Jannat onalar oyog’I ostida



Download 52,27 Kb.
Sana10.06.2017
Hajmi52,27 Kb.
#10811
Jannat onalar oyog’I ostida” mavzusida tadbir ishlanmasi.

Sahna bayramona tarzda bezatilgan, bayramga oid devoriy gazetalar, sharlar , gullar bilan bezatilgan. Yoqimli kuy ostida boshlovchilar sahnaga chiqadilar.

1-boshl: Kulib issiq yuzimiz porlab turar ko’zimiz.

Assallomu alaykum eng birinchi so’zimiz.

Mehribon onalarga jonkuyar opalarga

Qadrdon ustozlarga assalomu alaykum.

2-boshl: Ayamagan vaqtini bizga bergan pandini

Ham asal ham qandini otajonlar assalom.

Assalomu alaykum bayramimizning aziz mehmonlari! Bugungi bizning “Ona mehr bulog’i” deb nomlangan bayramimizga hush kelibsiz.

1-boshl: Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart –Onajonlar bayrami bilan chin yurakdan

BIRGALIKDA: -MUBORAKBOD ETAMIZ.

(Sho’x kuy yoki raqs ijro etiladi.)

1-o’quvchi: Bugun bahor nafasi chor atrofni kezadi

Bolajonlar bog’lardan boychechaklar uzadi.

Ilk bahorning quyoshi sizlargadir onajon,

Onalarga muhabbat dilimizda bir jahon.
2-o’quvchi: Bu jahonni qo’lida ushlab turar onalar

Xursand qilsak biz bilan birga kular onalar.

Onajonlar yuzingiz tabassumdan porlasin

Baxtimizga onalar hech hastalik ko’rmasin.

3-o’quvchi: She’r: “Onajon”

(Onalar haqida qo’shiq ijro etiladi.)

Meni yorug’ dunyoga keltirgansiz onajon

Betob bo’lsam boshimda o’ltirgansiz onajon.

Jajjigina jismimga mehr bergan o’zingiz

Buncha shirin muloyim aytgan har bir so’zingiz.
4-o’quvchi:

Ilk makonim beshikda allangizni tingladim,

Murg’akkina bo’lsam ham so’zlaringiz angladim.

Keling o’sha allani eshitaylik onajon

Onalarning mehridan ulg’ayadi bolajon.
Sahna:

Ko’rpacha solinib beshik qo’yiladi. 5-6 o’quvchi beshikka solish marosimini ko’rsatib beradilar.

Kampir:-bugun chaqalog’imiz Umidjon besh kunlik bo’ldilar. Yaxshi niyatlar bilan katta yigit bo’lsin, kamolga yetsin, aqlli, xushli, odobli axloqli bo’lsin deb Umid ismini berdik. Ota-onasining orzu-umidlarini ro’yobga chiqarsin. Umidjonni cho’miltirib, buvijonisi olib kelgan mana bu beshikka belasak, nima deysizlar egachilar?

Ayollar:-yaxshi bo’lardi, “Beshikli bola boy bola, gijinglagan toy bola”-degn gap bor. Beshigida miriqib dam oladi. Tez ulg’ayib katta bo’ladi.

(Beshikni ochib alas-alas qilinadi).

Kampir:-Umidjonning yostig’ining tagiga qayroq tosh qo’yamiz- boshi toshday qattiq bo’lsin, pakki pichoq qo’yamiz-er yigit bo’lsin, yarog’ ishlatishni bilsin, oyna qo’yamiz-yuzlari oynaday tiniq, chiroyli bo’lsin, kulcha non qo’yamiz-nonday aziz bo’lsin, ulg’aygach nonni aziz qilsin, rizqi mo’l bo’lsin.

Keeling, Umidjon bismillohu rahmonu rahiym, beshigingizga yoting.

(Kampir chaqaloqni ushlab bunaqami, bunaqаmi deb so’raydi.)

Ayollar:-ha,ha shunaqa deb tasdiqlahsadi.

Kampir bolani beshikka belaydi, onasi beshik yoniga o’tiradi. Beshik bilan onaning ustiga dasturxon yopiladi, sochqi sochiladi. Bolalar sochqini terib oladilar. Onaga non tishlatib bolalarga beriladi. Bolalardan bir chaqoni nonni obqochib ketadi. Chaqaloqning onasi beshik yoniga o’tirib “Alla” aytadi.

Alla bolam alla jonim bolam alla,

Beshigingda orom olgin ko’zingni yum alla.

Ona yurting seni jondan yaxshi ko’rar alla,

Marhamatli ham mashhuri jahon bo’lgin alla.

Alla bolam alla, jonim bolam alla.

(Sahna ishtirokchilari asta sekin chiqib ketishadi.)

5-o’quvchi: Onajonim ba’zan meni yosh bu deb xech o’ylamang

O’yinqaroq bebosh mehri tosh bu deb hech o’ylamang.

Darhaqiqat hali yoshman murg’akkina bolaman

Katta bo’lsam yordamchiyu ham mehribon bo’laman.

Ortingizdan taqlid qilib qo’g’irchog’im boqaman

Uy joylarni yig’ishtirib sizga chandon yoqaman.

6-o’quvchi: Xolakasi o’ynaganda oyisi men bo’laman

Hamma ishda oyijonim sizga taqlid qilaman.

Onajonim katta bo’lsam ishingizni olaman

Dam oling deb tagingizga ko’rpachalar solaman.

Shu sababli onajonim bo’ling sog’u salomat.

Onalar bor bolalar sog’ shudir baxtu saodat.

2-boshl: -Darhaqiqat siz aziz onajonlar biz farzandlar uchun sira tinim bilmaysiz. Kechani kecha kunduzni kunduz demayboshimizda parvonasiz. O’zingiz yemay bizga yedirib, eng chiroyli kiyimlarni kiydirib zavq olasiz.

1-boshl: -Gohida horib charchab kelsangizda biz farzandlar uchun kuch-g’ayrat, vaqt sarflashdan erinmaysiz. Bugungi barcha shirin so’zlarimiz, yod olgan she’ru, ijro etgan qo’shiq va raqslarimiz sizga atalgan, aziz v mehribon onajonlar!

(Qo’shiq yoki raqs ijro etiladi.)

7-o’quvchi: Ilk davrimda onajonim men ko’chaga chopardim

Bir zumdayu o’yinchog’u ham o’rtoqlar topardim.

Qo’llarimdan ushlab doim kuzatsangiz bog’chaga

Hech ajralgim kelmay doim qilar edim xarxasha.

Kechalari boshim uzra ertag aytib berdingiz

Hafa bo’lsam yig’ladingiz men kulganda kuldingiz.
8-o’quvchi:Qolingizga kitob olib qiziqtirib kitobga

Chehrangizdan nur yog’ilar tenglagayman oftobga

Endi bazan ukalarim qilganida injiqlik

Unday qilma bo’lgin deyman ukajonim sen eslik

Onajonlar bizga bergan mehri uchun bir umr

Boshimizni egib deymiz onajonlar tashakkur
9-o’quvchi:Ertaklari juda qiziq qiqir-qiqir kulamiz

Bazan esa yonlarida mudrab uxlab qolamiz.

Onamizdek mehribonlar doim duo qilarlar

Odob axloq berib bizga pand nasixat qilarlar.

1-boshl: -yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami nafaqat onajonlarimiz, balki mehribon buvijonlarimizning ham bayramlari ekanligini yodimizdan chiqarmaylik. Bugun ularni ham bayram bilan muborakbod etamiz.

2-boshl:-albatta, men uyimizni oilamizni nafaqat oyijonimsiz balki buvilarimsiz ham tasavvur eta olmayman. Chunki buvijonimiz bizga juda mehribonlar. Onam ishga ketsalar bizga shirin-shirin taomlar berib, qiziq-qiziq ertaklar aytib zeriktirmay o’tiradilar. Buvijonlar bu tabrigimiz sizlarga atalgan.

(“Buvijonim kelyapti” qo’shig’I beriladi.)

Buvijonim borlar mening hammadan ham mehribon

Boshimizda parvonalar kasal bo’lsak nogahon.

Tikish-chatish ishlariga mirishkorlar juda ham

Ninaga ip taqib ba’zan yordamlashaman men ham.

Yuzingizga ajin bo’lsa oq tolalar bo’lsa ham

Mening uchun chiroylisiz buvijonim juda ham.

Dadam oyim men ukam sizni yaxshi ko’ramiz

Mehmonlarga ketsangiz gar biz sog’inib qolamiz.

Orqangizdan yursak hamki orqamda qol degaysiz

Mehr bilan boqib doim bosh ko’zimni silaysiz.

Onam derlar buvimiz bor-uyimizda davlat bor

Qut Baraka, qoibat-u mehr hamda savlat bor.

Uzoq yashang buvijonim bo’lib sog’u salomat

Ko’rganingiz to’ylar bo’lsin bo’lsin shodlik ham rohat.
(Sho’x raqs ijro etiladi.)

1-boshl:-Baxtimizga sog’-omon bardam bo’ling onalar

Xursand bo’ling shod bo’ling shod bo’ling rohat ko’ring onalar.
2-boshl:-Onalarni ulug’lash elimizga odatdir

Onalarning duosi bizga baxt saodatdir.
1-boshl:-Aziz mehmonlar! Shu bilan bugungi “Ona mehr bulog’i” deb nomlangan bayramimiz o’z yakuniga yetdi. Lekin bayram har bir xonadonda, har bir go’shada davom etadi.
2-boshl:-shunday mo’tabar kunda yana bir bora aziz va mehribon onajonlarimiz, opa-singillarimiz va buvijonlarimizni bayram bilan qutlab bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Hayr sog’ va omon bo’linglar.

Tasdiqlayman”



Maktab direktori

___D.N.Abdullayeva

Yunusobod tumani

327-maktabda

8-mart-Xotin-qizlar

bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan

Jannat onalar oyog’i ostida” nomli tadbir



ishlanmasi

2014 yil

tadbiri senariysi.

Qizlar davrasi ”bellashuviga bagishlangan tadbir senariysi.



Boshlovchi:-Bugun o’zgachadir jilvai olam

Bugun o’zgachadir borliqda handa

Bugun ko’zlaringa go’yo quyosh ham

Shafaq gulshanida tarang chirmnda

Bu kun tong egnida atlasdan ko’ylak.

Shafaqqa o’ralgan qizlarday gul-gun

Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak

Sanamlar qo’lida intizor bu kun.

-Assalomu aleykum aziz mehmonlar, mehribon ustozlar, qalbi pok , mehri daryo onajonlar vaopa-singillar. Mana orziqib kutgan go’zal bahor ham yurtimizga o’z serjilva ko’klami bilan tashrif buyurdi. Barchangizni fasllar kelinchagi bahor kelgani bilan, shu bilan birga bahorning go’zal ilk bayramlaridan biri bo’lmish munis ayollar bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

-Bugun ushbu davraga yig’ilishimizdan maqsad bayram munosabati bilan balki qizlar bellashuvini siz azizlarga namoyish etishdir. Bellashuvda 9-“A”, 9-“B”, 9-“V”, 9-“G” sinf qizlaridan tashkil topgan guruhlar ishtirok etadilar. Hozir davraga 1-shart bo’yicha 9-“A” sinf qizlarini taklif etamiz.

I-shartimiz TANISHTIRUV sharti. (5 daqiqa)

Musiqiy tanaffus____9-“A”

II-shart. Hozirgi shartimizda qizlarning qanchalik qo’li gulligini, estetik didlarini va pazandaliklarini sinab ko’ramiz.

(5-min. salat 5-min. stol bezatish.)

Musiqiy tanaffus______9-“B”

III-shartimiz BAXRU-BAYT deb nomlanib unda qizlarning qanchalik she’riyatga qiziqishlarini bilib olamiz.(oxirgi harfiga qarab)

IV-shart. Ushbu shartimizda qizlarimiz uy yumishlarida, ya’ni oshxona ishlarida qanchalik chaqqon va pazandaliklarini sinab ko’ramiz. (5-min)

Musiqiy tanaffus_____9-“V”

V-shart. Endi barcha guruhlarimizni davraga taklif etamiz. Mushohadali savol – 2 tadan guruh sardorlariga (1-min.)

VI-shart. Bu shartimizda ishtirokchilarimiz erkin mavzuda sahna ko’rinishi namyish etib beradilar. Marhamat davraga……(5 daqiqa)

VII-shart. Barcha bayram tug’ilgan kun to’yu-tantanalarimizni go’zal va beqiyos gullarsiz tasavvur etish qiyin. Chunki, eng chiroyli sovg’a bu gullardir. Hozirgi shartimizda ishtirokchilarimiz bayramona guldastalar tayyorlab shu bilan birga chiroyli dil isxorlarini taqdim etadilar. (3 daqiqa)

Musiqiy tanaffus______9-“G”

Boshlovchi:Kimdir savol berdi aytgil Muhammad

Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga

Kimga ko’p yaxshilik aylay o’zing ayt

Ota-onamgamu yoxud bolamga

Rasul javob qildi tingla birodar

Gapimni uch bora quloqqa ilgil

Imkon topa olsang dunyoda agar

Eng avvalo onanga yaxshilik qilgil

Bu hikmat sharxini o’yladim uzoq

Rostdan ona erur qiblayi olam

Garchi barchamiz padarmiz biroq

Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.

-Mana aziz mehmonlar bugungi qizlar davrasi deb nomlangan bayramona bellashuvimiz o’z nihoyasiga yetdi. So’z navbatini maktabimiz rahbari D.N.Abdullayevaga beramiz.

Assalom, Navro’zi olam”



Zal gullar bilan bezalgan. Devoriy gazetalar , Navro’z haqida shiorlar ilingan.

1-boshl: -Oppoq sochli onajonlar, assalom,

Oftob yuzli opajonlar, assalom

O’t yurakli akajonlar, assalom

Xalqimizning zo’r odati , assalom.

2-boshl:-Assalom ey, sizga aziz mehmonlar,

Assalom ey, dono qizlar o’g’lonlar.

Assalom ey, qalbi toza insonlar

Barchangizga chin yurakdan assalom. 1-bosh:- Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar. Bugun Navro’z bahona yuz ko’rishib turmoqlik bizga nasib bo’lib turibdi. Shu munosabat bilan “Assalom Navro’zi olam” deb atalgan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz. Marhamat bayramimizning aziz mehmoni bo’ling.

7-“A” sinf qizlari “Bahor” raqsi.

2-bosh:-Kechagina qor bor edi olamda

Bugun muzlar ko’z yoshini to’kadi

Qorni haydab sovuq o’lka shimoliga

Yomg’ir bulut choklarin so’kadi.

Salom quyosh deyman tongda qo’l cho’zib

Ona yerga nurlaringni sochaver

Iliq tafting mehring bilan oftobjon

Ona kabi yer yuzini quchaver.

1-bosh:- Kechagina muzga to’lib ariqlar

Shisha misol sharaq-shuruq qiladi

Ayoz bobo sovuq shamol ufurib

Hokim bo’lib yer yuzida yurardi.

-2-

Bugun mana qor tagida maysalar

Bahor bolib ko’zimizni yashnatar

Ko’klam kelib ona yurtimga

Quvonch bilan dilimizni yashnatar.

Bahor haqida she’rlar

5-“A” sinf, 5-“B”sinf o’quvchilari.

Raqs: “Gul” 3-“B” sinf qizlari

Kechagina qish fasli tunlar uzun bo’lardi,

Kunduz esa bir tutam tezda tugab qolardi.

Asta sekin tun zulmat orqasiga chekindi

Kun uzayib yorug’lik yerga ko’proq to’kildi.

Navro’z kuni tunu kun qarang teppa teng bo’lar

Ushbu kunni el-u xalq bayram deb o’ynab kular.

(sho’x kuy qo’shiq beriladi yoki raqs ijro etiladi.)

Davraga Navro’zoy kirib keladi.

Navro’zoy: -Salom ona zaminim assalom o’zbek elim

Gul-chechakdan zavq olib bulbuldek sayrar tilim.

Men o’sha Navro’zoyman yangi kuy yangi oyman

Mehr hamda sahovat yaxshiliklarga boyman.

(sho’x kuy ostida Navro’zoy ashula aytib raqsga tushadi.)

1-Boshlovchi:-Qadimdan Navro’zni Sharq xalqlari yangi yilning boshlanish, yangilanish, do’stlik va ezgulik bayrami sifatida har yili 21-martdan boshlab nishonlagan. Tabiatning go’zalligi ham aynan mart oyidan boshlanishi ham bejiz emas.

2-Boshlovchi: Navro’z bayrami nega aynan 21-mart kuni nishonlanadi? Har yili 21-martda qish fasli tugab, chinakam bahor fasli boshlanar, bahorgi teng kunlik ham shu kunga to’g’ri kelar ekan. Navro’zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan

-3-

bolib, Orta Osiyo Afgoniston va Eron xalqlarining eng ommaviy qutlugayyomi hisoblangan. Navrozning fayzli dasturxonini bugdoy undirilib tayyorlanilgan sumalak, shifobaxsh taom xalim, somsa, kok chuchvara va boshqa turli xil darmondorili kokatlardan tayyorlangan pishiriqlar tashkil etadi.

Raqs: 7-“A” sinf qizlari ijrosida raqs “Doira do’m-do’ma”

9-“B” sinf o’quvchilari chiqishi kliplar to’plami.

7-“B” sinf o’quvchisi Ahmedova munisa ijrosida “Surxoncha” raqs ( Alisher Fayz).

1-Boshlovchi:-Navro’z kuni yoshlar keksalarni, ustozlarini yo’qlaydilar, kasalmand odamlarni holidan xabar oladilar. Buyuk mutaffakir bobomiz Alisher Navoiy Navro’zni xalqimizning eng qutlug’ bayrami sifatida e’zozlagan va quyidagi baytlarni bitgan:

Har tuning qadr o’lubon,



Har kuning bo’lsin Navro’z!”

9-“V” sinf o’quvchilari ijrosida “Oq terakmi, ko’k terak” klipi

Raqs: 7-“A” sinf o’quvchisi Jo’rayeva Maftuna i ijrosida raqs “Lapar”

2-boshlovchi: -Kechagina qor bor edi olamda

Bugun muzlar ko’z yoshini to’kadi

Qorni haydab sovuq o’lka shimoliga

Yomg’ir bulut choklarin so’kadi.

Salom quyosh deyman tongda qo’l cho’zib

Ona yerga nurlaringni sochaver

Iliq tafting mehring bilan oftobjon

Ona kabi yer yuzini quchaver.

2-Boshlovchi:-Aziz ustozlar va mehmonlar, yana bir bor go’zal bahor fasli Navro’zi olam bilan sizlarni qutlab qolamiz. Har doim bahor faslidek ochilib, go’zal bo’lib yurish siz azizlarga nasib etsin deb qolamiz.

Tasdiqlayman”



Maktab direktori

___D.N.Abdullayeva

Yunusobod tumani

327-maktabda o’tkazilgan

Assalom Navro’zi olam” nomli tadbir ishlanmasi



2014 yil

-1-

Yurtimda go’zal bahor” nomli tadbir senariysi.



Musiqa sadolari ostida boshlovchi saxna ortida o’z so’zlarini boshlaydi.

1-Boshlovchi:-Salom Navro’z gul Navro’z

Gulday kulib kel Navro’z

Endi bizning diyorda

Bir umrga qol Navro’z.

Sen kelganda yasharar

Yeru ko’k dala bo’ston

Chaman bilan burkanar

Bo’lar yana guliston.

2-Boshlovchi:- -Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar, opa-singillar va qadrli tengdoshlar. Mana yana oradan vaqt o’tib go’zal va serjilo bahor fasli yurtimizga o’z iliq nafasi bilan kirib keldi. Fasllar kelinchagi bo’lmish bahor yasharish, yashnash fasli bo’lgani uchun tabiat uyg’onishini, insonlar mehnatini yana jonlanishini, jamiki go’zalliklarni kuzatishimiz mumkin. Shu bilan birga barcha joylardagi Navro’z bayramlarini ham ko’rish mumkin. Bugungi tadbirimiz ham Navro’z bayramiga bag’ishlangan. Marhamat tomosha qiling.

7-“A” sinf qizlari “Bahor” raqsi.

She’r: Bahor haqida she’rlar

5-“A” sinf, 5-“B”sinf o’quvchilari.

-2-

Raqs: “Gul” 3-“B” sinf qizlari

1-Boshlovchi:-Qadimdan Navro’zni Sharq xalqlari yangi yilning boshlanish, yangilanish, do’stlik va ezgulik bayrami sifatida har yili 21-martdan boshlab nishonlagan. Tabiatning go’zalligi ham aynan mart oyidan boshlanishi ham bejiz emas.

8-“A” sinf qizlari ijrosida raqa “Tamannozi”

2-Boshlovchi: Navro’z bayrami nega aynan 21-mart kuni nishonlanadi? Har yili 21-martda qish fasli tugab, chinakam bahor fasli boshlanar, bahorgi teng kunlik ham shu kunga to’g’ri kelar ekan. Navro’zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan bo’lib, O’rta Osiyo Afg’oniston va Eron xalqlarining eng ommaviy qutlug’ ayyomi hisoblangan. Navro’zning fayzli dasturxonini bug’doy undirilib tayyorlanilgan sumalak, shifobaxsh taom xalim, somsa, ko’k chuchvara va boshqa turli xil darmondorili ko’katlardan tayyorlangan pishiriqlar tashkil etadi.

Raqs: 7-“A” sinf qizlari ijrosida raqs “Doira do’m-do’ma”

9-“B” sinf o’quvchilari chiqishi kliplar to’plami.

7-“B” sinf o’quvchisi Ahmedova munisa ijrosida “Surxoncha” raqs ( Alisher Fayz).

1-Boshlovchi:-Navro’z kuni yoshlar keksalarni, ustozlarini yo’qlaydilar, kasalmand odamlarni holidan xabar oladilar. Buyuk mutaffakir bobomiz Alisher Navoiy Navro’zni xalqimizning eng qutlug’ bayrami sifatida e’zozlagan va quyidagi baytlarni bitgan:

Har tuning qadr o’lubon,



Har kuning bo’lsin Navro’z!”

-3-

9-“V” sinf o’quvchilari ijrosida “Oq terakmi, ko’k terak” klipi

Raqs: 7-“A” sinf o’quvchisi Jo’rayeva Maftuna i ijrosida raqs “Lapar”

2-boshlovchi: -Kechagina qor bor edi olamda

Bugun muzlar ko’z yoshini to’kadi

Qorni haydab sovuq o’lka shimoliga

Yomg’ir bulut choklarin so’kadi.

Salom quyosh deyman tongda qo’l cho’zib

Ona yerga nurlaringni sochaver

Iliq tafting mehring bilan oftobjon

Ona kabi yer yuzini quchaver.

1-boshlovchi:- Kechagina muzga to’lib ariqlar

Shisha misol sharaq-shuruq qiladi

Ayoz bobo sovuq shamol ufurib

Hokim bo’lib yer yuzida yurardi.

Bugun mana qor tagida maysalar

Bahor bolib ko’zimizni yashnatar

Ko’klam kelib ona yurtimga

Quvonch bilan dilimizni yashnatar.

2-Boshlovchi:-Aziz ustozlar va mehmonlar, yana bir bor go’zal bahor fasli Navro’zi olam bilan sizlarni qutlab qolamiz. Har doim bahor faslidek ochilib, go’zal bo’lib yurish siz azizlarga nasib etsin deb qolamiz.

“Tasdiqlayman”

Maktab direktori

----------D.N.Abdullayeva



Yunusobod tumanidagi 327-maktabning “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi”ga bag’ishlangan “ Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston !” shiori ostida o’tkazilgan bayram tadbiri ishlanmasi.

2013-2014 o’quv yili

-1-

1-boshlovchi:- Assalom ulug’ xalq o’zbegim

Dili pok ,qutlug’ xalq, o’zbegim

Assalom, hur taqdir istiqlol

Iqbolim ,sharafim ,o’zligim.



2-boshlovchi:

Tong bilan yangraydi madhiyam,

Porlaydi yuksakda quyoshim.

Yo’l ko’rkam, el ko’rkam, dil ko’rkam

Boshlaydi oldinga yurtboshim.

1-boshlovchi:-Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli mehmonlar, mehri daryo ustozlar va qadrli o’quvchilar. Barchangizni jonajon O’zbekistonimiz mustaqilligining 22 yilligi bilan chin yurakdan qutlaymiz. Bugungi “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.
2-boshlovchi:- Mustaqil O’zbekiston davlatining paydo bo’lishi xalqimizning tarixiy g’alabasi bo’lib, o’tgan yigirma bir yil mobaynida Prezident I.Karimov rahbarligida mamlakatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida ulkan ishlar amalga oshirildi.
1-boshlovchi:- Ma’lumki, O’zbekiston 1991- yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy buyruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib, “o’zbek modeli” deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.
2-boshlovchi:Mustaqillik, sen durdonamsan,

Uzoq yillar izlab topganim.

Mustaqillik qandu asalim

Zaxmat bilan boling totganim.



-2-
1-boshlovchi: 22 yilki ko’ksimiz baland

Erk quyoshi nurlarin sochar.

22 yilki g’urur ,iftixor,

Millatinga keng yo’llar ochar.



Baravar:

O’g’il- qizing bag’ringda yayrar,

Jamolingga o’qib taxsinlar.

Bugun senga har bitta yurak

Chin dilidan qilar ta’zimlar.
1-boshlovchi:- Hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar, bugungi bayram tadbirimizga bir qancha mehmonlar tashrif buyurganlar. Marhamat ular bilan tanishing:


  1. Tuman xalq ta’limi bo’limi xodimi _______________

  2. “Guliston” mahalla oqsoqoli Nig’monov Xusan aka.

  3. Maktabimizda ko’p yillar davomida mehnat qilib, bolalarga o’z bilimini, mehrini berib kelgan, hozirda esa keksalik gashtini surayotgan mehribon ustozlarimizdan Zaripova Mavjuda opa, Turopov Abduvohid aka, Shorasulova Munira opa va Bozorova Xolida opalar tashrif buyurganlar.


2-boshlovchi:- Endi tabrik uchun so’zni maktabimiz rahbari Abdullayeva Dilnoza Nurilxakovnaga beramiz.

Tabrik so’zlari tinglanadi.


Raqs: “Gullagan Vatan ” 9-“A” sinf qizlari

2-boshlovchi:- O’zbekiston o’z istiqlolining dastlabki kunlaridan “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang.”, “Islohotlar islohot

uchun emas, avvalo inson uchun” degan mashhur prinsipga amal qilgan holda ma’muriy buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor

tizimiga o’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladi.


-3-
2-boshlovchi:-Mustaqillik yurtimizga xalqimizga har birimizga o’zligimizni anglash imkoniyatini, iymon va e’tiqodimizni qaytarib

berdi. Ota-bobolarimizdan qolgan meros va urf odatlarimizni anglashga, ularni g’urur va iftixor ila anglashimizga bilishimizga juda katta yo’l ochib berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu jumladan “Guliston” mahallasida ham mustaqillik yillarida juda ko’plab ezgu ishlar amalga oshirildi. Hozirgi so’z navbatini “Guliston” mahallasi oqsoqoli Nig’monov Husan akaga beramiz.


Guliston” mahallasi oqsoqoli Nig’monov Husan akaga beriladi.
Raqs: “Lazgi” 8-“A”sinf qizlari
1-boshlovchi:- Aziz yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 22 yillik to’yi bilan qutlab, barcha tengdoshlarimizni esa yangi 2013-2014 o’quv yili bilan ham muborakbod etamiz.
2-boshlovchi:- Ushbu yangi o’quv yilida sizlarga ulkan omad, muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
1-boshlovchi:-Prezidentimiz xalqimizning donishmandligiga, irodamizning kuchliligiga ishonadilar. Bu ishonchni oqlashimiz amalda qo’llashimiz o’zimizni ko’rsatishimiz lozim.
2-boshlovchi:-Vatanimizni 22 yillik istiqlol to’yi bilan yana bir bor qutlaymiz. O’quvchialrimizga esa yangi o’quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Raqs: “Barkamol avlod” 5-“A” sinf o’quvchilari
2013-2014 o’quv yilining 1-qo’ng’irog’i yangraydi.
-1-

1-boshlovchi:- Assalom ulug’ xalq o’zbegim

Dili pok ,qutlug’ xalq, o’zbegim

Assalom, hur taqdir istiqlol

Iqbolim ,sharafim ,o’zligim.



2-boshlovchi:

Tong bilan yangraydi madhiyam,

Porlaydi yuksakda quyoshim.

Yo’l ko’rkam, el ko’rkam, dil ko’rkam

Boshlaydi oldinga yurtboshim.

2-boshlovchi:-Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli mehmonlar, mehri daryo ustozlar va qadrli o’quvchilar. Bugungi “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” deb no mlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.
1-boshlovchi: Barchangizni jonajon O’zbekistonimiz mustaqilligining 22 yilligi bilan chin yurakdan qutlaymiz. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish to`g’risidagi” 1875-sonli Qaroriga asosan, chet tillar, xususan, ingliz tilini o`rganishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Good morning ladys and jantelmans,teachers and students in school.Today is the 2-september the Monday.1-september independence day Uzbekistan.Uzbekistan celebrate indenpendance day.The proclation of indenpendance of Republic of Uzbekista on September-1,1991 is landmark in the history of the republic.Uzbekistan very beotiful and modern city on the world.Children are the future of every country.What is good for the youth,is good for the future of that country.

Raqs: “-------------------------- ” Boshlang’ich sinf qizlari
1-boshlovchi:- Hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar, bugungi bayram tadbirimizga bir qancha mehmonlar tashrif buyurganlar. Marhamat ular bilan tanishing:


  1. Tuman xalq ta’limi bo’limi xodimi _______________

  2. “Guliston” mahalla oqsoqoli Nig’monov Xusan aka.

  3. Maktabimizda ko’p yillar davomida mehnat qilib, bolalarga o’z bilimini, mehrini berib kelgan, hozirda esa keksalik gashtini surayotgan mehribon ustozlarimizdan Zaripova Mavjuda opa, Turopov Abduvohid aka, Shorasulova Munira opa va Bozorova Xolida opalar tashrif buyurganlar.


2-boshlovchi:- Endi tabrik uchun so’zni maktabimiz rahbari Abdullayeva Dilnoza Nurilxakovnaga beramiz.

Tabrik so’zlari tinglanadi.


Raqs: “-------------------------- ” 9-“A” sinf qizlari

2-boshlovchi:-Mustaqillik yurtimizga xalqimizga har birimizga o’zligimizni anglash imkoniyatini, iymon va e’tiqodimizni qaytarib

berdi. Ota-bobolarimizdan qolgan meros va urf odatlarimizni anglashga, ularni g’urur va iftixor ila anglashimizga bilishimizga juda katta yo’l ochib berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu jumladan “Guliston” mahallasida ham mustaqillik yillarida juda ko’plab ezgu ishlar amalga oshirildi. Hozirgi so’z navbatini “Guliston” mahallasi oqsoqoli Nig’monov Husan akaga beramiz.

Guliston” mahallasi oqsoqoli Nig’monov Husan akaga beriladi.
Raqs: “----------------------” 8-“A”sinf qizlari


1-boshlovchi:- Aziz yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 22 yillik to’yi bilan qutlab, barcha tengdoshlarimizni esa yangi 2013-2014 o’quv yili bilan ham muborakbod etamiz.
2-boshlovchi:- Ushbu yangi o’quv yilida sizlarga ulkan omad, muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
1-boshlovchi:-Prezidentimiz xalqimizning donishmandligiga, irodamizning kuchliligiga ishonadilar. Bu ishonchni oqlashimiz amalda qo’llashimiz o’zimizni ko’rsatishimiz lozim.
2-boshlovchi:-Vatanimizni 22 yillik istiqlol to’yi bilan yana bir bor qutlaymiz. O’quvchialrimizga esa yangi o’quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
2013-2014 o’quv yilining 1-qo’ng’irog’i yangraydi.

-1-


Boshlovchi:

Aziz ustozlar, o`quvchilar! Bugungi o’tkaziladigan tadbirimiz 21-oktabr Davlat tili o’zbek tili deb e’lon qilingan kunning 24 yillilgiga bag`ishlanadi. Sizlarni bu bayramimiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! “Tilga e’tibor-e’lga e’tibor “ degan naql bor xalqimizda. Bugun ana shu go`zal tilimizning jozibasi va boyligi haqida so`z yuritmoqchimiz.

Ulug’ bobokalonimiz,she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy so’z haqida shunday deganlar:

So’zdurki,nishon berur o’likka jondin.

So’zdurki,xabar berur jonga jonondin.

Inson so’z ayladi judo hayvondin,

Bilkim,guhari sharifroq yo’q ondin.

5-”A” sinf o`quvchilari chiqishi:

She`rlar . Sahna ko`rinishi ( Til haqida)

Aziz o’quvchilar!Tilimizni sevaylik,ardoqlaylik! Ona mehriday aziz tilimiz bilan faxrlanaylik!



Davlat maqomini olibsan tilim,

Kamolot sari yo’l solibsan tilim.

8-”A” sinf qizlari ijrosida raqs.

-2-


Tilimizga davlat tili maqomi berilganiga ham 24 yildan oshdi.Bu davr ichida o’zbek tilimiz boyib, takomillashib bordi.

Onam,onajonim allasi o’zing,

Tilim tilsimiyu,yallasi o’zing.

Ulkan tog’ yoshirgan tillasi o’zing

Mening o’zbek tilim,onajon tilim.

To’lin oy ishvasin tarjimoni sen,

Turkiy degan xalqning toza qoni sen.

Mening o’zbek tilim,onajon tilim.

8-”A” sinf o`quvchilari chiqishi: Sahna ko`rinishi. Boshlovchi:

Shunday voqealarni guvohi bo’lamizki,yoqa ushlaysan kishi.Ayrim qizlar,ayrim o’g’il bolalar transportda, avtobusda bir-birlariga ona tilimizda chiroyli gapirish o’rniga rus tili so’zlarini aralashtirib gapirishadi.Odobsizlik qilishadi, bu albatta yaxshi emas.



Sahna ko`rinisi: 5-“A” sinf o`quvchilari ishtirokida.

Aytadilarki, el bilgan yurt kezadi,dunyo ko’radi. Jahonga, dunyoga chiqqanda ham o’z tilimizni yo’qotmaligimiz kerak,uni ko’z qorachig’imizdek asrab- avaylashimiz shart. Chunki “Til borki, millat yashaydi”



Yunusobod tumanidagi 327-maktabning

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi” berilganligining 24 yilligiga bag’ishlangan bag’ishlangan



Ona tili –millat ruhi !” shiori ostida o’tkazilgan tadbiri

ishlanmasi.
Download 52,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish