Jahonning siyosiy kartasi



Download 387,1 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi387,1 Kb.
#19143
JAHONNING SIYOSIY KARTASI

Yalpi milliy daromad, siyosiy karta, iqtisodiy rivojlangan davlat, rivojlanayotgan davlat, iqtisodiy jihatdan past darajada rivojlangan mamlakat.

Jahon siyosiy kartasi global miqyosidagi bir necha siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllangan. Shularning ichida birinchi va ikkinchi jahon urushlari va ularning oqibatlari bilan bog’liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimining yemirilishi hamda bir necha o’nlab mustaqil davlatlarning barpo bo’lishi qo’shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e’tiborga loyiqdir. Jahon siyosiy kartasining shakllanishida 80-yillarning so’nggi va 90-yillarning dastlabki davrlarida bo’lib o’tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo’shilib, yagona Germaniya davlatining tashkii etilishi, Chexoslovakiya o’rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalarining barpo bo’lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina respublikalari hamda Serbiya va Chernogoriya respublikalari federatsiyasining shakllanishi, va ayniqsa, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi oqibatida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Fedcratsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston respublikalarining mustaqil davlatlar sifatida dunyo siyosiy kartasida o’z o’rinlariga ega bo’lishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy kartasidagi davlatiar va mamlakatlar nisbati hamda soniga datstlab (1997- yil, 1- iyulda) Buyuk Britaniya mustamlakasi Gonkong (Syangan)ning, keyinchalik (1999-yil, dekabr oyida) Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy Xalq Rcspublikasi tarkibiga kirishi. 2000-yilda esa BMT tomonidan Indoneziya tarkibida bo’lgan Sharqiy Timorga alohida maqom berilishi ham ma’lum ta’sir ko’rsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 230 mamlakat mavjud bo’lib, ularning 190 dan ortig’i mustaqil davlatlardir.

Jahon mamlakatlari geografiyasi

Iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga dunyodagi 60 dan ortiq davlatlar kiradi. Ana shu davlatlarni yuqorida keltirilgan va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha to’rt guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni «yettilik mamlakatlari» tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda qator olim va mutaxassislar «yettilik mamlakatlari» tarkibi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirib, «yettilik» ni Ispaniya hisobiga «sakkizlik»ka o’zgartirish vaqti keldi, degan fikrni aytmoqdalar. «Katta sakkizlik mamlakatlari» ning har birida yiliga 500 mlrd. dollardan ortiq YMD ishlab chiqariladi, aholi jon boshiga esa 24 — 30 ming dollar va undan ortiq YMD to’g’ri keladi. Mazkur davlatlarda dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan YMD ning deyarli 2/3 qismi to’plangan.

Ikkinchi guruhni aholisining soni va YMD ning umumiy qiymati nisbatan kam bo’lgan, asosan Yevropa mamlakatlari tashkil etadi.

Uchinchi guruhga «ko’chirilgan kapitalizm» mamlakatlari (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va b.) kiradi.

To’rtinchi guruhni sobiq Ittifoq respublikalari hamda Xitoy tashkil etadi.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning alohida guruhini «yangi sanoatlashgan mamlakatlar» (Singapur, Koreya Respublikasi va b.) hamda «neft eksport qiluvchi mamlakatlar» (Fors ko’rfazidagi arab mamlakatlari, Liviya, Bruney va b.) hosil qiladi. Mazkur mamlakatlarda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YMD qiymati 10 — 15 ming dollardan 30 ming dollargacha yetadi.

Jahondagi qolgan mamlakatlarning barchasini BMT rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiritadi. Shunday mamlakatlar Osiyo, Afrika, Okeaniya hamda Lotin Amerikasida keng tarqalgan.

Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy, geografik, demografik xususiyatlari va salohiyatiga ko’ra bir-biridan sezilarli tarzda farq qiladi. Shuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlarni ham ayrim guruhlarga ajratgan holda o’rganish maqsadga muvofiqdir.



Birinchi guruhni ulkan tabiiy, aholi va iqtisodiy salohiyatiga ega, YMD katta bo’lgan «tayanch mamlakatlar» — Hindiston, Braziliya va Meksika tashkil qiladi. Bu davlatlarga barcha rivojlanayotgan davlatlar jami sanoat mahsulotining yarmi to’g’ri keladi. Lekin aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YMD iqtisodiy rivojlangan davlatlarga xos ko’rsatkichlardan bir necha marta, Hindistonga nisbatan esa bir necha o’n marta pastdir.

Ikkinchi guruhga iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida o’ziga xos bog’lovchi vazifasini bajarayotgan davlatlar kiradi. Ushbu davlatlar geografiyasi juda keng. Argentina, Chili, Vengriya, Chexiya, Polsha, Malayziya, Gabon, Venesuela, Eron, Tailand, Sloveniya shunday davlatlar jumlasidandir.

Rivojlanayotgan davlatlarning uchinchi guruhini iqtisodiy tarraqiyotda ortda qolayotgan davlatlar tashkil etadi. Bunday davlatlarning ko’pchiligida ko’p tabaqali iqtisodiyot hukmronlik qiladi. Gvineya, Senegal, Zimbabve, Kamerun, Gonduras, Boliviya, Ekvador, Paragvay, Filippin ana shunday davlatlar qatoriga kiradi.



http://eduportal.uz/ebooks/geografiya9/img/img_1.jpg

Eng ko’p sonli to’rtinchi guruhni BMTning klassifikatsiyasiga binoan iqtisodiy jihatdan eng past darajada rivojlangan mamlakatlar tashkil etadi. Iqtisodiyotining negizi qishloq xo’jaligidan iborat, ishlovchi sanoati deyarli yo’q darajada bo’lgan ushbu guruh mamlakatlarida aholi jon boshiga 100 – 300 AQSh dollariga teng YMD to’g’ri keladi, xolos. Mazkur guruh mamlakatlariga Afrikadagi Niger, Chad, Burundi, Habashiston, Mozambik; Osiyodagi Nepal, Afg’oniston, Bangladesh, Laos, Vetnam, Yevropadagi Albaniya kiradi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki davrda dunyoda ko’plab harbiy-siyosiy ittifoqlar, shu jumladan, ikki asosiy: NATO (Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti) va Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi. Yer sharining juda ko’p hududlarida ushbu harbiy-siyosiy tashkilotlarning harbiy bazalari barpo qilindi, regional nizolar va urushlar tez-tez bo’lib turdi. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi bilan Varshava Shartnomasi Taslikilotining faoliyati barham topdi. Shundan keyingi davrda davlatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik va bir-birini tushunishga bo’lgan intilish jarayoni rivojlana boshladi. Bunday holat Rossiya bilan AQSh va G’arbiy Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarda ham o’z ifodasini topa boshladi. Lekin «sovuq urush» barham topganidan keyin yalpi xavfsizlikka asosiy tahdidni etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangari separation solmoqda.

Shu bilan birga, Yaqin Sharq, Kosovo, Bosniya, Afg’oniston va boshqa qator mintaqaviy mojaro va nizolarni tinch yol bilan bartaraf etishda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Bunda BMT va NATOning o’rni va ahamiyati katta bo’lganligini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. «Bizningcha o’z tarkibida demokratik davlatlarni birlashtirib turgan NATO faqat Yevropa qit‘asidagina emas, balki о‘zining siyosiy ustqurmasini mustahkamlash va «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi hisobiga juda katta Yevroosiyo mintaqasida tinchlik o’rnatuvchi omil bo’lishi mumkin».



NATO mamlakatlari tomonidan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturining qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi siyosiy vositalar yordamida ko’plab mintaqaviy mojarolarni ijobiy hal qilishga imkon berdi.
Download 387,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish