Javoblar: "Globallashuv"



Download 25,37 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2020
Hajmi25,37 Kb.
#52283
  1   2   3   4
Bog'liq
Milliy goya


Javoblar:

1."Globallashuv" tushunchasi fransuzcha global - umumiy va
lotincha globus - shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun Yer sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. «Globallashuv» atamasi 1981-1983 yillarda amerikalik sotsiolog Dj.Maklin, amerikalik tadqiqotchi T.Levitt, angliyalik olim R.Robertsonlar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda ishlatilgan38. Bugungi kunda globallashuvni obyektiv jarayon sifatida olimlar turlicha ta’riflaydilar. Masalan, Q.Nazarov tomonidan yozilgan "Falsafa asoslari" nomli kitobida globallashuv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan: "globallashuv: - insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishi; - jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotli oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi; - tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi; - tovarlar, xizmatlar, mehnat, texnologiya va kapitalning xalqaro maydonda harakatlanishi; - savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi; - inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi; - iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi omili ahamiyatining o‘zgarib borish jarayoni"39, - degan ta’riflar keltirilgan. Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, globallashuv falsafiy ma’noda - bu
jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huqukiy, ma’naviy-madaniy sohada o‘zaro yakinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi natijasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning tez sur’atlar bilan bir mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo‘lishidir.

O‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat"40, "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish,


dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat -ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir" - degan ta’rif-lar berilgan.

«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi.



2. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar".

3. Tahdid" arabcha "do‘q qilish, qo‘rqitish", degan so‘zdan olingan bo‘lib, kundalik hayotda "birovni qo‘rqitish, unga do‘q, po‘pisa qilish hamda biror falokatning, qo‘rqinchli voqeaning sodir bo‘lish xavfi"51, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda "Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida
aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan havf-xatar shakli,muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha",bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb, makon va zamonda mavjud bo‘lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, yemirishga qaratilgan shaxsiy, mahalliy, xududiy, mintaqaviy omillarning qo‘rkitish, do‘q, po‘pisa qilishdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi.

Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo‘nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.



Ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.


Download 25,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish