Jigar sirrozi



Download 265.6 Kb.
bet8/11
Sana27.09.2021
Hajmi265.6 Kb.
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Portal qon tomiri bosimining ko‘tarilish belgilari: qizilo‘ngach, oshqozon va gemorroidal venalarning kengayishi, kindik atrofidagi venalarning bo‘rtib chiqishi rentgen, gastrofibroskop va rektoro- manoskop yo‘li bilan aniqlanadi.

Radioizotop usuli, laparoskop bilan jigarni punksiya qilib tekshirish ko‘p muhim ma'lumotlar beradi.



Biliar jigar sirrozlari. Biliar sirrozlar jigar sirrozlarining 5— l0% ini tashkil qiladi. Birlamchi (asosiy BBS) va ikkilamchi (IBS) biliar sirrozlar bo‘ladi. Birlamchi biliar sirroz, asosan, ayollarda, ikkilamchi biliar sirroz surunkali xolestatik gepatit (SAG) natijasida kasallikning yakunida rivojlanadi. Kasallikning kelib chiqish sabablari surunkali xolestatik gepatitdagi kab dir.

Birlamchi biliar sirroz (BBS) jigar hujayralarida zardob yig‘ilib qolishi, ikkilamchi biliar sirroz jigardan tashqarida, ba'zan jigarning yirik ichki o‘t yo‘llarida zardob o‘tishining buzilishidan kelib chiqadi. Ko‘pincha birlamchi biliar sirroz o‘t yo‘llarining oddiy siqilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biliar sirroz 3 oydan l/2 yilgacha vaqt davomida rivojlanadi. Biliar jigar sirrozining asosiy belgisi —o‘t yo‘llarida zardob yo‘nalishining susayishidir, so‘nggi alomatlari portal venalardagi qon bosimining biroz ko‘tarilishi va jigar hujayralari faoliyatining pasayi- shi kuzatiladi. Kasallarning dastlabki shikoyatlari jigarda zardob yurishining susayishiga bog‘liq. Badan sarg‘ayadi, teri qichiydi, qon ketishi, suyaklarda og‘riq (ayniqsa, qovurg‘a va orqada), ich ketishi kuzatiladi. Qorin bo‘shlig‘ida suv yig‘ilishi esa kasallikning so‘nggi davrlarida bo‘ladi.

Birlamchi biliar sirroz dastlab xolestatik gepatit bilan og‘rigan kishilarda, ikkilamchisi oldindan o‘t yo‘llarida kasallik bo‘lgan shaxslarda uchraydi. Ikkilamchi turida o‘t yo‘lida og‘riq xuruji va haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi. Bemorlarda zardobning yig‘ilib qolish alomatlari bo‘ladi: badan sarg‘ayadi, teri kuchli darajada pigmentlanadi, teri qalinlashadi, dag‘allashadi, quruqlashadi, terida qichishish belgilari, ko‘z qovoqlarida, oyoqning kaft qismida, dumg‘azada ksantoma, terida qontalashish alomatlari bo‘ladi. Suyaklarni urib ko‘rganda, og‘riq seziladi, barmoqlarning uchi yo‘g‘onlashadi — bu esa surunkali zardob yurishining pasayishiga olib keladi. Suyakda yemirilish suyak- ning ustki qismida shish paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Tomirlarning „yulduzsimon“ ko‘rinishi boshqa sirrozlarga nisbatan kamroq rivojlanadi, juda katta hajmda bo‘ladi, taloq biroz kattalashadi. Kasallikning so‘nggi davrlarida ko‘krak va qorinda, terining ustki qismida qon tomirlarning bir-biriga chambarchas ulanib ketishi hamda qorinda suv yig‘ilishi (portal qon bosimining ko‘tarilish alomatlari) kuzatiladi. Qorinda suv yig‘ilishi jigar sirrozining o‘tkirligiga bog‘liq. O‘tkirlik pasaysa, suv yig‘ilishi kamayadi. Diagnozni aniqlashda quyidagilarga asoslanish lozim.

l. Zardob yurishining pasayishi:



a) amaliy laboratoriya natijalari,

b) birlamchi biliar sirrozda immunologik o‘zgarishlar,

d) portal qon bosimining ko‘tarilishi.

2. Kasallik asoratlari:

a) jigardan tashqari o‘t yo‘llarida o‘tning yig‘ilib qolishi,

b) sirrozning morfologik xususiyatlari — o‘t yig‘ilib qolishining laboratoriya belgilari; bilirubin miqdorining oshishi juda yaqqol ko‘rinadi (342 mk mol/l yoki 20 mg % dan yuqori, bunday hollarda, ayniqsa, bog‘langan bilirubin, umuman, lipidlar, fosfolipidlar va xolesterin miqdori oshadi; triglitseridlar miqdori oshmaydi). —globulin va —lipoproteidlar miqdori oshadi, ba'zi fermentlarning faolligi ko‘tariladi. Birlamchi biliar sirrozda immunologik ko‘rsatkichlar o‘zgaradi: Ig, G va IgM (ko‘proq, IgM) titri oshadi, gemoglobinlar miqdori ko‘tariladi, (ECHT) eritrotsitlarning cho‘kish tezligi oshadi. Ikkilamchi biliar sirrozda ECHT ning oshishi jigardagi yallig‘lanishga bog‘liq. Mitoxondriyalarga qarshi antitanalar yuqori titrda bo‘ladi.

Birlamchi biliar sirrozi tashxisi quyidagilarga asosanadi: jigar bo‘lakchalariaro o‘t yo‘llarining kuchli buzilishi, portal yo‘llarining yarmidan ko‘pida bo‘lakchalararo o‘t yo‘llarining yo‘qligi, jigar bo‘lakchalarining chekka qismida zardobning yig‘ilib qolishi; portal tomirlarning kengayishi, parenximaning infiltratsiyasi va fibrozi. Ikkilamchi biliar sirrozning morfologik alomatlari: jigar ichki yo‘llarining kengayishi, jigar bo‘laklari chekka qismidagi holat natijasida zardob „ko‘llari“ paydo bo‘lishi, jigarning ayrim qismlarida jigar bo‘lakchalarining o‘zgarmay qolishi.

Taqqoslab tashxis qo‘yishda sirroz, jigarning birlamchi o‘sma kasalligi, perikardit, qon kasalliklaridan miyeloleykoz, exinokokkoz, amiloidoz, gemaxromatoz bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Umuman, tashxisni ifodalashda quyidagilarga asoslanish kerak: l) kasallik sabablari; 2) morfologiyasi: kichik tugunchali, katta tugunchali, aralash; 3) morfogenezi bo‘yicha jigar hujayralarining halokatidan so‘ng, portal sirroz, biliar sirroz, aralash; 4) klinik-funksional holati va boshqalar.


Download 265.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat