yordamoda davlat korxonalar iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirib turishi mumkin ekan.

Respublikamiz qonunlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar, firmalar,ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish muassasalari yuridik shaxslar hisoblanadi.

Soliq-Jismoniy va yuridik shaxslardan davlat xazinasiga undiriladigan qonunda belgilangan majburiy to`lov.

Soliqlarning quyidagi turlari mavjud:



  • Korxona foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq;

  • yer solig’i;

  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aksiz solig’i.

  • jismoniy shaxslarning daromad solig’i;

  • tabiiy boyliklardan foydalanganlik uchun soliq.

Soliqlar to’g’ri va egri soliq turlariga bo’linadi. Fuqaro va korxonalardan bevosita davlat xazinasiga undiriladigan soliqlar to’g’ri soliqlar deb ataladi. Korxona foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq, yer solig’i, daromad solig’i kabilar to’g’ri soliqlar jumlasiga kiradi.

Fuqarolar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri davlatga emas, balki avvaliga muayyan tovarlarni sotuvchi korxonalarga to’lanadigan, soliq esa korxona tomonidan davlatga o’tkaziladigan soliqlar egri soliqlar deb ataladi. Egri soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i kabilar kiradi. Ba’zi soliqlar to’g’ridan to’g’ri davlat xazinasiga kelib tushadi. Bunday soliqlar davlat soliqlari deb ataladi. Davlat soliqlariga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, korxonalar foydasi (daromadi)dan olinadigan soliqlar, fuqarolardan olinadigan daromad solig’i kabilar kiradi.

Mahalliy hokimiyat, viloyat, tuman boshqaruv organlari ixtiyoriga beriladigan soliq turlari mahalliy soliqlar deb yuritiladi. Bunday soliq turlariga yer solig’i, mol-mulk solig’i kabi soliqlar va qator mahalliy yig’imlar hamda soliqdan tashqari ba’zi majburiy to’lovlar kiradi.

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan “Iqtisodiy tizimlar” mavzusi buyicha dars ishlanmasi.(Darsning texnologik xaritasi).



6- Mavzu

Iqtisodiy tizimlar.(8- sinf)

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

a) ta’limiy: Iqtisodiy tizim va uning turlari to’g’risida tuhuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarning iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, Iqtisodiy tizimlar, an’anaviy, markazlashgan rejali buyruqbozlikkka asoslangan iqtisod bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisod tushunchalari yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Darsturi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Metod: Aqliy hujum

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda


Kutiladigannatijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish iuyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rganadi

Kelgusirejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8- sinf


6- mavzu Iqtisodiy tizimlar

1.Dars maqsadi :



II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:

  • Iqtisodiy tizim;

  • An’anaviy iqtisodiyot;

  • Bozor iqtisodiyoti:

  • Markazlashgan rejali iqtisodiyot;

  • Aralash iqtisodiy tizim.

III. Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari:Ko`rsatmalar,tarqatma materiallar,8-sinf darsligi

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:



1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Yangi mavzuni boshlashga xozirlik

3 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:

Mavzuni tushuntirish;

Mashq ishlash

xulosa;

8 daqiqa

5 daqiqa


5 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

16 daqiqa

5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa

Darsning tafsilotlari:

1.Tashkiliy qism.

Oquvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. Oquvchilarni guruhlarga ajratish.

2.Uyga berilgan vazifalar boyicha savol –javob o`tkazish

Mehnat taqsimoti nima? Mahsuldorlik mazmunini ayting. Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz? Ixtisoslashuv nima? Mehnat taqsimotining ijobiy va salbiy tomonlarini ayting. Mehnat taqsimotidan ko`zlangan asosiy maqsad nima?

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik. O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.

3. Yangi mavzuni tushuntirish:Iqtisodiy tizim mohiyati tushuntirilib beriladi Iqtisodiyotning uch savoli mazmuni tushuntiriladi.

Iqtisodiy tizim-mamlakat iqtisodiy hayotini boshqarish shakli.

Har bir guruh uchun iqtisodiy tizim turlari bo`yicha topshiriq beriladi. Guruhlar javoblari tinglanadi. Guruhlar javoblari umumlashtirilib iqtisodiy tizimlar mazmuni tushuntirilib beriladi.

An’anaviy iqtisodiyot- iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.

Aralash iqtisodiyot- bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.

Bozor iqtisodiyoti- xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.

Markazlashgan rejali iqtisodiyot - deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.

4. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga mosini toping jadvali beriladi

4.1. Quyidagi jadvalda berilgan atamalarga mos talqinlarni topib katakchaga belgilang (d,e,a,b,c to`g`ri javob)



Atama nomi

javobi

talqini

Iqtisodiy tizim




a)xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.

An’anaviy iqtisodiyot




b)deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.

Bozor iqtisodiyoti




c)bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.

Markazlashgan rejali iqtisodiyt




d)jamiyat( mamlakat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.

Aralash iqtisodiy tizim




e)iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.

4.2. Quyida berilgan iqtisodiyotning uch savoli qanday muammolarni o`z ichiga qamrab oladi?

Nima?

Kim uchun?

Qanday?

Ishlab chiqarish kerak

Qaysi tovar qanday hajmda ishlab chiqariladi?

Ishlab chiqarilgan tovarlar kim tomonidan sotib olinadi va daromad qanday taqsimlanadi?

Tovarlar kimlar tomonidan,qanday resurslar va texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi?

4.3. Eng maqbul iqtisodiy tizim qaysi deb o`ylaysiz? Ayni paytda mamlakatimizda qaysi iqtisodiy tizim amal qilmoqda? (Bozor iqtisodiyoti)

5. Darsni yakunlab darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholsh.

6. Uyga vazifa.

Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga og`zaki javob topish;

Mashqni bajarish; Har qanday mamlakat uchun asosiy iqtisodiy muammo bu: a) aholining ko’payib ketishi; b) resurslarning yetishmasligi; d) ishsizlik; e) inflatsiya; f) soliqlarni yig’ish/

Buni yodda tuting bandidagilarni yodlash.
Mavzu uchun ma’ruza matni

IQTISODIYOTNING UCH ASOSIY SAVOLI.

Malumki, har qanday davlatda, jamiyatda iqtisodiyotning asosiy vazifasi resurslarning taqchilligi sharoitida mavjud resurslardan foydalanishning eng samarali va oqilona yo’llarini tanlab, mamlakat fuqarolarining ehtiyojlarini to’laroq qondirishdan iborat. Bu maqsadda iqtisodiyotning quyidagi uchta asosiy savoliga javob topish muammosiga duch kelinadi: Nima? Qanday? Kim uchun?

Bu uchta savol har qanday iqtisodiy tizim –mamlakatdagi(jamiyatdagi) xo`jalik yuritish tizimi uchun umumiy bo`lib,unihar bir tizim ozicha,turlicha hal qiladi.Tizimlar bu muammoni qanday hal qilishiga qarab an’anaviy iqtisodiyot,bozor iqtisodiyoti,markazlashgan rejali iqtisodiyot va aralash iqtisodiyot kabi turlarga bo`linadi.


AN’ANAVIY IQTISODIYOT

An’anaviy iqtisodiyot tizimi-Nima? qanday? Kim uchun? Degan savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan yuz yillik an’analarga muvofiq javob beradi.Mahsulot ota-bobolardan meros bo`lib kelayotgan usullar yordamida ishlab chiqariladi,eski urf odatlarga ko`ra taqsimlanadi. Bunday iqtisodiyot turi juda qadimgi bo`lib, natural xo`jalik paydo bo`lishi bilan boshlangan.Hozirda esa qoloq,butun dunyodan ajralib yashayotgan, tashqi dunyo bilan aloqa qilish va boorish qiyin bo`lgan tundra, Afrika va Amazonka chakalakzorlari, Sibir taygalari, okeanlardagi kichik orolchalarda va baland tog`larda istiqomat qilayotgan jamoa va qabilalarda uchratish mumkin.



BOZOR IQTISODIYOTI

Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy korxonalar,shaxslar qo`lida bo`lib,barcha iqtisodiy yechuimlar iste’molchi va ishlab chiqaruvchi sifatida qatnashuvchi shaxslar tomonidan erkin qabul qilinadi. Nimadan ,qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi talab va taklifga asoslangan bozor mexanizmi yordamida aniqlanadi.(Bu mexanizm haqida keyinroq batafsil toxtalamiz). Masalan iste’molchilarda tamakini sotib olishga bo`lgan hohish, ya’ni talab bo`lmasa, fermer xo`jaliklari tamaki ekmay qo`yishadi, chunki uni hech kim sotib olmaydi va undan foyda yo`q.Uning o`rniga esa foydaliroq bo`lgan don ekinlari ekishadi va hokazo.



MARKAZLASHGAN REJALI IQTISODIYOT.

Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tassarufida bo`lib, barcha iqtisodiy yechimlar, nimani qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi hukumat tomonidan markazlashgan holda yechiladi.Shuningdek, bu mahsulotlarni qay tariqa ishlab chiqarish ham oldindan rejalashtirilib , markazda o’tirgan bir guruh mutahassislar tomonidan hal qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hukumat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarishdan olingan foyda davlat ihtiyorida qoldiriladi va u ham rejaga asosan taqsimlanadi.Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sobiq ittifoq va qator sotsialistik davlatlarda mavjud edi.


ARALASH IQTISODIYOT

Bu iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish resurslarining bir qismi davlat tasarrufida , qolganlari esa xususiy korxonalar va shaxslar qo’lida bo’ladi. Ba’zi turdagi tovar va mahsulotlar davlat tomonidan ishlab chiqarilsa , qolganlari xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Shuningdek, aralash iqtisodiyotda davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi kuch sifatida qatnashadi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi. Shu bois aralash iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning qorishmasidan biorat iqtisodiyot deb atash mumkin. Hozirda dunyoning ko’plab davlatlarida aralash iqtisodiyot tizimi hokum surmoqda . Bunga misol qilib , Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Kanada kabi qator davlatlarni keltirish mumkin. Shunisi qiziqki bu davlatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi brogan sari takomillashib bormoqda .



Iqtisodiy bilim asoslari fanidanO’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari”

mavzusidan ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi

Darsning mavzusi

O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.


Maqsad vazifalari

1.O’quvchilarga O’zbekistonning milliy, o’ziga xoc xususiyatlarini o’zida aks etgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili haqida tushuncha berish.

2. O’quvchilarda Bozor iqtisodiyotiga o’tish islohotlari haqidai bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.



O’quv jarayonining mazmuni



Prezident Islom Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili – Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Davlat – bosh islohatchi.Qonunlar va ularga rioya qilishning ustuvorligi.Faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.



Metod: “Guruhlar bilan ishlash”,Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.

Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.

Usul: Yozma materiallar;

Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

1.O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.

2.O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.

3. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’rganadi.

4.O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.



Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).



O’quvchi

O’z ustida mustaqil ishlash. Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish. Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’qituvchi.

Mustaqil ishlashni o’rganadi.

Qo’shimcha materiallar topadi.


Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf ( 27 – dars).



Mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.

Dars maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili va bozor islohatlari mazmunini mohiyatini va hozirgi kundagi ahamiyatini tushuntirish.

Vazifalari:

O’zbekistonda olib borilayotgan bozor islohotlarini bilish va baholay olish;

o’quvchilarda mustaqil mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga ishonch, mehnatsevarlik xususiyatlari ni shakllantirish.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Bozor iqtisodiyoti, o’zbek modelining besh tamoili, bozor islohatlari.



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

Vositalar; darslik, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili aks etgan slaydlar.(1-ilova).

Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga bank, plastic kartochka, tadbirkor, fabrika,bozor rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.

Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; Guruhlar bilan ishlash, Tushuncha tahlili ko’rsatish, suhbat; aqliy hujum

Ragbat kartochkalari

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash;

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqdimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa

25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi



II. O’tilgan mavzu haqida suhbatlashish.

1. Bozor iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi?

Javobi; (Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak?”,”Kim uchun ishlab chiqarish kerak?”-degan savollarga, asosan, bozor javob beradi. Shu bois, bu tizimni bozor iqtisodiyoti deb ataladi.)

2.Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari nechta turga bo’linadi? Javobi; (1.Erkin iqtisodiy faoliyat. 2. Xususiy mulkchilik. 3. Erkin narxlar. 4. Iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo’lgan intilish.5. Monopoliyani rad etish.

6. Raqobat).

3.Raqobat deganda nimani tushunasiz. Javobi; (bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti monopoliyani rad etadi. Chunki monopoliya bor joyda erkin iqtisodiy faoliyat va raqobat bo’lmaydi.)

4. Aralash iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz. Javob: (Aralash iiqtisodiyot jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga, ommaviy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda kechayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni deganda, biz xuddi shu sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ya’ni aralash iqtisodiyotga o’tishni tushunamiz.)

. Sizlar bilan bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari, bozor iqtisodiyotining noqobilligi haqida bilimlarimizni eslab oldek.

III. Yangi mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3)Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Yangi mavzuni o`rganish guruxlardagi o’quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga: 1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3).Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi. Taqdimot tinglanadi yakun yasaladi

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi ya’ni 2010 yil 13 noyabrda chop etilgan “Ma’rifat” gazetasi tarqatiladi: Gazetada O’zbekiston Respublikasi Prezindenti I.Karimovning ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

1.Ma’ruzani o’qib chiqing.

2.Ma’ruzani bir- biringizga so’zlab bering.

3. Ma’ruzadagi tayanch so’zlarni ajrating.

4. Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

. Curuxlarning taqdimoti. (5 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.




Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik