Jangnoma va qaxramonlik dostonlari



Download 16.61 Kb.
Sana17.05.2020
Hajmi16.61 Kb.

Jangnoma va qaxramonlik dostonlari

Doston  xalq  og‘zaki  ijodi  va  o‘zbek  mumtoz  adabiyotida  


keng  foydalanib  kelinayotgan  epik  shakllardan  biridir.  «Dos- 
ton»  so‘zi  xilma-xil  ma’noni  bildirib  kelgan.  Masalan,  «doston»  
forschada  epik  asar  nomini  anglatadigan  so‘z  bo‘lib,  u  hatto  
qissa,  romandek  katta  nasriy  asarlarga  ham  nisbat  beriladi.  Siz  
bilan  biz  o‘rganayotgan  doston  esa  xalq  og‘zaki  ijodida  yara- 
tilgan  va  yaratilayotgan  muayyan  kompozitsion  yaxlitlikka  ega  
bo‘lgan  xalq  dostonlaridir.  Ular  yozma  adabiyotdagi  «Suhayl  va  
Guldursun»,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»  kabi  dos- 
tonlardan  fantaziya  ko‘lami,  ko‘z  ko‘rib,  quloq  eshitmagan  vo- 
qealar,  aql  bovar  qilmaydigan  qahramonliklar  tasviri  bilan  farq  
qiladi.  To‘g‘ri,  yuqorida  nomlari  tilga  olingan  dostonlarda  ham  
fantastik  unsurlar,  mubolag‘ali  o‘rinlar  mavjud.  Biroq  ularning  
birortasi  sujet  erkinligi,  favqulodda  qiziq  voqealar  borasida  xalq  
dostonlari  bilan  tenglasha  olmaydi. 
Dostonlarimizda  xalqimizning  baxtli  kunlar,  ro‘shnoliklar  ha- 
qidagi  orzu-umidlari,  faqat  yaxshilikka,  yorug‘  kunlarga  erishish  
istagi  yotadi.  E’tibor  bersangiz,  dostonlar  muvaffaqiyatli  yakun  
bilan  tugaydi.  Asar  qahramonlari  juda  katta  fojialarni,  qiyinchi 
liklarni  boshlaridan  kechiradilar,  og‘ir  sinovlarga  bardosh  be- 
radilar,  oxir-oqibat  murod-maqsadlariga  erishadilar. 
Xalq  dostonlarining  ko‘pchiligiga  xos  xususiyat  –  ularda  ishq- 
muhabbat  mavzusining  ustunligidir.  Dostonlardagi  voqealar  qahra- 
monlarning  ishqiy  sarguzashtlari  fonida  kechadi.  Masalan,  dunyoga  
mashhur  «Alpomish»ni  olasizmi,  «Ravshan»  yoki  «Kuntug‘mish»  
dostonlarini  olasizmi  –  bari-barisida  muhabbat  mavzusi  ustuvor- 
lik  qiladi.  Darhaqiqat,  muhabbat  –  muqaddas  tuyg‘u.  Bekorga  
xalqimiz  «Ishqsiz  eshak  –  dardsiz  kesak»,  demaydi.  Sevimli  
shoiramiz  Nodirabegim  ta’biri  bilan  aytganda  esa: 
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur,  
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et». 
Muhabbat  
insonni  
ezgulikka  
yetaklaydi,  
sevgan  
kishi  
har  qanday  qahramonlikka  qodir  hisoblanadi.  Biz  o‘rgangan  
«Kuntug‘mish»  dostoni  sevishganlar  haqida  chiroyli  asar,  uning  
janrini  ishqiy  qahramonlik  dostoni,  deb  belgilash  mumkin. 
Chunki  Kuntug‘mish  dostonda  katta  qahramonliklar  ko‘rsatadi:  
yurtga  qiron  keltirgan  ajdarni  yengadi,  tosh  bostirib  qo‘yilgan  
kigiz  ostidan  chiqib  ketadi.  Bu  qahramonliklar  shunchaki  o‘zini  
ko‘rsatish  emas,  avvalo  xalqni  ajdar  ofatidan  qutqazgan  bo‘lsa,  
sevikli  yori,  bolalarini  deb  g‘oyat  tang  bir  holatda  yovlari  
o‘rab-chirmab,  ustidan  tosh  bostirib  ketgan  kigiz  orasidan  xalos  
bo‘lib  chiqadi. 
Umuman,  Kuntug‘mishning  dostondagi  hayoti  qahramonlik  
bilan  kechadi.  Uning  Xolbeka  visoliga  yetishish  uchun  uzoq  sa- 
farga  otlanishi,  yo‘lidagi  barcha  to‘siq-g‘ovlarni  yengishi  haqi- 
qiy  insoniy  jasorat,   doyilikdir.  Dostondagi  Xolbeka,  Gurkiboy  
va  Mohiboy  harakatlarida  ham  qahramonlik  belgilari  mavjud.  
Axir  Xolbekaning  sevgan  yori,  bolalari  uchun  jonini  berishga  
tayyorligi,  Gurkiboyning  ukasi  uchun  o‘zini   do  qilishga  shay- 
ligi  (uning  dor  ostidagi  so‘zlarini  eslang)  qahramonlik  emasmi?! 
Birgina  
«Kuntug‘mish» dostoni emas,boshqa dostonlarda  ham  asar  personajlari  turli  qahramonlik  namunalarini  
ko‘rsatadilar,  bu  qahramonliklar  odamlarning  og‘irini  yengil  
qiladi,  el-yurtga  ro‘shnolik  keltiradi.  Baxshi  bobolarimiz  sevib   
kuylagan  «Kuntug‘mish»  kabi  ishqiy-qahramonlik  dostonlari  biz- 
ni  muhabbatdek  ezgu  tuyg‘uni  qadrlashga  undaydi,   doyilik,  
qahramonlikka  chorlaydi,  chunki  ishq-muhabbat,  qahramonlik,  
jo‘mardlik  doimo  egizak  tushunchalardir. 

Jangnoma-dostonlar. Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan
yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan
foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol
G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan
shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda
keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning
«SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang»,
«To’maris» kabilarni ko’rsatish mumkin. Jangnoma — epik janr. Bunda tarixiy va afsonaviy janglar, ayrim afsonaviy va tarixiy shaxslar koʻrsatgan mardlik va qahramonliklar mubolagʻali hamda koʻtarinki ruh bilan bayon qilinadi. Mustaqil janr sifatida u qad. qahramonlik dostonlari taʼsirida shakllangan. J.larda qahramonlarning , xususan, bosh qahramonning kuch-qudrati, qurol-yaroqlari, jangi va jasorati gʻoyat boʻrttirib tasvirlanadi. J.lar nasriy hamda sheʼriy shakllarda boʻlishi mumkin. Koʻpgina J.lar nasrda yozilib, baʼzan asar tarkibiga sheʼriy parchalar xam kiritiladi. J.ning qad. koʻrinishlariga qad. mifik qahramonlar haqidagi "Jangnomai Jamshid", "Qahramon Qotil", "Xoʻshang", "Iskandar poshsho" kabi asarlar kiradi.
Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat