Jonajon o‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent-2019



Download 10.4 Mb.
Sana28.08.2021
Hajmi10.4 Mb.

JONAJON O‘ZBEKISTONIM, MANGU BO‘L OMON!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Toshkent-2019

O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana 1991- yil 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir.



Mustaqillik haqida so‘z borar ekan, hech shubha yo‘qki, ozod va obod yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning qalbida shodlik, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onadi. Jannatmakon O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to‘la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko‘rib quvonadi kishi. Bu yil Vatanimiz, mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi – milliy mustaqilligimizning 28 yilligini nishonlash ostonasida turibmiz. Ushbu bayram har yili yurtimizning barcha viloyatlarida, xiyobonlaru – bog‘larda katta tantana bilan nishonlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 8-iyul “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi tantanalari “JONAJON O‘ZBEKISTONIM, MANGU BO‘L OMON!” shiori ostida o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Odam farzandi uchun vatan bamisoli onaday, bamisoli otaday, bu yorug‘ olamda bitta, yagona. Vatan borki, biz bormiz. Mustaqilligimiz biz uchun Ona kabi mo‘tabar, nonday aziz va qadrlidir.



Tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadigan, jahon tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy va ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan xalqimiz o‘z istiqlolini osonlikcha qo‘lga kiritgani yo‘q. Yaqin o‘tmish — qariyb bir asr davomidagi mustabit tuzum xalq ijtimoiy-ma’naviy hayotini o‘z hukmronligi ostida, o‘z manfaatlari yo‘lida boshqardi.

O‘zining necha ming yillik ko‘hna tarixida ne-ne voqealarni boshidan kechirgan xalqimiz uchun O‘zbekiston mustaqilligi – hayotimizni, ongu shuurimizni tubdan o‘zgartirgan eng ulug‘, eng aziz sana sifatida ko‘p yillar, zamonlar o‘tsa-da, o‘z ahamiyati, qadr-qimmati va mohiyatini yo‘qotmaydigan, tom ma’noda, olamshumul voqea bo‘lib abadiy saqlanib qoladi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Ushbu Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha jamiyatimizning barcha qatlami yakdillik namoyish etayotgani xalqimizning ulkan muvaffaqiyatlar, taraqqiyotning yangi marralariga erishish, pirovardida odamlarimiz turmush darajasini yanada oshirish imkonini bermoqda.

Mustaqillik yillarida Respublikamizning barcha joylarida shahar va qishloqlarida, turli sohalarda ko’p ishlar qilindi. Har jihatdan o‘zini anglayotgan millat ulug‘ bunyodkorliklar qilishga kirishib ketdi. O‘tgan 28 yil ichida O‘zbekiston tanib bo’lmas darajada o‘zgardi. Nafaqat ko‘chalar va xiyobonlar, bu davrda jamiyat va odamlar ham o‘zgarib, yurtdoshlarimiz erkin fikrlay boshladilar. Har kimning  o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyati ham ortdi. Shu bilan birga yoshlarda Vatanga sadoqat hissi kuchaydi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne’mat yo‘q.

Dunyodagi jamiki bunyodkorlik va yaratuvchanlikning asosi – ozodlikdir. Tarixan qisqa bir davrda, avvalo, el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati,   mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yo‘lidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy g‘alabasidir.

Istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni  o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.



 

E’tiboringiz uchun rahmat!



Targ’ibot ishlarini metodik ta’minlash bo’limi
Download 10.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat