Jannat mevasi yoxud hayot daraxti “ Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bor”.



Download 2.75 Mb.
Sana20.07.2021
Hajmi2.75 Mb.

Jannat mevasi yoxud hayot daraxti

Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bor”.



(Ar-Rohman surasi, 68-oyat)

Olamlar robbisi Alloh bu yorug’ dunyoni go’zal, bandalarini esa mehr bilan yaratdi. Shu sababdan tabiatni ham, undagi jamiki ne’matlarni ham inson uchun manfaatli qildi. E’tibor berganmisiz, iste’molga yaroqli har qanday mahsulotda bizning tanamiz, organizmimiz uchun shifo bo’luvchi mikroelementlar mavjud. Shu jumladan, mevalarda ham. Har bir meva o’ziga xos shakl, yoqimli ta’m va foydali xususiyatlarga ega. Bunday mevalar ro’yhatidan nomi Qur’oni Karimda zikr etilgan, Payg’ambarimiz (s.a.v.) tomonidan sevib iste’mol qilingan xurmo ham joy egallaydi.


Qadimdan tanovul qilinuvchi bu meva bugungi kunda ham o’zining xushta’mligi, ozuqaviy xususiyatlari hamda shifobaxsh mikroelementlari bilan hurmatga sazovordir. Xurmoning naqadar ahamiyatga ega ekanligini uning Qur’onning yigirmadan ortiq joyida zikr etilganidan ham ko’rish mumkin. Xurmo barcha mevalar ichida qand miqdorining yuqoriligi bilan e’tirof qilingan. Shu sababdan ham aksariyat hollarda bu meva homilador, endi ko’zi yorigan ayollarga shifokor tomonidan tavsiya etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad zaiflashgan tanaga quvvat berish va chaqaloq uchun sut miqdorini ko’paytirishdir. Xurmoning bu xususiyatlari “Maryam” surasida qayd qilingan va Buyuk Alloh tomonidan Maryamga xurmo mevasi yeyish buyurilgan.
Tadqiqotchilar nazariyasiga ko’ra, inson xurmo va suvdan boshqa hech narsa iste’mol qilmasdan ham uzoq umr ko’rishi mumkin. Bu meva tanaga faol harakat va issiq energiya baxsh etuvchi qandning bir turini ham o’z ichiga oladi. Bu qand turi inson tanasida tez va oson parchalanadi. Xurmo stress va taranglikni kamaytiradi. O’tkazilgan tadqiqotlar xurmoda asabni mustahkamlaydigan B6 vitaminining ko’p miqdorda uchrashi va buyrak uchun muhim magniyning mavjud ekanligini ko’rsatgan. Inson o’z organizmining magniyga bo’lgan talabini kunda 2-3 dona xurmo bilan qondirishi mumkin. Xurmo organizmdagi suv miqdorini nazorat qiladi, temir moddasini oshiradi va tanani suyak zaifligidan asraydi.
Bu mo’jizaviy meva haqida qancha gapirsak, shuncha oz. Sababi xurmo tarkibidan inson tanasining har bir a’zosi uchun foydali jihatini topish mumkin. 1400 yil oldin Qur’oni Karimda zikr etilgan bu mevaning shifobaxsh xususiyatlari, bizga noma’lum sirlari kun sayin zamonaviy ilm-fan olamida ham kashf etilmoqda. Eng muhimi, salomatligimiz uchun iste’molda me’yorni bilsak bas, azizlar!

O’zJOKU 2-bosqich talabasi Ergasheva Diyora










Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat