Jinoyat huquqi kafedrasi mavzu



Download 0,56 Mb.
bet1/4
Sana05.04.2020
Hajmi0,56 Mb.
#43161
  1   2   3   4
Bog'liq
«jinoyat huquqi» kafedrasi mavzu Dastlabki tergovda protsessual (1)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
HUQUQSHUNOSLIK FAKUL’TETI
«JINOYAT HUQUQI» KAFEDRASI

MAVZU: Dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning o’ziga hos xususiyatlari
BAJARUVCHI: 4-kurs kunduzgi

bo’lim tolibi Bekzod Xolmurodov

ILMIY RAHBAR: dots. D.Qurbonov

SAMARQAND – 2013
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………...3-7

I BOB. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning umumiy tavsifi…………………………………………………………………………...8-24

1.1. Dastlabki tergov protsessual hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tushunchalari va ularga qo’yiladigan talablar……………………………….…8-19

1.2. Dastlabki tergov protsessual hujjatlarining tasniflanishi………..20-24
II BOB. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni tuzishning umumiy qoidalari…………………………………………………………….25-67

2.1. Dastlabki tergovdagi qarorlarni tuzishning umumiy qoidalari… 25-28

2.2 Dastlabki tergov bayonnomalarining protsessual-huquqiy tabiati, ularni tuzishning umumiy qoidalari………………………………………………....29-41

2.3. Dastlabki tergovdagi yordamchi protsessual hujjatlarni tuzishning umumiy qoidalari……………………………………………………………...42-54

2.4. Ayblov xulosasini tuzishning umumiy qoidalari………………...55-61

2.5. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda texnik vositalarni qo’llash masalalari………………………………………………….62-67

Xulosa…………………………………………………………………. 68-70

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………… 71-75

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati­da, birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta`minlashga alohida e`tibor qaratiladi. Inson huquqlari va uni muhofaza qilish masalasi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo’lib, mamlakat rivojlanishining asosiy omiliga aylandi. Islom Karimov o’zining “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” deb nomlangan asarida ta`kidlaganlaridek, “Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma`naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongi tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson hamda uning manfaatlarni qo’ydik”1.

Sud-huquq tizimida bo’layotgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar qonunlarimizni liberallashuviga olib kelmoqda hamda inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish­ning kafolatiga aylanmoqda, chunki Prezidentimiz ta`kidlagan­laridek, islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak.2 Inson huquq va erkinliklarini ta`minlash tushunchasi ularni turli g’ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ham qamrab oladi. Insonlarning huquqlariga qilinadigan eng jiddiy g’ayriqonuniy tahdid jinoiy tajovuz xisoblanadi. SHu sababli, jinoyatchilikka qarshi kurash huquqni muhofaza qiluvchi organlar amalga oshirishi zarur bo’lgan muhim vazifadir.



Jinoyatlarni oldini olish, jinoyatni asosiy sabab va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash tergovchi, prokuror va sud zimmasiga yuklatilgan. Jinoyatlarning oldini olish choralari doimo muhim vazifa bo’lib kelgan. Bu masalaga Prezident Islom Karimov, e`tiborlarini qaratib, jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og’irligi va shafqatsizligi emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog’li anglashiga bog’liq ekanligini alohida ta`kidladilar3.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov faoliyatini olib borayotgan vakolatli organ va mansabdor shaxslar harakatlari va qarorlarining qonuniyligi hamda asosliligidan guvohlik beruvchi yuridik talablarning barchasiga rioya etilayotganlik fakti protsessual hujjatda namoyon bo’ladi.

Jinoiy ta`qibning asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan ob`ektiv haqiqatni aniqlashga dalillarni to’plash, tekshirish, baholashdan iborat bo’lgan isbot qilish jarayonida erishiladi. Ushbu faoliyatda dalillarni to’plash va uning tarkibiy qismi – protsessual hujjatlashtirish muhim o’rin tutadi. Agar tergov harakati davomida olingan dalillar qonuniy tartibda jinoyat protsessual hujjatlarda qayd etilmasa haqiqatni aniqlash ham qiyin bo’ladi. SHunday ekan, isbot qilishning maqsadiga erishish uchun olingan dalillar protsessual rasmiylashtirilishi lozim.

Hujjatdagi faktlar to’g’risidagi ma`lumotlar nafaqat o’rnatilgan qonuniy tartibda olinishi, balki, tegishli tartibda rasmiylashtirilishi bilan yuridik kuchga ega bo’ladi. Protsessual hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirish ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni, qonuniylikni mustahkamlashni, shaxs huquq va erkinlikllari himoyasini ta`minlaydi.

Dastlabki tergov protsessual hujjatlari jinoyatlarni tez va to’la ochish, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, aybsiz shaxslarni jazoga tortilmasligini ta`minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatlarning oldini olish, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etish vazifalarini amalga oshirishning zaruriy vositasi hisoblanadi.

Dastlabki tergovda rasmiylashtriladigan protsessual hujjatlarning soni hozirda ikki yuzdan oshib ketganligi, protsessual hujjatlar va ularni tuzishning protsessual-huquqiy jihatdan ilmiy aspektlari kompleks tarzda o’rganilmaganligi, shuningdek, amaliyotdagi tuzilayotgan hujjatlarni bir xillashtirish va protsessual hujjatlarni tuzishni tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish zarurati mavzuning dolzarbligini bildiradi.

YUqoridagilar dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar va ularni rasmiylashtirishga oid tushunchalarning mohiyatini qayta anglash va mushohada qilish, ushbu hujjatlashtirishni amalga oshirish uslub va vositalarini takomillashtirish asnosida qayta ko’rib chiqishni taqazo etadi.

Tadqiqot_ishining_o’rganilganlik_darajasi.'>Tadqiqot ishining o’rganilganlik darajasi. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning huquqiy tabiati, shakli, mazmuni va boshqa ayrim jihatlari ustida Z.F. Inog’omjonova, G.Z. To’laganova, U.A. Abduraxmonov, A.X. Raxmonqulov, A.J. Davletov, M.G. esanov, M.H. Obidov, SH.P. Alaev, D.T. Zaynutdinova, R.Z. Najmitdinov, L.P. Bakanova, YU.S. Pulatov, G’.A. Abdumajidov, M.X. Rustamboev, B.X. Po’latov, SH.F. Fayzievlar tomonidan protsessual hujjatlarning ayrim jihatlarini tadqiq etganlar.

Dastlabki tergov protsessual hujjatlari xorijlik olimlardan X.A. Sabirov, YU.S. Jarikov, N.G. Muratova, V.A. Kamishin, L.V. Voronina, Z.T. Gul’kevich kabi protsessualist olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Tadqiqot ishining maqsadi dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning mazmuni, mohiyati, ahamiyati, zaruriyati unga qo’yilgan talablar, tuzilishi, shakli, ularni qabul qilish va rasmiylashtirilish tartibining tergov faoliyatini samarali amalga oshirishdagi ahamiyatini yoritib berish va bilan bog’liq protsessual tartibni yanada takomillashtirish borasida ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot ishining vazifalari:

  • yuridik adabiyotlar, qonunchilik bazasi va amaliyot asosida dastlabki tergovda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlarni kompleks tarzda o’rganish va ularning umumiy tavsifini berish hamda o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;

  • jinoyat protsessida dastlabki tergov protsessual hujjatlarining mohiyati, mazmuni va ularning shaklini tadqiq etish;

  • dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar va ularni rasmiylashtirishning nazariy asoslari xususida bildirilgan ilmiy fikrlar va qarashlarni tahlil qilish, tizimlashtirish hamda ularni umumlashtirish;

  • dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni qabul qilish va tuzish qoidalari, ularga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish;

  • ayrim xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligining dastlabki tergov protsessual hujjatlariga oid normalarini tahlil etish;

  • dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar va ularni tuzishni takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, O’zbekiston Respublikasida hozirgi faol sud-huquq islohotlari sharoitida dastlabki tergov organlari protsessual hujjatlari va ularni tuzish faoliyatini takomillashtirishga oid nazariy, huquqiy va amaliy masalalar jinoyat-protsessual huquqi nuqtai nazaridan ilk bor kompleks tadqiq etishga yo’naltirilgan tadqiqot ishidir. Ishda dastlabki tergov organlari protsessual hujjatlarining yangi tasnifi taklif etilgan.

Dastlabki tergov organlari protsessual hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari va ularni tuzish chog’ida kelib chiqayotgan muammolar atroflicha va har tomonlama tadqiq etilib, turli xorijiy davlatlarda qo’llanilayotgan dastlabki tergov organlari protsessual hujjatlariga oid qonunchilik qiyosiy tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot jinoyat-protsessual huquqi nazariyasining rivojlanishiga muayyan hissa qo’shadi. Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy qoidalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalar jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish, tadqiqotlar olib borish, talabalarga ma`ruza o’qish, ular bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda nazariy manba sifatida xizmat qiladi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, unda ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalardan protsessual hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish bo’yicha surishtiruv, tergov, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirishda, yuridik o’quv muassasalarida jinoyat protsessual huquqi va jinoyat protsessual hujjatlar fanlaridan dars o’tish jarayonida foydalanish mumkin.

Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi kirish, ikki bob, etti paragrafa, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va sud amaliyoti materiallaridan foydalanilgan.

I BOB. DASTLABKI TERGOVDAGI PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY TAVSIFI

1.1. Dastlabki tergov protsessual hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tushunchalari va ularga qo’yiladigan talablar

Jinoyat protsessida rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar o’z mazmun, mohiyatiga ko’ra muhim ahamiyatga ega. Sudda va sudgacha tuziladigan protsessual hujjatlar aniq shakl va talabga javob berishi kerak. Har bir protsessual hujjatni rasmiylashtirish zaruriyati, sub`ekti, shart-sharoiti, tarkibi va mazmuni mavjud.



Biron-bir faktni, hodisa yoki harakatni tasdiqlashning keng tarqalgan vositasi hujjat xisoblanadi. Ularda ushbu maqsadda fan, texnika, huquq, boshqaruv, ishlab chiqarish kabi sohalarda foydalaniladi. Qo’llanish soha­sining xususiyati va vazifalariga bog’liq holda “hujjat” atamasi turli maz­munga ega bo’ladi. Hujjat – huquqni tasdiq­lovchi, qandaydir holatga guvohlik beruvchi ish qog’ozi bo’lib, isbotning manbalaridan biri xisoblanadi. Hujjat aniq mazmuni mavjud bo’lgan axborotni saqlash va etkazish uchun vujudga keladi, zarur rekvizitlar: shtamp, imzo, muxr, sana, tartib raqami hujjatning elementlari xisoblanadi4.

Hujjat – bu ma`lumotlar ifodalangan moddiy ob`ekt.

Hujjat – bu ma`lumot tashuvchi.

Hujjat – bu har qanday moddiy ob`ektda har qanday usul bilan qayd etilgan tushunarli ma`lumot5.

Ma`lumotlarni hujjat shaklida mustahkamlash, saqlash turli xil belgilar yordamida amalga oshiriladi. Ma`lumotlarni mustahkamlashning yangi imkoniyatlari ularni nafaqat qog’ozlarda, balki moddiy ob`ektlarda ham qayd etish mumkinligini ko’rsatadi (disk, fotoplyonka va b.lar).

Davlat va huquq paydo bo’lgan paytlardanoq odamlar va davlat o’rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarni qayd etishda hujjat alohida o’ringa ega bo’lgan. Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi munosabatlar tegishli huquqiy hujjatlarda o’z aksini topa borgan.

Huquqiy hujjatlarning hilma xilligi ularni ma`lum bir guruhlarga bo’lish zaruratini keltirib chiqaradi. Huquqiy hujjatlarni quyidagi mezonlarga ko’ra guruhlarga ajratish mumkin:



a) hujjatni tuzuvchi sub`ektiga ko’ra;

b) hujjatning shakliga ko’ra (oddiy va maxsus);

v) hujjatda qayd etilgan huquqiy munosabatlar va yuridik faktlarning xarakteriga ko’ra (ma`muriy-huquqiy, fuqarolik va b.);

g) hujjatning mazmuniga ko’ra (tartibga soluvchi, ma`lumot beruvchi);

d) hujjatda ko’rsatilgan ma`lumotlarning daliliy ahamiyatiga ko’ra (ashyoviy dalil va yozma dalil).

SHunday qilib huquqiy hujjat bu – huquqiy ahamiyatga faktlar to’g’risidagi ma`lumotlarni bayon etish yoki huquq va majburiyatlarni tasdiqlash uchun tegishli vakolatli tashkilotlar, organlar, mansabdor shaxslar tomonidan belgilangan shaklda tuzilgan hujjat6.

Huquqiy ma`noda “hujjat” bu – nimanidir isbot qilish yoki nimagadir bo’lgan huquqni belgilashga (diplom, shartnoma va b.) xizmat qiluvchi qandaydir yuridik faktlarni tasdiqlovchi yozma shakldagi akt.



Jinoyat protsessida “hujjat” tushunchasining shakllanishi isbot qilish faoliyatida foydalanilishi bilan bog’liqdir.

Nazariyada “yozma dalil” atamasi ham ishlatiladi. Ammo ko’pchilik protsessualist olimlar hujjat va yozma dalil tushunchalarini bir xil deb xisoblashmaydi. N. Vukovskiyning fikricha jinoyat ishida yozma hujjat ahamiyatiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin, asosan: jinoyatning tarkibi, ishga aloqador hodisalar, harakatlar yoki holatlar to’g’risida mansabdor shaxslarning tasdig’i, ishtirokchilarning ko’rsatmasi7.

YAna bir guruh olimlar hujjatlar faqat alohida hollardagina mustaqil dalil sifatida foydalanilishi mumkin deb fikr bildirishgan. S.I. Viktorskiy shunday ta`kidlaydi: “yozma akt ashyoviy dalilning rasmiy tavsifi yoki og’zaki tushuntirishning tasdig’i yoxud ashyoviy dalil sifatida namoyon bo’ladi”. Hujjatdan alohida dalil manbasi sifatida foydalanish mumkin bo’lsa-da, ammo bu qat`iy chegaralangan. Boshqacha aytganda “hujjat” atamasi:

a) dalillar mustahkamlangan yozma protsessual akt ;

b) ashyoviy dalil;

v) alohida hollarda mustaqil dalil tushunchalarini ifodalash uchun qo’llaniladi8.

Jinoyat-protsessual hujjat tushunchasi – aniq hayotiy vaziyatlarda (fuqarolik, jinoiy, xo’jalik ishlari) huquqiy normalarning qo’llanishi rasmiylashtirilgan individual huquqiy hujjatlar tarzida talqin qilinadi9.

Fakt to’g’risidagi ma`lumot sifatida dalil tushunchasini va bu ma`lumotni olish hamda qayd etishning shakli sifatida protsessual hujjat tushunchasini aniq farqlash zarur. Daliliy ma`lumotni olish va qayd etishning protsessual shakllari dalillarni qonuniyligi, ishonchliligi va yuridik ahamiyatini ta`minlaydi. Qonunda aniq va bandma-band ko’rsatilgan shart-sharoitlar, jinoyat-protsessual harakatlarni izchillik bilan rasmiylashtirish, tegishli huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi yoki tugatilishi jinoyat-protsessual shakl deb ataladi10.

Jinoyat-protsessual shakl tizimida protsessual hujjatlarni tuzish muhim o’rin tutadi. Aynan qonun talablariga binoan rasmiylashtirilgan protsessual hujjatlarda tegishli huquqiy savollarga javob topiladi.

Hujjatdagi faktlar to’g’risidagi ma`lumotlar nafaqat o’rnatilgan qo­nuniy tartibda olinishi, balki, tegishli tartibda rasmiylashtirilishi bi­lan yuridik kuchga ega bo’ladi. Protsessual hujjatlarni to’g’ri rasmiylash­tirish va protsessual shakl ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni, qonuniylikni mustahkamlashni, shaxs huquq va erkinlikllari himoyasini ta`minlaydi11.

SHunday qilib “hujjat” atamasi jinoyat protsessida ikki ma`noda qo’llaniladi. Tor ma`noda “hujjat” deganda qonun talabiga ko’ra protsessual shaklga ega bo’lgan, jinoyat ishi tergovi doirasida tuziladigan rasmiy jinoyat-protsessual hujjat tushiniladi. Unga tergov harakatlari bayonnoma­lari, tergovchi qarorlari, ayblov xulosasi kabi bir qator protsessual hujjatlar taalluqlidir. Keng ma`noda “hujjat” atamasi jinoyat ishini yuritish bilan bog’liq holda tuziladigan barcha hujjatlarni qamrab oladi.

Aynan shu hujjatlardan qonun “absolyut” yuridik kuchni talab qiladi. hujjatlarning yuridik kuchga ega bo’lish masalasi muayyan shartlarni o’rnatish va normativ mustahkamlashga borib taqaladi. Barcha shartlar to’rtta asosiy talablarga bog’liq bo’lishi mumkin:

  1. hujjat aniq bir jinoyat ishi doirasida vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan tuzilishi lozim;

  2. qonun bilan o’rnatilgan protsessual shaklga ega bo’lishi lozim;

  3. protsessual hujjatni rasmiylashtirish jarayonida ma`lumotni o’zgarishi, almashishi, zararlanishi, yo’qolishidan himoyalashni ta`minlovchi barcha zaruriy shartlarga amal qilinishi lozim;

  4. ushbu hujjatning tarkibi qonunda o’rnatilgan tartibda ishonchli tasdiqlangan bo’lishi lozim.

Mansabdor shaxslar va organlar tomonidan qabul qilinadigan barcha asosiy qarorlar, jinoyat ishi yuzasidan amalga oshiriladigan tergov va u bilan bog’liq harakatlar qonunda ko’rsatilgan bo’lib, ular protsessual xarakterga ega. Ularning natijalari protsessual hujjatda yozma shaklda ifodalangan taqdirdagina ular protsessning rivoji va jinoyat ishini to’la ochilishida ahamiyatga ega bo’ladi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat protsessida hujjatlarni qabul qilish Kodeks asosida tartibga solinadi. Bunda shuni e`tiborga olish lozimki, JPK jinoyat-protsessual munosabatlarni tartibga solishning yagona manbai hisoblanadi12. Jinoyat-protsessual qonunlarga muvofiq rasmiylashtirilgan ushbu harakat va qarorlar fanda – jinoyat-protsessual hujjatlar deb nomldanadi. Ular jinoyatlarni tez va to’la ochishda, aybdorlarni topish va jinoiy javobgarlikka tortishda, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taminlashda, shaxsni noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilishini oldini olishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

Jinoyat-protsessual hujjat tushunchasiga qonunchilikda ta`rif berilmagan bo’lib, shu boisdan u to’g’risida olimlarning fikrlari ham har xil. Bu borada har xil qarashlar mavjudligi ijobiy, chunki protsessual hujjat tushunchasini o’rganish faqat uni tarkibiy komponentlarini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshadi. Harakat, qaror va hujjatlarning jamlanmasi sifatida jinoyat-protsessual hujjatlarni kompleks o’rganish huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muhim rol o’ynaydi, chunki, bu uning barcha elementlariga nisbatan qonun talablarini aniqlaydi.

Jinoyat-protsessual hujjat tushunchasi bilan bir xil emas, chunki “akt” harakat ma`nosini ham hujjat ma`nosini ham angalatadi. SHu boisdan nazariyada va amaliyotda jinoyat protsessida rasmiylashtiriladigan hujjatlar haqida fikr yuritilganda “jinoyat-protsessual hujjat” tushunchasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi deb xisoblaymiz.

SHunday qilib yuqorida bayon etilgan fikrlarga asosan, jinoyat protsessual hujjatni – vakolatli mansabdor shaxs tomonidan qonun bilan o’rnatilgan protsessual shaklga rioya qilgan holda ish uchun ahamiyatga ega faktik ma`lumot yoki qarorlar mustahkamlangan hujjat deb tushinishimiz lozim.

Rasmiylashtiriladigan protsessual harakatlar va qarorlarning qonunchilikda mustahkamlanganligi protsessual hujjatlarning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi.

Dalil, agar ularni topishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan inson va fuqarolarning huquqlari yoki jinoyat-protsessual qonunchilikda o’rnatilgan to’plash va qayd etish tartibi buzilgan bo’lsa, shuningdek, dalillarni to’plash va qayd etish tegishli bo’lmagan shaxs, organ tomonidan yohud protsessual normalarda nazarda tutilmagan harakatlar natijasida amalga oshirilgan bo’lsa, noqonuniy olingan hisoblanadi.

Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning quyidagi xususiyatlarini aytib o’tish lozim:

  1. Ma`lumotlarni qayd etishning yozma shakli ekanligi. Protsessual hujjatning unda qayd etiladigan ma`lumotlarning yozma shaklda bo’lishligi xususiyati muhim ahamiyatga ega. CHunki undagi ma`lumotlar kimga yo’naltirilgan bo’lsa, o’sha shaxslar tomonidan bir xilda qabul qilinishi, tushinilishi lozim. Ma`lumotlarni aniq tushinish imkoniyatini esa faqat yozma belgilar ta`minlaydi. Hujjat matni qo’lda, yozuv mashinkasi, komp’yuter yordamida yozilishi mumkin.

Sxemalar, fotosuratlar, audio, kino, video tasmalar protsessual hujjatning ilovasi yoki tarkibiy qismi vazifasini amalga oshiradi. Zarur hollarda chizmalar, sxemalar, videoyozuvlardan foydalanish bayon etilayotgan ma`lumotlarni yanada aniqroq bo’lishiga va ishonchliligini ta`minlanishiga yordam beradi. SHu sababli aytib o’tilgan materiallar ko’pincha hujjatning zaruriy ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, xodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish bayonnomasi va unga ilova qilingan fotosuratlar.

  1. Qonunda belgilangan maxsus tuzilish shakliga egaligi. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar jinoyat-protsessual qonun normalaridan kelib chiqadigan maxsus shaklga ega bo’lishi, tegishli tuzilish talablariga javob berishi lozim. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning turi­ga qarab uning zaruriy tarkibiy elementlari ham har xil bo’ladi: masalan, bayonnomada tergov harakatlarining ishtirokchilari to’g’risidagi ma`lumot­lar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani, tergov harakatining o’tkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, tartibi va natija­lari, unda topilgan moddiy ob`ektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyat­li bo’lgan belgilari; tergov harakati ishtirokchilari tasdiqlashni so’ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi ko’rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish jarayoni qoidalarini buzish holatlari va ularni bartaraf etish, shuningdek uni oldini olish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim (JPK 90-modda). Bayonnoma­larga yuqoridagilar bilan birgalikda tergov harakatlarining turiga qarab JPKning tegishli moddalariga muvofiq tegishli ma`lumotlar ham ko’rsati­ladi (JPK 134-modda - ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish bayonnomasi, JPK 141-modda - ko’zdan kechirish bayonnomasi va boshqalar). Qarorda qachon, qaerda, kim tomonidan chiqarilganligi (mansabi, maxsus unvoni, familiyasi), ishning haqiqiy holatlari, qanday xulosa va to’xtamga kelinganligi, qanday asoslarga ko’ra shu qaror qabul qilinganligi, shuningdek jinoyat-protsessual kodeksining shu qarorni qabul qilishga asos bo’lgan moddasi ko’rsatilishi lozim.

  2. Tuzuvchilarning tegishli vakolatlarga ega ekanligi. Vakolat deganda jismoniy yoki yuridik shaxsda ma`lum bir huquqiy maqomga egalik tushu­niladi. Vakolat deganda hujjatni tuzuvchi shaxsning qandaydir ma`lumot­larni yoki tasdiqlovchi faktlarni bayon etish yuzasidan huquq va majburiyat­lari jamlanmasini ham tushinish mumkin. Vakolat chegarasi protsessdagi mas`ul subektlarning funktsiyasi, vazifasi doirasi bilan belgilanadi (prokuror, tergovchi, tergov boshqarmasi, bo’limi, bo’linmasi, guruhi boshlig’i va uning o’rinbosarlari). Dastlabki tergov protsessual hujjatlari dastlabki tergovni olib borish vakolati berilgan mansabdor shaxslar tomonidan tuziladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tergovchining topshirig’i­ga ko’ra topshiriqni bajarish yuklatilgan shaxs tomonidan xam tuziladi.

  3. Ma`lumotlarni tasdiqlovchi xususiyatga ega ekanligi. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar vakolatlilik xususiyatidan tashqari, yana o’z mazmuni bilan huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan ma`lum bir holatni tasdiqlash yoki aniqlash xususiyatiga ham ega bo’lishi lozim. Masalan, tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakati bayonnomasida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaxsni jabrlanuvchiga tanib olish uchun ko’rsatish natijasida shu shaxsning jinoyatga aloqadorligi tasdiqlanadi yoki aksincha.

  4. Protsessual hujjatlarning turlari jinoyat-protsessual qonunchilikda aniq belgilab qo’yilganligi (qaror, bayonnoma, ayblov xulosasi, taqdimnoma, tilxat, talabnoma, xabarnoma va boshqalar);

  5. Protsessual hujjatlarni tuzishning o’ziga xosligi. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning shakllanishi muallif xis etishi va tushunishi orqali ishga taalluqli holatlarni aks etishi xisoblanadi;

  6. Protsessual hujjatlarning faktlar to’g’risidagi ma`lumotlarni saqlash uchun mo’ljallanganligi;

  7. Protsessual hujjatlarning qayd etilgan ma`lumotlarni o’zgarmas shaklda uzoq vaqt saqlash layoqati. Ular imzolanib, tasdiqlanib ish material­lariga qo’shilgandan so’ng ularga hech qanday o’zgartirishlar kiritilmaydi;

  8. Hujjatning o’xshashi bilan almashtirib bo’lmasligi. (masalan, olib qo’yish to’g’risidagi qaror bilan tintuv o’tkazib bo’lmasligi);

  9. Aniq bir maqsadga qaratilganligi. Ma`lum bir faktik ma`lumot bo’lgandagina protsessual hujjatlar rasmiylashtirilishi.

YUqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Dastlabki tergovdagi protsessual hujjat deganda – dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan harakat hamda qarorlari protsessual shaklga solingan holda ifodalangan protsessual hujjatni tushinilishi lozim.

Jinoyat-protsessual hujjatda harakatlar va qarorlar o’zining aniq ifodasini topadi. Protsessual hujjat huquqiy munosabat boshlanishidan oldin ham tuziladi (ekspert xulosasi, xodisa joyining ko’zdan kechirish, ushlab turish bayonnomalari). Protsessual hujjatda dastlabki tergovda amalga oshirilgan harakatlarning natijasi ifodalanadi (jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to’g’risidagi qaror, ayblov xulosasi, jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qaror va b.), isbot qilish, protsess ishtirokchilari huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog’liq ko’pgina masalalar hal etiladi (tintuv o’tkazish, olib qo’yish to’g’risidagi qaror, ayblanuvchini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish bayonnomasi).

Jinoyat-protsessi nazariyasida “protsessual hujjatlashtirish” tushunchasini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Hujjatlashtirish qayd etish tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha. U tegishli hujjatlarni ish materiallariga qo’shishni va jinoyat ishi materiallarini tizimlashtirishni ham qamrab oladi. Protsessual hujjatlashtirish – vakolatli shaxslar tomonidan, jinoyat-protsessual qonunchilik qoidalariga asoslangan, jinoyatlarni ochish va odil sudlovni amalga oshirish maqsadida, protsessual harakatlar va qarorlarni, shuningdek, jinoyat ishi bo’yicha tergovning butun jarayoni va natijalarini jinoyat-protsessual hujjatlarda yoritilishiga qaratilgan faoliyatdir.

Jinoyat-protsessual qonunchilikda jinoyat ishi yuzasidan tuziladigan hujjatlarga nisbatan qo’yiladigan umumiy talablar mavjud emas. Unda ayrim hujjatlarning faqatgina nomi aytib o’tilgan, mazmuni esa yoritib berilmagan. Protsessual hujjatlarga qo’yiladigan talablar jinoyat protsessual huquqi nazariyasida ishlab chiqilgan13. Ularni umumiy va maxsus talablarga bo’lish mumkin. Umumiy talablar protsessual hujjat mazmunining tashqi jihatiga nisbatandir. Unga ko’ra xatosiz rasmiylashtirishi, aniq va dona-dona ajralib turishi, mantiqiy, ishonarli, qisqa va tushunarli bayon etilishi lozim. Bitta yoki bir nechta talablarga rioya etmaslik faqat alohida hollarda protsessual hujjatni yuridik kuchga ega emas deb tan olishga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, agar ish materiallarida ko’plab tugallanmagan fikrlar, tuzatishlar bo’lgan tergov harakati bayonnomasi mavjud bo’lsa, albatta u dalil sifatida taqdim etilishi mumkin emas. Maxsus talablar asosan dastlabki tergovni olib boruvchi organ mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar va qabul qilingan qarorlar qayd etiladigan hujjatlarga nisbatandir (qaror, bayonnoma, ayblov xulosasi, taqdimnoma v.b.). Ular protsessual hujjatning ichki mazmunini to’laroq ochib beradi. Ularga quyidagilar taalluqli: qonuniylik, asoslilik va motivlilik. Protsessual hujjatlarni tuzishda aytib o’tilgan maxsus talablar bajarilmasa, protsessual qarorning bekor qilinishiga sabab bo’ladi. SHu boisdan tadqiqotda protsessual hujjatlarga qo’yilgan ushbu muhim talablarga alohida etibor berish lozim.

Qonuniylik tuziladigan protsessual hujjatning huquqiy normalarga aniq mos kelishini anglatadi. Protsessual hujjatning qonuniyligi uni tuzish vaqtida amaldagi qonunchilik, xususan jinoyat-protsessual qonunchilikning barcha talablariga rioya etilishi kerakligini bildiradi14.

Dastlabki tergov hujjatlarining qonuniyligi uchta elementdan tashkil topadi: jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga rioya etish; jinoyat huquqi normalarini to’g’ri qo’llash; huquqning boshqa normalariga rioya etish.

Agar uning shakli, qabul qilinish tartibi jinoyat-protsessual qonunchilik normalari bilan qat`iy belgilangan bo’lsa, u vakolatli organ yoki shaxs tomonidan qabul qilingan bo’lsa, barcha shart bo’lgan ma`lumotlardan tarkib topgan bo’lsa, protsessual hujjat qonuniy deb tan olinadi. A.R. Mixaylenko maxsus talablarga protsessual hujjatlarni qayd etishning ketma-ketligini ham kiritadi. Bu bizningcha maqbul fikr, chunki, har qanday protsessual hujjat protsessual harakatning ma`lum ketma-ketlikda amalga oshirilishiga muvofiq tarzda tuziladi. Masalan, qonunda nazarda tutilgan asoslar va tartibga ko’ra shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilishi mumkin. Sud amaliyoti tergov harakatlarini rasmiylashtirish ketma-ketligi buzilgan holda olingan dalillarni maqbul deb tan olmaydi. Tanib olinayotgan narsa buyumning, belgilari, alomatlari va xususiyatlari to’g’risida tanib oluvchi oldindan so’roq qilingandan so’ng narsalarni tanib olish bayonnomasi tuzilishi lozim.

Protsessual hujjat qonuniyligining sanab o’tilgan belgilari birdamlikda amal qiladi. Bu shuni anglatadiki, hatto ulardan bittasining bo’lmasligi hujjatning qonuniyligini shubha ostiga qo’yishi mumkin. Ayrim protsessual qoidalarning buzilishi juda jiddiy bo’lib, u protsessual hujjatning bekor bo’lishiga sabab bo’ladi. Masalan, agar biron-bir sababga ko’ra bayonnomalarda barcha zarur ma`lumotlar bo’lmasa, mazkur kamchilikni zarur qo’shimcha tergov harakatlarini o’tkazish orqali tuzatish kerak. To’liq bo’lmagan bayonnoma o’zining isbotlovchi kuchini yo’qotadi15.

Protsessual hujjatda uning qabul qilinish asoslari va motivi tushunarli bayon etilmasa hujjatning asoslanganligi shubha o’yg’otishi mumkin. Protsessual hujjatni tuzishda u bilan tanishadigan shaxsga uning mazmuni qanday ta`sir etishi hisobga olinishi zarur.

Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar maxsus talablar bilan bir qatorda nazariya va tergov amaliyotida ishlab chiqilgan umumiy talablarga ham javob berishi lozim. Umumiy talablar protsessual hujjatni rasmiylashtirish madaniyatidan guvohlik beradi. Bu talablar: ishonchlilik, mantiqiylik, aniqlik, hammaga tushunarli tilda bayon etilishidir16.

Mantiqiylik dastlabki tergov protsessual hujjati mazmuniga qo’yiladigan muhim talabdir. Mantiqiylik – bu dastlabki tergov protsessual hujjatning alohida qismlari aniqlangan holatlar yuzasidan to’plangan dalillar, xulosalar o’rtasida qarama-qarshilik, ziddiyat bo’lmasligini ta`minlovchi sifatdir. SHu bilan birga mantiqiylik bayon etishning bir qator ketma-ketligini, izchilligini talab qiladi. YA`ni, protsessual hujjatning har bir navbatdagi qismi oldingi qismining davomi bo’ladi va oldingi fikrdan kelib chiqadi. Faqat har bir protsessual hujjatgina emas, balki ularning ish bo’yicha jamlanmasi ham mantiqiylikka asolanishi lozim. YA`ni, ayrim faktik ma`lumotlarning boshqalari bilan birga bayon etilishi, tasdiqlanishi va dastlabki tergov yakuniy hujjatlarida xulosalarning asoslanishi ketma-ketligi talab etiladi (ayblov xulosasi, jinoyat ishini qo’zg’atish to’g’risidagi qaror).

Mantiqiylik bayon etishning qarama-qarshiligini, izchil emasligini, xulosalar va qabul qilinayotgan qarorlarning noaniqligini istisno etadi.17 Mantiqiylik bir hujjatni boshqasiga zid, qarama-qarshi bo’lmasligini ta`minlaydi. Masalan, agar tergovchi tashkilot rahbariga yuboradigan taq­dimnomasida taftish qoniqarsiz o’tkazilganligini, shu boisdan uning akti moddiy ziyonni belgilash uchun dalil kuchiga ega bo’lmasligini ta`kidlasa, ammo shunga qaramasdan uni ayblov xulosasida ziyon keltirishda ayblanuv­chining aybdorligi dalili sifatida ko’rsatsa bu mantiqqa to’g’ri kelmaydi.

O’rganilayotgan talablar orasida tergov va boshqa protsessual harakatlar bayonnomalariga ta`luqli bo’lgan dastlabki tergov protsessual hujjatining to’liqlilik (mukammallik) va ishonchlilik talablarini ham aytib o’tish lozim. Hujjatga nisbatan ishonchlilik – bu hujjatda ko’rsatilgan faktlarning ob`ektiv voqelik bilan mos kelishidir. Unga qonunda belgilangan talablar vositasida erishiladi (JPK 90-modda).

Protsessual hujjatning ishonchliligi uning qaysidir qabul qilingan protsessual qarorni to’g’riligi nuqtai nazaridan aksiologik baholanishidir. Huquqiy hujjatni baholashda ishonchlilikning asosi adolat bo’lmog’i lozim. Bu barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligidan dalolat beradi18.

SHunday qilib dastlabki tergov bosqichidagi protsessual hujjat qonuniylik, asoslanganlik va motivlilik talablariga javob berishi lozim.
1.2. Dastlabki tergov protsessual hujjatlarining tasniflanishi.

Jinoyat protsessining dastlabki tergov bosqichida qaror, bayonnoma, ayblov xulosasi, taqdimnoma, xabarnoma, yozma topshiriq, bildirish xati, yozma ko’rsatma, talabnoma, tilxat, yozma majburiyat, chaqiruv qog’ozi, yozma e`tiroz kabi protsessual hujjatlar tuzilishi JPKda nazarda tutilgan. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar o’z mazmuni uchun harakterli bo’lgan o’ziga xos belgilarga ega. Bu esa ularni guruhlarga ajratish imkonini beradi. Jinoyat protsessual huquqi nazariyasida dastlabki tergovda rasmiylashtiradigan protsessual hujjatlarning etarlicha ilmiy jihatdan asoslangan tasnifi mavjud emas. Ayrim olimlar ularni uch turga bo’lishadi: jinoyat protsessining aniq masalasi yuzasidan xulosaga(qaror); protsessual harakatlar jarayoni va natijalarini namoyon etuvchi protsessual hujjatlarga (bayonnoma); tergov organlari tomonidan u yoki bu masalani tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga muhokamaga qo’yuvchi protsessual hujjatlarga (taqdimnoma)19. Boshqa bir guruh olimlar esa ikki turga: bayonnoma va qarorga bo’lishadi20. YAna bir guruh olimlar majburiy ((asosiy) qaror, bayonnoma, ayblov xulosasi) va fakul’tativ ((yordamchi) taqdimnoma, xabarnoma, yozma topshiriq, bildirish xati, yozma ko’rsatma, talabnoma, tilxat, yozma majburiyat, chaqiruv qog’ozi, yozma e`tiroz) protsessual hujjatlarga bo’lishadi21.

Dastlabki tergovda rasmiylashtiradigan protsessual hujjatlarning xilma-xilligi, ularning xususiyati va mazmunida farqlarning mavjudligi tasniflashda ularning muhim belgilarini asos qilib olish lozimligini ko’rsatadi.

Birinchi va ikkinchi tasniflar ko’rinib turibdiki juda tor. Ularda dastlabki tergovning topshiriq, ko’rsatma, taqdimnoma kabi ko’plab hujjatlari xisobga olinmagan.

Uchinchi tasnif tarafdorlari asosiy(majburiy) protsessual hujjatlarga har bir jinoyat ishi bo’yicha tuzilishi shart bo’lgan hujjatlar deb, yordamchi(fakul’tativ) protsessual hujjatlarni esa jinoyat ishi bo’yicha tuzilishi shart bo’lmagan, surishtiruv organi va tergovchining ish bo’yicha to’g’ri qaror qabul qilishiga yordam beradigan hujjatlar deb tushunishadi. Bizning fikrimizcha yordamchi(fakul’tativ) hujjatlarga taqdimnoma, chaqiruv qog’ozi kabi hujjatlarni kiritish to’g’ri bo’lmaydi. CHunki ushbu hujjatlar amaliyotda deyarli barcha jinoyat ishlarida tuziladi.

YUqoridagi keltirilganlardan xulosa qilish mumkinki, barcha holatlarda protsessual hujjatlar yuridik ahamiyatiga ko’ra va tuzuvchi organ bilan bog’liq holda tasniflangan. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning har bir guruhining umumiy va xususiy ya`ni, o’ziga xos xususiyatlarini bilish ularning bir butun tizimini alohida guruhlarga tasniflash imkoniyatini beradi. Bizning fikrimizcha dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni ularning huquqiy tartibga solinganlik darajasiga ko’ra, yuridik kuchga kirishiga ko’ra, tegishli sube`ektiga ko’ra va boshqa jihatlariga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiqdir.

  1. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning huquqiy tartibga solinganlik darajasiga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin: qonunchilikda to’liq tartibga solingan protsessual hujjatlar (JPK va boshqa qonunlarda); qonunchilikdan kelib chiqadigan protsessual hujjatlar; qonun osti hujjatlarida tartibga solingan protsessual hujjatlar; amaliyotda ishlab chiqilgan protsessual hujjatlar.

Qonunchilikda to’liq tartibga solingan dastlabki tergov protsessual hujjatlariga masalan quyidagilar tegishlidir: ayblanuvchi tariqasida jalb etish (JPK 361-modda), ekspertiza tayinlash (JPK 180-modda 1-qismi), jinoyat ishini tugatish (JPK 374-modda) to’g’risidagi qarorlar, so’roq qilish va tergov harakatlari bayonnomalari, ayblov xulosasi (JPK 379-modda) va boshqa hujjatlar. Ushbu hujjatlarning aksariyati JPKda ko’rsatib o’tilgangina bo’lib qolmasdan, qat`iy tartibga solinganhamdir.

Qonunchilikdan kelib chiqadigan protsessual hujjatlarga quyidagilar taalluqli bo’ladi: masalan, murdani eksgumatsiya qilish (JPK 148-modda), eksperiment o’tkazish (JPK 154-modda), narsani ashyoviy dalil deb e`tirof etish va uni jinoyat ishiga qo’shib qo’yish (JPK 207-modda), ushlab turilgan shaxsni ozod qilish (JPK 234-modda), harbiy qism, qo’shilma, harbiy muassasa, harbiy o’quv yurti qo’mondonligining kuzatuviga berish (JPK 254-modda), fuqaroviy da`vogar deb e`tirof etish (JPK 254-modda), ishni qo’zg’a­tishni rad qilish (JPK 333-modda), ariza yoki xabarni tergovga tegishlili­giga qarab yuborish (JPK 330, 335-moddalar), jabrlanuvchining, fuqaroviy da`vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili deb e`tirof etish (JPK 62-modda) haqidagi qarorlar, himoyachidan voz kechganlik to’g’risidagi (JPK 52-modda), jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirilganlig to’g’risidagi (JPK 376-modda) bayonnomalar va boshqa hujjatlar. Ushbu hujjatlar jinoyat-protsessual kodeksida ko’rsatib o’tilgan, ammo, ularning shakli, tuzilishi, mazmuni va hatto ba`zilarining nomlanishi belgilanmagan. Ushbu hujjatlarning tuzilishi va mazmuni amaliyotda ishlab chiqilgan.



SHuningdek, boshqa qonunchilikdan kelib chiqadigan hujjatlar mavjud. Masalan, O’zbekiston Respublikasining Bank siri to’g’risidagi Qonunining 9-moddasiga binoan bank sirini tashkil etuvchi ma`lumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga tergovchi yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanktsiyasi bilan taqdim etiladi.

Qonun osti hujjatlarida tartibga solingan hujjatlar. Ushbu guruhga bosh prokuror buyruqlarida, ko’rsatma va yo’riqnomlarda tartibga solingan hujjatlar tegishlidir (Masalan, O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31-dekabrdagi “Advokatura institutini takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi”gi Qonuniga qat`iy rioya qilinishini ta`minlash to’g’risida 2009 yil 28-fevraldagi qo’shma ko’rsatmada jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ga telefon orqali xabar qilish imkoniyati berilganligi to’g’risidagi, gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning himoyachi xizmatidan voz kechganligi haqidagi bayonnomalar va boshqa bir nechta hujjatlarning blankalari ko’rsatilgan.

Amaliyotda ishlab chiqilgan protsessual hujjatlar. Masalan, moddiy zarar miqdoriga aniqlik kiritish, shaxsning anketa ma`lumotlariga aniqlashtirish (JPKning 36, 98-moddalari), ishda tarjimon tariqasida ishtirok etishga jalb qilish (JPKning 36, 72-moddalari) to’g’risidagi qarorlar amaliyotda tergovchilar tomonidan JPKning 36-moddasiga asoslangan holda qabul qilinadi.

  1. YUridik ahamiyatiga ko’ra - dastlabki tergovdagi protsessual hujjat jinoyat ishining asosiy savollariga javob beradimi (jinoyat joyi mavjudmi, ayblanuvchi uni sodir etganmi, jinoyat sodir etilishida u aybdormi) yoki yordamchi masalarni hal etadimi, shunga ko’ra asosiy va yordamchi hujjatlarga bo’linadi. Ish bo’yicha to’plangan dalillar jamlanmasini baholash natijasiga asoslangan holda butun ish yoki uning alohida qismi yuzasidan yoki shaxsga nisbatan yakuniy xulosa chiqariladigan hujjatlar asosiy hujjatlarga tegishli bo’ladi (ayblov xulosasi, jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qaror va b.)

Ishning asosiy masalarini hal etishga ko’maklashuvchi protsessual hujjatlar yordamchi xarakterga ega. Unga tergovchining u yoki bu tergov harakatini amalga oshirish to’g’risidagi va uning natijalari qayd etilgan protsessual hujjatlar taalluqlidir (tintuv, olib qo’yish, guvohlantirish o’tkazish to’g’risidagi qaror, ushbu tergov harakatlarining bayonnomalari)

  1. Bajaradigan vazifasiga ko’ra jinoyat-protsessual hujjatlarni quyidagicha guruhlarga bo’lish mumkin: tergovni yo’nalishini belgilovchi hujjatlar (jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qarorlar, ayblov xulosasi) dalillarni olishni ta`minlashga qaratilgan (tintuv, olib qo’yish o’tkazish to’g’risidagi qaror); dalillarni qayd etishga yo’naltirilgan protsessual hujjatlar (tergov harakatlari bayonnomalari); protsess ishtirokchilarining protsessual holatini belgilovchi (jabrlanuvchi deb e`tirof etish, fuqaroviy davogar, fuqaroviy javobgar sifatida jalb etish to’g’risidagi qaror ); protsess ishtirokchilari huquqlari taminlashga yo’naltirilgan (ayblanuvchini ekspertiza tayinlash to’g’risidagi qaror bilan tanishtirish bayonnomasi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish bayonnomasi); boshqa hujjatlar (taqdimnoma, tilxat, chaqiruv qog’ozi).

  2. Jinoyat-protsessual qonunchilikda qat`iy belgilangan jihatlariga ko’ra protsessual hujjatlarni quyidagicha turlarga bo’lish mumkin: shakli va tuzilish tartibi qonunda qat`iy belgilangan hujjatlar (bayonnomalar); tar­kibiy elementlari qonunda belgilangan protsessual hujjatlar (ayblov xulosasi, qaror); qat`iy belgilangan shakl va tarkibga ega bo’lmagan va faqatgina nomi qonunda ko’rsatib o’tilgan protsessual hujjatlar (taqdimnoma, chaqiruv qog’ozi).

  3. Sub`ektiga ko’ra – dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) tergovchi va tergov bo’limi boshlig’ining hujjatlari; 2) surishtiruvchi va surishtiruv organi boshlig’ining hujjatlari; 3) prokurorning protsessual hujjatlari.

  4. YUridik kuchga ega bo’lishiga ko’ra – chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga ega protsessual hujjatlar (jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qarorlar), prokuror tomonidan tasdiqlanishi (sanktsiyalanishi) talab etiladigan protsessual hujjatlar (tintuv, eksgumatsiya qilish to’g’risidagi qarorlar), prokurorning roziligi talab etiladigan protsessual hujjatlar (tergovchining mahkumni boshqa erga ko’chirish to’g’risidagi qarori, jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qarori).

  5. Funktsiyaviy ahamiyatiga ko’ra – dastlabki tergovdagi jinoyat-protsessual hujjatlarni quyidagicha guruhlarga bo’lish mumkin: himoyaning funktsiyalarini taminlovchi protsessual hujjatlar (ayblanuvchini va uning himoyachisini ish materiallari, ekspertiza tayinlash to’g’risidagi qaror bilan tanishtirish bayonnomasi); fuqaroviy davoni ta`minlash bilan bog’liq protsessual hujjatlar (fuqaroviy javobgar sifatida jalb etish to’g’risidagi qaror); dastlabki tergovni to’xtatish, qayta tiklash yoki tugatish bilan bog’liq protsessual hujjatlar (dastlabki tergovni to’xtatish, jinoyat ishini tugatish, ishni sudga yuborish to’g’risidagi qarorlar); tergovchining profilaktik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq protsessual hujjatlar (jinoyat sodir etilishiga imkoniyat yaratgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish masalasiga oid taqdimnoma).

Xulosa o’rnida shuni ta`kidlash lozimki, tasniflash ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega. U dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning xususiyatlarini, huquqiy tabiatini va ularga qo’yiladigan talablarni aniqlash, shuningdek, qonuniy va asoslangan hujjatlarni tuzishda zarur bo’lgan umumiy va aloxida maxsus belgilarini ajratish imkonini beradi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish