Javoblar: Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy konseptual asosi ekanligini isbotlab bering


     O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarlarida mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo’li qanday bosqichlar asosida tushunturiladi ?



Download 32.5 Kb.
bet7/9
Sana04.10.2020
Hajmi32.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7.     O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarlarida mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo’li qanday bosqichlar asosida tushunturiladi ?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida jamiyat rivojlanishi  qonuniyatlari, shart-sharoitlari va omillariga amal qilib kelingan turli xil qarash va yondoshuvlarga nisbatan yangicha konseptual g‘oyalar asoslab berildi va  ishlab chiqilganligini quyidagi g‘oyalar orqali ko‘rish mumkin:

“Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”4 – deb ta'kidlaydi Birinchi Prezident I.Karimov. Demak jamiyat rivojlanishi to‘g'risidagi qarashlarni o‘zgartirish jamiyat rivojlanishi bilan bog'liq kommunistik g‘oya aqidalardan voz kechish zamon o‘zgarishlarini hisobga olishga alohida e'tibor qaratiladi. Va mavjud      an'anaviy        qarashlarni      o‘zgaritirish  bilan bog'liq g‘oyalar va qarashlar o‘rtaga tashlanadi.

Natijada jamiyat rivojlanishi to‘g'risida mavjud bo‘lgan an'anaviy qarash  o‘zgardi. Uni quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin:

•           jamiyat, jamiyat rivojlanishi tushunchalariga yangicha qarash amalga oshirila boshlandi. U materialistik dialektika qolipidan, prinsiplaridan xalos etildi;

•           jamiyat taraqqiyoti faqat moddiy ishlab chiqarishga bog'liq degan g‘oyaga yangicha qarashga asoslanildi. Formatsion qarashdan voz kechildi. Jamiyat taraqqiyotiga sivilizasion yondoshuv amal qila boshladi;

•           jamiyat taraqqiyotiga sinfiy qarashdan voz kechildi. Jamiyat rivojlanishida inson omiliga – oliy qadriyat sifatida qarala boshlandi;

•           jamiyat rivojlanishini inson va ongi tafakkuriga bog'liq ekanligiga alohida e'tibor berila boshlandi. “Ong va tafakkur o‘zgarmasa ijtimoiy hayot o‘zgarmaydi” (I.Karimov) degan g‘oya ilgari surildi va ilmiy asoslab berildi;

•           jamiyat iqtisodiy negizi o‘zgartirildi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilmaxilligiga o‘tildi.

•           Jamiyat rivojlanishi “ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi”1 bilan bog'liq qonuniyatga amal qila boshladi.

Jamiyat rivojlanishi to‘g'risidagi yangicha ilmiy-nazariy g‘oyalarning  o‘zgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan o‘zgartirish bilan bog'liq. Bu  buyuk siyosat va davlat arbobi I.Karimov asarlarida “O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishi” hamda “o‘zimizga xos va mos taraqqiyot yo‘lidan boramiz” va “o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz” g‘oya va maqsadlarida orqali aniq ifodasini topadi. Va jamiyat rivojlanishi buning uchun muayyan o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi.

Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o‘zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy g‘oyaviy asoslarini tubdan o‘zgartirish va yangicha asosga (negizga) o‘tkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan o‘zgardi. Uning huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida ko‘ramiz. Unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas” .

Shuni ta'kidlash kerakki, Islom Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishi bosqichlari quyidagicha asoslab berilgan. 

1.     1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi 

2.     1991-2000 yillar - O‘tish davri bosqichi

3.     2000-2007 yillar - Mamlakatni modernizasiyalash

4.        2007 yildan 2016 yil sentabrgacha - Mamlakatda demokrataik islohotlarni  chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi.

Mazkur jamiyat rivoji bosqichlarida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada quyidagi tub o‘zgarishlar amalga oshirildi:

-       Kommunistik g‘oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g‘oya: asosiy tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi;

-       Milliy g‘oya negizlariga tayangan holda O‘zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berildi;

-       Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi.

         Xullas, Islom Abduganiyevich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning xassos yetakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir. Shu sababli Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: “Haqiqatdan ham, Birinchi Prezidentimiz biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil O‘zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo‘lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi”.



8.     O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilganligi to‘g'risidagi fikrlarini aniqlang.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish, ijtimoiy birdamlik,  xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun juda ko‘plab normativ-me’yoriy hujjarlar qabul qilmoqda va amaliy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Prezident tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o‘z vaqtida ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi va shunchalik darajada strategik jihatdan o‘zining jahon hamjamiyati oldida g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir”.  

           Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehroqibat muhitini ko‘z qorachig'idek saqlash hamda mustahkamlashni Yurtboshimiz ustuvor vazifasi deb e’lon qildi.

          Ma'lumki, yurtimizda vijdon va e'tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag'rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta'minlash davlatimiz e'tibori markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda.

          Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha mamlakatimiz diqqati markazida bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekiston va uning bag'rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozisiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteta va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham etarli”.


Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik