«jinoyat huquqi» kafedrasi mavzu: Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlar



Download 409,5 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2017
Hajmi409,5 Kb.
#14849
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

HUQUQShUNOSLIK FAKULTETI

«JINOYAT HUQUQI» KAFEDRASI

MAVZU: Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlar.

BAJARUVCHI: 4-kurs kunduzgi

bo’lim talabasi Abdullayeva Fariza

ILMIY RAHBAR: dots. Sh.Hamrayeva

SAMARQAND – 2012

MUNDARIJA
Kirish………………………………………………..……………
1-BOB. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo prosessual tartibi va boshqa mulkiy undirishlar…………………………………….……….

1.1. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo tushunchasi va uning prosessual jihatlari………………………………………………………………..….


1.2. Mulkiy undirishlarda jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari……………………..


1.3. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarishning prosessual jihatlari………………………………………………………..

2-BOB. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni ta’minlanishining prosessual jihatlari…………………………………………………..….

2.1. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni tergovchi tomonidan ta’minlanishining prosessual jihatlari…………………………….……..

2.2. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni ijrochilar tomonidan ta’minlanishining prosessual jihatlari……………………………….……

Xulosa……………………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………..…………

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni shakllantirishda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar ham muhim ahamiyatga ega, chunki mustaqil sud hokimiyatini shakllantirmasdan turib, islohotlardan ko’zlangan maqsadlarga erishib bo’lmaydi.

Inson huquqlari kafolatlarini muntazam takomillashtirib borish va bu huquqlar ro’yobga chiqarilishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni kengaytirish demokratik davlat va jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos jihatlaridan biri bo’lib hisoblanadi .

O’zbekiston Respublikasi o’z milliy mustaqqiligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo qilish o’zining bosh maqsadi ekanligini va bu jamiyatda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida yuksaklarga ko’tarilishi, fuqarolar uchun moddiy-ijtimoiy qulay va farovon turmush sharoitilari barpo qilinishi muhim vazifalardan sanalishini e’lon qildi.

Mamlakat hayotining barcha sohalarida bos­qichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida muhim hisoblangan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasiga qaratilgan sud-huquq sohasidagi o’zgarishlar va yangiliklar mam­lakat taraqqiyotida alohida o’rin egallaydi. Bu boradagi islohotlarning maqsadi inson huquq­lari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufu­zini mustahkamlash, sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqa­rolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishdan iboratdir.

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo’lgan kabi qatag’on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi”1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining ustivorligi, qonunlarning ustunligi, huquq va odil sudlovni to’g’ri amalga oshirishga qaratilgan qoidalar o’z ifodasini topgan bo’lib, uning 44-moddasida har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi alohida huquqiy me’yor sifatida va sud hokimiyatining boshqa davlat organlaridan ustunligi belgilangan.

Prezident I.Karimov inson va davlat o’rtasidagi munosabat­larda inson manfaatlari ustivor bo’lishi kerakligi, davlat va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o’z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va qo’riqlash ishiga safarbar qilgandagina o’z vazifa­sini to’g’ri ado etajagini, fuqarolarning manfaatlari va huquqla­rini sud orqali himoya qilish sohasini mumkin qadar kengaytirish darkorligi, ayrim tarmoq qonunlarida huquqlari paymol etilgan fuqarolarning shikoyatlarini sudlov yo’li bilan emas, ma’muriy yo’l bilan ko’rib chiqish tartibi uchrab turishligi, bu hol Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga va bizning Konstitusiyamiz talablariga zidligi, fuqaro, agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari poymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo’yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo’lmog’i darkor2, deb ko’rsatishi sud hokimiyatiga nisbatan bo’lgan munosabatni o’zgartirish lozimligidan dalolat beradi3.

Jinoyat ishlarini tergov qilishda jinoyat natijasida yetkazil­gan mulkiy ziyonni qoplash bilan bog’liq jarayonning tahlili shuni ko’rsatdiki, ushbu faoliyatni samarali tarzda va optimal ravishda tashkillashtirishga imkon beradigan hamda fuqaroviy da’voni, ji­noyat ishlarini tergov qilishda shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan nazariya kerakligini taqozo etadi. Jinoyat ishida fuqaroviy da’vo – bu sud va tergovni amalga oshirish jarayonida ji­noyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda yuzaga keladi­gan shart-sharoitlar, holatlar, xulq-atvorlar, munosabatlar va o’zaro aloqalarning cheksiz turli-tumanligini aks ettiruvchi murakkab ti­zimdir. Ushbu tizimning optimalligi va amalda rivojlanishi uchun u maqsadga muvofiq bo’lishi hamda ilmiy-nazariy asoslangan va il­miy jihatdan tashkillashtirilgan bo’lishi zarur.

Jinoiy jazolarning liberallashtirish jarayonlari4 va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan va amaldagi JPKning 2-moddasida aks ettiril­gan dastlabki tergovning vazifalari, hamda ularning uzluksiz ri­vojlanib borishi – tergov organlari oldiga fuqaroviy da’voni xal etish jarayonining mazmuni, shakli va usullarini takomillashtirish va prosessual tartibini optimallashtirish kabi talablarni qo’y­moqda. So’nggi paytlarda fuqaroviy da’vo bilan bog’liq masalalar sud muhokamasidan tashqari dastlabki tergovda xam ilmiy tashkil­lashtirishga jiddiy talablar qo’yilayotganligi juda asoslidir. Fuqaroviy da’voni moddiy tomondan qondirilishi bevosita dast­labki tergovda boshlanib, unda jinoyat natijasida mulkiy ziyonni xaqiqatdan xam yetkazilganligi tug’risida dalillarni qidirish, aniqlash, tadqiq qilish, qayd etish, tekshirish va baholash tizimini tashkil etishning muayyan maqsadga yo’naltirilgan tartibini yaratish vazifasi yuklatilgan5.

Fuqaroviy da’vogar bo’lib sud muhokamasida fuqaro, korxona, tashkilot yoki muassasa vakili qatnashishi mumkin. Agar shaxs dastlabki tergovda jinoyat ishi yuzasidan fuqaroviy da’vogar deb topilmagan bo’lsa, sudda sud ajrimi bilan shunday maqomga ega bo’lishi mumkin.

Fuqaroviy da’vogarga ham huquq va burchlari tushuntiriladi. Fuqarolik da’vosi jabrlanuvchi tomonidan berilsa, jabrlanuvchiga fuqaroviy da’vogarning huquq va burchlari tushuntiriladi.

Fuqaroviy da’vogar sud muhokamasida dalillar keltirish, iltimoslar qilish, sud muhokamasida to’liq qatnashish, fuqaroviy da’voni qo’llab-quvvatlash va uni qanoatlantirishni talab qilish, ish materiallari bilan tanishish hamda ish yuzasidan o’z fikrlarini bayon qilish huquqiga ega. Fuqaroviy da’vogar sud tomonidan talab qilingan hujjatlarni taqdim etishga majburdir.

Sud manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan odil sudlovni amalga oshiradi, uning odil sudlovga qaratilgan faoliyatini fuqarolik sud ishlarini yuritish to’g’risi­dagi qonunlarga moslagan holda, sudga taalluqli bo’lgan fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo talablariga oid ishlarni, nizosiz bo’lgan alohida tartibda ko’riladigan ishlarni hamda davlat idoralari, boshqa ido­ralar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qaror­lari) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni ko’rish to’g’risidagi ishlar bo’yicha qonuniy asoslantirilgan, adolatli hal qiluv qarori chiqarish bilan amalga oshiriladi.

Jinoyat ishini tergov qilish hamda uning sud muhokamasida fuqaroviy da’voni ko’rib, hal qilishdir. Bunday da’vo ikkita tarkibiy qism mavjudligini nazarda tutadi: da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy huquqqa asoslangan talabidan iborat bo’lgan moddiy-huquqiy qism hamda moddiy huquqni ro’yobga chiqarish shakli va tartibidan iborat bo’lgan prosessual qism.

Da’voning moddiy-huquqiy va prosessual tomonlari aynan bitta hodisaning mazmuni va shaklidir. Subyektiv fuqarolik yoki boshqa huquqsiz da’vo predmetsiz bo’ladi, chunki shakl mazmunga ega bo’lmasa, u har qanday qimmatlikdan mahrum bo’ladi. O’z navbatida, da’vogarning javobgarga nisbatan bo’l­gan talablarining ifoda etilishi shakl sifatida, da’vo bo’l­magan taqdirda subyektiv huquqni ro’yobga chiqarishi mumkin emas.

Huquqiy nizo da’vogar talab etadigan sud himoyasidan quyidagi xususiyatlariga ko’ra farqlanadi:

a) kimningdir foydasiga hal qilish, ya’ni buzilgan huquqni tiklash to’g’risidagi da’volar yoki ijro etish da’volari;

b) da’vogarning nizoga sabab bo’lgan huquqini e’tirof etish yoki javobgarning huquqi yo’qligini e’tirof etish to’g’risidagi da’volar, ya’ni aniqlovchi da’volar. Odatda, barcha turdagi da’­volar fuqarolik ishlarini sudda yuritishda ko’rib chiqiladi. Ammo, agar da’voning predmeti jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash to’g’risidagi talab hisoblansa, jabrla­nuvchi qonunga ko’ra jinoyat prosessida ham da’vo qo’zg’atishga haqli bo’lib, bu da’vo jinoyat ishi bilan bir vaqtda ko’rilishi va hal qilinishi lozim. Bunday da’vo jinoyat prosessidagi fuqaroviy da’vo deb ataladi.

Xorijiy mamlakatlarda, xususan, MDH a’zosi bo’lgan mamlakat olimlari tomonidan fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlarni prosessual tartibini masalalari bo’yicha tadqiqotlar olib borilgan bo’lsada, ular o’zga davlat qonunchilik tizimi asosida amalga oshirilgan va maqsad-mohiyatiga ko’ra ham bizning talablarga javob bermaydi. Shu sababli o’z milliy qonunchili tizimimizga tayanilgani holda fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlarni prosessual tartibini oid qonunchilikni takomillashtirish muammolari maxsus o’rganishga muxtoj, va bularning barchasi tanlangan mavzu dolzarbligidan darak beradi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo va bashqa mulkiy undirishlar bilan bog’liq qoidalar, uning o’ziga xos xususiyatlari, subyektlarining o’zaro munosabatlari doimo prosessualchi olimlar e’tiborini jalb etib kelgan. Respublikamizning G’.A.Abdumajidov, M.X.Rustamboyev, Z.F.Inog’omjonova, Ye.N.Nikiforova, G.Z.To’laganova singari prosessualchi olimlari o’zlarining o’quv qo’llanmalari, ilmiy risolalari va tadqiqot ishlarida mazkur fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlarni prosessual tartibini takomillashtirish muammolariga to’xtalib o’tganlar. Rossiyalik huquqshunos olimlar I.L.Petruxin, S.A Sheyfer, Z.D.Yenikeyev, B.S.Teterin, A.R.Ratinov, A.P.Rыjakov va boshqalarning shu sohaga bag’ishlangan ilmiy asarlarida ham fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlar bilan bog’liq xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Lekin O’zbekistonda yangi jinoyat qonunlari joriy etilganidan keyin bu harakatni takomillashtirish masalalari, bizningcha, yetarli darajada o’rganilmagan. Shuning uchun MDH davlatlaridagi ilg’or tajribani qiyosiy tahlil etgan holda, fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlarni prosessual tartibini samaradorligini oshirishni tadqiq etishga ehtiyoj katta.



Tadqiqot ishining maqsadi va asosiy vazifalari. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo va bashqa mulkiy undirishlar bilan bog’liq qonunchilik tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda isloh etish, jabrlanuvchi va mulkiy da’vogarning huquqlari himoyasinini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Ishning yuqoridagi maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar ilgari surildi:



  1. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo tushunchasi yangi ta’rifini berish va boshqa mulkiy undirishlarni o’rganib taxlil qilish;

  2. fuqaroviy da’voga oid qonunchilikni o’rganish, tahlil qilish va ulardagi muammoviy jihatlarni aniqlash;

  3. Fuqaroviy da’voni berish vakolotiga ega bo’lgan shaxslarni huquqiy holatini taxlil qilish;

  4. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarishning prosessual jihatlari o’rganish;

  5. O’zbekiston Respublikasi tomonidan qabul fuqaroviy da’voga taalluqli qonunlar va qonun hujjatlarini taxlil qilish, ular amaliyotini o’rganish va umumlashtirish;

  6. Qonunchilikni tadqiq qilish asosida ularga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi yuzasidan aniq tavsiya va takliflar tayyorlash;

5) Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni tergovchi tomonidan ta’minlanishining prosessual jihatlari takomillashtirishga qaratilgan izlanishlar olib borish;

6) Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni ijrochilar tomonidan ta’minlanishining prosessual jihatlari o’rganib qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot natijalari sifatida ifodalangan taklif va tavsiyalar fuqaroviy da’vo va bashqa mulkiy undirishlar bilan bog’liq qonunchilikni takomillashuviga, ijtimoiy himoya tizimini, ijtimoiy himoya shakl va vositalarini yanada rivojlantirilishiga yordam beradi.

Tadqiqot ishining predmeti va obyekti bo’lib fuqaroviy da’vo va bashqa mulkiy undirishlarni tartibga soluvchi xalqaro va milliy qonunchilik, uning obyekti bo’lib esa fuqaroviy da’voni tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari sanaladi.

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi fuqaroviy da’vo va bashqa mulkiy undirishni tartibga solishga ta’lluqli muammolarni, O’zbekiston milliy huquq tizimi va rivojlangan davlatlar tajribasini amaliyot materiallari qiyosiy taxlil qilish orqali milliy qonunchilikka qo’llash va fuqaroviy da’vo samaradoligini oshirishga oid qonunchilik muammolarni kompleks o’rganib chiqilganligidan iborat.

Tadqiqot ishining tuzilishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa qismlari hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.

1-BOB. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo prosessual tartibi va boshqa mulkiy undirishlar.

1.1. Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo tushunchasi va uning prosessual jihatlari.

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tomo­nidan ta’minlash ishonchli va samarali usul ekanligi bugungi kunda barcha huquqiy demokratik davlatlar tomonidan yakdillik bilan e’tirof etilmoqda. Shaxs huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasida respublikamizda ham qator ishlar olib borilmoqda.

O’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda huquqiy davlatchilikni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo’lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi Konsepsiyasi amalda joriy etildi.

Sudlarning jinoiy, fuqarolik va xo’jalik ishlari bo’yicha ixtisoslashuvi amalga oshirildi. Qonunchilikka binoan sud ishlarini apellyasiya va kassasiya tarzida ko’rib chiqish institutlari jorii etildi, tergov-surishtiruv va shaxslarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi, ishlarni sudlarda ko’rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi.6

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 44-moddasida «Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi» deb belgilangan. Bu huquq ro’yobga chiqarilishining shakllaridan biri – jinoyat ishini tergov qilish hamda uning sud muhokamasida fuqaroviy da’voni ko’rib, hal qilishdir. Bunday da’vo ikkita tarkibiy qism mavjudligini nazarda tutadi: da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy huquqqa asoslangan talabidan iborat bo’lgan moddiy-huquqiy qism hamda moddiy huquqni ro’yobga chiqarish shakli va tartibidan iborat bo’lgan prosessual qism.

Da’voning moddiy-huquqiy va prosessual tomonlari aynan bitta hodisaning mazmuni va shaklidir. Subyektiv fuqarolik yoki boshqa huquqsiz da’vo predmetsiz bo’ladi, chunki shakl mazmunga ega bo’lmasa, u har qanday qimmatlikdan mahrum bo’ladi. O’z navbatida, da’vogarning javobgarga nisbatan bo’l­gan talablarining ifoda etilishi shakl sifatida, da’vo bo’l­magan taqdirda subyektiv huquqni ro’yobga chiqarishi mumkin emas.

Odil sudlovni prosessual-huquqiy shaklda amalga oshirilishini ta’minlash jismoniy hamda yuridik shaxslarning buzilgan huquq­larini himoya qilish uchun kafolat beribgina qolmay, ishni to’g’ri hal qilish, ish bo’yicha obyektiv haqiqatni aniqlash va shu ko’rilgan ish yuzasidan qonuniy hamda asoslantirilgan hal qiluv qarorini chiqarish uchun xizmat qiladi.7

Yuridik adabiyotlar tahlil etilganda, da’vo yuzasidan olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarini uch guruhga bo’lish mumkin.8 Chunonchi, birinchi guruh olimlar (M.A.Gurvich, N.B.Zeyder, S.N.Abramov, P.F.Yeliseykin) da’vo ikki huquq sohasiga, ya’ni moddiy va prosessual sohalariga tegishli bo’lgan, ikkita alohida mustaqil: moddiy-huquqiy va prosessual-huquqiy tushunchani o’zida ifoda etgan kategoriya sifatida e’tirof etishadi. Bu guruh olimlari tomonidan ilgari surilgan fikrlarni majmuasi da’vo yuzasidan quyidagi ikki xulosani chiqarish imkonini beradi: birinchidan da’vo prosessual ma’noda - bu da’vogarning sudga talabi; moddiy-huquqiy ma’noda da’vo - bu da’vogarning javobgarga nisbatan bildirgan talabidir.

Ikkinchi guruh olimlarning (A.F.Kleyman, A.Dobrovolskiy, S.A.Ivanova, N.IAvdeyenko) da’vo yuzasidan bildirgan fikrlari da’voni moddiy-huquqiy va prosessual-huquqiy tomonga ega bo’lgan yagona kategoriya sifatida e’tirof etishga undaydi. Mazkur toifa olimlarning fikrlarini majmuasi da’voning javobgarga nisbatan bildirilgan talabni o’zida ifoda etgan da’vogarning sudga murojaati ekanligi to’g’risida xulosaga olib keladi.

Da’voni moddiy-huquqiy hamda prosessual-huquqiy ma’noda tushunish kerak, degan olimlarning fikricha, da’vo huquqni himoya qilish to’g’risida sudga qilingan murojaatdir. Moddiy-huquqiy ma’noda esa, da’vo - bu da’vogarning javobgarga nisbatan bildirilgan moddiy-hukuqiy talabidir.

Da’voga ham moddiy-huquqiy, ham prosessual-huquqiy jihatdan ta’rif berish mumkin emas, chunki da’vo yagona tushunchaga ega bo’lgan prosessual hujjatdir. Bu hujjatda da’vogarning javobgarga nisbatan bildirilgan moddiy-huquqiy talabi va uning prosessual qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida hal qilib berish to’g’­risidagi talabi o’z ifodasini topadi. Shu ma’noda olib qaraydigan bo’lsak, da’vo bu - moddiy-huquqiy va prosessual-huquqiy xarakterga ega. Lekin, bu da’vo tushunchasi ikki ma’noda tushunilishi kerak, degan mazmunni bildirmaydi. Da’vo ikki tomonga ega bo’lsa ham shaxslarning jismoniy hamda yuridik buzilgan huquqlarini yoki qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasidagi sudga qilingan talablaridir.

Shuningdek, da’vo bu - sud yoki o’zga maxsus organ tomonidan majburiy tartibda amalga oshirish uchun boshqa shaxsga nisbatan bildirilgan nizoli moddiy-huquqiy talabdir9.

G.L.Osokina mazkur ikki guruhni birlashtirib, javobgarga nisbatan bildirilgan moddiy-huquqiy talab da’voni izohlab kelishini e’tirof etadi.10

Uchinchi guruh olimlar (K.S.Yudelson, K.I Komissarov, V.M.Semenov) da’vony fuqarolik prosessual huquqining mustaqil instituti sifatida e’tirof etishadi. Bu guruh olimlarini fikriga ko’ra, da’vo bu sudga bildirilgan talabdir.

Bugungi kun huquqiy qarashlarida ikkinchi guruh (M.A.Rojkova, O.V.Isayenkova, M.A.Vikut) va uchinchi guruh (G.O.Abolonin, G.L.Osokina, I.M.Pyatiletov) olimlarining fikrlari ko’pchilik o’rinlarda o’z ifodasini topib kelayotganligini e’tirof etish kerak11.

Tushunchaning shakllanishi bu mavzuni yoritishda muhim qadam bo’ladigan mezondir. Tushuncha va boshqa kategoriyalar bir-birini taqozo etadigan faktlar ekanligi e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Agar oldingi tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan hamda bugungi kunda ilgari surilayotgan fikrlar o’rtasida qarama-karshiliklar kuzatilsa, quyidagi holatlar ularning kelib chiqishiga sabab bo’lganligini kuzatish mumkin:



  1. ilgari bildirilgan fikrlar noto’g’ri shakllangan;

  1. bugungi kunda ilgari surilayotgan fikrlarda anglashilmoqchiliklar mavjudligini.

Da’vo - prosessual huquqqa oid institutdir. Bu muammoni tub mohiyatini boshqa huquq sohasi emas, balki fuqarolik prosessual huquq sohasi ochib beradi. Shunday bo’lsa ham da’voni fuqarolar va tashkilotlarning subyektiv moddiy huquqlari va qonuniy man­faatlarini himoya qilish uchun xizmat qiladigan instut deb ta’rif­lash ma’qul emas. Chunki, fuqaroviy da’vo sudda ish qo’zg’atishning prosessual vositasi bo’lib xizmat qiladigan arz qiluvchi shaxsning arizasi, shikoyati yoki manfaatdor shaxsning arizasi va-shikoyati ham tegishli bo’lishiga qarab, shaxslarning subyektiv moddiy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun prosessual vosita sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun da’voni fuqarolar va tashkilotlarning subyektiv moddiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qiladi deb, uni da’vogar bilan javobgar o’rtasida kelib chiqqan huquqiy nizoni mazmunan hal qilish uchun sudga qilingan talab deb qarash, masalaning mohiyatini ochib bermaydi. Da’voli ishlar bo’yicha da’vogarning javobgarga nisbatan bildirgan moddiy-huquqiy talabi prosessual qonunchilikda belgilab qo’yilgan tartibda sudga taqdim etilgan da’vo arizasida o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Shuning uchun da’vo - bu da’vogarning talabi, da’vo arizasi esa da’vogar talabini o’zida ifoda etuvchi va uni amalga oshirishning prosessual vositasidir.

Da’voni shaxslarning buzilgan subyektiv huquqlarini sudda himoya qilishning vositasi yoki subyektiv huquqni himoya qilish uchun sudga murojaat qilish deb qarash birmuncha to’g’ri bo’lsa ham, da’voni bunday ma’noda tushunishlik uchun yetarli emas.

Da’voni keng ma’noda tushunish kerak. U buzilgan subyektiv huquqni himoya qilish vositasi emas, garchand huquqi buzilgan shaxs uni himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi bo’yicha murojaat qilsa ham. Da’vo, bu - nizoli huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi taraflar o’rtasida huquq to’g’risidagi nizoni prosessual tartibda ko’rib, hal qilib berish to’g’risidagi da’vogarning sudga qilgan talabidir. Nizo predmetini da’vogarning javobgarga nisbatan bildirgan moddiy-huquqiy talablari tashkil qiladi. Agar bunday talab bo’lmasa, sudda sud ishlarini yuritish predmetsiz bo’lib qoladi. Ya’ni, sud orqali hal qilinadigan narsa bo’lmaydi.12

Da’voli ishlar bo’yicha sudda ish qo’zg’atish asoslaridan biri bo’lgan da’vogarning da’vo arizasi bir vaqtning o’zida shaxslarning buzilgan subyektiv moddiy-huquqiy va qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishning birdan-bir prosessual vositasi bo’lib hisoblana­di.

Fuqarolik da’vo ishi nizoli ish bo’lib ko’riladi. Bunday ish­larda albatta nizolashuvchi taraflar: da’vogar va javobgar qatnasha­di hamda ular o’rtasida nizoli huquqiy talab bo’ladi. Bunday nizoli huquqiy talab bo’lmasa-da’vo ham, nizoli sud ishi ham bo’lmaydi.

Da’vo, ya’ni nizoli moddiy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan va muayyan prosessual tartibda ko’rish va hal qilishi uchun sud yoki boshqa vakolatli organda qo’zgatilgan talab tushunchasi bilan da’voga bo’lgan huquq tushunchasi chambarchas bog’liqdir13.

Da’voga bo’lgan huquq deganimizda, yoinki nizoli fuqarolik huquqining, oila, mehnat, uy-joy va hokazo masalalarga oid huquq­ning, fuqarolik prosessi tartibida sud himoyasini olishga bo’lgan huquqning, shuningdek sud tomonidan qonuniy va asosli deb topilgan da’vo talabining qanoatlantirilishiga bo’lgan huquqni tushunamiz.

Da’voli ishlar bo’yicha huquq himoyasining prosessual vositasi sifatida tan olinadigan da’vo huquqiy tabiati jihatdan bir qator elementlardan tarkib topgan. Da’voning elementlaridan biri uning predmetidir.



Da’voning predmeti. Da’voli ishlar bo’yicha da’vogarning sudga yoki javobgarga nisbatan bildirgan talabi da’voning predmetini tashkid etadi (yuqorida qayd etib o’tilgan olimlar bu borada hamfikrdadirlir). G.L.Osokina da’voning predmeti ayni paytda subyektiv huquq yoki qonuniy manfaatlarni qo’riqlash vositasi ekanligini ta’kidlaydi14. M.M.Nenashev yuqorida bildirilgan fikrni to’liq emasligini qayd etgan holda, subyektiv huquqning qo’riqlanish chegarasi da’vo predmetida aniq o’z ifodasini topishi lozimligini bildiradi. Lekin, bu o’rinda M.Nenashevning fikriga qo’shila olmaymiz, chunki da’voning predmeti, shuningdek unda subyektiv huquqni himoya qilish chegarasini ko’rsatilishi yoki ko’rsatilmasligi fakti sudning vakolatlariga ta’sir etmaydi. Agar sud da’vo predmeti doirasida harakat qiladigan bo’lsa, subyektiv huquq va qonuniy manfaatlarni qo’riqlash huquqiy vositalaridan to’liq foydalanish imkoniyati sud tomonidan cheklanib qoladi.

Bunda sud hal qiluv qarorini, da’vogar o’zining talablariga asos qilib ko’rsatmagan, lekin sud majlisida aniqlangan va har tomonlama tekshirilgan faktlar bilan asoslantirishga hakli.15

Da’voning predmeti aniq, tushunarli va ko’rib chiqish uchun sudga taaluqli bo’lgan taqdirdagina sud tomonidan inobatga olinishi mumkin.

Shu bilan birga da’vo predmeti hisoblangan taraf talabining sudda ko’rib chiqilishida talabni bildirilish muddati, shakli, tegishlilik va taalluqlilik masalalari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratish lozim.



Da’voning asosi. Da’voli ishlar bo’yicha da’voning ikkinnchi elementini uning asosi tashkil qiladi. Da’vogarning da’vo talablarini keltirib chiqargan va ularni asoslaydigan holatlar da’vo asosini tashkil etadi. Bu holatlar yuridik fakt xususiyatiga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Da’vogar tomonidan bildirilgan talablarni asoslaydigan holatlar bilan isbotlash vositalariga bir xil huquqiy baho berish noto’g’ri. Chunki, isbotlash vositalari aynan da’vo asosi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashga xizmat qiladi.

Huquqshunos olimlarning mavzuga doir fikrlari markazida da’vogarning sudga yoki javobgarga nisbatan bildirgan talablari asosiy o’rin egallaganligini, javobgar e’tirozi hamda qarshi da’vo taqdim etilgan hollarda javobgar tomonidan bildirilishi mumkin bo’lgan talab va e’tirozlar masalasi xususida atroflicha to’xtalib o’tilmaganligining guvohi bo’lish mumkin.

Nizoli ishlarni ko’rish jarayonida sud nafaqat bildirilgan "talab"ni, balki ilgari surilgan "e’tiroz"ni ham aniqlash unga huquqiy baho berishi talab etiladi. Vaholanki, taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to’g’ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo’lgan boshqa faktlarni aniqlash sudning ishni sudda ko’rishga tayyorlash vazifalaridan biri hisoblanadi.

Talab va e’tiroz bildirishi mumkin bo’lgan subyektlar tarkibi murakkablashganligi sababli da’vo elementlari bilan bog’liq yana bir holatga murojaat qilishimiz maqsadga muvofiq. Bugungi kunda, ayrim huquqshunos olimlar tomonidan da’voning yana bir elementi, ya’ni da’voning subyekti xususida fikrlar ilgari surilmoqda16. Shuningdek, bu fikrlar biz yuqorida e’tirof etgan uchinchi guruh olimlarning (da’vo bu - sudga va javobgarga nisbatan bildirilgan talabdir) ishlanmalarida ko’proq o’zining ifodasini topib, boshqa guruh olimlari bu to’g’rida umuman to’xtalmaganlar yoki bu bo’linishni tanqid ostiga olishgan.17

Qarshi da’vo dastlabki da’voning bir ko’rinishi ekanligini e’tirof etgan holda A.A.Dobrovolskiy qarshi da’vo o’zida javobgarning da’vogarga nisbatan qarshi talabini aks ettirib, birinchidan, dastlabki da’voga qarshi himoya vositasi sifatida, ikkinchidan, javobgarning mustaqil talablarini qanoatlantirish borasida huquqiy ahamiyatga ega ekanligiga urg’u beradi.18

Shu o’rinda N.I.Maslennikova da’voni da’vogarning sudga bildirgan talabi deb (prosessual-huquqiy tomon) belgilasa, qarshi da’vo sudga dastlabki da’vo bilan birgalikda ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan da’vogarga nisbatan bildirilgan talabidir (moddiy-huquqiy tomon).19 Shunga ko’ra da’vo talabi nafaqat da’vogar tomonidan balki, javobgar tomonidan ham ilgari surilishi mumkin. Talabni taqdim etish jarayonidagi bu murakkablik da’voning yana bir elementi - da’voning subyekti bilan bog’liq fikrlarni yuzaga kelishiga turki bo’lmoqda.

Yana bir e’tiborli holat shuki, da’vogar talabi bilan birga javobgarning qarshi da’vo bo’yicha da’vogarga nisbatan bildirgan talabi ham bir qator umumiyliklarga ega.

Xulosa qilib aytib o’tadigan bo’lsak, birinchidan, da’voning predmeti deganda, da’vogarning (sudga yoki javobgarga) bildirgan talabi emas, balki amaldagi prosessual qonun normalari mazmuniga ko’ra nizoli ishlar bo’yicha taraflar tomonidan bildirilgan talablar tushunilishi kerak. Bunda taraflar da’vogar va javobgardir.

Ikkinchidan, da’voning asosi, bu da’vogarning talabini keltirib chiqargan holatlardir.

Huquqiy nizo da’vogar talab etadigan sud himoyasidan quyidagi xususiyatlariga ko’ra farqlanadi:

a) kimningdir foydasiga hal qilish, ya’ni buzilgan huquqni tiklash to’g’risidagi da’volar yoki ijro etish da’volari;

b) da’vogarning nizoga sabab bo’lgan huquqini e’tirof etish yoki javobgarning huquqi yo’qligini e’tirof etish to’g’risidagi da’volar, ya’ni aniqlovchi da’volar. Odatda, barcha turdagi da’­volar fuqarolik ishlarini sudda yuritishda ko’rib chiqiladi. Ammo, agar da’voning predmeti jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash to’g’risidagi talab hisoblansa, jabrla­nuvchi qonunga ko’ra jinoyat prosessida ham da’vo qo’zg’atishga haqli bo’lib, bu da’vo jinoyat ishi bilan bir vaqtda ko’rilishi va hal qilinishi lozim. Bunday da’vo jinoyat prosessidagi fuqaroviy da’vo deb ataladi.

Jinoyat prosessidagi fuqaroviy da’vokimningdir foydasiga hal qilish to’g’risidagi oddiy da’vodir, chunki uning mazmuni javobgarni muayyan harakatlarni da’vogar foy­dasiga sodir etishga hukm qilish to’g’risidagi, jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash to’g’risidagi talab hisob­lanadi. Ammo bu xususiyatlar uning yuridik tabiatini o’zgar­tirmaydi. Uni kimningdir foydasiga hal qilish to’g’risidagi da’vodan alohida turdagi da’voga aylantirmaydi.

Fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning bunday da’vo­lari aqli noraso shaxsning bevosita jinoyati bilan yoki ijti­moiy xavfli qilmishi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni undi­rish, shuningdek jabrlanuvchini ko’mish yoki stasionar sharoi­tida da’volash xarajatlarini qoplash hamda unga sug’urta tovoni, nafaqa yoki pensiya tarzida to’lanadigan summalar haqidagi da’volar deb qaraladi.

Fuqaroviy da’voning sudga tegishliligi u berilgan jinoyat ishining sudga tegishliligi bilan belgilanadi.

Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo berishning huquqiy asosi JPK ning 276-moddasi hisoblanadi. Unda shunday deyilgan: «Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijti­moiy xavfli qilmishi natijasida o’zini mulkiy ziyon ko’rgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qo’zg’a­tilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy da’vo qo’zg’atishga haqlidir.

Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yo’qolgan yoki shikast­langan, shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxo’rlari jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo qo’zg’atish va uni quvvatlash huquqiga ega bo’ladi».

Agar ziyon bir necha shaxslarning birgalikdagi harakatlari bilan yetkazilgan bo’lsa, jinoyat prosessida da’vo bir necha shaxsga nisbatan qo’zg’atilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jinoyat prosessidagi da’vo bo’yicha birgalikda olib borgan harakatlari bilan ziyon yetkazgan shaxslar, basharti ularning barchasi ish bo’yicha ayblanuvchilar (sudlanuvchilar) hisoblansa, birgalikda javobgarlikka tortilishi mumkin.

Fuqaroviy da’vo ham yozma, ham og’zaki shaklda qo’zg’atilishi mumkin. Og’zaki da’vo arizasi ham dastlabki tergovda, ham sudda bayonnomaga kiritilib qo’yiladi.

Jinoyat prosessida fuqaroviy da’voni qo’zg’atish, ko’rib chiqish va hal qilishdan davlat boji olinmaydi.

Jinoyat prosessida fuqaroviy da’vo qo’zg’atmagan shaxs, shuningdek da’vosi ko’rilmagan shaxs da’voni fuqarolik ishlarini sudda yuritish tartibida berishga haqli.

Sud prosessning faol ishtirokchisi hisoblanadi hamda haqiqiy holatni, amaldagi huquqlarni va manfaatdor taraf­larning o’zaro munosabatlarini, ya’ni xolis haqiqatni aniq­lashi kerak. Shu maqsadda u nafaqat taraflar taqdim etgan materiallarni ko’rib chiqishi va ularning tushuntirishlarini eshitishi, balki huquqlarini bilmaslik yoxud boshqa holatlar ularga nisbatan ziyon maqsadida ishlatilmasligi uchun ular­ning huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishga ko’makla­shishi kerak. Bunda fuqaroviy da’vo jinoyat prosessining barcha prinsiplariga rioya qilgan holda ko’rib chiqiladi (oshkoralik, xolislik, tortishuvlik va hokazo). Ammo amaldagi JPK sudning rolini pasaytirmagan holda e’tiborni fuqaro­viy da’voni berishga, jinoyat prosessining boshlang’ich bosqich­lariga qaratadi. Xususan, JPKning 277-moddasida nazarda tutilganki, fuqaroviy da’vo qo’zg’atilgan taqdirda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblansa, uni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to’g’ri­sida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi da’voni qo’zg’atgan shaxsga yoki uning vakiliga topshiriladi. Bunda fuqaroviy da’vogarga uning huquq va majburiyatlari, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

Ariza beruvchi fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o’ziga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilishi to’g’risidagi masala qo’yilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga ko’ra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to’g’risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga e’lon qilinadi. Ularga tegishincha fuqaroviy javob­gar va vakilning huquq hamda majburiyatlari tushuntiriladi.

Fuqaroviy da’voni hamda jinoiy ayblovni birgalikda ko’rib chiqish jinoyat tufayli jabrlanuvchining buzilgan mulkiy huquqlarini tezroq tiklashni ta’minlaydi, sudlar ishida muqarrar parallelizmni hamda aynan bir ish bo’yicha qarama-qarshi qarorlar chiqarish mumkinligini istisno etadi, dalillarning to’laroq tadqiq etilishini kafolatlaydi va jinoyat prosessual faoliyatning barcha ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratadi.

JPK ning 279-moddasi talab etadiki, prokuror fuqaroviy da’voni qo’zg’atishi yoki qo’zg’atilgan fuqaroviy da’voni quvvat­lashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, da’voga qarshi e’tiroz bildirishi shart. Prokuror fuqaroviy da’vogar sifatida ayblovni quvvatlashda ko’maklashadigan ishonchli ittifoqdoshga, fuqaroviy da’vogar esa – prokuror orqali kuchli tayanchga ega bo’ladi.

Jinoyatdan jabr ko’rgan shaxs muhokama qilishda ikki marta ishtirok etish zaruratidan va shu tarzda sodir etilgan jinoyat hollarini tadqiq etish tufayli ma’lum hayajonlar ostida bo’lishdan, shuningdek odatdagi mashg’ulotlaridan qoldirilish­dan ozod etiladi. Uning o’z talablarini isbot qilish bo’yicha vazifasi jiddiy tarzda yengillashadi, chunki bu talablarning asosi bo’lib xizmat qiladigan jinoyatni sodir etish fakti tergovchi va prokuror tomonidan isbot qilinadi. Bundan tashqari, fuqaroviy da’vogar davlat boji to’lamaydi.

Sudlanuvchi avval jinoyat ishi bo’yicha, so’ng esa javobgar sifatida fuqarolik ishi bo’yicha sudda ikki marta hozir bo’lish majburiyatidan ozod etiladi. Fuqaroviy da’vogarga o’xshab u ham davlat boji to’lashdan ozod etiladi.

Guvohlar, tarjimonlar, ekspertlar va boshqa shaxslar o’zining mashg’ulotlaridan ikkinchi marta qoldirilmaydi.

Shuni nazarda tutish kerakki, qator jinoyat ishlari bo’yicha jinoyatni to’g’ri tasniflash (masalan, o’zga mulkni talon-taroj qilish ishlari bo’yicha), javobgarlikni yengillashtiradigan va og’irlashtiradigan holatlarni baholash uchun hamda jinoyat tarkibining o’zi mavjudligi yoki yo’qligi haqidagi masalani hal qilish uchun yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega. Ayblash va fuqaroviy da’voni birgalikda ko’rib chiqish bunday hollarda ularni to’g’ri hal qilishning qo’shimcha kafolatidir.

Nihoyat, ayni vaqtda jinoiy javobgarlikni hamda fuqaro­viy da’vo bo’yicha moddiy javobgarlikni kompleks ravishda qo’llash jinoyatchining o’ziga ham u takroran sodir etishi mum­kin bo’lgan jinoyatni oldini olish uchun ham (xususiy ogoh­lantirish), boshqa shaxslarga (umumiy ogohlantirish) samarali ta’sir etishga, shuningdek ularni qonunlarga qat’iy rioya etish va hurmat qilish ruhida tarbiyalashga ko’maklashadi.

Agar zarar bir necha shaxsning birgalikdagi harakatlari tufayli yetkazilgan bo’lsa, jinoyat ishidagi da’vo bir necha shaxslarga nisbatan qo’zg’atilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jinoyat prosessida da’vo bo’yicha javobgar sifatida faqat birgalikdagi harakatlar bilan zarar yetkazgan shaxslargina, basharti ular ayblanuvchilar (sudlanuvchilar) bo’lsa, jalb qilinishi mumkin.

Agar moddiy zarar sudlanuvchi tomonidan boshqa, unga nisbatan ishi alohida yuritilishga ajratilgan shaxs bilan birgalikda yetkazilgan bo’lsa, sud ziyonni to’la qoplash bo’yicha majburiyatni sudlanuvchi zimmasiga yuklaydi. Keyinchalik, ishi alohida yuritilishga ajratilgan shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilganda sud uning zimmasiga avval hukm qilingan shaxs bilan solidar tarzda zararni qoplash majburiyatini yuklashga haqli.

Sud amaliyoti izchillik bilan shundan kelib chiqadiki, jinoyat to’g’risida xabar bermaganlik yoki uni yashirganlik uchun hukm qilingan shaxs moddiy javobgar bo’lishi mumkin emas. Bu hollarda da’vo fuqarolik ishlarini sudda yuritish tartibida ko’rib chiqiladi.

Da’vo talablari bu zararni ko’rgan shaxs, uning vakili yoki prokuror tomonidan qo’yilishi mumkin. Agar fuqaroviy da’vo berilmasdan qolgan bo’lsa, sud o’z tashabbusiga ko’ra jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyonni qoplash to’g’risidagi masalani hal qiladi.

Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyonni qoplash to’g’risi­dagi talab fuqarolik ishini sudda yuritish tartibida ish ko’rilgunga qadar hamda u ko’rib bo’linganidan keyin ham qo’yilishi mumkin.

Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaro­viy da’vo bo’yicha ish yuritish JPK da nazarda tutilgan tar­tibda olib boriladi. Fuqaroviy da’vo bo’yicha yuzaga keladigan prosessual munosabatlar JPK tomonidan tartibga solina­digan bo’lsa, unga jinoyat-prosessual prinsiplarga zid bo’lma­gan fuqarolik-prosessual qonun hujjatlarining qoidalari qo’llaniladi.

Fuqaroviy da’vo bo’yicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq belgila­nadi. Boshqa soha qonun hujjatlarida belgilangan da’vo muddati jinoyat prosessidagi fuqaroviy da’voga nisbatan qo’llanilmaydi.

Fuqaroviy da’voni ko’rib chiqishda taraflarning o’zaro kelishuvi bo’lishi mumkin.

Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning da’­voni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy da’vogar, ayblanuv­chi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning o’zaro kelishgan­lik to’g’risidagi arizasi fuqaroviy da’vo bo’yicha ish yuri­tishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy da’voga doir holatni sinchkovlik bilan, to’la, har tomonlama va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy da’voni ko’rish va hal qilish majbu­riyatidan ozod etmaydi.

Da’vodan voz kechishning qabul qilinishi da’vo bo’yicha ish yuritishni tugatishga asos bo’ladi va jinoyat prosessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy da’vogarni o’sha shaxsga xuddi shu asos bilan da’voni qayta qo’zg’atish huquqidan mahrum qiladi.

Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yo’sindagi majburlov chorasini qo’llash yoki sodir etilgan qilmishning xususiyatiga va o’zining ruhiy holatiga ko’ra shaxs ijtimoiy xavfli bo’lmagan hollarda bunday chorani qo’llamaslik haqida ajrim chiqarishda sud isbotlash asoslari va da’vo hajmini e’tiborga olib, uni to’liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi.

Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yo’­sindagi majburlov choralarini qo’llash bo’yicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy da’voni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti:

1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish yuz bermagan bo’lsa;

2) sudlanuvchining yoki tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi­ni qo’llash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yo’qligi aniqlangan bo’lsa;

3) sudlanuvchining yoki tibbiy yo’sindagi majburlov chora­sini qo’llash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan bo’lsa.

Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida ko’rsatilgan asoslardan boshqa asoslarga ko’ra tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’l­lash bo’yicha ish yuritish tugatilganda sud da’voning isbot­lanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to’liq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.

Da’voning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chora­sini tayinlashga ta’sir etmasa, fuqaroviy da’voni qanoatlan­tirishda sud da’vo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir.

Jinoyat prosessida qo’zg’atilgan fuqaroviy da’vo qanoat­lantirilmagan taqdirda da’vogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar bo’yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo’zg’atish huquqidan mahrum bo’ladi.

Jinoyat narsasi bo’lgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim bo’lmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga o’tkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan bo’lsa, sud hukmi bilan jinoyat ishi tugatilgan bo’lsa, sudning fuqaroviy tartibda sudlov ishlarini yuritishda chiqarilgan hal qiluv qaroriga ko’ra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi.

Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yo’l bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetka­zilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qop­lashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga o’tkaziladi.

Jinoyat narsasi bo’lmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishliligiga qarab qaytarilgan bo’lsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yo’li bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga o’tkaziladi. Mol-mulkni halol yo’l bilan topgan puliga sotib olgan shaxsga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy tartibda sudlov ishlarini yuritishda da’vo qo’zg’atish huquqi tushuntiriladi.

Hukmning va tibbiy yo’sindagi majburlov chorasini qo’llash to’g’risidagi ajrimning fuqaroviy da’voni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi fuqaroviy prosessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.



Download 409,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish