Jizzax politexnika instituti



Download 5.88 Mb.
bet26/165
Sana15.07.2021
Hajmi5.88 Mb.
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165



3.10. О’yinga rahbarlik qilish


О’yinni о’rganish va о’yin paytida bolalar о’zlarini qanday tutishlari kо’proq rahbarga bog’liqdir. О’yin shartli ishora (buyurish, о’ushtak yoki qarsak chalish, qо’l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. О’qituvchi barcha ishtirokchilar о’yin mazmunini tushinib olganicha va qulayroq yerga joylashib olgancha qanoat hosil qilganidan keyin ishora qiladi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qо’yilishi, о’yin uchun zarur qо’llanmalar esa о’yin qoidalariga muvofiq bо’lib berilgan va joy-joyiga qо’yilgan bо’lishi lozim. Rahbar о’yin boshlanishi bilanoq, uning borishini va о’ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda boshqarib boradi. Bundan tashqari о’yin davomida ayrim qoida va usullarni qо’shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va mulohazalarni о’yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni tо’xtatib qо’ymaydigan yoki uni tо’xtatib qо’ymaydigan yо’sinda aytish lozim. Agar о’yinchilarning kо’pchiligi bir xil xatoga yо’l qо’yayotgan bо’lsa, tegishli yо’l-yо’riq berish yoki о’yin qoidalari qanday bajarilishini kо’rsatish uchun о’yinni tо’xtatish mumkin. Lekin uni baqirishi yoki keskin ishora bilan tо’xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalarni «Diqqat!» degan shartli ishora yoki xushtak chalish bilan tо’xtashga о’rgatish lozim.

О’qituvchi bolalarni о’yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirishi kerak. Bu odat ularni intizomga о’rgatishda katta ahamiyatga ega bо’lib, bolalarda о’z burchini sezish va о’z hatti-harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, о’zini tuta bilish va matonatlilikni о’stirishda yordam beradi. О’qituvchining vazifasi-о’quvchilardan о’yin qoidalarini aniq bajarishini talab qilishdir. Ammo u bolalar о’yinini yomon о’zlashtirayotgani uchun ortiqcha bachkanalik qilmasligi kerak.

О’quvchilar yо’l qо’yadigan xatolar va qо’polliklarni oldini olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. qо’polchilik qilgan о’yinchini albatta jazolash kerak.

Bunday xollarda ba’zi ta’sir kо’rsatish choralarini qо’llash ya’ni vaqtincha о’yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin.

О’yinchi rahbarlik qilishda о’quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda о’yin jarayonining о’zidan zavq-shavq qilishga, lazzatlanish hissini vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim.

Ayniqsa, unga faollik kо’rsatmaydigan о’yinchilarning tashabbusini qо’llabquvvatlash, rag’batlantirish va bu balki ularda о’z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. О’ynovchilar о’rtasida о’rtoqlariga, tо’g’ri munosabat о’rnatishga harakat qilish, g’olablarning kekkayib ketishlari va yutqazganlarning о’yindan sovishlariga yо’l qо’ymaslik lozim.

Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tiborni tarbiyalash, ularni uyushqoqlikning, mashq qilishning va guruhda intizom bо’lishning ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning о’z muvaffaqiyatlari va mag’lubiyatlariga jiddiy munosabatda bо’lishga erishish kerak.

О’quvchilar о’yinni yaxshilab о’zlashtirib olashlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular о’yindan qanchalik mamnun bо’lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.



Download 5.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим