1. 1-rasmda keltirilgan tranzistorli kuchaytirgich zanjirini yig’ing.
2. SW1 kalit uzilgan holatda, DC ta’minlash manbaini 9 V ga o’rnating. Signal generatorini ishga tushiring va signal chastotasini 1 kHz va amplitudasini cho’qqidan-cho’qigacha 0.5 V qilib o’rnating.
3. Ossillografni ishga tayyorlang. Vertikal signal o’qini A test nuqtasiga ulang. Umumiy klemmani yerga ulang. Gorizontal yoyish vaqtini 0.5 ms/sm ga yoki gorizontal bo’yicha chastotani 1 kHz qilib o’rnating. Ekranda to’rt yoki beshta to’la davrli to’liq signal joylashishini ta’minlang. Kirish signali uchun triggerli kirish yoki sinxronli tanlashni o’rnating.
4. SW1 kalitni ulang va Ossillografning vertical kirishini D test nuqtasiga ulang. AC signal manbasini shunday sozlangki, chiqishdagi signal maksimal va buzilishlarsiz bo‘lsin. Agar chiqishda signal hosil bo’lmasa, o’qituvchingizga murojat qiling.
5. Chiqish signali amplitudasi Vchiq =__________ V (ch-ch).
6. Y (vertical) kirishni yana A test nuqtasiga ulang. Kirish signalini o’lchang va yozib oling. Kirish signali amplitudasi
Vkir =___________ V (ch-ch). O’zgaruvchan kuchlanish bo’yicha kuchaytirishni hisoblang. Av =___________. Yodda tuting: tranzistor kuchaytirishi B va C test nuqtalari orasida aniqlanadi.
7. Ossillografni tashqi yoki ichki sinxronlash rejimiga o’tkazing. Tashqi trigger yoki sinxronlashtiruvchi kirishga C test nuqtasini ulang.
8. Y vertical kirishni B, C va E nuqtalarga navbati bilan ulab signal fazasini aniqlang.
Yodda tuting: E test nuqtasida emitterdagi signal juda kuchsiz bo’lishi mumkin. Kuzatilayotgan signallarning shaklini koordinatalar sistemasida chizib oling.
Vb _____________________________________________________________________
Ve _____________________________________________________________________
Vk _____________________________________________________________________
9. Signal generatori va ossillografni zanjirdan uzing va tarmoqdan uzing
10. VOM bilan erga nisbatan B, C va E nuqtalardagi baza, emitter va kollektorlarda DC kuchlanishlarni o’lchang. Kuchlanishni o’lchashda qutblariga e’tibor qiling. VB= ____________ V va ishorasi____________, VC= ___________ V va ishorasi ____________ . VE= __________ V va ishorasi ______________ .
11. Ta’minlash manbaini o’chiring va zanjirdan ajrating. VOM ni yig’ishtirib, saqlash joyiga qaytaring va barcha anjomlarni ham saqlash joyiga joylashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |