Jigar sirrozi


Sirrozning kelib chiqish sabablari



Download 265.6 Kb.
bet7/11
Sana27.09.2021
Hajmi265.6 Kb.
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sirrozning kelib chiqish sabablari — ichkilik ichish, o‘tkir virusli gepatit, ovqatda oqsil va vitaminlarning yetishmasligi. Kasallarda jigar sirrozi belgilari sekin-asta rivojlanadi, terida qon tomir „yulduzchalari“ paydo bo‘lishi; ko‘krak bezining kattalashishi, badanda, yuzda tuklarning kamayishi; terining xiralashishi; ko‘z pardasining sarg‘ayishi aniqlanadi. Asosiy bel- gilardan — jigarning biroz kattalashishi, jigarning o‘tkir qirrali, qattiq holatda bo‘lishi, taloqning kattalashishi kasallarning yarmida uchraydi. Kasallik rivojlanishida bemorlarda ozish, ko‘krak va qorinning oldingi qismida vena qon tomirlarining bo‘rtib ko‘rinishi, ba'zan kindikda churra, oyoqda shish paydo bo‘lishi, taloqning kattalashishi, qorinda suv yig‘ilishi kuzatiladi. Shunday qilib, portal gipertoniyaning asosiy belgilari: qizilo‘ngach, gemorroidal, kindik atrofidagi venalarning bo‘rtishi (caput medusae), assit, splenomegaliya bo‘ladi.

Kasallarda kamqonlik, oq qon tanachalari, trombotsitlarning kamayishi kuzatiladi; bilirubinning oshishi, oqsil modda almashinuvida albuminlarning kamayishi, globulin va fibrinogenlarning oshishi, xolesterin va protrombinning kamayishi kuzatiladi. Oshqozon va yo‘g‘on ichak tomirlarining kengayganligi rentgen, gastrofibroskopiya va rektoromanoskopiya yo‘li bilan tekshiriladi.

Jigar to‘qimalarining halokatini aniqlashda radionuklid usuli qo‘llaniladi.

Portal jigar sirrozida radioaktiv modda tekis tarqalmaydi; jigarning tashqi qirralarida kam, taloqda ko‘p tarqaladi. Laparoskopik va jigarni punksiya qilib tekshirilganda, jigar hujayralarining o‘zgarishi va nekrozi aniqlanadi. Kasallikning boshlanishida laporoskop bilan jigar kattalashganligi va unda kichik tugunchali sirroz holati, portal qon bosimining ko‘tarilishi, so‘nggi davrda esa kichik va katta tugunchali sirroz holati ko‘riladi.

Alkogolli portal sirrozda punksiya qilib tekshirilganda, jigar holatining quyidagi o‘zgarishi aniqlanadi: a) gepatotsitlarni yog‘ qoplashi; b) kichik tugunchali o‘zgarish; d) jigar to‘qimalarining fibrozi.

Ayniqsa, jigarning alkogoldan zaharlanishining asosiy belgisi jigarda Mallori gialin tanachalarining borligidir. Ular hujayra yadrosi oldida joylashgan fibrinli tolalar kabi ko‘rinadigan oqsildir. Bular hujayraning nekroziga olib keladi.

Katta tugunchali jigar sirrozi. Jigar halokatidan so‘nggi sirroz hamma sirrozlarning ko‘p qismini tashkil qiladi, bunga, asosan, virus sabab bo‘ladi. Ko‘pincha yoshlar, o‘rta yoshdagi odamlarda uchraydi. Sirrozning bu turi tez rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik avval jigar hujayralarining yetishmovchiligi bilan boshlanib, keyin portal vena qon tomiri bosimining ko‘tarilishiga olib keladi.

Kasallik qaytalanganda alomatlari o‘tkir virusli gepatit yoki surunkali gepatit (SG) belgilarining qaytalanganiga o‘xshaydi. Badan sarg‘ayadi, isitma ko‘tariladi, asab buziladi, dispeptik va sitologik belgilar rivojlanadi. Kasallik boshlanishida badan sarg‘ayadi, qorinning yuqori qismida og‘riq paydo bo‘ladi, isitma ko‘tariladi. Dispeptik belgilar rivojlanadi, kamquvvatlik paydo bo‘ladi. Bu belgilar kasallik qaytalanganda ko‘payadi, qaytalanmaganda pasayadi.

Surunkali aktiv gepatitdan (SAG) keyin rivojlangan, jigar halokatidan so‘nggi sirrozda bo‘g‘imlarda og‘riq, badanda ko‘kimtir toshmachalar aniqlanadi. Kasallik sabablari kasallar- ning shikoyatidan aniqlanadi. Ko‘pchilikda ilgari o‘tkazilgan infeksiyali gepatit kasalligi, ba'zilarida har xil zaharli moddalar ta'siri, dorilarni ko‘tara olmaslik alomatlari bo‘ladi.

Sirroz belgilari: kasallikning tez rivojlanishi; jigar holatining yetishmovchiligi. Badan terisi asta-sekin sarg‘ayadi, ba- danda ko‘kimtir toshmachalar ko‘payadi. Kasallik qaytalanganda har bir a'zoda suyuqlik yig‘iladi, qorinda suv yig‘iladi. Jigar va taloq kattalashadi. Jigarning qirrasi o‘tkir bo‘lib, og‘riydi. Jigar faoliyati pasayadi, vena tomiri bosimining oshish alomatlari kuchayadi. Laboratoriya yo‘li bilan tekshirilganda gepatotsitlar faoliyatining pasayish belgilari: qonda bilirubinning oshishi, xolesterin, protombinning kamayishi, oqsil almashi- nuvining o‘zgarishi, globulinlar miqdorining oshishi, albuminning kamayishi, fermentlar miqdorining oshishi, LDG4—5 fraksiyasi aniqlanadi (4-rasm).

Taloq faoliyatining oshishida kamqonlik, trombotsitlarning kamayishi kuzatiladi. Immunofluoressent va radioimmun usuli bilan gepatit B ning antigenini yoki jigar sirrozini aniqlash mumkin. Ayniqsa bu sariqlik alomati bo‘lmagan gepatitlarni aniqlashda alohida ahamiyatga ega. Bunday hollarda sirroz og‘ir kechadi, ko‘p a'zolar zararlanadi.




Download 265.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat