@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI
XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI
Paxtakor tuman xalq ta'limi bo'limiga
tasarrufidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
OSLANOVA KAMOLANING
,,Boshlang'ich sinflarda yangi metod va
didaktik o’yinlardan foydalanish.’’
(dars ishlanma va tavsiyalar)
Paxtakor tumani
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
Ushbu dars ishlanmasi Jizzax viloyat Paxtakor tuman xalq
ta'limi
bo'limi
tasarrufidagi
9-umumiy
o'rta
ta'lim
maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Oslanova Kamola
tomonidan
tayyorlangan
bo'lib,
barcha
umumta'lim
maktablarida
boshlang'ich
sinf
o'qituvchilari
foydalanishlshari mumkin.
Muallif:
Oslanova Kamola
- Paxtakor tuman xalq
ta'limi bo'limi tasarrufidagi 9-umumiy
o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf
o'qituvchisi.
Muharrir:
D.Jo’rayeva
- Paxtakor tuman xalq ta'limi
bo'limi Boshlangich sinflar uslubchisi
Taqrizchi:
M.Mansurova –
Paxtakor tuman 9-
umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich
sinflar ilmiy bo'lim mudiri
Ushbu dars ishlanma Sardoba tuman 6-umumiy ta'lim
maktabi boshlang'ich sinflar uslub birlashma yig'ilishining
2018- yil 30-aprel oyidagi ___sonli qarori bilan
ommalashtirishga tavsiya etilgan.
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
Sinf: 1
Fan: Tasviriy san’at.
Mavzu : Havo shari rasmini ishlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga sharlar, sharlarni turi haqida tushuncha berish ..
FK1:naturaning shakli,hajmi,tuzilishini kuzata oladi.
TK1:natiraning xarakterli jihtlarini ko’ra olish,tahlil qilish va tasvirni ishlash
bosqochlarini ketmaketlikda to’g’ri bajara olish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarni sharlar turlari va ularga munosabatda bo’lishga
chaqirish, mehnatsevarlikni, estetik didni shakllantirish va tarbiyalash.
TK3: o‘z xatosini tushunib, tuzatishga harakat qilish; turli janrdagi (ertak,
masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va
bilimini oshirish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning bilim , malaka va ko’nikmasini o’stirish,
bog’lanishli nutqini o’stirish.
FK2: ish joyini to’g’ri tashkil eta oladi;tasvirni qog’oz uzasiga to’g’ri
joylashtira oladi;
Dars turi : Yangi bilim beruvchi va tushunchalarini mustahkamlovchi.
Dars metodlari : Suhbat, tushuntirish, venn-diagrammasi, ko’rgazmalilik. .
Dars jihozlari : Texnik vositalar, tasviriy san’at darsligi, mavzuga oid rasmlar,
Darsning texnologik xaritasi
T|r
Dars
bosqichlari
Bajariladigan ish
mazmuni
Bajariladigan ish
shakli
Ajratilgan
vaqt
1 Tashkiliy qism
O’quvchilarni darsga
tayyorlash. Navbatchi
axboroti.
Darsga hozirlik ko’rish.
O’quvchilar diqqatini
jalb etish.
Suhbat.
Darsning oltin
qoidalari.
Guruhlarga bo’lish.
3 daqiqa
2 O’tilgan
mavzuni
takrorlash
O’tilgan mavzuni
takrorlash.
Berilgan topshiriqni
so’rash va
rag’batlantirish. Savol
va topshiriqlar berib,
xulosalash.
Savol- javob.
,,Venn-
diagramma’’metodi
10
Daqiqa
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
3 Yangi mavzu
ustida ishlash
Yangi mavzu
yuzasidan aqliy xujum
o’tkazilib savollar
beriladi.Havo shari
rasmini ishlash haqida
o’quvchilarga
ko’rsatmalar
beriladi.Mavzu to’liq
tushuntiriladi.
Ko’rgazmalilik.
Tushuntirish.
,,Rangin sharlar’’
o’yini
18
Daqiqa
4 Yangi mavzuni
mustahkamlash
O’quvchilar
ranglarning ma’nosi
haqida she’r
aytiladi..Guruhlarga
bo’linib musoqa tarzida
qiziqarli ,,U nimaga
o’xshaydi?’’o’yini
o’tkaziladi.
Dam olish daqiqasi
,,Ranglar she’ri’’
,,U nimaga
o’xshaydi?’’
o’yini
10
daqiqa
5 O’quvchilarni
baholash
O’quvchilar darsdagi
ishtiroki va faolligiga
qarab rag’batlantiriladi.
Baholash
2
daqiqaAq
6 Uyga
vazifa,darsni
yakunlash
Rasmni davom ettirib
bo’yab kelish.
Uyga vazifani
tushuntirish
2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
- Sinfni darsga hozirlash.
- O’quv qurollarini tekshirish.
- Rasm daftar va qalamlarni darsga hozirlash.
- Oltin qoidalarga rioya qilish.
- Baholash mezonlari haqida tushuncha berish.
O’qituvchi: -Aziz o’quvchilar bugungi darsimizni guruhlarga bo’lingan holda
musobaqa tarzida o’tkazamiz.Hozir sizlar bilan 3 guruhga bo’linib joylashib
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
olamiz. Sizlarga 3 ta topishmoq aytiladi javobini topgan guruh shu topishmoq
javobi bilan nomlanadi:
1.Uzoq tog’da o’t yonar. (oftob)
2.Qora uyda ming chiroq,
Uyni yoritmas. (yulduzlar)
3.Kecha tomda bir patir ko’rdim,
Erta turib qarasam-yo’q. (oy)
1-guruh: ,,OFTOB’’ 2-guruh: ,,YULDUZCHA’’ 3-guruh: ,,OYMOMO’’
II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O’qituvchi: O’quvchilar bilan o’tilgan ,,Samalyot rasmini ishlash’’ mavzu
yuzasidan savol-javob o’tkazadi.Uyga berilgan vazifalarni tekshiradi va
o’quvchilarni rag’batlantib boradi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlashda quyidagicha ,,Venn-diagrammasi’’ metodi
orqali guruhlarda ishlanadi. O’quvchilarning fikrlari xulosalanadi .
Guruhlarning javoblari tinglanib, ishtirokiga ko’ra baholanadilar. Rag’bat
kartochkalari bilan taqdirlanadilar.
III.Yangi mavzu ustida ishlash.
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
O’quvchilarga havo harlari haqida aytib , ularning fikrlari tinglanadi va
fikrlarini umumlashtirib mavzu tushuntiriladi . Havo sharlari va boshqa turdagi
Havo sharlarining bir-biridan farqi tushuntiriladi . O’zbekistonda yashovchi
turli xil millat vakillari bolasi bo’lishidan qat’iy nazar , ushbu sharlarning
xizmatlaridan bir xilda foydalanishlari haqida hikoya qilinadi .
O’qituvchi:
-Bugungi o’tadigan mavzumiz ,,Havo shari rasmini chizish’’.Keling, endi
doskaga shar rasmini chizaman.Sizlar esa mening qo’l harakatlarimni
kuzatib,rasm chizishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligini o’rganishga
harakat qiling.
(O’qituvchi doskaga chizish ketma-ketligini izohlab shar rasmini tasvirlaydi.
O’qituvchi har bir o’quvchining qo’l harakatlarini kuzatib, tekshirib
boradi.Qiynalayotgan o’quvchilarga qo’lidan ushlab chizilish ketma-ketligini
eslatib ,ko’rsatib beradi. O’quvchilarning chizayotgan rasmlariga e’tibor
qaratiladi va rang tanlashlariga yordam berib boriladi. )
Darslik bilan ishlash.
O’qituvchi:
-Kitobingizdagi shar suratiga qarab turli xil rangdagi sharlarning rasmini
chizing.
(O’quvchilar shar rasmini chizgunlaricha mayin musiqa yangrab turadi.)
O’qituvchi:
-Ayting-chi, bolajonlar sharlar qandey ranglarda bo’ladi?
O’quvchilar:
-Sharlar oq, qizil, ko’k, yashil, sariq, pushti ranglarda bo’ladi.
O’qituvchi:
-Barakalla, ana endi sizlar bilan ,,Rangin sharlar’’ nomli qiziqarli o’yin
o’ynaymiz . Har bir guruh a’zolari mana bu taqmatlardagi sharlarning
ranglarini ingliz tilida aytib beradi? Qaysi guruhdan ko’proq o’quvchi javob
bersa o’sha guruh g’olib deb topilib, rag’batga ega bo’ladi.
O’quvchilar birin ketin:
-Yellow-sariq
-blue-havorang
-red-qizil
-pink-pushti
-green-yashil
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
-grey-kulrang
-orange-olovrang
-purple-binafsha rang
-white-oq
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
,,OFTOB’’guruhi ,,YULDUZCHA’’guruhi ,,OYMOMO’’guruhi
(O’quvchilarning ranglarini tanlay olishlariga e’tibor berib boriladi.G’olib
guruh aniqlanib rag’bat kartochkalaari bilan taqdirlanadi.)
O’qituvchi:
-Ofarin ! Katta raxmat! Ana endi bolajonlar sizlar bilan dam olish daqiqasida
ranglar haqida yod olgan she’rimizni hammamiz birgalikda aytamiz.
Hamma birgalikda:
Olamning go’zalligin,
Turfa rangda anglaymiz.
Sehrli qalamlar-la,
Bo’yoq sirin anglaymiz.
Bo’yoqlar jilolari,
Go’zalliklar yaratar,
Qalblarga ajib tuyg’u,
Turli xislar uyg’otar.
Oq rang- beg’uborlikni,
Qora rang viqor, g’amni,
Qizil, pushti - quvonchni,
Yashil- zamin, mehnatni.
Ko’k - osmon, mashaqqatni,
Sariq -ogoh, da’vatni.
Kulrang – ko’ngil xiralik,
Tushkunlik, xafalikni.
Demak har bitta rangning,
Ajib xislati bordur.
Barchalari bigalikda,
Dillarga orombaxshdir.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilarning ranglarini tanlay olishlariga e’tibor berib boriladi.
O’quvchilar bilan rasm chizish davrida t urli savol-javob mashqlari ham
o’tkazib boriladi .
@ziyoilm - ustozlar uchun yordam kanali!
Mavzuni mustahkamlashda ,, U nimaga o’xshaydi?’’ didaktik o’yinidan
foydalaniladi. O’quvchilar bilan shar shaklini yana nimalarga o’xshatamiz
yoki kundalik turmushimizda qaysi narsa-buyumlarda uchratishimiz
mumkinligi haqida savol-javob o’tkaziladi. So’ngra guruhlarga markazida
shar rasmi tasvirlangan A4 formatdagi qog’oz tarqatiladi.
O’quvchilar qog’ozga shar shakliga o’xshash narsa buyum nomlarini
yozadilar.(Yoki doskaga chiqib kim nimaga o’xshatsa o’sha narsa-buyum
rasmini tezda chizib berish musobaqasi tarzida o’tkazsa ham bo’ladi.) Qaysi
guruh a’zolari ko’proq so’z topib xatosiz yozsalar, o’sha guruh g’olib deb
topiladi va rag’bat kartochkalriga ega bo’ladilar.
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash .
Dars yakunida go’lib guruh a’zolari va dars davomida faol qatnashgan
o’quvchilar rangli sharlar ko’rinishidagi rag’bat kartochkalari bilan
baholanadilar.
VI.Uyga vazifa berish.
Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi. Uyga vazifa
tushuntiriladi.Boshqa shakl va rangdagi sharlar rasmini ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |