Jamiyatdagi inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish



Download 18,49 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi18,49 Kb.
#460588
Bog'liq
18-mavzu


Jamiyatdagi inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish
1. Aholini ijtimoiy himoya qilish keng ma'noda davlat va jamiyat
tomonidan amalga oshiriladigan eng yaxshi hayot darajasini taqdim etish,
ehtiyojlarni qondirish, shaxs va ijtimoiy guruhlarning hayotiy ta'minoti va
mavjudligini saqlab turish, fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlarni
bartaraf qilish, iqtisodiy o‘zgarishlar davrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi
qatlamlarini davlat tomonidan miniman darajada kafolatli ta'minlash bo‘yicha
amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar yig‘indisidir.
Ijtimoiy himoya – insonni hayotiy boyliklar bilan doimiy va maqsadli
ta'minlash bo‘yicha davlat va jamiyatning vazifasi bo‘lib, ijtimoiy huquq- oilaning
sog‘ligi va farovonligini saqlash uchun zarur bo‘lgan hayotiy miqdorda ijtimoiy va
moddiy ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. U ideologiya va davlatning ijtimoiy
siyosati hamda uning amaliy faoliyat sohasi predmeti sifatida belgilanadi.
Har qanday jamiyatning obyektiv xususiyati uning ijtimoiy tengsizligi bo‘lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega boyliklar, masalan pul, hokimiyat, ta'lim, nufuzga
fuqarolarning turlicha imkoniyatlarga egaligidir. Davlat eng yaxshi darajasni
topish, tengsizlikni tartibga solish, ijtimoiy mexanizmlarni ishlab chiqish va
qo‘llashni amalga oshirishi kerak. Ijtimoiy himoya tizimidagi bunday yo‘l
adolatsizlik sifatida baholanadigan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va uning
ta'sirini kamaytirishi mumkin. Mazkur ko‘pgina dastlabki sabablar milliylik, jins,
insonning ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog‘liq va ikkinchisi moddiy ahvol,
individning oilaviy maqomi va boshqalarga bog‘liq. Ammo bunda ijtimoiy
boqimondalikni rivojlantirmaslik muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy himoya mohiyatini tushunishda fuqarolar erkinligi, faolligini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor beriladi. U mehnatga layoqatli aholi
munosabatlarida amalga oshiriladi va davlat shaxsiy mehnat qobiliyati hisobidan
hayot darajasini oshirish uchun insonlarga ijtimoiy kafolatlangan teng sharoitlar
yaratishi kerak. Bir vaqtning o‘zida u ijtimoiy eksklyuziya, begonalashuv xavfi
mavjud ijtimoiy himoya qilinmagan aholi guruhlarini himoya qilish kerak.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib davlat insonning ijtimoiy rivojlanishi
saqlashi, ijtimoiy himoyaga o‘z huquqini amalga oshirish uchun har bir shaxsning
imkoniyatini ta'minlashi, ijtimoiy yordam va ko‘mak taqdim qilib, jamiyat bilan
o‘zaro munosabatlarni me'yorlashtirishi kerak.
2. Ijtimoiy himoyaning universal tamoyillari insonparvarlik va ijtimoiy
adolatlilik, ijtimoiy himoya subyektlari faoliyatida tizimlilik va majmuaviylik,
yordam ko‘rsatishda oldini oluvchanlik, manzillilik, ijtimoiy o‘zgarishlarga
moslashuvchanlik, ko‘p subyektlilik. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi insonning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasini o‘zida aks ettiradi. Unda davlat va jamiyatning o‘zaro bog‘liq qonun ijodkorligi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy faoliyati namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari ijtimoiy himoya ularning faoliyatini ta'minlaydigan ijtimoiy institutlar va huquqiy normalar tizimidir. Davlatdan boshqa ijtimoiy himoya subyektlariga mahalliy boshqaruv
organlari, ish beruvchilar , jamoat birlashmalari, o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga
oshiruvchi va manfaatlarini himoya qiluvchi fuqarolarning o‘zlari kiradilar. O‘z-o‘zidan ijtimoiy himoya tizimiga insonlarning o‘z maqomlari, manfaatlari,
huquqlarini himoya qiluvchi, jamiyatda o‘zlarini namoyon qilishning xususiy
yo‘llarini ishlab chiqish kiradi. Ijtimoiy himoya subyektlarining samarali faoliyati uchun aholining ijtimoiy himoyasini amalga oshirish imkonini beruvchi va shaxsning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni kafolatlovchi me'yoriy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik vositalar bo‘lishi zarur. Davlat ijtimoiy kafolati asosida ijtimoiy adolat tamoyiliga rioya qilish insonning minimal daromad, tibbiy xizmat, ta'lim, iqtisodiy va ma'naviy manfaatlar himoyasini olishini ta'minlashi kerak.
Davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati sifatida aholini
ijtimoiy himoya qilishning asosiy subyekti sanaladi. Mazkur faoliyat sohasidagi
ijro etuvchi organning yagona tizimi ijtimoiy himoya boshqaruv organlarini
xarakterlaydi va idoraviy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, aholini ijtimoiy
himoya qiluvchi mintaqaviy organlardan iborat. Bu tizimni takomillashtirish
sohasidagi muhim vazifa uning ishlashini ta'minlaydigan ijtimoiy infratuzilma
muassasalari va barcha darajalarda barqaror aloqalarni o‘rnatishdir. Aholini
ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish manbalari davlat byudjetdan tashqari
ijtimoiy fondlari sanaladi: Ijtimoiy sug‘urta fondi, Majburiy tibbiy sug‘urtalash
fondi, Pensiya fondi. Yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish moliyalashtirish manbasi sifatida yaratilgan mustaqil davlat muassasalari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlari bo‘ladi: respublika (federal) va mintaqaviy . Ularning mablag‘lari muhtojlarga moddiy yordam, bepul oziq-ovqat berish, ijtimoiy ish ko‘rsatish, shu jumladan uyda, ixtisoslshatirilgan muassasalarda uysizlarni tungi vaqtlarda kelishini ta'mnlash maqsadlarida qo‘shimcha moliyalashtirishga sarflanadi. Jamiyatda ijtimoiy himoya tizimi ishlashini baholashning mezoni insonlar manfaatlari ularning hayot faoliyatining barcha sohalarida real kafolatlarga ega ekanligi va himoyalanganligi bilan bog‘liqdir. Turli mamlakatlardagi ijtimoiy himoyalanganlik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar BMT tomonidan ishlab chiqilgan aholining real xarid qobiliyati, ta'lim tizimi, sog‘liqni saqlashning holati, hayot davomiyligini hisobga oluvchi insoniy rivojlanish koyeffitsienti sanaladi.
Ijtimoiy sug‘urtalash– yosh, kasalllik, ishlab chiqarish jarohatlari natijasida
ishning vaqtinchalik yoki doimiy qisqarishiga olib keluvchi moddiy yo‘qotishlarni
qoplashga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Bu ish
beruvchilar, yollanma ishchilar va aholining band qismi badallari va ajratmali
hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sug‘urtalash tamoyillariga sug‘urtalash
davrida to‘plangan va xarid qilingan narsalarning saqlanishi va himoya qilinishi,
insonlarning badal to‘lash huquqlari va sug‘urta kafolatlarini amalga oshirish
imkoniyati kiradi.
3. Ijtimoiy ish darajasi. Ijtimoiy xizmat ijtimoiy faoliyat shakli sifatida
ko‘rib chiqilib, u amalga oshiriladigan vazifasi, shakllari, va uslublariga ko‘ra
ma'lum darajaga ega bo‘ladi. Ammo bu atamani tushunishda bugungi kungacha
yagona shakl mavjud emas.
Shunday qilib, R.Barkera 51 ning ijtimoiy ish lug‘atida keng qo‘llangan
tushuncha quiydagilarni o‘z ichiga oladi: individual ijtimoiy xizmat, guruhli
ijtimoiy xizmat, jamiyatni tashkil qilish, ma'muriy ijtimoiy xizmat, tadqiqot,
ijtimoiy siyosat, rejalashtirish, bevosita klinik amaliyot, oila va nikoh amaliyoti,
boshqa shakllar, shuningdek ijtimoiy ishning umumiy amaliyoti mikro va makro
darajalarni birlashtiradi.
Ijtimoiy xizmatning ko‘lamiga ko‘ra davlat, mintaqaviy, mahalliy, individual
darajada o‘tkazilishi mumkin. Ijtimoiy ishning davlat darajasining mazmuni shuni belgilaydiki, eng avvalo davlatning qonunchilik bazasi va ijtimoiy siyosati, mamlakat miqyosida aholini ijtimoiy himoya qilishni boshqarish kiradi. Aynan shu darajada ijtimoiy xizmat keng ma'noga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy ishning mintaqaviy darajasi ko‘pincha federal darajada amalga
oshiriladi. Bu federal ahamiyatga ega qonuniy yoki me'yoriy hujjatlarni amalga
oshirish, mamlakatdagi u yoki bu subyektlar xususiyatlariga ularni moslashtirishda
aks etib, O‘zbekiston Respublikasida iqlim, tabiiy va boshqa sharoitlar turlicha
bo‘lganligi uchun bu muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy darajadagi ijtimoiy ish
yanada aniqroq, mazmuniy xususiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy xizmat bevosita tor
doirada tushuntiriladi.
Ijtimoiy ishning mahalliy darajasi ma'lum obyektga yo‘naltirilganlikni
belgilaydi, ijtimoiy xizmat turli ijtimoiy ish, professional ijtimoiy xodimlar va
ko‘ngillilar shaklida amalga oshiriladi..
Individual daraja – bu mijoz bilan unga saovl berish, texnik va individual
ish uslublarini qo‘llagan holda ishlashdir. Ma'lum obyektga ko‘ra ijtimoiy ish alohida individ, oila, yoki aholining boshqa qatlami bilan o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy ish darajasini tasniflashning boshqa usullari ham mavjud.
Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish tarkibida uning shakllari va uslublariga
bog‘liq holda u amalga oshiriladigan ma'lum darajalarni ajratish mumkin. Ijtimoiy
ishning teng darajali tarkibi bilan birgalikda turli tarafdan ko‘rib chiqilishi
mumkin. Ijtimoiy ishning ko‘lami nuqtai nazaridan u bir qancha darajada amalga
oshirilishi mumkin: makro-, mezo- va mikro darajada.
Ijtimoiy ishning makro darajasiga jamiyat va undagi insonlar holatini
ijtimoiy sohada yaxshilash bo‘yida belgilangan tadbirlar tizimi kiradi.
Bu faoliyat mamlakatning ijtimoiy siyosati, qonunlar qabul qilish bilan
ijtimoiy boshquruvi, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil qilish,
ijtimoiy muammolarni jamiyat va davlat miqyosida hal etish bilan bog‘liq. Bu
jamiyatda inson faoliyati uchun yetarli sharoitlarni yaratish va joriy qilishda,
ijtimoiy-siyosiy va milliy-etnik nizolarni oldini olishda, yordamga muhtoj
insonlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalarini o‘zlashtirishda aks etadi.
Ijtimoiy ish mezo darajada yordamga muhtoj fuqarolarga ularni yashash joyi
doirasida yordam ko‘rsatish faoliyatini o‘z ichiga oladi. (mintaqa, shahar,
qishloq.)
Yordamga muhtoj insonlar guruhi bir tomondan davlatning ijtimoiy siyosati
va kam himoyalangan fuqarolarga yordam berish strategiyasini belgilaydi. Bunday
holatda yo‘nalishlarni hukumat belgilaydi. Boshqa tomondan yordam
yo‘nalishlarini ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xayriya tashkilotlari ham belgilashi
mumkin. Bu holatda faoliyat shakli yetarlicha keng bo‘lib, turli moddiy nafaqalar
taqdim qilishdan inson hayotining muhim sohalarini tashkil qilishgacha bo‘ladi.
Mikrodarajadagi ijtimoiy xizmat shaxsiy so‘rov asosida tuziladi. Bu
darajadagi ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli sifatida individning jamiyat,
guruh yoki boshqa individlar bilan ijtimoiy va ruhiy aloqasini tiklash va saqlashga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yordam uslubi va shakllari keng bo‘lib, individual maslahat
berishdan guruh, shu jumladan oilada ishlashgacha bo‘ladi.

Последнее изменение: Saturday, 22 January 2022, 15:35
Download 18,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish