Jismoniy tarbiya mutaxassislarni tayyorlash Reja: Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik jarayonlari



Download 37.74 Kb.
bet3/10
Sana29.08.2021
Hajmi37.74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zlashtirishni nazorat qilish: O‘rta maktabda ham, Oliy ta’limda ham fanlarni to‘la o‘zlashtirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun hamma ishlarni ilmiy asosda tashkil etish zarur. Hozirgi vaqtda professor-o‘qituvchilar, va o‘quvchi va talabalarning o‘quv jarayonini jadallashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli va serunum tashkil etishda o‘qituvi va talabalarning mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun o‘quv rejasini tuzishda va ulardagi fanlarni dars jadvallariga joylashtirishda har tomonlama o‘ylab ish yuritish maqsadga muvofiqdir. O‘qitish jarayoning turli shakllari orqali talabalarga chuqur va pu’ta bilim beriladi, ularda onglilik shakllantirib boriladi. Ma’ruzalar hamda boshqa turli xil amaliy mashg‘ulotlar vaqtida asosiy diqqat-e’tibor talabalarning mustaqil fikr yuritish faoliyatini to‘la shakllantirish va o‘stirishga qaratiladi. Endigina vazifa talabalarga turli fanlar bo‘yicha berilgan bilimlarni o‘zlashtirilish darajasini belgilash, hisobga olish, sinab ko‘rish va baholashdir. Ma’ruzalar vaqtida ba’zan esa savol javob tariqasida yo‘l-yo‘lakay talabalarning bilimlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirish va hisobga olib borish mumkin. O‘zlashtirishni hisobga olishning muhim tomoni shundaki, u talabaning u yoki bu ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qaysi materialni qay darajada o‘zlashtirilganligini va nima ustida yanada ko‘proq ishlash lozimligini aniqlab olishda professor-o‘qituvchilarga yaqindan yordam beradi. Talabalarning o‘tilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yaxshi va atroflicha o‘zlashtirishining garovi har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotga puxta

19
tayyorgarlik ko‘rish hamda uning ko‘rgazmali qurollar vositasida qiziqarli va jonli o‘tilishidir. Bu esa o‘qituvchining ilm-fan sohasidagi bilim boyligi va o‘qitish ishida orttirgan tajribasiga bog‘liqdir. Demak, har bir ma’ruza va mashg‘ulotdan oldin unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilishi, ushbu sohadagi axborot, so‘nggi fakt va materiallarning umumlashtirib borilishi, ulardan ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarilishi talab etiladi. O‘tiladigan har bir mavzu oldingi va keyingi mavzular bilan bog‘lanishi, ularning biri ikkinchisini to‘ldirishi zarurligini ko‘zda tutiladi.


Jismoniy tarbiyada hisobga olish ikki hil shaklda olib boriladi. Dastlabki hisobga olish. Bunda talabaíing dastlabki jismoniy tayyorgarligi tekshiriladi. Doimiy hisobga olishda talabalarning jismoniy tayyorgarligi har bir dars va o‘quv ìashg‘ulotlarida va har bir chorakda yoki o‘quv yili yarmida va yakunida íazorat darslari orqali tekshiriladi. Jismoniy tarbiyada o‘zlashtirish deganda jismoniy tarbiya ta’sirida jismoniy fazilatlarni rivolanishi hamda organizm
biologik funksiyalarini takomillashuvidir. Buning uchun albatta shug‘ullanuvchilar nazorat me’yorlari orqali jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etadilar. Nazorat me’yorlari yosh va jins qobiliyatlariga muvofiq tuzilgan bo‘ladi. Hozirgi kunda “Alpomish va Barchinoy” test sinovlari ham jismoniy tayyorgarlikni tekshirish nazorat me’yorlari bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda umum o‘rta, o‘rta maxsus va Oliy ta’lim tizimida talabalarning amaliy va nazariy bilimlari Reyting nazorati orqali tekshirilib boriladi va baholanadi.

Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat